toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
“Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qaror, shunindek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 28 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3166-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-son “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarini yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligining 2019-yil 31-maydagi 5, 13, 69-son “Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3166, 2019-yil 10-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2019-y., 10/19/3166/3161-son);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-son “Davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3552, 2024-yil 15-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/ 0630-son) ilovaning 98-bandi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermerlari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2026-yil 18-sentabr,
55-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026 yil 16-sentabr,
398-son
Kelishildi:
Kadastr agentligi direktori S. TURDIYEV
2026 yil 7-sentabr
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2026 yil 4-sentabr
Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
2026 yil 3-sentabr
Fermerlar kengashi raisi A. XAITOV
2026 yil 28-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2026 y., 10/26/3166-1/0972-son)