Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.01.2007 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, shuningdek zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda 2007-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda Elektron davlat xaridlarini tashkil etish va ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2007-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda elektron shakldagi kontraktga talablarni va elektron tijoratda qoʻllaniladigan hujjatlarning boshqa namunaviy shakllarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda 2007-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda vazirlik tizimiga kiradigan tashkilotlar va korxonalar tomonidan arzonbaho inventarlar sotib olish uchun elektron davlat xaridlari tizimini yaratish boʻyicha kelishilgan loyihani Davlat budjeti ijrosining gʻaznachilik tizimi bilan avtomatlashtirilgan oʻzaro hamkorlik qilishni hisobga olgan holda tayyorlasin va amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda kelishilgan loyiha natijalariga koʻra toʻplangan tajribani tovarlar va xizmatlar boshqa turlarining davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etish, shuningdek tizimni respublikaning barcha davlat muassasalari ehtiyojlari uchun rivojlantirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlar hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar mutaxassislari keng doirasini jalb etgan holda konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkazish, shuningdek elektron tijoratning imkoniyatlari toʻgʻrisidagi axborot materiallarini ishlab chiqish va ularni elektron tijoratning salohiyatli ishtirokchilari oʻrtasida ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tadbirlarni oʻtkazish davomida olingan takliflar va ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida 2008-yil 1-fevralgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga elektron tijoratni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ulgurji va chakana elektron savdoni amalga oshirishda toʻlovlarni qabul qilish va toʻlash tizimini takomillashtirish, shuningdek uni amalga oshirishda zamonaviy apparatlar va texnika vositalarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda elektron tijorat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4—6-son, 43-modda)