ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.07.2025 yildagi PQ-226-son

Qaror bilan Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Kengash kotibiyati nodavlat notijorat tashkilot sifatida tashkil etiladi hamda uning aʼzoligiga xalqaro moliya institutlari ham jalb qilinadi. 

Kengash kotibiyati tomonidan xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash orqali mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Bundan tashqari, Kengashning davlat organlari va tashkilotlari bilan bog‘liq faoliyatini Kengash kotibiyati tomonidan muvofiqlashtirish bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari bilan maslahatlashuvlar tashkil etiladi.