Qarorga ko‘ra, investitsiya shartnomasiga quyidagi masalalarni qo‘shish bo‘yicha Investor bilan muzokaralar olib boriladi:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish;
ishlab chiqarilgan elektromobil va gibrid avtomobillarni Qo‘shma korxona tomonidan belgilangan eksport davlatlaridan tashqari doimiy ravishda eksport qilinadigan davlatlar ro‘yxatini kengaytirish;
sifatli va xavfsiz elektromobil va gibrid avtomobillarni xarid qilish, ularning mahalliy iqlim sharoitlariga muvofiqligini taʼminlash hamda kafolatli servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha isteʼmolchilarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ishlab chiqish;
barcha avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shu jumladan Investorga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalarni berishda teng shartlar va sharoitlarni yaratish.