14.09.2007 yildagi O‘RQ-109-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIMOR VA TAVAKKALChILIKKA ASOSLANGAN BOShQA OʻYINLARNI TAShKIL ETISh HAMDA OʻTKAZIShNI TARTIBGA SOLISh MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 22-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 25-avgustda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, №1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, №1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, №9, 314-modda, №12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 278-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“278-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻsha harakatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud toʻrt oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sakkizinchi boʻlim quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyin — oʻyin tashkilotchisi (oʻyin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) oʻyin ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bogʻliq yutuq toʻgʻrisida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga muvofiq oʻyin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari majmuini nazarda tutuvchi oʻyin, shu jumladan totalizatorlar, kazino, shuningdek oʻyin avtomatlaridan foydalaniladigan oʻyin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1,20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar) 191-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“191-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etishga jalb qilish —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish yoki xizmatlar koʻrsatishga koʻmaklashish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, №1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar) 984-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“984-modda. Davlat tomonidan lotereyalar oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkilotchisi — davlat, vakolatli davlat organidan ruxsatnoma (litsenziya) olgan shaxslar va lotereyalar ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlar shartnomaga asoslanadi. Bunday shartnoma lotereya bileti berish orqali rasmiylashtiriladi va ishtirokchi lotereya bileti qiymatini toʻlagan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif lotereyalar oʻtkazish muddati va yutuqni aniqlash tartibi hamda uning miqdori haqidagi shartlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda oʻtkazishdan bosh tortgan taqdirda, lotereyalar ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan lotereyalarni qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga koʻchirish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar oʻtkazish shartlariga muvofiq yutgan deb eʼtirof etiladigan shaxslarga lotereyalarni oʻtkazish shartlarida nazarda tutilgan miqdorda, shaklda (pul yoki buyum holida) va muddatlarda, agar bu shartlarda muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, lotereyalar natijalari chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay lotereyalar tashkilotchisi tomonidan yutuq toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotereyalar tashkilotchisi ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatini bajarmagan taqdirda, lotereyada yutgan ishtirokchi lotereyalar tashkilotchisidan yutuqni toʻlashni, shuningdek shartnomaning tashkilotchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 14-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-109-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 377-modda, 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)