Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 05.11.2007 yildagi PQ-725-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HOSILDORLIGI PAST BOʻLGAN YERLARDA DAVLAT EHTIYOJLARI UCHUN QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHI FERMER XOʻJALIKLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fermer xoʻjaliklarini barqaror rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga samarali va amaliy davlat madadini koʻrsatish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-4499-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutgan holda hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida nizom ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildorligi past boʻlgan yerlarni belgilashning aniq mezonlari va mexanizmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan amaliy nazorat tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi texnikasini imtiyozli asosda lizingga berish muddati 7 yildan 10 yilgacha uzaytirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-725-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 453-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2019-y., 07/19/4499/3960-son)