Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/18-son qarori (roʻyxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/3030/1440-son) bilan tasdiqlangan Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomning
351-bandida:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bank bilan mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq kredit va (yoki) kafillik toʻlovlari boʻyicha mijozning topshirigʻisiz uning barcha bank karta hisobvaraqlarida mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yarmi miqdoridagi mablagʻni saqlamagan holda pul mablagʻlarini yechib olish;”;
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.