toggle_night_mode
Hujjat 12.03.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida»gi 478-V/KQ-66-V-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2025-yil, № 2, 367-modda) 1-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2026-yil 12 mart,
1849-V
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2026-yil 12 mart,
KQ-324-V
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martda qabul qilingan 1849-V/KQ-324-V-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining
TARKIBI

Agzamxodjayev Alisher Anvarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining raisi, parlament komissiyasi raisi;

Zayniyev Farxod Nuritdinovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari;

Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi;

Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

Tursunov Kobul Beknazarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

Marufova Gulnora Maxmudovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy ishlovchi senator;

Kalanov Rustam Abduxakimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Abdikarimova Sayyora Sapayevna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari;

Kadirxanova Malika Akbarovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator;

Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator;

Shadmanov Adxam Xursanbayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Baratova Madina Xasanovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Xalmuratova Guljan Pirjanovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Xodjayeva Moxira Mirzaxmadovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi;

Yusupov Navruzbek Mukimjonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Olimova Gavxar Dusbekovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi;

Tojiyev Kozimjon Oʻktamovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, parlament komissiyasi masʼul kotibi.