Номер акта
O‘RQ-89
Орган
Олий Мажлис Республики Узбекистан
Дата подписания
11.04.2007
Дата вступления в силу
01.01.2008
Дополнительная информация
Поделиться
Закрыть
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu tuzatishlar davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas’uliyatini oshirish, mamlakat Prezidenti vazifalarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy me’yorlar doirasida cheklash, shuningdek yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta’sirini kuchaytirish maqsadida kiritilmoqda.
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda) kuyidagi tuzatishlar kiritilsin:
1) 89-modda kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 93-moddaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3) 102-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: