toggle_night_mode
Hujjat 04.01.2027 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3412-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-maydagi PF-78-son “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/2-son qarori (roʻyxat raqami 3412, 2023-yil 11-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 10/23/3412/0021-son) bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2026-yil 3-sentabr,
23/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 3-sentabrdagi 23/6-son qaroriga
ILOVA
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aktivning jami qiymati — aktivning tashkilotlar balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining mazkur aktiv boʻyicha yaratilgan zaxira chegirilmagan miqdori;
muddati oʻtgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan), shu jumladan toʻlovlar kamida bir kunga kechiktirilgan tashkilotlar oldidagi majburiyat;”.
2. Quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilsin:
“11. Mazkur Nizom talablariga muvofiq quyidagi aktivlar sifati boʻyicha tasniflanadi:
kredit, mikrokredit, mikroqarz (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi), lizing, faktoring;
qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;
mazkur bandda belgilangan aktivlar boʻyicha olinishi lozim boʻlgan hisoblangan va (yoki) undirilmagan foizli va foizsiz daromadlar, jarima va penyalar;
banklarga joylashtirilgan mablagʻlar;
garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda undirib olingan mulklar;
balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan kafolatlarning mikromoliya tashkiloti tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar;
islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan toʻlovga asoslangan moliyalashtirish (salam) (bundan buyon matnda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deb yuritiladi);
kredit tavakkalchiligi mavjud boʻlgan boshqa aktivlar va balansdan tashqari hisobvaraqlar.
12. Quyidagi aktivlarga nisbatan mazkur Nizom talablari qoʻllanilmaydi:
sotib olingan davlat qimmatli qogʻozlariga;
hosilaviy instrumentlarga;
tashkilotlarning nomoddiy aktivlariga;
tashkilotlarning moliyaviy va (yoki) moliyaviy boʻlmagan tashkilotlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar va (yoki) aksiyalarga qilingan investitsiyalariga.”.
3. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Tashkilotlarning aktivlari sifatiga koʻra quyidagi toifalarga tasniflanadi:
“standart”;
“substandart”;
“qoniqarsiz”;
“shubhali”;
“umidsiz”.
“Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflangan aktivlar muammoli aktivlar hisoblanadi.”.
4. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar balansidagi muammoli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi oʻn foiz va undan yuqori boʻlmasligi lozim.”.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa toʻlovlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “91” va “180” raqamlari tegishli ravishda “181” va “365” raqamlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “181” raqami “366” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflanishi mumkin:
qarzdor tomonidan qarzni toʻliq yoki qisman qaytarilishi boʻyicha tashkilotning asosli kutilmalari mavjud boʻlmasa yoki aktiv qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar mavjud boʻlsa;
qarzdor faoliyati tugatilgan (tugatilayotgan) boʻlsa va (yoki) qarzdor sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan boʻlsa.”.
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:”;
oltinchi xatboshidan “dividend yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 7-banddagi “olti oy” degan soʻzlar “bir yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 8 va 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlarning, shu jumladan kafolatlarning mikromoliya tashkiloti tomonidan bajarilishi natijasida vujudga kelgan aktivlar “umidsiz” deb tasniflanadi.
9. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan aktivlar boʻyicha qarzdorning moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi yoki bunday qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli munosabati bilan unga quyidagi yengilliklardan kamida bittasi taqdim etilgan boʻlsa, bunday aktivlar restrukturizatsiya qilingan aktivlar deb hisoblanadi:
aktiv boʻyicha toʻlovlar, jumladan asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarni toʻlash muddati uzaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 93-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida keltirilgan holat mustasno;
asosiy qarz, foiz va (yoki) boshqa toʻlovlar boʻyicha imtiyozli davr taqdim etilishi va (yoki) uzaytirilishi, shu jumladan aktiv boʻyicha asosiy qarz va foizlar toʻlovi maʼlum muddat oraligʻida faqat foiz toʻlanadigan shaklga oʻzgartirilishi;
foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 93-bandi toʻrtinchi xatboshisida keltirilgan holatlar mustasno;
garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi yoki kreditning taʼminlanganlik darajasi pasaytirilishi, bundan mazkur Nizomning 93-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida keltirilgan holatlar mustasno;
aktivning qarzdorning aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinishi;
“standart” deb tasniflanmagan aktivning qayta moliyalashtirilishi. Bunda qayta moliyalashtirilgan aktiv deb qayta moliyalashtirish doirasida qarzdorga berilgan yangi aktiv hamda mazkur aktiv hisobidan toʻliq yoki qisman soʻndirilgan amaldagi aktiv hisoblanadi;
toʻlanishi lozim boʻlgan foiz va (yoki) boshqa toʻlovlarning kapitalizatsiya qilinishi;
asosiy qarz, foizlar, ustama va (yoki) boshqa toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
garovga qoʻyilgan mol-mulkni tashkilot balansiga qabul qilish evaziga aktiv boʻyicha toʻlovlardan qisman voz kechilishi;
qarzdorning boshqa qarzdorga oʻzgartirilishi, bundan vafot etgan qarzdorning majburiyati uning huquqiy vorisiga oʻtishi mustasno.”.
9. Quyidagi mazmundagi 91 — 94-bandlar bilan toʻldirilsin:
“91. Aktivni restrukturizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror tashkilotning tegishli vakolatli organi tomonidan amalga oshirilgan tahlil asosida qabul qilinishi, tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ushbu qarorga tasdiqlovchi hujjatlar va tahliliy maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.
92. Aktiv sifatining haqiqiy tasnifini yashirish hamda ushbu aktiv boʻyicha zararlar tan olinishini kechiktirish maqsadida restrukturizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
93. Quyidagi hollarda shartnoma shartlariga oʻzgartirishlar kiritilishi ushbu Nizom maqsadlarida aktivning restrukturizatsiya qilinishi hisoblanmaydi:
mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining oʻzgartirilishi;
aktivni qaytarish jadvalida asosiy qarz, foizlar, ustamalar va (yoki) boshqa toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi;
shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan, shuningdek, tashkilotlarning tashabbusi bilan foiz stavkasining yoki ustama miqdorining kamaytirilishi;
aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan garovga qoʻyilgan mol-mulklarning qisman yoki toʻliq garovdan chiqarilishi;
kreditning taʼminlanganlik darajasi (kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi) tashkilotning ichki hujjatlarida belgilangan chegaragacha pasaytirilishi;
taʼminot turining oʻsha sifatdagi (likvidlilik, qiymat) yoki yuqoriroq sifatdagi taʼminot turiga oʻzgartirilishi;
aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi.
94. Quyida keltirilgan holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, qarzdor moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud boʻlgan deb hisoblanadi:
yengillik taqdim etish sanasida qarzdorda tashkilot va (yoki) boshqa kredit tashkiloti tomonidan berilgan aktiv (aktivlar) boʻyicha 30 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
qarzdorda soʻnggi 6 oy ichida umumiy hisobda 60 kun va undan ortiq muddati oʻtgan qarzdorlik mavjudligi;
tashkilot tomonidan yengillik taqdim etilmagan taqdirda qarzdor keyingi 6 oy ichida oʻzining moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi yoki lozim darajada bajara olmasligi ehtimolining mavjudligi;
tashkilotning ichki kredit reyting tizimiga muvofiq (agar mavjud boʻlsa) soʻnggi 6 oy ichida qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizlik holatiga uchrash ehtimoli oshganligi;
qarzdor tomonidan tashkilot bilan tuzilgan shartnomada belgilangan shartlarga rioya etilmasligi natijasida tashkilotda qarzdordan aktivni muddatidan oldin soʻndirishni talab qilish huquqi vujudga kelganligi;
qarzdorning moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi muhim hodisalar yuz bergan boʻlsa, shu jumladan qarzdorning qimmatli qogʻozlari xorijiy va (yoki) mahalliy uyushgan (tartibga solinadigan) moliya bozorida savdo qilishga ruxsat etilgan listing roʻyxatidan listing talablariga nomuvofiqlik yoki moliyaviy sabablar tufayli chiqarilishi yoki chiqarilish jarayonida boʻlishi;
tashkilotning ichki hujjatlariga muvofiq qarzdor moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganligini yoki moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud ekanligini ifodalovchi boshqa holatlar.”.
10. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Restrukturizatsiya qilingan aktivlar sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar yoxud boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “substandart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa toʻlovlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa toʻlovlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa toʻlovlarni qaytarish 181 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda — “umidsiz”.
Mazkur Nizomning 5-bandi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, restrukturizatsiya qilingan aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflanishi mumkin.”.
11. 12-banddagi “aktivlarning shartlari qayta qoʻrib chiqilmagan deb hisoblanishi” degan soʻzlar “restrukturizatsiya qilingan aktiv deb hisoblamaslik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. Quyidagi mazmundagi 21-paragraf bilan toʻldirilsin:
“21-§. Aktivga “foizlarni oʻstirmaslik” maqomini berish
121. 2027 yil 1-yanvardan boshlab muammoli deb tasniflangan aktivlarga mazkur Nizom maqsadlarida “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi beriladi. Bunda foizlarni oʻstirmaslik deganda hisoblangan foiz daromadini toʻliq olish va (yoki) aktivning asosiy summasini qaytarish ehtimoli mavjud boʻlmaganda, aktiv boʻyicha foizlarni hamda boshqa daromadlarni, shu jumladan jarima va penyalarni balansda hisoblashni toʻxtatish tushuniladi.
122. Aktivga “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi berilganidan soʻng barcha hisoblangan, lekin olinmagan foizli va boshqa daromadlar teskari buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshirilgan holda, balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Foizli va boshqa daromadlar balansdan tashqari hisobvaraqlarga oʻtkazilganidan soʻng, keyingi foizlar (daromadlar) hisoblanishi faqat mazkur hisobvaraqlarda kredit shartnomasida belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar mustasno.
123. Aktivga “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi berilishi qarzdorni hisoblangan foizlar va boshqa toʻlovlarni, shu jumladan tashkilotning balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobga olingan foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash majburiyatidan ozod etmaydi.
124. Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha jarima, penya va foizlarni hisoblash tugatiladi.
Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi.
125. Sudgacha sanatsiya davrida tashkilotlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻxtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin.
Sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarzdorning kreditlari boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlash toʻxtatib turilishi, keyinchalik sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin.
126. Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisoblangan foizli va boshqa daromadlar tashkilotga haqiqatda kirim qilingan sanada, shu jumladan tashkilotning aylanma kassasiga va (yoki) mijozning tegishli hisobvaragʻiga mablagʻ kelib tushganda, tashkilotning daromadi sifatida tan olinadi.
127. Aktiv mazkur Nizom talablariga muvofiq “standart” yoki “substandart” deb qayta tasniflanganidan soʻng, uning “foizlarni oʻstirmaslik” maqomi bekor qilinadi.”.
13. 13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Tashkilotlar aktiv sifatiga qarab, aktivning jami qiymatiga nisbatan quyidagi miqdorlarda tashkilot xarajatlari hisobidan zaxira shakllantirishi lozim:
“standart” deb tasniflanganda bir foiz;
“substandart” deb tasniflanganda oʻn foiz;
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
“shubhali” deb tasniflanganda ellik foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda yuz foiz.
14. Quyidagi hollarda aktiv u boʻyicha shakllantirilgan zaxira hisobiga “Balansdan tashqari hisobvaraqlar”ga oʻtkazilishi lozim:
qarzdorga onlayn kredit frod holati natijasida rasmiylashtirilishi oqibatida mazkur qarzdor jabrlanuvchi deb eʼtirof etilganligi toʻgʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi kelib tushganda;
aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflangan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida.
Aktivning “Balansdan tashqari hisobvaraqlar”ga oʻtkazilishi uning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi hamda ular boʻyicha toʻlovlar bekor qilinishini bildirmaydi. Mazkur aktivlar “Balansdan tashqari hisobvaraqlar”ga oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida ushbu hisobvaraqda aks ettirilishi hamda tashkilot tomonidan ularni undirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishi lozim.”.
14. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. “Balansdan tashqari hisobvaraqlar”da hisobga olingan aktivlar quyidagi holatlarda tashkilotning yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan hisobdan chiqarilishi mumkin:
tashkilot aktivdan voz kechsa;
aktiv “Balansdan tashqari hisobvaraqlar”ga oʻtkazilgandan keyin 3 yil davomida toʻlanmasa;
qarzdor vafot etsa va uning qarzini qaytarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaxs mavjud boʻlmasa;
sudning qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa;
yuridik shaxs boʻlgan qarzdor tugatilgan boʻlsa.”.
15. 15-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
16. 20 va 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Quyidagi hollarda aktiv sifati “standart” deb qayta tasniflanishi mumkin:
“substandart” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoxud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha keyingi toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda;
“qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoxud boshqa toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 2 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda;
“shubhali” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari yoxud boshqa toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 3 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda.
21. Aktivlar sifati ular restrukturizatsiya qilinishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
“Substandart”, “qoniqarsiz” yoki “shubhali” deb tasniflangan aktivlar restrukturizatsiya qilinganidan keyin aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin.
Aktivlar restrukturizatsiya qilinganidan keyin ular boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddatlarga kechiktirilgan taqdirda, ushbu aktivlarning sifatini “standart” deb qayta tasniflash mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
birinchi xatboshidagi ““Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻida” degan soʻzlar ““Balansdan tashqari hisobvaraqlar”da” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “foizlari” degan soʻzdan keyin “yoxud boshqa toʻlovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 26-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “balansdan tashqari moddalar” degan soʻzlar “balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. 43-band “haydovchilik guvohnomasi” degan soʻzlardan keyin “yoki ularning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
20. 7-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
21. 117 va 118-ilovalarning matnidagi “balansdan tashqari aktivlar” va “shartlari qayta koʻrilganligi” degan soʻzlar tegishli ravishda “balansdan tashqari hisobvaraqlardagi majburiyatlar” va “restrukturizatsiya qilinganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
_______________________________ tomonidan
(tashkilotning nomi)
berilgan kreditlar va koʻrsatilgan lizing xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot

ming soʻmda

T/r

Asosiy ssuda hisobraqami (20 talik)

Hudud kodi

Tuman/shahar kodi

Qarzdorning toʻliq nomi

Qarzdorning STIR/JShShIR (yuridik shaxs va YATT uchun - STIR, jismoniy shaxs uchun - JShShIR)

Subyekt turi:

1- yuridik shaxs,

2-YATT, 3- oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, 4- jismoniy shaxs

Mikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yoʻq)

Oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhi raqami

KADR bazasida roʻyxatga olingan shartnoma unikal raqami (18 talik) (boʻsh katak qolmasin)

Kredit shartnoma raqami

Kredit shartnoma sanasi

Kredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) berilgan sana

Kredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qaytarish sanasi

Kredit muddati (oylar soni)

Imtiyozli davr (oylar soni)

Toʻlov grafik usuli (1-annuitet; 2-differensial)

Kredit shartnoma summasi

Haqiqatda ajratilgan kredit summasi (nominal)

1

2

3

4

5

6

7*

8*

9*

10

11

12

13

14

15*

16

17

18

19

Kredit (isteʼmol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qoldigʻi

shundan,

muddatli kredit hisobraqami (20 talik)

muddatli kredit qoldigʻi

muddati oʻtgan kredit hisobraqami (20 talik)

muddati oʻtgan kredit qoldigʻi

muddati oʻtgan qoldiq shakllangan sana (KK.OO.YYYY)

shartlari oʻzgartirilgan kredit hisobraqami (20 talik)

shartlari oʻzgartirilgan kredit qoldigʻi

shartlari oʻzgartirilgan sana (KK.OO.YYYY)

shartlari oʻzgartirilgandan soʻng kreditni oxirgi soʻndirilish sanasi (KK.OO.YYYY)

sud jarayonidagi kredit hisobraqami (20 talik)

sud jarayonidagi kredit qoldigʻi

sud jarayoniga oʻtkazilgan sana (KK.OO.YYYY)

Balansdan tashqari kredit hisobraqami (20 talik)

Balansdan tashqari kreditlar (95413) qoldigʻi

Balansdan tashqariga oʻtkazilgan sana (KK.OO.YYYY)

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

31

32

33

34

35

Yillik foiz stavkasi

Muddati oʻtgan kredit uchun foiz stavkasi (foizda)

Kredit boʻyicha hisoblangan jami foizlar

hisoblangan foizlar (16307, 16309, 16323)

muddati oʻtgan foizlar (16377)

muddati oʻtgan foiz shakllangan sana (KK.OO.YYYY)

muddati uzaytirilgan foizlar

hisobdan chiqarilgan foizlar (91501)

hisobdan chiqarilgan foizlar shakllangan sana (KK.OO.YYYY)

Jami hisoblangan penya

shundan,

kredit sifati tasnifi

hisoblangan penya shakllangan sana (KK.OO.YYYY)

asosiy qarz boʻyicha

hisoblangan foizlar boʻyicha

penya boʻyicha

36

37

38

39

40

41

42

43

44

45

46

47*

48*

49*

Ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi jami shakllantirilgan zaxira

shundan,

Kredit turi:

1-isteʼmol;

2-mikrokredit;

3-mikroqarz;

4-lizing

Taʼminot turi:

0-taʼminlanmagan;

1-koʻchmas mulk;

2-transport;

3-qimmatliklar;

4-boshqalar

Garovga qoʻyilgan mulkning garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish raqami

Taʼminotning qiymati

Muddati oʻtgan asosiy qarz

shundan, qarzdorlik muddati

Toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan aktivlar

shundan,

asosiy qarz boʻyicha yaratilgan zaxira

hisoblangan foizlar boʻyicha yaratilgan zaxira

penya boʻyicha yaratilgan zaxira

1 — 30 kun

31 — 90 kun

91 — 180 kun

181 — 365 kun

366 kun va undan yuqori

Kredit asosiy qarzdorligining sof qoldigʻi

Kredit foiz qarzdorligining sof qoldigʻi

50

51*

52*

53*

54*

55

56

57

58*

59*

60*

61*

62*

63*

64*

65*

66*

* Lombardlar tomonidan toʻldirilmasligi mumkin.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2026-y., 10/26/3412-2/0999-son)