Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4, 231 — 2411-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 230, 231, 234, 235-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2 va 18-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining 1) kichik bandi.
Qarang: mazkur Kodeksning 71-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 13-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 28-moddasining ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 84, 454-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 10-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Qarang: mazkur Kodeksning 81 — 212-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandi.
Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, ushbu Kodeksning 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122, 123, 232, 233-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti to‘g‘risida”gi nizom.
Ushbu Kodeksning 38-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari surishtiruv organining boshlig‘i sifatida jinoyat ishini qo‘zg‘atishga, bu ishni o‘zining ish yuritishiga qabul qilish va surishtiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa xodimga surishtiruv yuritishni topshirishga yoxud ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoki arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.
Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganligini bilish; qamoqqa olinganligi va turgan joyi to‘g‘risida advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoxud xabar berish; himoyachiga ega bo‘lish hamda uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda u bilan xoli uchrashish, ushbu Kodeks 230-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan hamda ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish va ko‘rsatuvlaridan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligi haqida xabardor bo‘lish; o‘z ona tilidan hamda tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘zining himoyalanish huquqini shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad qilish; dalillar taqdim etish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish hamda undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; jinoyat ishining tergovchi yoki prokuror tomonidan tugatilganligiga qarshi e’tiroz bildirish hamda sud muhokamasi o‘tkazilishini talab qilish; yarashuv to‘g‘risidagi, amnistiya aktini qo‘llash haqidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish hamda u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega.
Qarang: mazkur Kodeksning 451-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18-bandi.
Qarang: mazkur Kodeksning 550-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Qarang: mazkurKodeksning 279-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Qarang: mazkur Kodeksning 278-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 76 va 78-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282-modda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish tartibi”.
Ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek ishda ishtirok etayotgan shaxslardan birortasiga xizmat yuzasidan yoki boshqa jihatdan tobe bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va rad qilinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar o‘zlari bunday qilmasalar, ular shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot etgan ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo tayinlanmasdan chiqariladi.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi ushbu Kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 87, 94 va 95-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 18 va 19-bandlari.
Qarang: mazkur Kodeksning 87-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4, 19-bandlari va 20-bandining to‘rtinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2 — 17-bandlari.
Qarang: mazkur Kodeksning 46, 48, 55 va 66-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli “Sud tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.
Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi ko‘zdan kechirish o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko‘zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi.
Guvohlantirish o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o‘tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo‘lishi lozim.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir va videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin.
Eksperiment o‘tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksperimentning borishi va natijalarini sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi. Bundan tashqari, bayonnomada: eksperiment qanday maqsadda, qachon, qayerda va qanday sharoitda o‘tkazilganligi; hodisaning sharoitini va holatini tiklash aynan nimalarda o‘z aksini topganligi; qanday tajriba harakatlari qay tartibda, kim tomonidan va necha marta o‘tkazilganligi; qanday natijalar olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Ushbu Kodeksning 157 va 158-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda surishtiruvchi yoki tergovchi shaxsning kiyimlari, uning yonidagi buyumlari ichidan yoki badanidan topilgan, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarni olib qo‘yishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 4-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 15 va 16-bandlari.
Ekspertizani tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ekspertga ekspertiza tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni taqdim etadi, uni ushbu Kodeksning 68-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi va bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiradi. Ekspert bergan ariza va iltimosnomalar ham shu zaylda qayd etiladi. Ekspertning iltimosi rad etilsa, ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud bu haqda qaror yoki ajrim chiqaradi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan ko‘zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo‘lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyovandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 203-moddasida ko‘rsatilgan alomatlari, belgilari, izlari bo‘lgan hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-son “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandi,O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza kilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 35-bandining uchinchi xatboshisi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasining 9-bandi, 95-moddasining 14-bandi, 104-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni 6-moddasining uchinchi qismi, 9-moddasi birinchi qismining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiviy Qonuni 6-moddasining to‘rtinchi qismi, 9-moddasining 2-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan bo‘lsalar, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan turma yoki tergov hibsxonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokor tomonidan tasdiqlangan og‘ir kasallarga va ruhiy kasallikka chalinganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Turmada saqlash sharoitlari tergov hibsxonasida saqlash sharoitlaridan farq qilmasligi kerak.
Agar O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaxsni ushbu modda ikkinchi qismining to‘rtinchi yoki beshinchi xatboshisida belgilangan qamoqda saqlab turishning oxirgi muddati tugagan bo‘lsa va ishning holatlariga ko‘ra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o‘zgartirish mumkin bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan sud ushbu Kodeksning 247-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda, qamoqda saqlab turishning qo‘shimcha, lekin shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha saqlash hibsxonasiga yoxud tergov hibsxonasiga joylashtirilgan paytdan boshlab uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatini belgilashga haqli.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 38-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi va 9-bandining beshinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi, 19-bobning ikkinchi paragrafi, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 49-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11 va 13-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi qarorining 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo‘lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o‘lchovi, og‘irligi, eskirish darajasi va boshqa o‘ziga xos belgilari sanab o‘tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to‘g‘risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo‘yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko‘rsatiladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 36-sonli “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 3 va 16-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 1-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisi va 30-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 20-sonli “O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 24-sentabrdagi 19-sonli “Poraxo‘rlik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 12 va 13-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 29-bandi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 990, 991, 1022-moddalari, “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 11-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2569).
Ushbu Kodeks 304-moddasining 1, 3, 4, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan ziyon moliya organlari tomonidan, 2-bandida ko‘rsatilgan ziyon O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda (qarorda) sud, ishni tugatish to‘g‘risidagi qarorda esa tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning o‘ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e’tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 257 va 282-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish tartibi” (5-ilova) va “O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi” (6-ilova).
Sudlanuvchi oqlangan yoki ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq ish tugatilgan taqdirda protsessual chiqimlar davlat hisobiga o‘tkaziladi. Sudlanuvchi bir ayblov bo‘yicha oqlangan, boshqa ayblov bo‘yicha esa aybli deb topilgan bo‘lsa, sud u aybli deb topilgan ayblov bilan bog‘liq protsessual chiqimlarni to‘lashni uning zimmasiga yuklaydi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz sabab bo‘lsa, bila turib yolg‘on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Ushbu Kodeks 83-moddasining 1 va 2-bandlarida hamda 84-moddasi birinchi qismining 1, 3—7-bandlarida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi, jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risida xabar bergan fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmasi yoki mansabdor shaxs bu haqda xabardor qilinadi. Bunda ularga qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi tushuntirilishi lozim.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilishga, agar o‘ziga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan shaxs yoki vafot etgan bunday shaxsning yaqin qarindoshlari bunga e’tiroz bildirsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
2) prokuror — ish bo‘yicha ushbu Kodeksning 345-moddasiga muvofiq dastlabki tergov olib borish uchun tergovchiga yoki surishtiruv olib borish uchun surishtiruv organi boshlig‘iga yuboradi yoxud o‘zi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi;
Jinoyat kodeksining 279––302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150––163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 237––241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan dastlabki tergov muddati tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan besh oygacha uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik dastlabki tergov muddati faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari tomonidan yetti oygacha va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan to‘qqiz oygacha uzaytirilishi mumkin. Alohida hollarda, sodir etilgan jinoyatning og‘irligini hamda tergov qilinayotgan ishning murakkabligini inobatga olib, dastlabki tergov muddati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan bir yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Shaxs ushbu Kodeksning 221-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan bo‘lsa yoxud ishda uni jinoyat sodir etishda gumon qilishga asos beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, u jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinadi.
3) Jinoyat kodeksining ushbu jinoyatni nazarda tutgan moddasi, qismi, bandi aks ettirilishi lozim.
Jinoyat kodeksining turli moddalari, qismlari yoki bandlarida nazarda tutilgan bir necha jinoyatni sodir etishda ayblaganda, bu jinoyatlardan har birining mohiyati va yuridik tavsifi alohida ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ayblanuvchini reabilitatsiya etish uchun asos bo‘ladigan yoki ishni yuritish uchun monelik qiladigan holatlar aniqlansa, ayblov tugatiladi.
Basharti Jinoyat kodeksi yoki ushbu Kodeks normalarini qo‘llanishdagi xatolar natijasida ish tugatilgan bo‘lsa, shuningdek ayblanuvchining aybliligini ko‘rsatuvchi yangi dalillar aniqlansa, tugatilgan ayblov qayta tiklanishi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ayblovni noto‘g‘ri tugatish odil sudlovga qarshi qaratilgan jinoyatning yoki ayblanuvchi tomonidan yoxud ayblanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan harakat qilgan o‘zga shaxs tomonidan dalillarni qalbakilashtirish, yashirish yoxud yo‘q qilib yuborishning oqibati bo‘lsa, ayblov Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan jinoiy javobgarlikka tortish muddati ichida qayta tiklanishi mumkin.
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin
Qarang: mazkur Kodeksning 599-moddasi, “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 8-moddasi (1950-yil 21-mart, Leyk Sakses, Nyu-York), “Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 11-moddasi (1988-yil 10-mart, Rim), O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnomaning 64 — 75-moddalari (Toshkent, 1997-yil 20-fevral), O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma IV bo‘limining I qismi (Olma-ota, 1997-yil 2-iyun), O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnomaning 47 — 57-moddalari (Toshkent, 1997-yil 18-iyun), O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida “Ekstraditsiya to‘g‘risida”gi Shartnoma (Pekin, 1999-yil 8-noyabr), “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiyaning 11-moddasi (1999-yil 9-dekabr, Nyu-York), O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Shartnoma (2000-yil 2-may, Dehli), O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Bitim (Tehron, 2000-yil 11-iyun), O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Shartnoma (Dushanbe, 2000-yil 15-iyun), Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi” Konvensiyasining 16-moddasi, “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida” Shanxay Konvensiyasining 2-moddasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay), O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma IV bo‘limining I qismi (Toshkent, 2002-yil 18-yanvar), O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida “Tutib topshirish to‘g‘risida”gi Shartnoma, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida “Tutib topshirish to‘g‘risida”gi Shartnoma (Sofiya, 2003-yil 24-noyabr), Shanxay hamkorlik tashkilotining “Terrorizmga qarshi” Konvensiyasining 11-moddasi (2009-yil 16-iyun, Ekaterinburg).
Qarang: mazkur Kodeksning 28-bobi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to‘g‘risida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
Ushbu Kodeks 399-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritishdan to‘xtatilgan jinoyat ishi ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga o‘tkaziladi.
Ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, sud jinoyat ishini tugatadi. Shu bilan birga sud qo‘llanilgan ehtiyot choralarini, fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qiladi hamda ashyoviy dalillar masalasini hal etadi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instansiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan to‘rt oygacha uzaytirilishi mumkin.
Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni ko‘rishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi.
Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So‘ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so‘raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e’tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
O‘n olti yoshga to‘lmagan guvohga ham ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan oshkora qasamyod qilish taklif qilinadi, lekin ko‘rsatuv berishdan bosh tortgani yoki bila turib yolg‘on ko‘rsatuv bergani uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydi va undan tilxat olinmaydi.
Qarang: mazkur Kodeksning 52-bobi, 449 va 451-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil14-maydagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.
Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida ko‘rsatilgan masalalarni alohida xonada (maslahatxonada) muhokama qilish vaqtida sud ish uchun ahamiyati bo‘lgan biror holat qo‘shimcha ravishda aniqlanishi kerak deb topsa, hukm chiqarmay, sud tergovini yana davom ettirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Sud tergovi tamom bo‘lganidan keyin sud yana taraflarning muzokarasini boshlaydi va sudlanuvchining oxirgi so‘zini eshitadi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 6-bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 29-bandi ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 11-sonli “Jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 33-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan so‘ng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa,hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55 va 56-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 19, 20, 24-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 24-sonli “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o‘tashni tayinlashni; sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo‘llanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o‘tilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta’sir choralarini qo‘llab yoki qo‘llamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 34-moddasining uchinchi qismi, 50, 57, 72-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25 va 26-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb e’tirof etilishiga asos bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo‘lsa;
9) ushbu Kodeksning 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish to‘g‘risidagi qaror ko‘rsatiladi.
Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo‘yicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo‘yicha hukm qilinganligi ko‘rsatilishi lozim.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida ko‘rsatilgan tartibda tayinlangan advokat ishda himoyachi bo‘lib qatnashgan hollarda sud advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda ajrim chiqarib, unda advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi foydasiga mahkumdan haq undirish va bu haqning miqdori to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
Ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda sud hukm chiqarish bilan bir vaqtda xususiy ajrim ham chiqaradi.
Ushbu Kodeksning 4972, 498 va 516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 28-dekabrdagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 28-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 27-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi.
Qarang: mazkur Kodeksning 489-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 13 va 14-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”giqarorining 24-bandi.
Qarang: mazkur Kodeksning 426-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta’minlashga oid qonunlarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 30-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 15-maydagi 12-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 30-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”giqarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) jinoyat tavsifi Jinoyat kodeksining qo‘llanilishi kerak bo‘lgan moddasi (moddaning qismi, bandi) o‘rniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan berilgan bo‘lsa;
Garchi jazo Jinoyat kodeksining tegishli moddasida belgilangan doirada tayinlangan bo‘lsa-da, turi va me’yori jihatidan ro‘yi rost adolatsiz bo‘lsa, jinoyatning og‘irlik darajasiga va sudlanuvchining shaxsiga nomuvofiq deb e’tirof etiladi.
Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar o‘z vakolatlari doirasida tekshirish va nazorat tartibida protest bildirish haqidagi masalani hal etish uchun har qanday jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqlidir.
Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan ko‘riladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni ko‘rish chog‘ida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini og‘irlashtirish haqidagi masala qo‘yilgan protest esa rad etiladi.
1) ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — soxta dalillar taqdim etganlikda, bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganlikda yoki ish bo‘yicha tergov yuritishda yoxud ishni sudda ko‘rishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;
2) ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda — yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash to‘g‘risida prokuror qaror chiqargan kun.
Ushbu Kodeks 522-moddasining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan biri bo‘yicha yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atadi, keyin ish umumiy tartibda tergov qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Kodeks 522-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, prokuror o‘z vakolati doirasida yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi va ish yuzasidan tergov olib boradi yoxud buni tergovchiga topshiradi.
Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalarida nazarda tutilgan hollarda jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga binoan sudya tomonidan qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda voyaga yetmagan ayblanuvchiga ushbu Kodeksning 237-moddasida nazarda tutilgan ehtiyot choralaridan birini qo‘llash mumkin. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki, basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Qarang: mazkur Kodeksning 245 va 268-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 7-bandining birinchi xatboshisi va 9-bandi.
Qarang: mazkur Kodeks 51-moddasi birinchi qismining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining birinchi xatboshisi.
Tergovchi qarorning tavsif-asoslash qismida ushbu Kodeksning 566-moddasida nazarda tutilgan holatlarni, shuningdek ishni sudga yuborish asoslariga norozi bo‘lgan himoyachining va boshqa shaxslarning vajlarini, agar shunday vajlar bildirilgan bo‘lsa, bayon qiladi va ish sahifalariga havola qilib, uning fikricha, ishni sudga yuborish uchun asoslar borligini tasdiqlovchi dalillar keltiradi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda sudya ishni sudda ko‘rishga tayinlashdan oldin tegishli tibbiy muassasadan shu shaxsning sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokorlar komissiyasining xulosasini talab qilib oladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma I bo‘limning II qismi va IV bo‘lim (Toshkent, 1997-yil 18-iyun), O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma I bo‘limining II qismi, IV bo‘limi (Olma-ota, 1997-yil 2-iyun), O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida “Jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Shartnoma (Sofiya, 2003-yil 24-noyabr), O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida “Jinoiy ishlar yuzasidan o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Shartnoma (Dehli, 2000-yil 2-may), O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Shartnomaning III bo‘limi (Pekin, 1997-yil 11-dekabr), O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnomaning birinchi qismi va ikkinchi qismning II bo‘limi (Toshkent, 1997-yil 20-fevral), O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma I bo‘limning II qismi, IV bo‘lim (Toshkent, 2002-yil 18-yanvar), O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi “Jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Shartnoma, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Shartnoma (2007-yil 14-mart, Toshkent).
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni chaqirish to‘g‘risidagi so‘rov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaxslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qo‘llash tahdidi bo‘lmasligi kerak.
Chaqiruv bo‘yicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoxud shaxsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv bo‘yicha kelgan shaxs uning hozir bo‘lishi chaqirtirgan mansabdor shaxsga boshqa kerak bo‘lmay qolgan paytdan e’tiboran o‘n besh sutkalik uzluksiz muddat o‘tguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega bo‘la turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki jo‘nab ketganidan keyin O‘zbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi.
Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaxs, basharti bu shaxs ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni chaqirish to‘g‘risidagi so‘rovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun xorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘ladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga xorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos bo‘ladi. Mazkur shaxs so‘rovga berilgan javobda ko‘rsatilgan muddatlarda tegishli xorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.
Qarang: “Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 8-moddasi (1950-yil 21-mart, Leyk Sakses, Nyu-York), “Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 11-moddasi (1988-yil 10-mart, Rim), O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnomaning 64 — 75-moddalari (Toshkent, 1997-yil 20-fevral), O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma IV bo‘limining I qismi (Olma-ota, 1997-yil 2-iyun), O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnomaning 47 — 57-moddalari (Toshkent, 1997-yil 18-iyun), O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida “Ekstraditsiya to‘g‘risida”gi Shartnoma (Pekin, 1999-yil 8-noyabr), “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiyaning 11-moddasi (1999-yil 9-dekabr, Nyu-York), O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Shartnoma (2000-yil 2-may, Dehli), O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Bitim (Tehron, 2000-yil 11-iyun), O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida “Ushlab berish to‘g‘risida”gi Shartnoma (Dushanbe, 2000-yil 15-iyun), Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi” Konvensiyasining 16-moddasi, “Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Shanxay Konvensiyasining 2-moddasi (2001-yil 15-iyun, Shanxay), O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasida “Fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Shartnoma IV bo‘limining I qismi (Toshkent, 2002-yil 18 yan�ar), O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida “Tutib topshirish to‘g‘risida” Shartnoma, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasining 44-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida “Tutib topshirish to‘g‘risida”gi Shartnoma (Sofiya, 2003-yil 24-noyabr), Shanxay hamkorlik tashkilotining “Terrorizmga qarshi” Konvensiyasining 11-moddasi (2009-yil 16-iyun, Ekaterinburg).
ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaxsni qamoqqa olish to‘g‘risidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan e’tiboran uch sutka ichida kelib tushmagan bo‘lsa;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur bo‘lsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.