ONLINE TRANSLATE
Паспорт документа
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.07.2016 yildagi PF-4807-son

Farmonga asosan:

1) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni taʼsis etildi;

2) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishonining Nizomi va tavsifi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlandi;

3) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra:

a) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini taʼminlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalari vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanishi;

b) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi;

v) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshirilishi;

g) mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga uning guvohnomasi berilishi belgilandi.

4) “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.