toggle_night_mode
Hujjat 07.10.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni aniqlash va ularni jamiyatga integratsiya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2026-yil 3-avgustdagi PF-146-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) huzuridagi Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarining cheklangan umumiy soni 11 ta shtat birligidan iborat etib belgilansin. Bunda:
Markazning tuzilmasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlariga tenglashtiriladi;
Markazning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari uchun shtat birliklari soni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Markazga 1 ta xizmat avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratiladi.
2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-noyabrga qadar mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi takomillashtirilishi va zaruratga koʻra uning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ixtisoslashgan muassasalarga yetib borishi uchun hamrohlik xizmatini (kuzatib boruvchi) tashkil qilib borsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-oktabr,
539-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-oktabrdagi 539-son qaroriga
1-ILOVA
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan va odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — odam savdosidan jabrlangan shaxslar) xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dastlabki identifikatsiya — jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida maʼlumotlarni olishga, oʻrganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar;
ixtisoslashgan muassasalar — Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi, shuningdek, Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlari;
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni identifikatsiya qilish — jismoniy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi toʻgʻrisida yoki sodir etish niyati haqida maʼlumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
yakuniy identifikatsiya — jismoniy shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) hamda ixtisoslashgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun “Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalarga quyidagi davr mobaynida murojaat qilishi mumkin:
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida eʼtirof etilgandan soʻng bir oy ichida;
odam savdosidan jabrlangan deb tan olingandan soʻng bir yilgacha boʻlgan muddat ichida.
5. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish ushbu Reglamentga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
1-§. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish
6. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar “Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalarning xizmatlaridan foydalanish uchun toʻgʻridan toʻgʻri “Inson” markazlariga, ixtisoslashgan muassasalarga, mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilishi mumkin.
Bunda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar odam savdosidan jabrlangan shaxslarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish uchun “Inson” markazlariga yoxud ixtisoslashgan muassasalarga, zarur hollarda, murojaatchining roziligi asosida ichki ishlar organlari yoki tez tibbiy yordam xizmatlariga yoʻnaltiriladi.
7. Kelib tushgan murojaatlar asosida odam savdosidan jabrlangan shaxslar “Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalarning masʼul xodimi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda dastlabki identifikatsiyadan oʻtkaziladi.
8. “Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalar tomonidan odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida eʼtirof etilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning roziligi asosida, ichki ishlar organlariga taqdim etiladi.
9. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ularning shaxsini tasdiqlash uchun ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ichki ishlar organlariga taqdim etilgan holda ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi.
Bunda Inson” markazlari va ixtisoslashgan muassasalar tomonidan ushbu shaxslarga ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilguniga qadar quyidagi xizmatlar koʻrsatilishi mumkin:
shoshilinch tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;
psixologik xizmatlar;
huquqiy xizmatlar;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan hujjatlarini qayta tiklashga koʻmaklashish;
ixtisoslashgan muassasalarda kasbga oʻqitish kurslariga jalb etish.
10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslarni toʻliq ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish maqsadida Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, ixtisoslashgan muassasalarga quyidagi vakolatlar beriladi:
a) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning chet davlat fuqaroligiga mansubligi yoki mansub emasligini aniqlash toʻgʻrisida soʻrovnomalar kiritish;
b) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, arxiv maʼlumotlari va boshqa axborot manbalari orqali ularning shaxsi va huquqiy maqomini aniqlash boʻyicha choralar koʻrish;
v) odam savdosidan jabrlangan shaxslarning:
fuqaroligi aniqlangan taqdirda, ularning kelib chiqqan davlatiga ixtiyoriy ravishda qaytishiga koʻmaklashish yoki qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishining huquqiy asoslarini rasmiylashtirish choralarini koʻrish;
fuqaroligi aniqlanmagan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan ularni fuqaroligi boʻlmagan shaxs sifatida tan olish va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish.
11. “Inson” markazlari va ixtisoslashgan muassasalar odam savdosidan jabrlangan shaxslarning murojaati asosida ularning ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini baholaydi va ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltiradi.
12. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan dastlabki yoki yakuniy identifikatsiyadan oʻtgan shaxs ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan taqdirda, u haqidagi maʼlumotlar tegishincha identifikatsiyani amalga oshirgan tashkilot yoki Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha hududiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiya) tomonidan oʻzlarining elektron axborot tizimlari orqali “Inson” markazlariga yoxud ixtisoslashgan muassasalarga yuboriladi.
2-§. “Inson” markazlari tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
13. Ijtimoiy va boshqa xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaxs va uning oila aʼzolarining ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda ijtimoiy xizmatlarga muhtojligi bir ish kuni ichida “Inson” markazlari tomonidan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) orqali Agentlik tomonidan belgilangan tartibda baholanadi hamda baholash natijasi asosida ular tegishli xizmatlarga yoʻnaltiriladi.
14. Soʻrovnoma natijasida odam savdosidan jabrlangan shaxslarga “Inson” markazlari tomonidan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
shoshilinch tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;
psixologik xizmatlar;
huquqiy xizmatlar;
zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan hujjatlarini qayta tiklashga koʻmaklashish;
kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan shaxslarni hududlardagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida kasbga oʻrgatish uchun yoʻllanma berish;
bandligini taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga yoʻllanma berish;
“Inson” markazlari va ixtisoslashgan muassasalar tomonidan koʻrsatilmaydigan boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga koʻmaklashish.
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq “Inson” markazlari tomonidan boshqa xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
15. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATga kiritib boriladi.
3-§. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirish
16. Reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaxslar haqidagi maʼlumotlar dastlabki identifikatsiyani amalga oshirgan odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari, shu jumladan, “Inson” markazlari hamda hududiy komissiya tomonidan ixtisoslashgan muassasalarga yuboriladi. Bunda:
odam savdosidan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hamda odam savdosidan jabrlangan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ixtisoslashgan muassasa xizmatidan foydalanish istagini bildirgan voyaga yetmagan shaxslar oʻzlari yashaydigan hududga yaqin joylashgan ixtisoslashgan muassasaga;
odam savdosidan jabrlangan erkaklar, chet el fuqarolari va maxsus dasturlar asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelingan repatriantlar faqat Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga yuboriladi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shaxslar yashaydigan hududga yaqin joylashgan ixtisoslashgan muassasada boʻsh oʻrin mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning xohishiga koʻra boshqa ixtisoslashgan muassasaga joylashtiriladi.
17. Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirish uchun shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlangan deb topilgani asos hisoblanadi.
18. Ixtisoslashgan muassasalarga odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan birga quyidagi shaxslar ham joylashtirilishi mumkin:
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning voyaga yetmagan farzandlari;
odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsning bir nafar qonuniy vakili;
odam savdosidan jabrlangan I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga qarab turuvchi bir nafar hamrohlik qiluvchi shaxs.
19. Mazkur Reglamentning 16-bandiga muvofiq maʼlumotlar ixtisoslashgan muassasalarga taqdim etilgan kundan soʻng bir kun ichida odam savdosidan jabrlangan shaxslar ixtisoslashgan muassasalarga yuborilishi lozim.
20. Odam savdosidan jabrlangan shaxsning ixtisoslashgan muassasalarga borishi va yashash joyiga qaytishi bilan bogʻliq transport xarajatlari “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorlarda qoplanadi:
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga kelib-ketish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlariga kelib-ketish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida.
21. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ixtisoslashgan muassasaga yuborish jarayonida ularning hayoti, sogʻligʻi yoki xavfsizligiga tahdid mavjud boʻlgan holatlarda, ushbu shaxslarning xohishiga koʻra ichki ishlar xodimi hamrohligida muassasaga olib boriladi. Bunda:
shaxsning ichki ishlar xodimi hamrohligida muassasaga olib borish zaruriyati uni identifikatsiya qilgan organ tomonidan soʻrovnoma oʻtkazish jarayonida aniqlanadi;
shaxsning ichki ishlar xodimi hamrohligida muassasaga olib borish uni identifikatsiya qilgan organning talabnomasiga muvofiq tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur bandga muvofiq odam savdosidan jabrlangan shaxslarga hamrohlik qilgan ichki ishlar organlari xodimlarining transport xarajatlari xodimlarning xizmat safari xarajatlarini qoplash boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda qoplab beriladi.
22. Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan shaxslar ushbu hududdagi tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasi tomonidan koʻpi bilan 3 kun ichida yuqumli yoki ruhiy kasalliklar mavjudligi, statsionar yoxud ambulator davolanish ehtiyojini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda:
tibbiy koʻrik tegishli ixtisoslashgan muassasa tomonidan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi yoki tuman (shahar) markaziy shifoxonasiga kiritilgan talabnoma asosida amalga oshiriladi;
tibbiy koʻrikni amalga oshirish davrida ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan shaxslar maxsus xonada saqlanadi.
23. Quyidagi kasalliklar mavjud boʻlgan shaxslar hududiy markazlarga joylashtirilmaydi:
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol hamda xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan, tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklari;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari (OIV infeksiyasi bundan mustasno).
24. Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan shaxslarda xavfli yuqumli yoki ruhiy kasalliklar, statsionar davolanish ehtiyoji mavjudligi aniqlanganida davolanish uchun tegishli davolash-profilaktika muassasasiga yoʻnaltiriladi. Bunda tegishli markazlar tomonidan zarur hollarda masofadan turib xizmatlar koʻrsatiladi hamda ushbu muassasalardan chiqarilgandan soʻng ularning roziligi asosida ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirish choralari koʻriladi.
25. Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra xulosa “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “YAMIH” AT orqali ixtisoslashgan muassasalarga yuboriladi.
Xulosa shakli Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
4-§. Ixtisoslashgan muassasalarda odam savdosidan jabrlanganlarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini baholash va ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish
26. Ixtisoslashgan muassasalar odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ular yetib kelgan kunning oʻzida ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi.
Ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasining namunaviy shakli Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
27. Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan odam savdosidan jabrlangan shaxslar 6 oygacha xavfsiz boshpana, oziq-ovqat va gigiyenik vositalar taʼminlanadi.
28. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya davridagi kerakli tibbiy xizmatlar ixtisoslashgan muassasalar joylashgan hududdagi tibbiyot muassasasi tomonidan bepul koʻrsatiladi.
Bunda, odam savdosidan jabrlangan shaxslarga tibbiyot muassasasi tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar haqidagi maʼlumotlar tegishli tibbiyot muassasasidan yuborilgan maʼlumotlar asosida “YAMIH” AT shakllantiriladi.
29. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning holati ijtimoiy xodim, huquqshunos va psixologdan iborat multidissiplinar guruh tomonidan soʻrovnoma orqali kompleks baholashdan oʻtkazilib, baholash natijalari boʻyicha yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Soʻrovnoma va yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturining namunaviy shakli Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
30. Ixtisoslashgan muassasalarda odam savdosidan jabrlangan shaxslarga yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofiq quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
tibbiy xizmat olishga koʻmaklashish;
psixologik va huquqiy xizmatlar;
zarur hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan hujjatlarini qayta tiklashga koʻmaklashish;
kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan shaxslarni hududlardagi kasbiy koʻnikmalar markazlarida kasbga oʻrgatish uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga elektron buyurtma berish;
ixtisoslashgan muassasalarda kasbga oʻqitish kurslariga jalb etish;
bandligini taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga yoʻllanma berish;
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi maktabgacha yoki umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga vaqtincha joylashtirishni tashkil etish;
kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash davrida ularning voyaga yetmagan farzandlariga tarbiyachi biriktirish;
reabilitatsiya davrida mutaxassis zarur boʻlgan hollarda tarjimon, suitsidolog, psixoterapevt, bolalar psixologi, tibbiy ruhshunoslar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.
Ixtisoslashgan muassasalar tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
31. Ixtisoslashgan muassasalar tomonidan zaruratga koʻra, ularga joylashtirilgan shaxslarning voyaga yetmagan farzandlarini maktabgacha yoki umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga olib borish va olib kelish xizmati koʻrsatilishi mumkin.
3-bob. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ixtisoslashgan muassasalardan chiqarish tartibi
32. Quyidagilar odam savdosidan jabrlangan shaxslarni ixtisoslashgan muassasalardan chiqarishga asos boʻladi:
yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturida belgilangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish yakunlanganligi;
odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ixtisoslashgan muassasalardan chiqarish haqidagi arizasi;
ixtisoslashgan muassasalarning ichki tartib-qoidalarini va ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi shartlarini odam savdosidan jabrlangan shaxslar tomonidan muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilishi;
odam savdosidan jabrlanganlik holati boʻyicha murojaat qilgan shaxsning yashash joyi mavjud boʻlmaganligi sababli ixtisoslashgan muassasaga vaqtinchalik joylashtirilgan shaxs dastlabki yoki yakuniy identifikatsiya natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlangan deb topish identifikatsiya qiluvchi organ tomonidan rad etilganda;
odam savdosidan jabrlangan shaxslarga sud hukmi bilan ozodlik mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanganda;
odam savdosidan jabrlangan shaxslar vafot etganda.
33. Reabilitatsiya davrida odam savdosidan jabrlangan shaxslarning sogʻligʻi yomonlashishi, shuningdek, ruhiy holatining buzilishi natijasida davolash-profilaktika muassasasiga statsionar davolanish uchun vaqtincha joylashtirilganda, ularning ixtisoslashgan muassasalardagi joyi vaqtincha saqlab turiladi va davolanib chiqqanlaridan soʻng qayta roʻyxatdan oʻtkazishni talab etmagan holda joylashtiriladi.
Mazkur muddat ixtisoslashgan muassasa rahbarining qaroriga asosan shaxsning davolash-profilaktika muassasasidan chiqish sanasi boʻyicha belgilanadi.
34. Ixtisoslashgan muassasalardan chiqarilgan shaxslarning yashash joyi mavjud boʻlmasa, ushbu shaxslar belgilangan tartibda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan markazlarga joylashtirilishi hamda tegishli ijtimoiy va boshqa xizmatlar bilan qamrab olinishi mumkin.
4-bob. Ixtisoslashgan muassasalardan chiqarilgan shaxslarning holatini monitoring qilish
35. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning roziligiga koʻra ular ixtisoslashgan muassasalardan chiqarilgan kuni yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi axborot tizimi orqali yashash joyidagi “Inson” markazlariga 6 oygacha davomida monitoringni amalga oshirish uchun yuboriladi.
Bunda odam savdosidan jabrlangan shaxslar yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturidagi xizmatlar yakunlanmasdan markazdan chiqarilganida, tegishli yakunlanmagan xizmatlar ularning yashash joyidagi “Inson” markazlari tomonidan koʻrsatiladi.
36. Monitoringni amalga oshirish shakli, tartibi va muddatlari odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xohishiga koʻra belgilanadi va “YAMIH” ATga kiritib boriladi.
37. “Inson” markazlari monitoring davomida aniqlangan maʼlumotlar asosida odam savdosidan jabrlangan shaxslarning holatini, ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganib boradi hamda zarur hollarda qoʻshimcha xizmatlar taklif etadi.
Monitoring oʻtkazish soʻrovnomasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
38. “Inson” markazlari tomonidan monitoring va koʻrsatilgan xizmatlar natijalari, amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAIMH” AT orqali tegishli ixtisoslashgan muassasalarga yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
39. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning sifati uchun “Inson” markazlari va ixtisoslashgan muassasalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
40. Hududiy komissiya tomonidan yakuniy identifikatsiyani amalga oshirish jarayonida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb topish rad etilgan holatlarda, “Inson” markazlariga yoki ixtisoslashgan muassasalar tomonidan ushbu shaxslarga xizmat koʻrsatish toʻxtatiladi.
41. “Inson” markazlari va ixtisoslashgan muassasalar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
42. “Inson” markazlari, ixtisoslashgan muassasalar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya amalga oshiradi.
43. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
ILOVA
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Odam savdosidan jabrlangan shaxslar

“Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalarning xizmatlaridan foydalanish uchun toʻgʻridan toʻgʻri “Inson” markazlariga, ixtisoslashgan muassasalarga, mahalladagi ijtimoiy xodimga yoki 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga murojaat qilinadi.

Oʻz ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

“Inson” markazlari yoki ixtisoslashgan muassasalar

1. Shaxslarni dastlabki identifikatsiyadan oʻtkazadi.

2. Dastlabki identifikatsiya natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida eʼtirof etilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni, ularning roziligiga koʻra, ichki ishlar organlariga yuboriladi.

5 sutka
ichida

3-bosqich

“Inson” markazlari

1. Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlanganlarning holati hamda ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyoji soʻrovnoma asosida baholanadi.

2. Soʻrovnoma natijasida odam savdosidan jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar belgilanadi.

Bir ish kuni
ichida

Ixtisoslashgan muassasalar

Odam savdosidan jabrlanganlar bilan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasi imzolanadi.

Joylashtirilgan kunning oʻzida

Ixtisoslashgan muassasalarga joylashtirilgan shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

3 kun

1. Odam savdosidan jabrlanganlarning holati ijtimoiy xodim, huquqshunos va psixologdan iborat multidissiplinar guruh tomonidan baholanadi.

2. Baholash natijalari asosida yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.

5 ish kuni

4-bosqich

“Inson” markazlari

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga belgilangan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

1 oygacha

Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslarga belgilangan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

Murojaatiga muvofiq

Ixtisoslashgan muassasalar

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturida belgilangan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

1 oygacha

Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslarga yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturida belgilangan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

6 oygacha

5-bosqich

“Inson” markazlari

Reabilitatsiya xizmatlari yakunlanganidan soʻng ixtisoslashgan muassasalardan chiqarilgan va monitoringga rozilik bildirgan shaxslarning holatini monitoring qiladi va zaruratga koʻra tegishli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydi.

6 oygacha

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-oktabrdagi 539-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat va dori vositalari bilan taʼminlash”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan hududiy markazlarining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini muvofiqlashtirish”;
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ilova belgisidagi “2-ilova” soʻzlari “ilova” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat va dori vositalari bilan taʼminlash”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan hududiy markazlarining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini muvofiqlashtirish”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat va dori vositalari bilan taʼminlash sohasida:”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“belgilangan tartibda tibbiy xizmatlar koʻrsatilishini tashkil etadi”;
quyidagi mazmundagi “e” kichik band bilan toʻldirilsin:
“e) Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan hududiy markazlarining odam savdosidan jabrlangan shaxslarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
ixtisoslashtirilgan hududiy markazlar faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
ixtisoslashtirilgan hududiy markazlarda odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ishlash boʻyicha yagona yondashuv va xizmat koʻrsatish sifatini taʼminlaydi, reabilitatsiya, ijtimoiy, psixologik, huquqiy va tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarini monitoring qiladi;
ixtisoslashtirilgan hududiy markazlar tomonidan odam savdosidan jabrlangan shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
odam savdosidan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish sohasida ixtisoslashtirilgan hududiy markazlar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish choralarini koʻradi, oʻquv-seminarlar, superviziya, metodik tavsiyalar va amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqishni taʼminlaydi”;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni Markazga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”;
13, 14, 16 — 19, 21 — 23 va 25-bandlar kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 119-son qarorida:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qaroriga
11-ILOVA
18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom 18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — nogironligi boʻlgan shaxslar)ning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — parvarishlash nafaqasi)ni tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Parvarishlash nafaqasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tayinlanadi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
nafaqa oluvchi — nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan tartibda vasiy sifatida tayinlangan shaxs;
moliyaviy agent — parvarishlash nafaqasini nafaqa oluvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazishga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan tijorat banki.
3. Parvarishlash nafaqasi nafaqa oluvchining vakolatli organga qilgan murojaatiga asosan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) orqali inson omilisiz avtomatik tarzda tayinlanadi hamda har oyda toʻlab boriladi.
4. Parvarishlash nafaqasi nafaqa oluvchi tomonidan murojaat qilingan kundan boshlab, nogironlik va nafaqa oluvchiga belgilangan vasiylik muddatining butun davri davomida toʻlab boriladi. Bunda nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa, unga parvarishlash nafaqasi uning yashash guvohnomasi (ID-karta yoki pasport) amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
5. Parvarishlash nafaqasini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Parvarishlash nafaqasini tayinlash
7. Nafaqa oluvchi parvarishlash nafaqasini olish uchun vakolatli organga bevosita borgan holda yoki ijtimoiy xodim orqali murojaat qiladi. Bunda vakolatli organning masʼul xodimi yoki ijtimoiy xodim tomonidan “YAMIH” AT orqali nafaqa oluvchining nomidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma elektron tarzda toʻldiriladi. Bunda:
soʻrovnomani toʻldirish jarayonida nafaqa oluvchi tomonidan vakolatli organning masʼul xodimi yoki ijtimoiy xodimga nogironlik boʻlgan shaxsga vasiylik tayinlash toʻgʻrisidagi qaror taqdim etilishi talab etiladi;
nafaqa oluvchi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsga vasiy tayinlash toʻgʻrisidagi qaror taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organning masʼul xodimi yoki ijtimoiy xodim tomonidan soʻrovnomani toʻldirish rad etiladi hamda bir ish kuni ichida nafaqa oluvchiga rad etish asoslari bayon etilgan javob xati beriladi.
8. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatning toʻgʻriligiga vakolatli organning masʼul xodimi yoki ijtimoiy xodim, uning haqiqiyligiga esa nafaqa oluvchi javobgar hisoblanadi.
9. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng nafaqa oluvchi unga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va uni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Face-ID, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
10. Soʻrovnoma nafaqa oluvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng unda koʻrsatilgan quyidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATda avtomatik ravishda oʻrganiladi:
nogironligi boʻlgan shaxsning nogironligi va chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
nogironligi boʻlgan shaxsning “Gʻamxoʻrlik” markaziga joylashtirilganligi yoki “Yangi kun” kunduzgi qarab turish, uy sharoitida qarab turish va kichik hajmli “Madad” uylari xizmatlarining biridan foydalanayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Nafaqa oluvchining parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash boʻyicha murojaatini koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.
12. Quyidagi hollarda parvarishlash nafaqasini tayinlash rad etiladi:
soʻrovnomada koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxsning nogironligi va unga chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanmasa;
soʻrovnomada koʻrsatilgan nogironligi boʻlgan shaxs “Gʻamxoʻrlik” markaziga joylashtirilganligi yoki “Yangi kun” kunduzgi qarab turish, uy sharoitida qarab turish va kichik hajmli “Madad” uylari xizmatlarining biridan foydalanayotganligi aniqlanganda.
Parvarishlash nafaqasini tayinlashni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Soʻrovnomaga muvofiq ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlar oʻrganilgandan soʻng, “YAMIH” ATda nafaqa tayinlanadi yoki nafaqa tayinlash rad etiladi hamda nafaqa oluvchining soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil aloqa vositasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi SMS-xabarnoma yuboriladi:
tayinlangan parvarishlash nafaqasi toʻlovlarini amalga oshiruvchi va uning nomiga rasmiylashtirilgan ijtimoiy kartani (agar ijtimoiy karta rasmiylashtirilmagan boʻlsa) taqdim etuvchi moliyaviy agent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
nafaqa tayinlashni rad etish asoslari.
3-bob. Parvarishlash nafaqasini toʻlash
14. Tayinlangan parvarishlash nafaqasi boʻyicha toʻlovlar moliyaviy agent tomonidan nafaqa oluvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkaziladi.
15. Parvarishlash nafaqasi toʻlovini amalga oshirish uchun nafaqa oluvchining ijtimoiy kartasi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu shaxsga parvarishlash nafaqasini tayinlash bilan bir vaqtda unga ijtimoiy karta rasmiylashtirish maqsadida “YAMIH” AT orqali uning maʼlumotlari moliyaviy agentga yuboriladi.
16. Joriy oy davomida tayinlangan parvarishlash nafaqalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun toʻlov roʻyxat (vedomost)lari hamda tegishli mablagʻlar “YAMIH” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar moliyaviy agentga taqdim etiladi va moliyalashtiriladi.
Ushbu bandda koʻrsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga toʻgʻri kelganda, toʻlov roʻyxat (vedomost)lari va zarur mablagʻlar keyingi ikki ish kuni mobaynida moliyaviy agentga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
17. Moliyaviy agent tomonidan bir ish kuni davomida taqdim etilgan toʻlov roʻyxat (vedomost)lariga asosan nafaqa oluvchilarning ijtimoiy kartalariga parvarishlash nafaqalari oʻtkazilishi taʼminlanadi.
18. Toʻliq boʻlmagan oy kunlari uchun tayinlangan parvarishlash nafaqasining nafaqa oluvchiga toʻlanadigan miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
tayinlangan parvarishlash nafaqasi miqdorini tegishli oyning kalendar kunlari soniga boʻlish yoʻli bilan bir kun uchun toʻlov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun toʻlov summasi toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan tegishli oyning qolgan kalendar kunlari soniga koʻpaytiriladi.
19. Quyidagi hollarda parvarishlash nafaqasini toʻlash toʻxtatib turiladi:
nogironligi boʻlgan shaxs uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga qayta koʻrikdan oʻtish uchun bormagan boʻlsa;
nafaqa oluvchi tomonidan parvarishlash nafaqasini toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilganda.
Tayinlangan parvarishlash nafaqasini toʻlash qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham toʻxtatib turiladi.
Parvarishlash nafaqasini toʻlash ushbu bandda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turilgan taqdirda, nafaqa oluvchi vakolatli organga kelib shaxsini tasdiqlovchi hujjatni hamda toʻxtatish asoslari bekor qilinganligiga oid maʼlumotlarni koʻrsatgan holda murojaat qilgandan soʻng bir ish kuni ichida qayta tiklanadi.
Bunda mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holat boʻyicha shaxs:
bir oy ichida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi koʻrigidan oʻtsa hamda unga qayta nogironlik belgilanib, chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan taqdirda, parvarishlash nafaqasi toʻxtatib turilgan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi;
bir oydan koʻp vaqt oʻtganidan soʻng tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi koʻrigidan oʻtsa hamda unga qayta nogironlik belgilanib, chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan taqdirda, parvarishlash nafaqasi nogironlik qayta belgilangan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi.
20. Quyidagi hollarda parvarishlash nafaqasini toʻlash toʻxtatiladi:
nogironligi boʻlgan shaxs yoki nafaqa oluvchi vafot etganda;
nafaqa oluvchi ozodlikdan mahrum etilganda;
vasiylik tugatilganda yoxud vasiylik va homiylik organi tomonidan nafaqa oluvchi belgilangan tartibda vasiy sifatidagi majburiyatlarni bajarishdan ozod qilinganda yoki chetlashtirilganda;
nogironligi boʻlgan shaxs yoki nafaqa oluvchi doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketganda;
nogironligi boʻlgan shaxs “Gʻamxoʻrlik” markaziga joylashtirilganda;
nogironligi boʻlgan shaxs “Yangi kun” kunduzgi qarab turish xizmati, uy sharoitida qarab turish xizmati yoki kichik hajmli “Madad” uylari xizmatlarining biridan foydalanishni boshlaganda;
nafaqa oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib bir oydan ortiq vaqt mobaynida Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelmaganida (bundan parvarishi bilan band boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxs bilan birga chiqib ketgan holat mustasno);
nafaqa oluvchi surishtiruv va tergov organlaridan hamda suddan yashirinib yurganda yoki uni jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxs sifatida qidiruv eʼlon qilinganda yoki bedarak yoʻqolganda.
21. Ushbu Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan parvarishlash nafaqasini toʻlashning toʻxtatilishi yoki toʻxtatib turilishi yoxud qayta tiklanishiga olib keladigan holatlar paydo boʻlganda, tegishli holatlar paydo boʻlgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab toʻxtatiladi yoki toʻxtatib turiladi yoxud qayta tiklanadi.
22. Nafaqa oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan va uning vafot etishi munosabati bilan olinmay qolgan parvarishlash nafaqasi summasi meros tarkibiga kiritilmaydi.
23. Nogironligi boʻlgan shaxs yoki nafaqa oluvchi vafot etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” ATga kelib tushgan oy uchun toʻlov roʻyxat (vedomost)lari shakllantirilganda yoki parvarishlash nafaqasi boʻyicha toʻlov nafaqa oluvchining ijtimoiy kartasiga kirim qilingan taqdirda, parvarishlash nafaqasi qaytarilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Ushbu Nizomga muvofiq parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash uchun zarur boʻlgan va vakolatli organga axborot tizimlari orqali yuboriladigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi uchun javobgarlik ushbu maʼlumotlarni yuborgan vazirlik yoki idoraga yuklatiladi.
25. Parvarishlash nafaqasi toʻlovining toʻxtatilishi yoki toʻxtatib turilishiga olib keladigan holatlar paydo boʻlgan taqdirda, nafaqa oluvchi bu haqda vakolatli organga xabar berilishi shart.
26. Nafaqa oluvchiga u tomonidan qilingan qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslik natijasida yoki hisoblashdagi yoxud boshqa texnik xato oqibatida ortiqcha toʻlangan mablagʻlar keyingi oylarda toʻlanadigan parvarishlash nafaqasidan ushlab qolinadi.
Bunda ortiqcha toʻlangan parvarishlash nafaqasi summasi ushlab qolingandan soʻng nafaqa oluvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan parvarishlash nafaqasining miqdori minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlishi mumkin emas.
27. Nafaqa oluvchi ortiqcha toʻlangan parvarishlash nafaqasi summalarini ushlab qolinishidan norozi boʻlgan taqdirda yoki parvarishlash nafaqasi toʻxtatilganda, aniqlangan qarzdorlik nafaqa oluvchidan sud tartibida undiriladi.
28. Parvarishlash nafaqasini tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan nafaqa oluvchi tomonidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash
SXEMASI

Bosqichlar

 

Subyektlar

 

Mexanizm

 

Bajarish muddatlari

 

 

 


 

1-bosqich

 

18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakil (keyingi oʻrinlarda — qonuniy vakil)

 

18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasi (keyingi oʻrinlarda — parvarishlash nafaqasi)ni tayinlash yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki tegishli ijtimoiy xodimga murojaat qiladi.

 

Xohishiga koʻra

 

 

 


 

2-bosqich

 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki tegishli ijtimoiy xodim

 

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT)da qonuniy vakil nomidan soʻrovnoma toʻldiradi.

 

Murojaat qilingan vaqtda

 

 

 


 

3-bosqich

 

Qonuniy vakil

Maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Face-ID, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng


 

4-bosqich

“YAMIH” AT

 

Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda oʻrganish natijasida qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasi tayinlanadi yoki mazkur nafaqani tayinlash rad etiladi.

 

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng avtomatik ravishda


 

5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

 Joriy oy davomida tayinlangan parvarishlash nafaqalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun toʻlov roʻyxat (vedomost)lari hamda tegishli mablagʻlar “YAMIH” AT orqali moliyaviy agentga taqdim etiladi va moliyalashtiriladi.

Har oy keyingi oyning
5-sanasiga qadar


 

6-bosqich

Moliyaviy agent

Taqdim etilgan toʻlov roʻyxat (vedomost)lariga asosan nafaqa oluvchilarning ijtimoiy kartalariga parvarishlash nafaqalari oʻtkazilishi taʼminlanadi.

Bir ish kuni davomida

18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga parvarishlash nafaqasini tayinlash boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Murojaat qiluvchi (Qonuniy vakil) toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

7. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi:

8. Telefon raqami:

9. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

10. Vasiylik yoki homiylik belgilashga doir vakolatli organning qarori raqami:

11. Aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxsga vasiylik yoki homiylik belgilashga doir vakolatli organning qarori*:

II. 18 yosh va undan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxsning maʼlumotlari

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

7. Nogironlik maʼlumotlari va tashxisi:

8. Nogironligi boʻlgan shaxsning “Gʻamxoʻrlik” markazlariga yoki “Yangi kun” kunduzgi qarab turish xizmati, uy sharoitida qarab turish xizmati, kichik hajmli “Madad” uylari xizmatlaridan biriga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

* Mazkur hujjat “PDF” (portable document format) formatida ilova qilinadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni bir inklyuziv sharoitda taʼlim olishi uchun umumtaʼlim muassasasidan yoki nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlaridan boshqa shu turdagi muassasaga oʻtkazish yuzasidan xulosa beradi;”;
b) 2-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

4.

Koʻrishida nuqsonlar:

a) Ikkala koʻzning koʻrligi

N54.0

Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan hamda qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti

b) Mikroftalm (ikkala koʻz-OU)

Mikrokornea (ikkala koʻz-OU)

Anoftalm (ikkala koʻz-OU)

Q11

Q13.4

Tibbiy koʻrsatmalar korreksiyadan soʻng bolaning koʻrish oʻtkirligi 0,2 gacha boʻlganda koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan, qoʻshma  turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotiga, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha boʻlganda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti

v) Toʻr pardasining rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar (ikkala koʻz-OU)

N33-35

g) Retinoblastoma (ikkala koʻz-OU)

C69.2

N35.8

Bir koʻzning koʻrligi, ikkinchi koʻz koʻrishining pasayishi

N54.1

d) Koloboma (ikkala koʻz-OU)

Q13.0

Q12.2

Q10.3

Q14.2

Q14.8

e) Pretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi) (ikkala koʻz-OU)

N35.1

j) Koʻrish nervining atrofiyasi (ikkala koʻz-OU)

N47.2

z) Koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi (ikkala koʻz-OU)

Q14.2

i) Albinizm

E70.3

k) Aniridiya (ikkala koʻz-OU)

Q13.1

l) Katarakta (ikkala koʻz-OU)

N26.0

Q12.0

m) Koʻz gavharining boshqa kasalliklari Afakiya yoki tugʻma afakiya (ikkala koʻz-OU)

N27

N27.0

Q12.3

n) Koʻz gavhari siljishi (ikkala koʻz-OU)

Q12.1

o) koʻz gavharining chiqishi (ikkala koʻz-OU)

N27.1

p) Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi) (ikkala koʻz-OU)

N40 — 42

r) Tugʻma miopiyaning yuqori darajasi (ikkala koʻz-OU)

N52.1

s) Gipermetropiyaning yuqori darajasi (ikkala koʻz-OU)

N52.0

t) Nistagm va koʻzning beixtiyor harakatlari

N55

”;
b) 3-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“

3.

Koʻrishida nuqsonlar:

a) Ikkala koʻzning koʻrligi

N54.0

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati

b) Mikroftalm (ikkala koʻz-OU)

Mikrokornea (ikkala koʻz-OU)

Anoftalm (ikkala koʻz-OU)

Q11

Q13.4

Tibbiy koʻrsatmalar korreksiyadan soʻng bolaning koʻrish oʻtkirligi 0,2 gacha boʻlganda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha boʻlganda Boshlangʻich tayanch korreksion, inklyuziv taʼlim sinflariga ega umumtaʼlim muassasasi.

v) Toʻr pardasining rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar (ikkala koʻz-OU)

N33-35

g) Toʻr pardasining xavfli oʻsmasi (retinoblastoma) (ikkala koʻz-OU)

C69.2

N35.8

d) Bir koʻzning koʻrligi, ikkinchi koʻz koʻrishining pasayishi

N54.1

d) Koloboma (ikkala koʻz-OU)

Q13.0

Q12.2

Q10.3

Q14.2

Q14.8

j) Preretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi) (ikkala koʻz-OU)

N35.1

z) Koʻrish nervining atrofiyasi (ikkala koʻz-OU)

N47.2

i) Koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi (ikkala koʻz-OU)

Q14.2

k) Albinizm

E70.3

l) Aniridiya (ikkala koʻz-OU)

Q13.1

m) Katarakta (ikkala koʻz-OU)

N26.0

Q12.0

n) Koʻz gavharining boshqa kasalliklari

Afakiya yoki tugʻma afakiya (ikkala koʻz-OU)

N27

N27.0

Q12.3

o) Koʻz gavhari tugʻma siljishi (ikkala koʻz-OU)

Q12.1

p) Koʻz gavharining chiqishi (ikkala koʻz-OU)

N27.1

r) Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi) (ikkala koʻz-OU)

N40 — 42

s) Tugʻma miopiyaning yuqori darajasi (ikkala koʻz-OU)

N52.1

t) Gipermetropiyaning yuqori darajasi (ikkala koʻz-OU)

N52.0

u) Nistagm va koʻzning beixtiyor harakatlari

N55

”;
b) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
“Erta aralashuv” xizmatiga psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar
ROʻYXATI

T/r

Kasallik nomi

Xalqaro kasalliklar tasnifi

(XKT-10)

Izoh

I. Muddatidan oldin tugʻilgan bolalar

1.

Boshqa ruknlarda tasniflanmagan, tugʻilganda jismining kam vazn va homiladorlik muddatining qisqarganligi bilan bogʻliq boʻlgan, buzilishlar

P07

Muddatdan oldin tugʻilgan chaqaloq

II. Nerv sistemasi tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

2.

Anensefaliya va shunga oʻxshash rivojlanish nuqsonlari

Q00

3.

Ensefalotsele

Q01

4.

Mikrotsefaliya

Q02

5.

Tugʻma gidrotsefaliya

Q03

6.

Miyaning boshqa tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

Q04

7.

Spina bifida (umurtqa kanalining toʻliqsiz yopilishi)

Q05

8.

Orqa miyaning boshqa tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

Q06

9.

Nerv sistemasining boshqa tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

Q07

10.

Boshqa ruknlarda tasniflanmagan, gestatsiya holatiga nisbatan kam vaznda tugʻilganlar

P05

Tugʻilgandagi tana vazni 1500 g dan kam

12.

Bolalar serebral falaji

G80

Anamnezida ogʻir perinatal patologiya mavjud boʻlgan hamda bolalar serebral falaji rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan bolalar.

13.

Gemiplegiya

G81

14.

Paraplegiya va tetraplegiya

G82

15.

Boshqa paralitik sindromlar

G83

16.

Kutilgan normal fiziologik rivojlanishning yoʻqligi

R62

Bolalar rivojlanishining buzilishlari

III. Boshqa tugʻma anomaliya (rivoji nuqson)lari

17.

Neyrofibromatoz (bexatar)

Q85.0

18.

Bir necha sistemalarni qamrab oluvchi boshqa aniqlangan tugʻma anomaliya (rivoji nuqson)lari sindromlari

Q87

IV. Boshqa ruknlarda tasniflanmagan xromosom anomaliyalar

19.

Daun sindromi

Q90

20.

Boshqa ruknlarda tasniflanmagan, monosomiyalar va autosomlar bir qismining yoʻqolishi

Q93

21.

Terner sindromi

Q96

22.

Boshqa ruknlarda tasniflanmagan, jinsiy xromosomalarning boshqa anomaliyalari, erkak fenotipi

Q98

23.

Boshqa ruknlarda tasniflanmagan, xromosomalar boshqa anomaliyalari

Q99

V. Koʻrishida nuqsonlar (ikki koʻzida)

24.

Ikkala koʻzning koʻrligi

N54.0

25.

Mikroftalm (ikkala koʻz-OU)

Q11

26.

Mikrokornea (ikkala koʻz-OU)

27.

Anoftalm (ikkala koʻz-OU)

28.

Toʻr pardasining xavfli oʻsmasi (retinoblastoma) (ikkala koʻz-OU)

C69.2

N35.8

29.

Preretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi) (ikkala koʻz-OU)

N35.1

30.

Albinizm

E70.3

31.

Nistagm va koʻzning beixtiyor harakatlari

N55

VI. Eshitishida nuqsonlar

32.

Ikki tomonlama neyrosensor karlik

Otologik va audiologik implantatlarning borligi (koxlear implantatsiyadan keyin)

H90.3 Z96.2

33.

Ikki tomonlama neyrosensor karlik

H90.3

34.

Eshitishning buzilishiga olib keluvchi, quloq tugʻma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)

Q16

35.

Ikki tomonlama aralash konduktiv va neyrosensor karlik

H90.6

VII. Nutqdagi nuqson

36.

Tanglay yorigʻi (boʻri ogʻiz)

Tanglay va lab yorigʻi (boʻri ogʻiz quyon lab bilan)

Ochiq manqalik va yopiq manqalik

Q35

Q37

R49.2

37.

Nutq va til rivojining spetsifik buzilishlari

F80

Nutq rivojlanishining kechikishi (alaliya)

38.

Dizartriya i anartriya

R47.1

VIII. Tayanch-harakat apparati nuqsonlari

39.

Kifoz va lordoz

M40

40.

Skolioz

M41

41.

Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar

G12

42.

Mushaklarning birlamchi shikastlanishlari

G71

43.

Tizza boʻgʻimi tugʻma anomaliyasi

Q74.1

44.

Tugʻma koʻp sonli artrogripoz

Q74.3

45.

Oyoq-qoʻl(lar)ning boshqa aniqlangan tugʻma anomaliyalari

Q74.8

46.

Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari

Q74.9

47.

Naysimon suyaklar va umurtqa pogʻonasining oʻsish defekti bilan kechuvchi osteoxondrodisplaziyasi

Q77

48.

Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlari

I69

49.

Tovon tugʻma deformatsiyasi

Q66

Tovonning valgus (varus) deformatsiyasi; yassi tovonlik; maymoqlik

50.

Son tugʻma deformatsiyalari

Q65

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi

51.

Toʻsh-oʻmrov-soʻrgʻichsimon muskuli tugʻma deformatsiyasi

Q68.0

Boʻyinning tugʻma qiyshiqligi

IX. Psixologik rivojlanishning buzilishlari

52.

Autizmga xavf

F84.0

Psixonevrolog xulosasi

53.

Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlariga xavf

F83

X. Rivojlanishda orqada qolish xavfi (anamnezda)

54.

Perinatal davrda yuzaga keladigan boshqa buzilishlar

P90 — P96

55.

Aniqlanmagan ensefalopatiya

G93.4

56.

Bosh miyaning boshqa aniqlangan shikastlanishlari

G93.8

57.

Tugʻma gipotonus

P94.2

58.

Perinatal davrda yuzaga kelgan, bronx-oʻpka displaziyasi

P27.1

59.

Chaqaloqdagi aniqlanmagan respirator buzilish

P28.9

60.

Haddan ziyod gemoliz sababli kelib chiqqan neonatal sariqlik

P58

61.

Boshqa va aniqlanmagan sabablar keltirib chiqargan neonatal sariqlik

P59

62.

Oqsil-energetik yetishmovchiligi sabab boʻlgan, rivojlanishning kechikishi

E40-46

63.

Reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimida davolash (3 kundan ortiq)

64.

Ona, homiladorlik, tugʻruq va tugʻdirish holatlari keltirib chiqargan, homila va chaqaloqning shikastlanishlari

P00-P04

65.

Homiladorlik davomiyligi va homila oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgan buzilishlar

P05-P08

66.

Tugʻruq travmasi

P10-P15

67.

Perinatal davr uchun xos boʻlgan, nafas va yurak-tomir buzilishlari

P20-P29

XI. Qalqonsimon bez kasalliklari

68.

Diffuz buqoqli tugʻma gipotireoz

E03.0

XII. Nasliy moddalar almashinuvi kasalliklari

69.

Klassik fenilketonuriya

E70.0

70.

Sfingolipidlar almashinuvi buzilishlari va lipidlar toʻplanishining boshqa buzilishlari

E75

71.

Kistozli fibroz

E84

”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
“101. Mazkur Nizomning 14 va 15-ilovalarida koʻrsatilgan yordam boʻyicha talab qilinadigan mablagʻlar oldingi oydagi tuman (shahar) “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan tushum doirasida chegirib qolinadi va qolgan mablagʻlarning taqsimoti ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda mazkur Nizomning 14 va 15-ilovalaridagi yordam boʻyicha chegirib qolingan mablagʻlar hisobi tuman (shahar)lar kesimida alohida yuritiladi”;
b) 12-bandning birinchi xatboshisidagi “1 — 13-ilovalariga” soʻzlari “1 — 15-ilovalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “uch bosqichda amalga oshiriladi” soʻzlaridan keyin “, ushbu Nizomning 14 va 15-ilovalarida koʻrsatilgan yordamlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari:
“Mahalla yettiligi”ning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarorlariga asosan yordamlar boʻyicha tegishli mablagʻlar mazkur Nizomning 1 — 13-ilovalariga;
Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi boshligʻining tavsiyanomasiga asosan mazkur Nizomning 14-ilovasiga;
odam savdosidan jabrlanganlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasa rahbarining tavsiyanomasiga asosan Nizomning 15-ilovasiga muvofiq pasportlarda nazarda tutilgan tartibda oʻtkazib beriladi”;
e) 44-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ushbu Nizomning 21-bandida belgilangan tartibda yordamlar boʻyicha mablagʻlarni moliyalashtirish”.
j) quyidagi mazmundagi 14 va 15-ilovalar bilan toʻldirilsin:
““Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning yoʻqotilgan, muddati oʻtgan yoki yaroqsiz holatga kelgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarni) qayta rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning yoʻqotilgan, muddati oʻtgan yoki yaroqsiz holatga kelgan biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarni) qayta rasmiylashtirish xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 89 foizi miqdorida

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi boshligʻining shaxsni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qarori;

Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilgan identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha toʻlov hujjati.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

Shaxsning muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb eʼtirof etilganligi

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Bir marotaba

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam identifikatsiyalovchi ID-kartasini olish uchun belgilangan davlat boji miqdorini ijtimoiy yordam oluvchi tomonidan taqdim etilgan toʻlov hujjatida qayd etilgan gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali koʻrsatiladi.

“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA
Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga borish va kelish xarajatlarini qoplash yordamini koʻrsatish
PASPORTI

1.

Ijtimoiy yordam nomi:

Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga borish va kelish xarajatlarini qoplash

2.

Ijtimoiy yordam miqdori:

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga borish va kelish uchun har bir shaxsga — BHMning 1 baravari;

Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi hududiy markazlariga borish va kelish uchun har bir shaxsga — BHMning yarim baravari.

3.

Ijtimoiy yordam oluvchining toifasi:

Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlangan shaxs deb tan olingan hamda odam savdosidan jabrlanganlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasalarga yuborilgan jismoniy shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar (jabrlangan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari, voyaga yetmagan jabrlanganlarning bir nafar qonuniy vakili, shuningdek I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga qarab turuvchi bir nafar hamrohlik qiluvchi shaxslar).

4.

Ijtimoiy yordamni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Odam savdosidan jabrlanganlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasa rahbarining tavsiyanomasi.

5.

Ijtimoiy yordamni taqdim etish talablari va shartlari:

dastlabki identifikatsiya natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida yoki yakuniy identifikatsiya natijasida odam savdosidan jabrlangan shaxs deb tan olinishi;

odam savdosidan jabrlanganlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasaga yetib kelishi.

6.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish davriyligi:

Odam savdosidan jabrlanganlarga reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasaga har bir joylashtirilgan davr uchun bir marotaba.

7.

Ijtimoiy yordam koʻrsatish shakli:

Mazkur yordam boʻyicha tegishli mablagʻlar yordam oluvchi odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxsning ijtimoiy kartasi yoki bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

8.

Izoh:

Mazkur ijtimoiy yordamni oluvchi shaxslar reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan muassasa joylashgan hududga 50 kilometrdan uzoq boʻlmagan hududda yashagan hollarda ularga tavsiyanoma shakllantirilmaydi hamda borish va kelish xarajatlari toʻlab berilmaydi.

”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarorida:
a) 2 va 3-bandlardagi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 31 va 32-bandlar bilan toʻldirilsin:
“31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 — 2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni bilan jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlariga boshqalardan alohida joylashtirilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
32. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolaning hayotiy vaziyati “Inson” markazlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini aniqlash, zoʻravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 14-iyuldagi 440-son qarorida belgilangan tartibda baholanadi;
baholash natijalari asosida jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, tegishli “Inson” markazining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlangan namunadagi qarori bilan hududiy markazlarga boshqalardan alohida joylashtirilishi mumkin”;
v) 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlar “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
1-band “ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish” soʻzlaridan oldin “, shuningdek, jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga, shuningdek, jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalarga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) tomonidan koʻrsatiladi. Bunda jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish ular uchun ishlab chiqilgan himoya qilish rejasiga muvofiq tashkil etiladi”;
4-bob nomi “voyaga yetmagan farzandlarini” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, jinsiy zoʻravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolalar qonunchilikda belgilangan tartibda ota-onasidan (ularning biridan) yoki ularni oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, tegishli “Inson” markazining qarori bilan hududiy markazlarga boshqalardan alohida joylashtirilishi mumkin.
Bunda hududiy markazlarga joylashtirilgan jinsiy zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish, ularning hududiy markazlarda boʻlish tartibi va muddatlari ular uchun ishlab chiqilgan himoya qilish rejasiga asosan mazkur bobda belgilangan tartibda tashkil etiladi”;
ilovaning nomidagi “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 5-maydagi 294-son qarorida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga (keyingi oʻrinlarda — vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalar)”;
b) 3-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga” soʻzlari “vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordamlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga (keyingi oʻrinlarda — vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalar) nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda:
ushbu Nizom asosida vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalarga ijtimoiy yordamlar ularning oilasi boʻyicha ishlab chiqilgan individual rejada nazarda tutilgan taqdirda koʻrsatiladi;
vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalarga reyestrga kiritilgan oila farzandlariga ijtimoiy yordam koʻrsatishda alohida murojaat qilish talab etilmaydi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Ushbu Nizomga 2, 5 va 13-ilovalarga muvofiq ijtimoiy yordamlarni koʻrsatishda yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning tegishli oʻquv kurslariga muntazam qatnashishi individual rivojlanish rejasi yoki individual integratsiya rejasini shakllantirgan “Inson” markazi masʼul xodimlari tomonidan oʻquv kurslari tugagunga qadar har oyda kamida bir marta monitoring qilib boriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “Nizomga 5 va 13-ilovalarga” soʻzlari “Nizomga 2, 5 va 13-ilovalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha birinchi oy uchun toʻlov amalga oshiriladi va keyingi oylar uchun toʻlovlar yetim bola yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolaning tegishli oʻquv kurslarida oʻqiganligi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda amalga oshiriladi”;
21-bandning toʻrtinchi xatboshisi “turli xil rakursdan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
23-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda vaucherdan u shakllangan sanadan boshlab oʻn ikki oy davomida vaucherda belgilangan mablagʻ doirasida bir necha marta foydalanish mumkin”;
27-bandning ikkinchi xatboshisi “Ijtimoiy himoya” ATning “Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tovarlar” boʻlimi” soʻzlaridan keyin “yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuritiladigan elektron savdo maydonchalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
32-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “turli xil rakursdan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
37-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
39-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “vasiylik yoki homiylikdagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandlariga” soʻzlari “vasiylik yoki homiylikka berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi bolalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
3-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
4-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
7-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslariga muntazam qatnashish”;
9-pozitsiya uchinchi ustunining uchinchi xatboshisidagi “davomiyligidan qatʼiy nazar 6 oygacha” soʻzlari “davomida 12 oygacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim berish toʻgʻrisidagi shartnoma.”;
“Izoh” qismida:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu pasportning 4 va 5-pozitsiyalari nazarda tutilgan talablarga koʻra, oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalarga faqat bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha boʻlgan miqdorda axborot texnologiyalari vositalari xarid qilish uchun koʻrsatilishi mumkin. Bunda:
xarid qilinadigan axborot texnologiyalari vositalarining turlari va ularni xarid qilish uchun ajratiladigan mablagʻlarning eng yuqori miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi;
xarid qilinadigan axborot texnologiyalari vositalari Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq vaucher asosida xarid qilinadi;
ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan shaxsning oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotganligi “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish (HEMIS)” axborot tizimi orqali tekshiriladi, agar axborot tizimlari orqali tekshirish imkoni boʻlmaganda oliy taʼlim tashkilotining maʼlumotnomasiga asosan xizmat koʻrsatiladi”;
nomidagi “Xalqaro imtihon” soʻzlari “Milliy va xalqaro imtihon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
birinchi xatboshidagi “Xalqaro imtihon” soʻzlari “Milliy va xalqaro imtihon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda barcha fanlar boʻyicha milliy imtihonlar hamda quyidagi xalqaro imtihon tizimlari xarajatlari qoplanadi:”;
6-pozitsiyaning uchinchi ustuni matnidagi “xalqaro imtihon” soʻzlari “milliy va xalqaro imtihon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyaning uchinchi ustuni uchinchi xatboshisidagi “xalqaro imtihon” soʻzlari “milliy va xalqaro imtihon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalqaro imtihonda ikki marotaba, milliy imtihonda esa har bir fan boʻyicha (5 tagacha) ikki marotaba”;
“Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
4-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vasiylik yoki homiylik belgilangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar”;
“Izoh” qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
9-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
10-ilovaning 7-pozitsiyasi uchinchi ustuni uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning davlat hisobidan berilgan turar joylarini yoki mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boshqa turar joylarini jihozlash uchun ishlatiladi”;
11-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
12-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan vasiylik (homiylik) tayinlangan bola(lar)ni vasiylik (homiylik)ka bergan yoki vasiylik (homiylik)ka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, vasiylik (homiylik)ka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
13-ilova “Izoh” qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiylik tayinlangan bola(lar)ni homiylikka bergan yoki homiylikka olgan oilalarning biri (ikkalasi) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan boʻlsa, homiylikka berilgan bola(lar)ga ham koʻrsatilishi mumkin”;
14-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustuni toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uy-joyning yashash xonalarini kengaytirish va qoʻshimcha xona qurish uchun”;
15 va 16-ilovalardan “turli xil rakursdan olingan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-iyuldagi 405-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning bandligini taʼminlash hamda mehnat qilishini qoʻllab-quvvatlashni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 29-bandidagi “16-sanasiga qadar” soʻzlari “26-sanasiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Zoʻravonlikdan jabrlangan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi xavfi ostida va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan bolalar hamda ularning oilalariga ijtimoiy xizmatlarni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 9-fevraldagi 48-son qarorida:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarida tashkil etiladigan psixoijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish, metodik qoʻllab-quvvatlash”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy xizmatlar doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga psixoijtimoiy hamda taʼlim, sport, maishiy va sanʼat sohalariga oid pedagogik xizmatlar koʻrsatiladi.
Bunda psixoijtimoiy xizmatlar Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarida tashkil etiladigan psixoijtimoiy reabilitatsiya xonalarida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladi.
Professional tutingan oilaga joylashtirilgan bolalarning oilalariga zaruratga koʻra “Mehrli oila” xizmati koʻrsatiladi”;
birinchi xatboshidan “Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Integratsiya markazi) hamda uning mintaqaviy boʻlinmalari,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar boʻlishi”;
10-banddagi “Integratsiya markazi” soʻzlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy integratsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Integratsiya markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda mazkur Nizomning 5-bandi birinchi xatboshisida belgilangan xizmatlarning turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi ushbu xizmatlarni koʻrsatish muddatlaridan kelib chiqib belgilanadi”;
18-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
1-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qisqa muddatli ijtimoiy xizmat”;
izoh qismi chiqarib tashlansin;
1-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uzoq muddatli ijtimoiy xizmat”;
izoh qismi chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning 23-bandi birinchi xatboshisidagi “bola manfaatiga” soʻzlari “bolaning eng ustun manfaatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshis i quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kichik hajmli ijtimoiy koʻmak markazlari uchun uy-joylarni xarid qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻiga asosan Integratsiya markazi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
21-banddan “hamda taʼlim, sport, maishiy va sanʼat sohalariga oid qoʻshimcha mashgʻulotlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat muassasalarini takomillashtirish va yangi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2026-yil 21-maydagi 271-son qarorida:
a) 2-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Muruvvat” internat uylari “Gʻamxoʻrlik” markazlari sifatida tashkil etilgunga qadar:
ularga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslar toifasi va tashxisiga koʻra ushbu markazlardan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilgan bolalar 18 yoshga kirganda, istisno tariqasida, Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarga asosan Agentlik huzuridagi Apellyatsiya kengashining qaroriga muvofiq boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlariga koʻchiriladi;”;
4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) oilaviy shifokor tomonidan rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan bir yoshgacha boʻlgan bolalar. Bunda tibbiy hujjatlar shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi;”;
39-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Vaucher boʻyicha koʻrsatilgan “Erta aralashuv” xizmatining har bir soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 13 foizi miqdorida subsidiya summasi ajratiladi.
Bolaning erta aralashuv xizmatidan bir hafta davomida olti soatgacha (bir kunda 2 soatgacha, bir oyda 24 soatgacha) foydalanilgan qismi vaucher asosida qoplab beriladi. Bunda:
bir kun uchun vaucher asosida subsidiya bola davomatining hisobi qayd qilinganda toʻliq bir soat uchun, bola davomatining hisobi bir soatdan kamida 10 daqiqa oʻtib qayd qilinganda ikki soat uchun toʻliq ajratiladi;
viloyatlar markazlari va Nukus shahrida tashkil etilgan erta aralashuv xizmati uchun ajratiladigan subsidiya miqdorini belgilashda 1,1 nisbatda, Toshkent shahrida esa 1,3 nisbatda koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllanadi.”;
40-banddagi “uch kundan” soʻzlari “6 soatdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) uy sharoitida qarab turish xizmati boʻyicha quyidagi tashxislarning biri qoʻyilgan nogironligi boʻlgan shaxslar:
demensiya (F00.0-G30, F02.0, F02.1, F02.2, F02.3, F03);
chuqur aqliy zaiflik (F73);
bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G80+F72;
serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlar+ spastik tetraplegiya yoki boʻshashgan tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 -daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik I69.2+G82.3 /G 82.4+F72;
tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G 82+ F72;
epilepsiya epileptik status ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G40/ G41+F72 (Tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq xurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, namozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik);”;
II-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“II. “Yangi kun” kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati va uy sharoitida qarab turish xizmati boʻyicha:
1. Ambulator-poliklinika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bemorning tibbiy kartasidan batafsil koʻchirma.
2. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi psixiatr xonasi (ruhiy-asab kasalliklari dispanseri)dan olingan bemorning ambulator kartasidan koʻchirma”;
III-bob nomidan “va “Ijtimoiy taʼtil” qisqa muddatli joylashtirish xizmati joylashtirish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi IV-bob bilan toʻldirilsin:
“IV. “Ijtimoiy taʼtil” qisqa muddatli joylashtirish xizmati boʻyicha:
1. Ambulator-poliklinika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bemorning tibbiy kartasidan batafsil koʻchirma.
2. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi psixiatr xonasi (ruhiy-asab kasalliklari dispanseri)dan olingan bemorning ambulator kartasidan koʻchirma.
3. Nogironligi boʻlgan shaxsga vasiy tayinlash toʻgʻrisidagi qaror.
4. Shaxsni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori”;
“Izoh” qismining ikkinchi xatboshisidan “navbatsiz joylashtiriladigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-pozitsiyaning “Qarshi tibbiy koʻrsatmalar” ustuni quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Somatik kasalliklari dekompensatsiya davri va ogʻir daraja kechishi”;
2-pozitsiyaning “Qarshi tibbiy koʻrsatmalar” ustuni quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Somatik kasalliklari dekompensatsiya davri va ogʻir daraja kechishi”;
4-pozitsiyaning “Nogironligi boʻlgan shaxsga qoʻyilgan tashxis (Xalqaro kasalliklar tasnifi XKT-10)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Demensiya (F00.0-G30, F02.0, F02.1, F02.2, F02.3, F03).
2. Chuqur aqliy zaiflik (F73).
3. Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G80+F72.
4. Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlar+ spastik tetraplegiya yoki boʻshashgan tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 -daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik I69.2+G82.3 /G 82.4+F72.
5. Tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga koʻra 4 yoki 5 daraja) + ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G 82+ F72.
6. Epilepsiya epileptik status ogʻir darajadagi aqliy zaiflik G40/ G41+F72 (Tez-tez, har oyda 5-martadan koʻp tutqanoq xurujlari sodir boʻladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, namozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik)”;
5-pozitsiyaning “Qarshi tibbiy koʻrsatmalar” ustuni quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
“8. Somatik kasalliklari dekompensatsiya davri va ogʻir daraja kechishi”;
g) 3-ilova quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
“221. Quyidagi maqsadlarda nogironligi boʻlgan shaxslar hududiy boshqarmalarning tashabbusi asosida bir Markazdan boshqasiga koʻchirilishi mumkin:
nogironligi boʻlgan shaxslarning oila aʼzolari yoki boshqa qarindoshlari bilan aloqalarini mustahkamlash uchun ular yashaydigan yaqin hududga koʻchirish;
Markazlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ulardagi oʻrinlarning maqbullashtirilishi.
Nogironligi boʻlgan shaxsni mazkur bandga muvofiq bir Markazdan boshqasiga koʻchirishda hududiy boshqarmalar tomonidan uni bir Markazdan boshqasiga koʻchirishga asos boʻladigan hujjat va maʼlumotlar axborot moduli orqali Apellyatsiya kengashiga kiritiladi.
Apellyatsiya kengashi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsni bir Markazdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, hududiy boshqarmalar tomonidan uch ish kuni ichida ushbu shaxslarning oila aʼzolari (mavjud boʻlganda) bu toʻgʻrisida xabardor qilinadi”;
d) 4-ilova quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Quyidagi maqsadlarda nogironligi boʻlgan bolalar hududiy boshqarmalarning tashabbusi asosida bir Markazdan boshqasiga koʻchirilishi mumkin:
nogironligi boʻlgan bolalarning oila aʼzolari yoki boshqa qarindoshlari bilan aloqalarini mustahkamlash uchun ular yashaydigan yaqin hududga koʻchirish;
Markazlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ulardagi oʻrinlarning maqbullashtirilishi.
Nogironligi boʻlgan bolani mazkur bandga muvofiq bir Markazdan boshqasiga koʻchirishda hududiy boshqarmalar tomonidan uni bir Markazdan boshqasiga koʻchirishga asos boʻladigan hujjat va maʼlumotlar axborot moduli orqali Apellyatsiya kengashiga kiritiladi.
Apellyatsiya kengashi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxsni bir Markazdan boshqasiga koʻchirish boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, hududiy boshqarmalar tomonidan uch ish kuni ichida ushbu shaxslarning oila aʼzolari (mavjud boʻlganda) bu toʻgʻrisida xabardor qilinadi”;
34-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda har bir nogironligi boʻlgan shaxsning haqiqatda yashagan kunlari toʻgʻrisidagi dalolatnoma tadbirkor hamda tegishli tuman (shahar)dagi “Inson” markazi tomonidan rasmiylashtirilib, tasdiqlanadi”;
38-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda subsidiyaning miqdori “Madad” uylari xizmatiga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatda yashagan kunlari sonidan kelib chiqqan holda axborot moduli orqali avtomatik ravishda hisoblanadi”;
quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“401. Ushbu bobda nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning davomatini biometrik identifikatsiya qilish, davomatni hisobga olish va shu bilan bogʻliq tartiblar faqat mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan “Madad” uylarida tashkil etiladigan “Ijtimoiy taʼtil” qisqa muddatli joylashtirish xizmatiga nisbatan tatbiq etiladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2026-y., 09/26/539/1004-son)