OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XOʻJALIGI VAZIRINING
ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 415]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik
kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-son “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va
qoidalariga (hisob raqami 119, 2022-yil 28-noyabr)
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari A. SULTONOV
Energetika vaziri SH. XODJAYEV
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 21-sentabrdagi 01/2-37-son
buyrugʻigaILOVA
ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
2. Quyidagi mazmundagi 11-bob bilan toʻldirilsin:
31. Mazkur ShNQda ShNQ 2.04.20-22 “Turar joy obyektlari va jamoat binolarining muhandislik uskunalari uchun kommunikatsiya va dispetcherlash tizimlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga havola qoʻllanilgan.”.
3.
3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Beton ishlari hamda beton va poʻlat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda toʻldiruvchi elementlarning kirish nazorati jurnallari mazkur ShNQning 11-ilovasiga muvofiq elektron yuritilishi lozim.”.
4.
4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“koʻrinmaydigan zona — videokuzatuv kamerasining koʻrish maydonidan tashqarida joylashgan yoki toʻsiqlar sababli zarur tasvir sifatida kuzatish imkoni boʻlmagan hudud.”.
5. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Ushbu ShNQda quyidagi qisqartmalar qoʻllanilgan:
PTZ-kamera — burilish, egilish va masshtablash funksiyalariga ega videokuzatuv kamerasi;
QMVVT — qurilish maydonining vaqtinchalik videokuzatuv tizimi;
MMT — masofaviy monitoring tizimi.”.
6.
5,
13 va
3-ilovadagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7.
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qurilish maydonida bajariladigan tayyorgarlik ishlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
qurilish uchun geodezik rejalashni;
muhandislik tarmoqlari va yoʻllarni yotqizishni;
binolar va inshootlarni tiklash uchun geodezik rejalash ishlarini topshirish-qabul qilishni;
qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun hududni tayyorlashni (hududni tozalash, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan foydalanilmaydigan bino va inshootlarni buzish va boshqalarni);
hududni tekislash hamda zarur boʻlganda grunt suvlari sathini pasaytirishni;
mavjud muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki qayta qurish, yangi muhandislik tarmoqlarini yotqizishni;
doimiy va vaqtinchalik yoʻllarni barpo etish, qurilish maydonini toʻsish hamda zarur boʻlganda kirish-chiqishni nazorat qilish rejimini tashkil etishni;
vaqtinchalik omborxona, yordamchi, maishiy va ijtimoiy binolar hamda inshootlarni joylashtirishni;
ochiq va yopiq ombor maydonchalarini tashkil etishni;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvi uchun aloqa tizimini tashkil etishni;
qurilish maydonini yongʻinga qarshi suv taʼminoti, yongʻinga qarshi birlamchi vositalar, yoritish, signalizatsiya vositalari va videokuzatuv tizimi bilan taʼminlashni.”.
8. Quyidagi mazmundagi 71-bob bilan toʻldirilsin:
311. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-son “Qurilish sohasida natijaga asoslangan boshqaruvni joriy etish hamda sohada davlat xizmatlarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 5-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan qurilish obyektlarining qurilish maydonlari mazkur bob talablariga muvofiq QMVVT va MMT bilan jihozlanishi lozim.
QMVVT va MMT qurilish-montaj ishlari boshlanguniga qadar qurilishni tashkil etish loyihasi hamda ishlarni bajarish loyihasida nazarda tutilishi lozim.
312. QMVVT va MMT boʻyicha loyiha yechimlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
QMVVT va MMTning sxemasini;
har bir videokuzatuv kamerasining identifikatsiya raqami, oʻrnatish joyi va balandligi, koʻrish maydoni, videokuzatuv qamrovidagi hududlar hamda koʻrinmaydigan zonalar koʻrsatilgan joylashtirish rejasini;
elektr taʼminoti, uzluksiz quvvat manbai, yerga ulash va ortiqcha kuchlanishdan himoya qilish yechimlarini;
qoʻllaniladigan uskunalarning nomi, turi, soni va texnik koʻrsatkichlarini;
videoarxivning sigʻimi, videoyozuvlarni saqlash muddatini;
masofaviy monitoring uchun maʼlumot almashish, masofadan ulanish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash yechimlarini.
313. QMVVT va MMT uskunalarining texnik parametrlari mazkur ShNQning 8-ilovasida belgilangan minimal talablardan past boʻlmasligi lozim.
314. Qurilish obyektidagi QMVVT va MMT quyidagilarni taʼminlashi lozim:
videokuzatuv bilan qamrab olinishi lozim boʻlgan zonalarni real vaqt rejimida kuzatishni;
videoaxborotni uzluksiz yoki harakat aniqlanganda yozib borishni hamda arxivlashni;
masofadan ulanish imkoniyatini;
videoyozuvlar va tizim hodisalari vaqtining yagona vaqt manbai bilan sinxronlashtirilishini.
315. QMVVT va MMT uskunalari qurilish-montaj ishlarini bajarishga, transport vositalari harakatiga, yuk koʻtarish mexanizmlarining xavfsiz ishlashiga xalaqit bermaydigan, shuningdek uskunalarning xavfsiz ishlashi va shikastlanishdan himoyalanishini taʼminlaydigan joylarda oʻrnatilishi lozim.
316. Videokuzatuv kameralarining koʻrish maydoni qurilish obyektini, uning kirish-chiqish joylarini hamda loyiha hujjatlarida belgilangan nazorat zonalarini qamrab olishi lozim.
Qurilish obyektiga aloqador boʻlmagan hududlarni asossiz videokuzatuv bilan qamrab olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
317. Qurilish maydonida mavjud boʻlgan quyidagi zonalar videokuzatuv bilan qamrab olinishi lozim:
qurilish maydoni perimetri hamda asosiy va yordamchi kirish-chiqish joylari;
transport vositalarining kirish-chiqish, yuklarni yuklash va tushirish joylari;
kotlovanlar, poydevorlar, armaturalash va betonlash ishlari bajariladigan zonalar;
bino va inshootlarning qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan qavatlari hamda asosiy konstruksiyalar montaj qilinadigan hududlar;
kranlar, yuk koʻtarish mexanizmlari va materiallar uzatiladigan hududlar;
materiallar, konstruksiyalar, uskunalar, yoqilgʻi hamda vaqtinchalik elektr qurilmalari joylashtirilgan hududlar;
buzish, balandlikda bajariladigan, payvandlash, yuk koʻtarish, yer qazish, yopiq makonlarda bajariladigan, elektr, gaz, bosim ostidagi uskuna va xavfli moddalar bilan bogʻliq ishlar bajariladigan zonalar;
qurilish-montaj ishlarining umumiy holati va bajarilish jarayonini kuzatish uchun zarur hududlar.
318. Videokuzatuv bilan qamrab olinishi lozim boʻlgan har bir nazorat zonasi doimiy videoyozuvni taʼminlaydigan kamida bitta videokuzatuv kamerasi bilan jihozlanishi lozim. PTZ-kameralardan mazkur nazorat zonasini kuzatishning yagona vositasi sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
319. Videokuzatuv kameralari soni qurilish maydonining oʻlchami va konfiguratsiyasi, nazorat zonalarining joylashuvi, toʻsiqlar hamda koʻrinmaydigan zonalar mavjudligi, bajarilayotgan ishlarning xususiyati va xavf darajasi, shuningdek belgilangan tasvir sifatini taʼminlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
3110. Qurilish maydonidagi vaqtinchalik videokuzatuv kameralarining turi, soni va joylashuvi quyidagilarni hisobga olgan holda belgilanadi:
kuzatuv vazifasi (umumiy kuzatish, qurilish obyektini aniqlash, tanib olish yoki identifikatsiya qilish);
nazorat qilinadigan zonaning oʻlchamlari va shakli, shuningdek videokuzatuv kamerasi bilan kuzatiladigan obyektgacha boʻlgan masofa;
videokuzatuv kamerasining tasvir ajratish qobiliyati, koʻrish burchagi, obyektiv fokus masofasi va boshqa tasvir olish parametrlari;
kunduzgi va tungi vaqtdagi yoritilganlik darajasi, qarshi yorugʻlik hamda tasvir sifatiga taʼsir qiluvchi ob-havo sharoitlari;
qurilish konstruksiyalari, havozalar, yuk koʻtarish kranlari, vaqtinchalik bino va inshootlar, qurilish materiallari va boshqa toʻsiqlar hosil qiladigan koʻrinmaydigan zonalar;
videokuzatuv kamerasiga taʼsir etuvchi tebranish, shamol, chang, namlik, harorat va mexanik shikastlanish xavfi;
videokuzatuv tizimining ishonchliligi va rezervlash (videokuzatuv kamerasi yoki tizimning alohida elementi ishdan chiqqanda muhim nazorat zonalarining nazoratsiz qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi).
3111. Videokuzatuv kamerasi obyektivining fokus masofasi hamda gorizontal va vertikal koʻrish burchaklari ShNQ 2.04.20-22 talablariga muvofiq aniqlanadi. Koʻrinmaydigan zonalarning oʻlchamlari videokuzatuv kamerasini joylashtirish rejasini ishlab chiqishda qurilish maydonining xususiyatlari va mavjud toʻsiqlar hisobga olingan holda belgilanadi.
3112. Qoʻshni videokuzatuv kamerasi koʻrish maydonlarining joylashuvi nazorat zonalarini uzluksiz videokuzatuv bilan qamrab olishni taʼminlashi lozim. Muhim nazorat zonalarida doimiy koʻrinmaydigan zonalar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3113. Videokuzatuv kamerasi barqaror tayanchlar va ishonchli mahkamlagichlarga oʻrnatilishi lozim. Tayanchlar hamda mahkamlagichlar shamol, tebranish va mexanik taʼsirlar sharoitida videokuzatuv kamerasining xavfsiz oʻrnatilishini hamda tasvirning barqarorligini taʼminlashi lozim.
3114. Qurilish maydonlarida masofaviy monitoring va videoaxborotni tarmoq orqali uzatishni taʼminlaydigan IP texnologiyasi asosidagi videokuzatuv kameralari yoki funksional jihatdan ularga teng uskunalardan foydalaniladi.
3115. Videokuzatuv kamerasi kunduzgi va tungi rejimda ishlash, videoyozuvlarda raqamli sana va vaqt belgisini shakllantirish, keng dinamik diapazonni taʼminlash, infraqizil yoritish yoki tashqi yoritish vositalari bilan ishlash, shuningdek harakat va videokuzatuv kamerasiga ruxsatsiz tashqi taʼsir koʻrsatish holatlarini aniqlash funksiyalariga ega boʻlishi lozim.”.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1
1-ilova bilan toʻldirilsin.
10. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning
2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 8-ilova bilan toʻldirilsin.
ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va
qoʻshimchalarga1-ILOVA
“ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
11-ILOVA
|
Ishni bajarish sanasi
|
Inshoot va konstruktiv
elementning betonlanayotgan qismining nomi (koordinata oʻqlari va balandlik belgilari
koʻrsatiladi)
|
Olib kelingan beton
qorishmasining sinfi (markasi)
|
Loyihada belgilangan
beton sinfi (markasi)
|
Beton qorishmasining
quyish paytidagi harorati, °C
|
Joyiga quyilgan beton
hajmi (bir smenada), m³
|
Tashqi havo harorati,
°C
|
Nazorat namunalarining
tamgʻasi (markirovkasi)
|
Laboratoriya sinovlari
natijalari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Beton va poʻlat prokati mahsulotlari (konstruksiyalari) hamda toʻldiruvchi elementlarning kirish nazorati jurnali
|
Mahsulot qabul qilingan
sana
|
Mahsulotning nomi,
turi va markasi
|
Mahsulot sifatini
tasdiqlovchi hujjatlarning raqami hamda elektron nusxasi
|
Ishlab chiqaruvchi
yoki yetkazib beruvchi tashkilotning nomi va STIRi
|
Tovar-kuzatuv
hujjatining (shartnoma, hisobvaraq-faktura, yuk xati va boshqalar) raqami hamda
elektron nusxasi
|
Mahsulot miqdori
va fotosurati
|
Loyiha hujjatlari
hamda normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulot miqdori
|
Bartaraf etish mumkin
boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar
|
Nomuvofiq mahsulot
boʻyicha koʻrilgan choralar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va
qoʻshimchalarga2-ILOVA
“ShNQ 3.01.01-22 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga
8-ILOVA
QMVVT VA MMTning minimal texnik parametrlari
Texnik koʻrsatkich | I murakkablik toifasi | II murakkablik toifasi | III-IV murakkablik toifalari |
Videokuzatuv kamerasi turi | doimiy (statsionar) IP-kamera | doimiy (statsionar) IP-kamera va hisob-kitob asosida PTZ-kamera | doimiy (statsionar) IP-kamera va hisob-kitob asosida PTZ-kamera yoki panoramali kamera |
Tasvirning ajratish qobiliyati | kamida 2 MP | kamida 4 MP | kamida 4 MP, identifikatsiya talab qilinadigan muhim zonalarda kamida 8 MP |
Kunduzgi va tungi rejim | avtomatik kun/tun rejimi, IQ yoritish yoki tashqi yoritish hisob-kitob asosida | avtomatik kun/tun rejimi, IQ yoritish yoki tashqi yoritish hisob-kitob asosida | avtomatik kun/tun rejimi, IQ yoritish yoki tashqi yoritish hisob-kitob asosida muhim zonalarda zaxira yoritish |
Tashqi muhit taʼsiridan himoya | kamida IP66 | kamida IP66, yetib borish mumkin boʻlgan joyda kamida IK08 | kamida IP66 va IK10 |
PTZ-kameraning optik masshtabi | qoʻllanilganda kamida 12x | qoʻllanilganda kamida 20x | qoʻllanilganda kamida 25x |
Video siqish formati | H.264/H.265 yoki ularga teng format | H.264/H.265 yoki ularga teng format | H.265 yoki unga teng samarali format |
Tarmoqqa ulanish | ethernet/PoE, simli aloqa asosiy kanal sifatida | ethernet/PoE, 100 m dan ortiq masofada optik tola | asosiy va mustaqil zaxira kanal |
Videoarxivni saqlash muddati | kamida10 d (sutka) | kamida 20 d (sutka) | kamida 30 d (sutka) |
QMVV va MMT holatini nazorat qilish | video signali yoʻqolishi va xotira nosozligini aniqlash | qoʻshimcha ravishda obyektiv yopilishi, fokus hamda koʻrish maydoni oʻzgarishini aniqlash | qoʻshimcha ravishda aloqa, elektr taʼminoti, arxiv va zaxira vositalari holatini nazorat qilish |
Axborot xavfsizligi | alohida hisob yozuvlari, zavod parollarini almashtirish, tarmoqni mantiqiy ajratish, TLS va/yoki VPN | qoʻshimcha ravishda ikki bosqichli autentifikatsiya va tarmoq segmentatsiyasi | qoʻshimcha ravishda zaxiralash, markazlashtirilgan jurnallash va konfiguratsiyani nazorat qilish |