1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
ShNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-iyulda hisobga olindi, hisob raqami 408]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga (hisob raqami 287, 2024-yil 11-sentabr) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-iyun,
01/2-23-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari S. ESHQUVVATOV
2026-yil 6-may
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 17-iyundagi 01/2-23-son buyrugʻiga ILOVA
ShNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
ShNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
ShNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”;
ShNQ 2.01.04-18 “Qurilish issiqlik texnikasi”;
ShNQ 2.01.07-21 “Yuklamalar va taʼsirlar”;
ShNQ 2.01.18-24 “Binolar va inshootlarni isitish, shamollatish va konditsiyalashtirish uchun energiya sarfi normalari”;
ShNQ 2.08.01-24 “Turar joy obyektlarini loyihalash”;
ShNQ 2.08.02-23 “Jamoat binolari va inshootlari”;
SanQvaN 0294-11 “Ish oʻrni havosidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan konsentratsiyalarining gigiyenik normativlari”;
Oʻz MSt 133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish”;
GOST 12.1.005-88 Mehnatni muhofaza qilish standartlari tizimi. Ish zonasining havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari (rasmiy manba: ГОСТ 12.1.005-88 Система стандартов безопасности труда. Общие санитарно-гигиенические требования к воздуху рабочей зоны);
GOST 31311-2022 Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Isitish priborlari. Umumiy texnik shartlar. (rasmiy manba: Система стандартов безопасности труда. Приборы отопительные. Общие технические условия).”.
2. 4-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “ShNQ 2.01.18-18” degan soʻzlar “ShNQ 2.01.18-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-banddagi “ShNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “ShNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 93-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“93. A, B, V1, V2, V3 toifadagi yonuvchi materiallar changlari ajralib chiqadigan xonalarda suvli va bugʻli isitish tizimlarining isituvchi jihozlari sifatida silliq yuzaga ega, oson tozalanadigan hamda GOST 31311-2022 talablariga muvofiq boʻlgan panellarni oʻrnatish lozim.”.
5. 163-bandda:
birinchi xatboshidagi “ShNQ 2.09.04-09” degan soʻzlar “ShNQ 2.09.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ShNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “ShNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 283-banddagi “ShNQ 2.08.01-19” degan soʻzlar “ShNQ 2.08.01-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 324-bandning ikkinchi xatboshisidagi “QMQ 2.08.01-19” va “QMQ 2.09.04-09” degan soʻzlar tegishli ravishda “ShNQ 2.08.01-24” hamda “ShNQ 2.09.02-23” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 8-ilovaning 3-bandida:
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “QMQ 2.01.07-96 “Yuklar va taʼsirlar” degan soʻzlar “ShNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshidagi “QMQ 2.01.07-96” degan soʻzlar “ShNQ 2.01.07-21” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 15-ilovaning 2-bandi qirq sakkizinchi xatboshisidagi “ShNQ 2.01.18-18” degan soʻzlar “ShNQ 2.01.18-24” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.