Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“YER TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer toʻgʻrisida”gi Konuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 16–18, 294-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 84-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 2-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat muhofazasidadir”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.
“4-modda. Posyolka va qishloqlar oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar posyolka va qishloqlar oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining ixtiyorida boʻladi:
shaxsiy yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalari katta-kichikligining meʼyorlarini tasdiqlash;
posyolkalar va qishloqlarning hududidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza etishni nazorat qilish;
oʻz ixtiyorlariga berilgan yer zaxiralarini tasarruf etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari tarkibiga kirmaydigan posyolka va qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish, shuningdek yerlarni olib qoʻyish;
yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek erni ijraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
fuqarolarga shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun, uy-joy qurish va unga xizmat koʻrsatish uchun, shuningdek pichanzor va mol boqish uchun berib qoʻyilgan yer uchun haq olish;
ushbu moddaning beshinchi xatboshisida belgilangan tartibda yer berib qoʻyilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish hamda undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish.
5-modda. Hokimiyat shahar idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyatning shahar idoralari ixtiyorida boʻladi:
shahar doirasidagi yerlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, shahar doirasida egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish, shuningdek erni olib qoʻyish, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari bundan mustasno;
yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek erni ijraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
shahar doirasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer soligʻi va ijara haqi undirish;
ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida belgilab qoʻyilgan tartibda yer berilgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻxtatish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini uyushtirish.
Hokimiyatning shahar tarkibiga kiruvchi tuman idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning shahar idoralari belgilab qoʻyadilar.
6-modda. Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar hokimiyat tuman idoralarining ixtiyorida boʻladi:
erlardan foydalanishni va uni muhofaza qilishni nazorat etish;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, dehqon xoʻjaliklariga egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sugʻoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarni; birinchi guruhga mansub oʻrmonlar bilan qoplangan yerlardan tashqari oʻrmon fondi yerlarini; sanoat, transport, aloqa, mudofaa obyektlari egallab turgan va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini olib qoʻyish — bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha maydonda;
fuqarolarga, korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga zaxira yerlardan yer uchastkasining katta-kichikligidan qatʼi nazar, egalik qilish, foydalanish uchun hamda ijaraga yer berish;
ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan egalik qilish va foydalanish huquqlarini toʻxtatish sabablari belgilangan tartibda tasdiqlanganidan keyin yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini toʻxtatib qoʻyish, posyolka va qishloq oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman boʻysunuvidagi shahar idoralarining vakolat doirasiga kiruvchi hollar bundan mustasno;
yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini, shuningdek erni ijaraga olish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
jamoa xoʻjaliklari tuzilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda ularning yerga egalik qilishi masalalarini hal etish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish;
fuqarolarga jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligi uchun, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berib qoʻyilgan yer uchun yer soligʻi va ijara haqi undirish.
Hokimiyatning tuman boʻysunuvidagi shahar idoralari yer munosabatlarini tartibga solish sohasida hal etadigan masalalar doirasini hokimiyatning tuman idoralari belgilab qoʻyadilar.
7-modda. Hokimiyat viloyat idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida boʻladi:
erlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning toʻrtinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladigan roʻyxatga muvofiq olib qoʻyiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub oʻrmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qatʼi nazar olib qoʻyish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish”.
“9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish”.
3. 10-modda:
“Yer qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga doimiy egalik qilish uchun, qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda esa boshqa maqsadlar uchun ham beriladi.
Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun er:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
sanoat, transport hamda qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmaydigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga;
mudofaa ehtiyojlari uchun;
diniy tashkilotlarga;
chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga hamda tashkilotlarga beriladi;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga yer uchastkalari meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun va foydalanish uchun beriladi”;
uchinchi – toʻqqizinchi qismlari tegishli ravishda toʻrtinchi – oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
4. 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerni shartnoma asosida ijraga muayyan muddatga, qishloq xoʻjalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari;
ushbu maʼmuriy tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga — hokimiyatning tuman idoralari, boshqa tumanlardan kelgan xuddi shu xildagi yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga esa hokimiyatning viloyat va shahar idoralari;
respublika hamda chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga va tashkilotlarga, shuningdek xorijiy davlatlarga, xalqaro tashkilotlarga, chet el yuridik shaxslari va fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi beradi”.
5. 12-modda.
sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yer uchastkalari berish”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer uchastkalarini ajratib berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqaruv mahalliy idoralari tomonidan qonunlarda belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi”.
6. 13-modda:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tegishli oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat mahalliy idoralari oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori bilan quyidagi hollarda barcha yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi toʻxtatib qoʻyiladi:”;
3-bandidagi “tashkilotning” degan soʻz “tashkilot, dehqon xoʻjaligining” degan soʻzlar almashtirilsin.
7. 14-modda:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Muayyan viloyat uchun kadastr bahosiga muvofiq belgilanadigan alohida qimmatli mahsuldor sugʻoriladigan yerlarning, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlarning qishloq xoʻjaligiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoʻl qoʻyiladi”.
8. 16-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish uchun haq toʻlanadi. Yer uchun haq har yili yer soligʻi shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi. Oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari hamda hokimiyat idoralari erni ijaraga bergan hollarda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi va u yer soligʻi stavkasidan kam boʻlmasligi kerak”;
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari, dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, buyurtma qoʻriqxonalar, tarix va madaniyat yodgorliklari”;
quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Dehqon xoʻjaliklari roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida”;
3—7-bandlari tegishli ravishda 4-8-bandlar deb hisoblansin.
9. 17-modda:
“7. Yer uchastkasini yoki uning bir qismini ichki xoʻjalik ijarasi tartibida vaqtincha foydalanish uchun berish”;
“8. Qishloq xoʻjalik ekinlarini, daraxt va butalarni sugʻorish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish huquqiga egadirlar”.
10. 18-modda:
“6. Yer uchastkasini yoki uning bir qismini hokimiyat mahalliy idoralarining qaroriga binoan vaqtincha foydalanish uchun berish”;
“7. Qishloq xoʻjalik ekinlarini, daraxt va butalarni sugʻorish uchun hamda boshqa maqsadlar uchun sugʻorish manbalardan va kanallardan belgilangan limitlarga muvofiq suv olish”.
sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolarni, agar tomonlarning biri fuqaro boʻlsa, – sud koʻrib chiqadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek tadbirkorlik, qishloq xoʻjaligi yoki oʻrmon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar oʻrtasidagi nizolarni esa xoʻjalik sudlari koʻrib chiqadi”.
11. 19-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan yer uchastkalari ularning xohishiga koʻra hokimiyatning tuman yoki shahar idoralari tomonidan avvalgi eriga teng qiymatli yer uchastkalari ajratilgach, shu yer uchastkasi olib berilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yangi joyda olib qoʻyilayotganining oʻrniga uy-joylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlarni qurib berganidan keyin hamda ushbu Qonunning 50-moddasiga muvofiq boshqa barcha zararlarni toʻla hajmda toʻlaganidan keyin davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi mumkin”.
12. 20-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“dehqon xoʻjaligi yuritish uchun”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Uy-joyga, chorboqqa nisbatan egalik huquqi fuqaroga oʻtgan (sotib olingan, xususiylashtirilgan, hadya qilingan yoxud merosga qolgan) taqdirda ana shu imoratlarga boʻlgan egalik huquqi bilan birga ushbu imoratlar joylashgan barcha yer uchastkasiga egalik huquqi ham unga oʻtadi”.
13. 21-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shaxsiy yordamchi xoʻjalikni yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq maydoni yer resurslarining mavjudligiga qarab va fuqarolarning oilalari ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishini hisobga olgan holda, jamoa xoʻjaligida, boshqa jamoa korxonalarida – ularning yuqori boshqaruv idoralari tomonidan, davlat xoʻjaligida, boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida – ularning maʼmuriyati tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxona, muassasa va tashkilotlarning kengashlari tomonidan belgilanadi, mazkur Kengashlarning qarorlari qishloq va posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanadi”.
14. 23-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari 21-moddaning beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari deb hisoblansin.
15. 23-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23-modda. Dehqon xoʻjaliklariga yer berish
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun, foydalanish uchun yoki ijaraga kamida oʻn yil muddatga yer uchastkasi beriladi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining hajmi mahalliy sharoitlarda, shuningdek dehqon xoʻjaligining miqdoriy tarkibini hisobga olgan holda har bir hol uchun hokimiyatning tuman idoralari tomonidan belgilanadi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun shaxslarga yer berish tartibi qonunlarda belgilab qoʻyiladi”.
16. 25-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻoriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan taʼminlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni eʼtiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi”.
17. 26-modda:
3-bandi “sugʻoriladigan yerlarni” degan soʻzlardan oldin “meliorativ jihatdan nobop” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7-bandi “ushbu Qonunning 53-moddasiga” degan soʻzlardan keyin “hamda boshqa qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 28-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“28-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berish tartibi va shartlari
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga muvofiq yer ajratish loyihalariga asosan yerlari olib qoʻyilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan, shuningdek ularning yuqori idoralari bilan kelishilgan holda qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy va boshqa tashkilotlarga berib qoʻyiladi.
Yangi tuzilayotgan qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining erga doimiy egaligini rasmiylashtirish hamda tugatilayotgan va qayta tuzilayotgan (boʻlib yoki qoʻshib yuborilayotgan)larining yerga egalik qilish huquqlarini toʻxtatish, ularni tuzish, tugatish yoki qayta tuzish toʻgʻrisida vakolatli idoralar tomonidan qarorlar qabul qilinganidan keyin hokimiyatning tegishli viloyat idoralarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni doimiy egalik qilish uchun berib qoʻyish xoʻjalik faoliyati uchun qulay chegaralarda amalga oshiriladi, qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yerlari quroq boʻlishiga, oʻzga yerlarga suqilib kirib qolishiga va boshqa kamchiliklarga ega boʻlishiga, qoida tariqasida, yoʻl qoʻyilmaydi.
Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligidagi quroq yerlarni, oʻzga yerlarga suqilib kirib qolgan yerlarni va boshqa kamchiliklarni tugatish ularning davlat yer tuzish loyiha tashkilotlari bilan oʻzaro kelishuviga binoan xoʻjaliklararo yer tuzilishi tartibida oʻtkaziladi”.
19. 29-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29-modda. Xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarga yer berilishi
Qishloq xoʻjaligi sohasidagi kolxozlararo, davlat-kooperativ korxonalari va tashkilotlariga (kolxozlararo boʻrdoqichilik xoʻjaliklariga, parrandachilik fermalari va shu kabilarga) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar jamoa korxonasining yuqori boshqaruv idorasi, korxona va tashkilot maʼmuriyatning qaroriga binoan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan, ushbu Qonunning 28-moddasida belgilangan tartibda beriladi”.
20. 30-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“30-modda. Kooperativlarga yer berish
Hokimiyatning tegishli viloyat idoralari qaroriga binoan jamoa va davlat xoʻjaliklari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarning (ilmiy-tadqiqot, oʻquv tashkilotlari, yordamchi qishloq xoʻjaliklaridan tashqari) boʻlinmalari negizida tuziladigan hamda ulardan chiqadigan kooperativlarga xoʻjalik yuritishning teng sharoitlari yaratilishi zarurligini eʼtiborga olgan holda oʻzlari ilgari ishlab kelgan yerlardan yer uchastkalari beriladi. Bu yer uchastkalari mazkur korxonalarning yerlari tarkibidan olib qoʻyilishi lozim. Yer uchastkalarini berish tartibi va shartlari qonunlar bilan belgilanadi”.
21. 33-modda:
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shahar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, posyolka doirasi esa hokimiyat viloyat idoralari tomonidan belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Shahar doirasidagi hamma yerlar hokimiyat shahar idoralari, posyolka doirasidagi yerlar esa posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv organlari ixtiyoridadir”.
22. 34-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“34-modda. Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalarini berish va olib qoʻyish tartibi
Shaharlar va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari qarorlariga asosan beriladi. Bu qarorlarda rejalashtirish va qurilish olib borishning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq yerlarni egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga berish shartlari belgilanadi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining qaroriga muvofiq oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yerlardan vaqtincha foydalanish uchun boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer uchastkalari berishlari mumkin.
Shaharlarda va posyolkalarda yer uchastkalari hokimiyat shahar idoralari hamda posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining qarori asosida olib qoʻyiladi.
Shaharlarda, posyolkalarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonlari, muassasalari va tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanayotgan yerlari va boshqa yerlarning olib qoʻyilishi ushbu Qonunning 14-moddasida belgilangan tartibda tegishli posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralarining, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Fuqarolar egaligidagi, mevali daraxtlar va butalar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki fuqarolarga qarashli shaxsiy mulk huquqidagi uy-joylarni buzish bilan bogʻliq holda yer uchastkalarini olib qoʻyish ularga boshqa obod turar joy binosi berilganidan yoki ularning xohishiga koʻra teng qiymatli yer uchastkasi berilgan va yangi uy qurib yoki eski uy koʻchirib berilganidan soʻng, shuningdek koʻrilgan zarar qiymati toʻla hajmda qoplanganidan keyin hokimiyat shahar va viloyat idoralarining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar qilgan xarajatlar toʻlanmay va koʻrgan zarar qiymati qoplanmasdan sud tartibida olib qoʻyiladi”.
23. 36-modda:
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Umum foydalanishdagi yerlardan hokimiyatning shahar idoralari yoki posyolkalarning oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari qaroriga muvofiq yengil imorat va inshootlar (savdo rastalari, doʻkonchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurishda vaqtincha foydalanish uchun ijara shartlarida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga yer uchastkalari berilishi mumkin”.
24. 41-moddaning toʻrtinchi qismidan “dengiz” degan soʻz chiqarib tashlansin.
25. 42-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sanoat, transport, aloqa va xalq xoʻjaligi boshqa tarmoqlarining korxonalari, muassasalari va tashkilotlari oʻzlari foydalanmayotgan yerlarni hokimiyat tumanlar va shahar idoralari qaroriga muvofiq qonunlarda belgilab qoʻyilgan tartibda va shartlarda qishloq xoʻjalik maqsadlari uchun fuqarolar, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanishga beradilar”.
26. 43-modda:
27. 48-moddaning birinchi qismidagi “ichki”, “hududidagi suvlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
28. 49-moddaning birinchi qismi “korxonalar” degan soʻzdan oldin “fuqarolar” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
29. 50-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, milliy tabiat bogʻlari, tabiat yodgorliklari, suv havzalari, suv taʼminoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yoʻllar, quvurlar, elektr taʼminoti va aloqa liniyalari yoqasida muhofaza, sanitariya va ihota tegralari belgilanishi munosabati bilan huquqlari cheklanishidan”;
30. 51-moddaning ikkinchi qismidagi uchinchi xatboshida “maktab va davolash muassasalari” degan soʻzlar “maktabgacha tarbiya va davolash muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
31. 56-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqaruv mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maxsus vakil qilingan idoralar amalga oshiradilar”.
32. 61-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xoʻjaliklararo va xoʻjalik ichidagi yer tuzish loyihalari jamoa xoʻjaliklarida — xoʻjalik aʼzolarining umumiy yigʻilishi yoki vakillar yigʻilishi tomonidan, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi hamda oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — maʼmuriyat tomonidan, ularning ustavlarida nazarda tutilgan hollarda esa ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi va qabul qilinadi, shuningdek manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi”.
33. 62-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“62-modda. Yer xususidagi nizolarni hal etuvchi idoralar
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasidagi yer xususidagi nizolar hokimiyat idoralari tomonidan ushbu Qonunda belgilangan vakolatlarga muvofiq, sud yoki xoʻjalik sudlari tomonidan qonunlarda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Yerga oid munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy nizolar sud yoki xoʻjalik sudlari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq hal qilinadi.
Qishloqlar yoki posyolkalar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar tegishli oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari tomonidan hal qilinadi.
Shahar hududida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar, shuningdek fuqarolararo nizolar hokimiyatning shahar idoralari tomonidan hal qilinadi.
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarida mahalliy boʻysunuvdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, shuningdek mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan fuqarolar oʻrtasida chiqqan nizolar hokimiyatning tuman idoralari tomonidan hal qilinadi.
Tomonlarning biri respublikaga boʻysunuvchi korxona, muassasa va tashkilot boʻlgan hollardagi nizolar hamda bir viloyatning turli tumanlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida chiqqan nizolar hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan hal qilinadi.
Turli viloyatlarga yoki viloyatlardan biri va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida yer toʻgʻrisida chiqqan nizolarni hal qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining boshqa davlat hududidagi yerga egalik qilish va undan foydalanish masalalariga oid nizolar, shuningdek boshqa davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerga egalik qilish hamda undan foydalanish masalalariga oid nizolar Oʻzbekiston Respublikasi va manfaatdor davlat vakillaridan tenglik asosida tuziladigan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi manzilgohlarida umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi xususida yakka tartibda qurilgan imoratlarga birga egalik qiluvchilar oʻrtasida chiqqan nizolar sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Umumiy yer uchastkasidan foydalanish tartibi fuqarolarga tegishli imoratlarning qismlarini hisobga olgan holda belgilanadi”.
34. 63-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hokimiyat mahalliy idoralarining yer xususidagi nizo yuzasidan chiqargan qaroriga tomonlarning biri norozi boʻlgan taqdirda tomonlardan biri fuqaro boʻlganida sudga, yer xususidagi nizo korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida chiqqanida esa — Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlariga shikoyat qilinishi mumkin”.
35. 14, 15, 16, 18, 36, 37, 39, 40, 47, 49, 51, 52, 58, 60, 61, 64-moddalardagi “xalq deputatlari Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari mahalliy Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari qishloq (posyolka) Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari shahar Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari rayon Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari”, “xalq deputatlari oblast Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari” degan atamalar “oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari va hokimiyat idoralari”, “oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari va hokimiyat mahalliy idoralari”, “qishloq (posyolka) oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari”, “hokimiyatning shahar idoralari”, “hokimiyatning tuman idoralari”, “hokimiyatning viloyat idoralari”, degan atamalar bilan almashtirilsin.
42. 50-moddadagi “davlat hakamligi idoralari” degan soʻzlar “xoʻjalik sudlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
859-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 243-modda)