06.05.2006 yildagi O‘RQ-33-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISTEʼMOL KREDITI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan
2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi isteʼmol krediti berish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Isteʼmol krediti tushunchasi va shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy isteʼmol krediti va tovar isteʼmol krediti isteʼmol kreditining shakllaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Moliyaviy isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari moliyaviy isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Tovar isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Isteʼmol krediti obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsning isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk, shuningdek qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Isteʼmol krediti berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) boʻyicha toʻlovlilik, muddatlilik va taʼminlanganlik shartlari bilan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti oʻz faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish qoidalari isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va ularda isteʼmol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchi toʻlashi lozim boʻlgan toʻlovlar jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik oʻzgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Isteʼmol krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlarni isteʼmol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit buyurtmasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;
(8-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol kreditining obyekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol kreditining muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining faoliyat turi va daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Kredit buyurtmasini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan soʻng kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, isteʼmol krediti beruvchi tashkilot isteʼmolchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit buyurtmasi isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit buyurtmasida bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti summasini qaytarishning maqbul istiqbollari mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Shartnoma shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi;
(10-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning nomi va boshqa rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol kreditining obyekti haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol kreditining umumiy summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foiz stavkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan toʻlash uchun boʻnak miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar.
(10-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Shartnomaning shakli va shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma quyidagi hollarda notarial tartibda tasdiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflardan birining talabi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti obyekti boʻlgan mol-mulk boʻyicha bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma shartlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olingan va uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shartnoma tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida yozma ravishda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmolchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot sotib olingan tovar (ish, xizmat) uchun toʻlangan pul summasini isteʼmolchiga qaytarib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi foydalanilmagan moliyaviy isteʼmol kreditidan voz kechish haqida moliyaviy isteʼmol krediti bergan tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur kreditdan voz kechishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmol kreditidan foydalanmagan taqdirda, isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida isteʼmolchini yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma xabar topshirilgan yoki pochta orqali joʻnatilgan sana mazkur yozma xabar yuborilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti berish qoidalari bilan tanishib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli darajada sifatli boʻlmagan sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) almashtirilishini talab qilish yoki uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmaganida shartnomani bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti beruvchi tashkilotdan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank yoki boshqa kredit tashkilotidan olingan moliyaviy isteʼmol kreditidan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat) haqini shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan moliyaviy isteʼmol kreditini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchiga isteʼmol krediti berish yoki isteʼmol krediti berishni asoslantirilgan holda rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni isteʼmolchidan soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, berilgan isteʼmol krediti summasi muddatidan ilgari qaytarib berilishini va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlanishini talab qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida isteʼmolchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni maʼlum qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy isteʼmol kreditini yoki tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmol krediti berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar isteʼmol krediti berilganda, tovarni (ishni, xizmatni) sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirishi, bunda narxlarda farq boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini isteʼmolchiga qoplashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Moliyaviy isteʼmol kreditining xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 10-apreldagi OʻRQ-828-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 03/23/828/0206-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Isteʼmol kreditini muddatidan ilgari qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda isteʼmolchi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi shaxslarning kafilligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkin.
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishining isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan taʼminoti isteʼmol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixini shakllantirish uchun kredit byurolariga taqdim etiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi. Moliya isteʼmol krediti berish shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kredit axborotining davlat reyestriga ham taqdim etiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil isteʼmol kreditini qaytarish muddati tugagach, isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonunchilikka va shartnomaga muvofiq isteʼmol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashi shart.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti berish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(20-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 6-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ–33-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 160-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 11.04.2023-y., 03/23/828/0206-son)