1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasbiy taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida” 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, kasbiy taʼlim sohasida institutsional yaxlitlikni taʼminlash, ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilimini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 29-sentabr,
526-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 1-ILOVA
Kasbiy taʼlim toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy taʼlimni tashkil etish va uni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari barcha kasbiy taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
2. Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy taʼlim “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
3. Oʻzbekiston Respublikasida kasbiy taʼlim — iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnik va texnologik tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozoridagi oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida shaxslarning taʼlim olishiga moʻljallangan taʼlim turidir.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
4. Kasbiy taʼlimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qilinadi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akademik qarzdor — yakuniy nazoratga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi;
bilim — muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, tushuncha va nazariyalarni oʻzlashtirish natijasi;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari — YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro tasniflagich) va Oʻzbekiston Respublikasining milliy malakalar ramkasi 3-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
buyurtmachi texnikum — ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida oʻquvchilar amaliyotini tashkil etish uchun buyurtma beruvchi davlat kasbiy taʼlim tashkiloti;
davlat taʼlim standarti — davlat tomonidan taʼlimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari — xalqaro standartlar va zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan, shuningdek, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirish hamda hududdagi boshqa davlat kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun yetakchi amaliyot bazasi tashkil etiladigan taʼlim tashkiloti;
inklyuziv taʼlim dasturi — nogironligi boʻlgan shaxslarning alohida imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ularning tanlagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishga qaratilgan, moslashtirilgan taʼlim dasturlari hamda maxsus pedagogik yondashuvlar va qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami;
inklyuziv taʼlim guruhi — kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilarning boshqa (sogʻlom) oʻquvchilar bilan teng huquqli va birgalikda taʼlim olishi maqsadida tashkil etilgan guruh;
kasb — maxsus bilim va koʻnikmalarni talab qiladigan muayyan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlum bir faoliyat (mashgʻulot) turi;
kasbiy taʼlim tashkiloti — Xalqaro tasniflagich va Oʻzbekiston Respublikasining Milliy malakalar ramkasi 3, 4 va 5-darajasiga mos keluvchi kasbiy taʼlim dasturlari asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan taʼlim tashkiloti;
kvalifikatsiya — shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur kompetensiyalarga egaligi va ularning belgilangan talablarga muvofiqligi darajasi;
kompetensiya — shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni amalga oshirishda bilim, koʻnikma va malakalarini samarali qoʻllashi;
koʻnikma — bilim va tajriba asosida shakllangan, muayyan vazifa yoki kasbiy faoliyatni bajarishga oid amaliy harakatlar yigʻindisi;
mutaxassislik — muayyan kasb doirasida alohida mehnat vazifalari va funksiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilgan, maxsus bilim, koʻnikma va malakalar majmuini nazarda tutuvchi kasbiy faoliyat yoʻnalishi;
taʼlim dasturi — kasb va (yoki) mutaxassislik boʻyicha davlat taʼlim standarti hamda kasbiy standart (malaka talabi) asosida ishlab chiqilgan oʻquv natijalarini shakllantirishga qaratilgan taʼlim mazmuni, hajmi hamda ularni baholash talablarini belgilovchi oʻquv-meʼyoriy hujjat (malaka talabi, oʻquv rejasi va oʻquv dasturi);
texnikum — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari hamda tegishli kvalifikatsiyalar yoki kompetensiyalarni egallash imkoniyatini beruvchi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlaydigan kasbiy taʼlim tashkiloti;
oʻrta kasbiy taʼlim dasturlari — Xalqaro tasniflagichning va Oʻzbekiston Respublikasining milliy malakalar ramkasining 4-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari — Xalqaro tasniflagichning va Oʻzbekiston Respublikasining milliy malakalar ramkasining 5-darajasiga mos keluvchi taʼlim dasturlari;
oʻquv dasturi — fan (modul)lar va amaliyotlarning mazmuni, hajmi, taʼlim natijalarini baholash talablari hamda axborot manbalari belgilangan hujjat;
oʻquv jarayoni jadvali — taʼlim jarayonining ketma-ketligi va almashuvchanligini, attestatsiya va taʼtil vaqtlarini belgilovchi hujjat;
oʻquv moduli — taʼlim dasturining mantiqan tugallangan, mustaqil va yaxlit tarkibiy qismi boʻlib, muayyan taʼlim natijalariga erishishga qaratilgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar va kompetensiyalarni shakllantirishni taʼminlash moduli;
oʻquv rejasi — kasb yoki mutaxassislik boʻyicha oʻquv faoliyati turi, fan bloklari, oʻquv fanlari (modullari) va amaliyotlari tarkibi va hajmini belgilaydigan hujjat;
qoʻshma taʼlim dasturi — texnikum va xorijiy taʼlim tashkiloti tomonidan hamkorlikda kadrlar tayyorlash va bitiruvchilarga tegishli daraja(lar)da kasbiy taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi xorijiy davlatda va Oʻzbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (diplom yoki sertifikat) berilishini nazarda tutuvchi taʼlim dasturi.
2-bob. Kasbiy taʼlimning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
6. Kasbiy taʼlimning maqsadi “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida mehnat bozori ehtiyojlariga mos, raqobatbardosh, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega boʻlgan malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, shaxsning kasbiy rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlari uchun inson kapitalini shakllantirishdan iboratdir.
7. Quyidagilar kasbiy taʼlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari, mehnat bozori tendensiyalari hamda texnologik rivojlanish jarayonlariga muvofiq raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.05.00 Sunʼiy intellekt]
oʻquvchilarda zamonaviy kasbiy bilim, amaliy koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni, shu jumladan, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, “yashil” iqtisodiyot va servis sohalariga oid koʻnikmalarni shakllantirish;
taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, dual taʼlim, ish joyida oʻqitish va ish beruvchilar ishtirokida amaliy tayyorgarlik tizimini keng joriy etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
taʼlim mazmunini xalqaro taʼlim standartlari, kasbiy standartlar hamda ish beruvchilar va mehnat bozori talablari asosida yangilab borish;
oʻquvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish, jamoada ishlash, muloqot qilish va kasbiy etika koʻnikmalarini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.09.00.00 Ijtimoiy muhofazaga muhtoj xodimlar mehnatini tartibga solishning qoʻshimcha kafolatlari va xususiyatlari / 05.09.03.00 Nogironligi boʻlgan shaxslar mehnati]
nogironligi boʻlgan shaxslarni kasbiy taʼlimga keng jalb etish, ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish hamda inklyuziv taʼlim asosida teng imkoniyatlarni taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
“Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida aholini kasbga oʻrgatish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish;
mehnat bozori ehtiyojlarini inobatga olgan holda xalqaro mehnat muhitida raqobatbardosh boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashuv darajasi, taʼlim olish imkoniyati hamda mehnat bozori ehtiyojlarini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim sifati, baholash va kvalifikatsiya berish tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish;
ish beruvchilar, taʼlim tashkilotlari va davlat organlari oʻrtasida hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish orqali inson kapitalini mustahkamlash.
3-bob. Kasbiy taʼlimni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish
8. Kasbiy taʼlim tizimida kadrlar Xalqaro tasniflagich va Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda kasbiy taʼlim tashkilotlarida tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
9. Boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun — davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun — davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
10. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar hamda inklyuziv sinflarning 9-sinfini tamomlagan, “yengil darajada aqliy zaif” tashxisi qoʻyilgan oʻquvchilar uchun davlat granti asosida 1 yillik oʻquv dasturlari asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar mazkur texnikumlarga 11-sinf negizida davlat granti asosida qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
nogironligi boʻlgan boshqa toifadagi shaxslar uchun boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash inklyuziv taʼlim joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkilotlarida 9-sinf negizida davlat granti asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
11. Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar uchun davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda hamda inklyuziv taʼlim tashkil etilgan texnikumlarda kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan talabgorlar uchun 11-sinf negizida davlat granti asosida amalga oshiriladi.
12. Kasbiy taʼlim tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlar va investorlar bilan tuzilgan shartnomalari va kelishuvlari asosida xalqaro (davlatlararo) kasbiy taʼlim tashkilotlari tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Bunda mazkur kasbiy taʼlim tashkilotlarining nomlanishi tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida hal etiladi.
Xalqaro (davlatlararo) kasbiy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlarini litsenziyalash, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan oliy taʼlim tashkilotlari oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida davlat texnikumlariga biriktirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
14. Oliy taʼlim tashkilotlari davlat texnikumlarida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
texnikumlarning oʻquv-uslubiy faoliyatini rivojlantirish;
taʼlim sifatini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy taʼlim tashkilotlarining professor — oʻqituvchilarini texnikumlarga oʻrindoshlik asosida taʼlim berishga jalb etish va ularni oliy taʼlim tashkilotlari budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
texnikumlar va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturi asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashda hamkorlik qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
oliy taʼlim tashkilotlariga biriktirilgan texnikumlarga moliyaviy yordam koʻrsatish.
15. Kasbiy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi quyidagicha amalga oshiriladi:
kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan taʼlim dasturlarini ish beruvchilar, tarmoq korxonalari va sohaviy tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqish hamda mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda muntazam yangilab borish;
dual taʼlimni tashkil qilish, ish joyida oʻqitish, modulli taʼlim va amaliy tayyorgarlikning boshqa shakllarini keng joriy etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti, malakaviy amaliyoti va stajirovkalarini tashkilotlarda va tadbirkorlik subyektlarida tashkil etish hamda ularning real ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etishini taʼminlash;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
ish beruvchilarni oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini baholash, yakuniy attestatsiya oʻtkazish va kvalifikatsiya berish jarayonlariga jalb etish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari huzurida zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan oʻquv-amaliy markazlar, kompetensiya markazlari, laboratoriyalar va ustaxonalar tashkil etish;
yirik sanoat korxonalari, klasterlar, texnoparklar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida korporativ taʼlim, maqsadli kadrlar tayyorlash va hamkorlikda oʻqitish tizimini rivojlantirish;
ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali mutaxassislarni pedagogik faoliyatga jalb etish, shuningdek, pedagog kadrlarning tashkilotlarda muntazam stajirovka oʻtashini taʼminlash;
mehnat bozorida yuqori talabga ega boʻlgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha davlat buyurtmasi, maqsadli qabul va ish beruvchilar buyurtmalari asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
taʼlim natijalarini baholash va kvalifikatsiya berish jarayonlarini kasbiy standartlar, milliy kvalifikatsiya tizimi va ish beruvchilar talablari asosida amalga oshirish;
kasbiy taʼlim tashkilotlari va ish beruvchilar oʻrtasida kadrlar tayyorlash, amaliyot oʻtash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish va taʼlim sifatini oshirish boʻyicha uzoq muddatli hamkorlik shartnomalari tuzish;
bitiruvchilarning bandligi, mehnat faoliyati natijalari va ish beruvchilar qanoatlanish darajasini kasbiy taʼlim samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biri sifatida belgilash.
16. Kasbiy taʼlim tashkiloti oʻz tarkibida filiallar, kafedralar, boʻlimlar, oʻquv xonalari va laboratoriyalar, oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va xoʻjaliklari, texnoparklar, oʻquv maydonchalari (poligonlar), yotoqxonalar, umumiy taʼlim dasturlarini, kasbiy taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalar, taʼlim jarayoni bilan bogʻliq boshqa tarkibiy boʻlinmalarga, shu jumladan, inklyuziv taʼlim boʻlinmalari va psixologik-pedagogik xizmatlarga ega boʻlishi mumkin.
Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarining namunaviy tuzilmasi Vazirlik huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
17. Agentlik tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan davlat taʼlim standartlari, kasbiy taʼlim dasturlari mazmunini, kasb va mutaxassisliklarning nomlanishini, ular boʻyicha beriladigan malaka darajalarini, oʻqitishning minimal muddatlarini, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda oʻquv-metodik taʼminotga qoʻyiladigan yagona talablarni belgilaydi.
Ushbu talablarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (xorijiy taʼlim tashkiloti filiallari bundan mustasno), barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
18. Kasbiy taʼlimning davlat taʼlim standarti hamda kasb va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim dasturlarini ishlab chiqish uchun Agentlik tomonidan tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari, ish beruvchilar hamda zaruratga koʻra xalqaro ekspertlardan iborat tarkibda ishchi guruh shakllantiriladi.
Bunda tayanch kasbiy taʼlim tashkilotlari roʻyxati Agentlik tomonidan belgilanadi.
Kasbiy taʼlimning davlat taʼlim standarti iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari, mehnat bozori talablari, Milliy malakalar ramkasi hamda ilgʻor xalqaro tajriba asosida Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim dasturlari tegishli kasb va lavozimlarning kasbiy standartlari yoki malaka talablari hamda xalqaro taʼlim dasturlari asosida ishlab chiqiladi.
Taʼlim dasturlari tegishli vazirlik va idoralar, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, tadbirkorlik subyektlari birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda amaliyotga joriy etiladi.
Zarur hollarda, davlat taʼlim standarti, taʼlim dasturlarini takomillashtirish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish ish beruvchi tashkilotlarning takliflariga asosan Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kelishuvga muvofiq xalqaro mutaxassis-ekspertlar tomonidan belgilangan fan (modul)lar masofaviy (onlayn) shaklda oʻqitilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda gender masalalarida cheklov oʻrnatilmaydi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) bilan birgalikda oʻquvchilarning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari hamda kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish ehtiyojidan kelib chiqib, maxsus taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.07.00 «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»]
Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kasblar boʻyicha oʻqish imkoniyatlari ularning alohida imkoniyatlari, kasallik turlari, sogʻligʻi holati hamda mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, belgilanadi hamda oʻquvchilar qabul parametrlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda oʻquv yuklamalari va fan (modul)lar hajmi oʻquvchilarning alohida taʼlim ehtiyojlari hamda kasbiy moslashuv darajasidan kelib chiqib moslashtiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Nogironligi boʻlgan shaxslarga kasbiy taʼlim tashkilotlarida ular tanlagan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha oʻqish imkoniyati beriladi. Bunda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha alohida cheklovchi roʻyxatlarni shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda “yengil darajada aqliy zaif” tashxisi qoʻyilgan oʻquvchilar uchun tashkil etiladigan taʼlim dasturlariga umumtaʼlim fanlari kiritilmasligi mumkin.
Bunda oʻquv rejalari asosan kasbiy fanlar, amaliy mashgʻulotlar hamda oʻquvchilarning kommunikativ koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan xorijiy til fanlari asosida shakllantiriladi.
19. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga ish beruvchilar talablaridan kelib chiqib, Agentlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy taʼlim dasturlari asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish, shu jumladan, fan (modul)larni bir-biriga integratsiya qilish hamda ajratilgan soatlar doirasida mutaxassislik va umumkasbiy fan (modul)larning soatlarini 30 foizgacha oʻzgartirish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
20. Kasbiy taʼlimda davlat taʼlim standarti, taʼlim dasturlarini, xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish hamda muvofiqlashtirish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
21. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari asosida xorijiy tomon bilan kelishilgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.23.00 Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashda tegishli kasb va mutaxassisliklar taʼlim dasturlari (oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari), oʻquv-metodik taʼminot, pedagoglar malakasini oshirish, moddiy-texnik va oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Bunda moddiy-texnik bazani mustahkamlash, pedagoglar malakasini oshirish, oʻquv-metodik materiallarni tayyorlash va oʻquv adabiyotlarini yaratish, tarjima qilish va nashr etish, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarining ajralmas qismi hisoblanadi.
22. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar, rahbar va pedagog xodimlari hamda ish beruvchilar taʼlim jarayoni ishtirokchilari hisoblanadi.
23. Kasbiy taʼlim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasida va uning hududiy boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga (davlat taʼlim tashkilotlari uchun), oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga, shtamp va blankalarga ega boʻladi.
24. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ustavi Agentlik tomonidan tasdiqlangan namunaviy ustav asosida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
25. Kasbiy taʼlim tashkilotlari hududlarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va geografik sharoitlarini, ichki va tashqi mehnat bozorining tegishli soha mutaxassislariga boʻlgan talabini, manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hamda xalqaro yoki boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlari, zarur hollarda, boshqa hududlardan kelgan oʻquvchilarni yotoqxona bilan taʼminlaydi.
Oʻquvchilar yotoqxonada yashashi uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori (bepul foydalanishda boʻladigan yotoqxonalar bundan mustasno) kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini taʼminlashda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashadi va kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
27. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlariga ijtimoiy kafolatlar, qoʻllab-quvvatlash va imtiyozlar qonunchilik hujjatlari asosida belgilanadi.
28. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, dual, masofaviy va kechki taʼlim shakllari joriy etiladi.
29. Masofaviy taʼlim shakllari joriy etiladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxati Agentlik tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
30. Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida homilador oʻquvchi-qizlar, 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi oʻquvchilarga nazariy fan (modul)larni masofaviy oʻzlashtirishga imkoniyat yaratiladi.
Bunda taʼlim dasturlarining masofaviy shaklda oʻzlashtiriladigan qismi Agentlik tomonidan belgilanadi.
31. Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyasi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Xalqaro tasniflagichga muvofiq ayrim oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari ish beruvchilarning takliflari hamda xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari talablari asosida faqat mehnat bozoriga kadrlar tayyorlash ixtisoslashuvidan kelib chiqib, bakalavriat taʼlim dasturlari bilan integratsiyasi taʼminlanmagan holda, oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlashga moslashtirilishi mumkin.
32. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha taʼlim dasturlarining uzviyligi, izchilligi va oʻzaro muvofiqligi taʼminlangan holda taʼlim dasturlari joriy etiladi.
Ushbu taʼlim dasturlari asosida taʼlim oluvchilarning oʻqish muddati ular tomonidan avvalgi malaka darajalarida oʻzlashtirilgan va tan olingan oʻqitish natijalari, modullar yoki kreditlar hajmidan kelib chiqqan holda shaxsiy taʼlim trayektoriyasi asosida belgilanadi.
Bunda:
avvalgi malaka darajasida toʻliq oʻzlashtirilgan va belgilangan tartibda tan olingan modullar (oʻqitish natijalari) yoki kreditlar keyingi malaka darajasida qayta oʻzlashtirilmaydi;
tan olingan modullar (oʻqitish natijalari) yoki kreditlar taʼlim dasturining ajralmas qismi sifatida hisobga olinadi;
keyingi malaka darajasida oʻquvchi faqat oʻzlashtirilmagan oʻqitish natijalari boʻyicha oʻqitiladi hamda baholanadi;
taʼlim dasturining umumiy oʻqish muddati tan olingan modullar (oʻqitish natijalari) yoki kreditlar hajmiga mutanosib ravishda belgilanadi.
33. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida aholining turli qatlamlari uchun qoʻshimcha kasb va mutaxassisliklar boʻyicha kvalifikatsiya va (yoki) kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, oʻqitish muddati olti oydan oshmaydigan intensiv va qoʻshimcha oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotlarida avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari ham tashkil etilishi mumkin.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan turli yoshdagi fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil qilishga ruxsat beriladi.
Qisqa muddatli kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga oʻqigan moduliga qarab tegishli kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikatlar beriladi.
Inklyuziv taʼlimni tashkil etishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, sogʻliqni saqlash organlari hamda boshqa vakolatli tashkilotlar ham taʼlim jarayoni ishtirokchilari sifatida jalb etiladi.
Nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun qoʻshimcha ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
34. Kasbiy taʼlim tashkilotlari mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishlari mumkin.
Bunda kasbiy taʼlim tashkiloti:
qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarga asosan kadrlar tayyorlash uchun shakllantirilgan guruhlar va oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agentlikning tegishli platformasiga kiritishni taʼminlaydi;
hududiy migratsiya boʻlinmalari bilan xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik masalasida mazkur ish beruvchilarning faoliyat yoʻnalishi, ularning belgilangan davlatlarda qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtganligini oʻrganib chiqadi;
taʼlim dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Agentlikka kiritadi;
qisqa muddatli oʻquv kurslarining taʼlim tilini oʻquvchilarning xohishi va ish beruvchilarning takliflari asosida belgilaydi;
qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini ishlab chiqadi hamda shu asosda oʻqitish qiymatini belgilaydi.
Agentlik tomonidan tasdiqlanmagan yoki kelishilmagan oʻquv dasturlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini boshlashga ruxsat berilmaydi.
35. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilariga ish beruvchilar (yoki Malakani baholash markazi) tomonidan ularning koʻnikmalarini baholash orqali tegishli (malakalar boʻyicha) razryadlar berilishi mumkin.
Bunda oʻquvchilarga beriladigan razryadlar mazkur soha ish beruvchilari tomonidan tan olinadi. Razryadlar berilishi yoʻlga qoʻyilmagan hollarda ishchi kasblar boʻyicha bitiruvchilarning malakasi kamida 3-malaka razryadiga tenglashtiriladi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari mustaqil ravishda Malakani baholash markazlari orqali kasbiy koʻnikmalarini baholashi mumkin.
36. Kasbiy taʼlimda tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan Kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori asosida belgilanadi.
37. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida tayyorlanadigan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati mehnat bozorining kadrlarga boʻlgan ehtiyojidan va tarmoq vazirliklari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, kadrlar buyurtmachilarining takliflaridan kelib chiqqan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.
4-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va ularni oʻqishdan chetlashtirish
38. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va ularni oʻqishdan chetlashtirish tartibi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega.
Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash, qoidaga koʻra, tegishli kurs yoki semestrda oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida 1-kursga oʻqishga qabul qilingan oʻquv guruhlarida oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan hollarda ularning oʻqishini boshqa (kasb yoki mutaxassisliklar) guruhlarga toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirishga ruxsat beriladi.
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari oʻqishini toʻlov-kontrakt asosida (9-sinf negizidagi boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari bundan mustasno) davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish yuzasidan murojaat etishlari mumkin. Ushbu oʻquvchilarning murojaatlari Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinf bitiruvchilari oʻquv yilining birinchi semestri yakuniga qadar oʻqishini davlat granti asosida davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha murojaat qilishlari mumkin.
40. Oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash oʻquvchining (oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) arizasi va kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan akademik maʼlumotnoma, oʻquvchining kursdan-kursga oʻtganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmadan iborat hujjatlar yigʻmajildi asosida koʻrib chiqiladi.
Bunda oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklash maxsus elektron platforma orqali amalga oshirilganda, oʻquvchilardan onlayn ariza qabul qilinadi.
41. Oʻqishni koʻchirishda kasb va mutaxassisliklar (turdosh kasb va mutaxassisliklar bundan mustasno) boʻyicha fan (modul)lar farqi ikki oylik oʻquv yuklamadan ortiq boʻlsa oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilmaydi.
Bir taʼlim darajasidagi dasturdan boshqa taʼlim darajasidagi dasturga oʻqishni koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan kasb va mutaxassisliklar taʼlim dasturlaridagi farqlarni yoki qarzlarni topshirish jadvali tasdiqlanadi (joriy oʻquv yili davomida), shuningdek, oʻquvchilarni oʻqitish kursi belgilanadi.
Kredit-modul tizimi joriy etilgan taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishini boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlariga koʻchirishga ruxsat berilgan oʻquvchilarning tegishli mutaxassisligi oʻquv rejasi taqqoslangan holda fan (modul)lar va (yoki) kreditlar miqdoridagi farqlar aniqlanadi.
Bunda toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdorining 10 foizigacha oʻzgarish boʻlganda, farq qilgan fanlarni joriy oʻquv yili yakuniga qadar oʻzlashtirish lozim boʻladi.
Toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdoridagi farq 10 foiz va undan yuqori boʻlgan hollarda oʻquvchi mazkur bosqichni qaytadan oʻqishi lozim.
43. Kasbiy taʼlim tashkiloti miqyosida bir darajadagi taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish masalasi mazkur kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi.
44. Xorijiy taʼlim tashkilotlaridan Oʻzbekistondagi kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish masalasi Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi.
Xorijiy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirishni istagan shaxslar Agentlikka oʻqishni koʻchirishni istayotgan kasbiy taʼlim tashkilotini koʻrsatgan holdagi ariza, oʻqigan taʼlim tashkilotidan berilgan maʼlumotnomani (baholar qaydnomasi) topshirishi talab etiladi.
45. Umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10 yoki 11-sinflarida yoxud boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlarining mos boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlarida taʼlimni davom ettirishi uchun oʻqishini koʻchirish boʻyicha murojaat etishlari mumkin.
46. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar umumtaʼlim maktablarida oʻqishni davom ettirishni xohlaganda, oʻquvchilarning arizalari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan oʻquvchining umumtaʼlim maktablarida oʻqishni davom ettirishini hal etish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
oʻquvchining umumtaʼlim fanlaridan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (baholar qaydnomasi);
umumtaʼlim maktablarida oʻqishni davom ettirish istagidagi oʻquvchining oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisidagi kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi nusxasi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumtaʼlim maktabida oʻqishini davom ettirish toʻgʻrisida Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasining qaroridan koʻchirma.
Bunda umumtaʼlim maktablari oʻquvchining kasbiy taʼlim tashkilotida oʻqigan kasb (mutaxassislik)ning taʼlim dasturi umumtaʼlim maktabining oʻquv dasturlariga mos kelish-kelmasligini aniqlaydi hamda fanlar boʻyicha aniqlangan farqlarni joriy yoki navbatdagi oʻquv yilida bartaraf etish choralarini koʻradi.
47. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish hudud miqyosida hududiy boshqarmalar, bir mintaqadagi kasbiy taʼlim tashkilotidan boshqa mintaqaning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kasbiy taʼlim tashkilotiga koʻchirish Agentlik tomonidan koʻrib chiqiladi.
48. Davlat granti asosida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida taʼlimni davom ettirish imkoniyati beriladi.
49. Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilar oʻqishi bir taʼlim shaklidan boshqa taʼlim shakliga koʻchirilishi mumkin.
50. Oʻqishni qayta tiklash oʻquvchi taʼlim olgan tegishli kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi. Oʻqishi qayta tiklangan oʻquvchilarga oʻqishdan chetlashtirilgan tegishli semestr yoki kurs boshidan taʼlimni davom ettirishga ruxsat beriladi.
Oʻquvchi oldin oʻqigan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlash toʻxtatilgan boʻlsa, oʻquvchining xohishiga koʻra turdosh kasb yoki mutaxassislikka yoki mazkur taʼlim tashkilotida tegishli kasb yoki mutaxassislik boʻlmasa, uning oʻqishi hududiy boshqarmalar tomonidan boshqa taʼlim tashkilotiga tiklanishiga rozilik beriladi.
51. Oʻquv kursini tamomlash yakunlari boʻyicha oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, takroriy yilga qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori qabul qilinadi.
Bunda oʻquvchini kursdan-kursga oʻtkazish, kursda qoldirish yoki oʻquvchilar safidan chiqarish kasbiy taʼlim tashkilotining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Kursdan-kursga shartli ravishda oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Taʼlim dasturlari boʻyicha kamida 3 ta fan (modul)dan akademik qarzdorlikka ega, ishlab chiqarish yoki kvalifikatsiya amaliyotidan oʻtmagan oʻquvchilar Pedagogik kengashning qarori boʻyicha tegishli kasb (mutaxassislik) taʼlim dasturi boʻyicha takroran oʻqish uchun kursda qoldiriladi.
Bunda akademik qarzdorlikka ega boʻlgan oʻquvchilarga oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida 15 kun muddatda qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Qayta topshirishda direktorning buyrugʻiga asosan oʻquvchiga boshqa pedagog kadr(lar) yoki mutaxassislar biriktiriladi.
Qayta topshirish yakunida akademik qarzdorligi saqlanib qolgan yoki “qoniqarsiz” baho olgan oʻquvchilar Pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning tegishli buyrugʻi asosida kursda qoldiriladi.
Kasbiy taʼlim dasturlari asosida (umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlar oʻquvchilari bundan mustasno) taʼlim olayotgan oʻquvchilarga oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta topshirishga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish orqali ruxsat beriladi.
Oʻquvchi takroran oʻqish uchun kursda qoldirilganda, uning oʻqigan oʻquv yili uchun toʻlagan kontrakt puli qaytarilmaydi va takroran oʻqiyotgan kursi uchun yangidan toʻlov amalga oshiriladi.
53. Kredit-modul tizimi joriy etilgan kasb (mutaxassislik)lar taʼlim dasturlari boʻyicha bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi.
Kasbiy taʼlim tashkilotida akademik qarzdor oʻquvchilar (9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlar oʻquvchilari bundan mustasno) taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirganda, oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi.
Pedagogik kengash qarori bilan akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat beriladi.
54. Kredit-modul tizimi joriy etilgan kasb (mutaxassislik) boʻyicha oʻquvchini kursdan-kursga oʻtkazish, uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bunda GPA koʻrsatkichi 2,4 dan kam boʻlmasligi talab etiladi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi.
55. Kredit-modul tizimi joriy etilgan kasb (mutaxassislik) taʼlim dasturlari boʻyicha semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor oʻquvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi.
Kursda qoldirilgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib, ularga mos ravishda (9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlar oʻquvchilari bundan mustasno) shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta oʻqish soni chegaralanmaydi.
GPA koʻrsatkichini hisoblashda oʻquvchi tahsil olgan kurs yakuniga koʻra qayta topshirish natijalari ham inobatga olinadi.
Oʻquvchi ishlab chiqarish (kvalifikatsiya) amaliyotiga qatnashmagan yoki amaliyot yakunlari boʻyicha “qoniqarsiz baho” bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va GPA koʻrsatkichidan qatʼi nazar, kursda qoldiriladi.
Oʻquv rejasida belgilangan taʼlim olish muddatida tegishli kurslarni tamomlagan, lekin belgilangan kredit miqdorini toʻplay olmagan oʻquvchi kasbiy taʼlim tashkilotida (9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlar oʻquvchilari bundan mustasno) oʻqishni bitirayotgan oʻquvchi sifatida qayd etiladi.
Jami taʼlim olish muddati birinchi kursga oʻqishga qabul qilingandan soʻng 6 yilgacha etib belgilanadi. Oʻquvchi kasb (mutaxassislik) taʼlim dasturi boʻyicha yakuniy kursni tugatgandan soʻng belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma toʻlovidan qarzi boʻlmasa, “bitiruvchi” maqomiga ega boʻladi.
56. Kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchilari quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida) akademik taʼtil olganda;
oʻqishining boshqa kasbiy taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi munosabati bilan;
doimiy yashash uchun boshqa davlatga koʻchib ketganda;
sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslardan shakllantirilgan, boshlangʻich, oʻrta yoki oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar safidan oʻz xohishiga koʻra chiqarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
kasbiy taʼlim tashkilotining ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
vafot etganligi sababli;
uzrsiz sabablarga koʻra voyaga yetgan shaxslar 74 soatdan ortiq dars qoldirganda.
57. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida dars mashgʻulotlarida uzrsiz sabablarga koʻra 18 soatdan ortiq dars qoldirgan (platforma orqali aniqlanadi) oʻquvchilar toʻgʻrisida ularning ota-onalariga, yashash manzillari boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻiniga hamda boshqa manfaatdor idoralarga xabar beriladi.
58. Kasbiy taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar quyidagi sabablarga koʻra oʻquvchilar safidan chetlashtirilganda, kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan uning oʻqigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar chegirilgan holda tegishli oʻquv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan toʻlovning qolgan qismi kontraktning tegishli tarafining yozma murojaatiga koʻra qaytarib beriladi:
oʻz xohishiga binoan;
oʻqishning boshqa kasbiy taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
oʻquvchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
Oʻquvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi. Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma beriladi.
59. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish tartibi Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti tashabbusi bilan oʻquvchilarni kasallik, taʼtil, akademik taʼtil yoki tugʻuruq taʼtillari paytida taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Kasbiy taʼlimni boshqarish
60. Agentlik kasbiy taʼlim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish boʻyicha masʼul organ hisoblanadi.
Barcha davlat texnikumlari Agentlik tasarrufida faoliyat yuritadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikumlar faoliyat koʻrsatadi.
61. Agentlik tasarrufidagi texnikumlarga Agentlik direktori, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikumlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Direktor kasbiy taʼlim tashkilotining faoliyat natijalari uchun shaxsan javob beradi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori qonunchilik hujjatlariga va ustavga muvofiq taʼlim tashkiloti nomidan ish yuritadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, belgilangan tartibda kasbiy taʼlim tashkilotining shaxsiy hisobvaraqlarini ochadi, oʻz vakolati doirasida barcha xodimlar va oʻquvchilar uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
Direktor belgilangan tartibda ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, shuningdek, ularning xizmat vazifalarini belgilaydi.
62. Barcha davlat texnikumlarining direktor va direktor oʻrinbosarlari Vazirlikning maxsus elektron platformasi orqali ochiq tanlov asosida tanlanadi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus texnikumlar direktori va direktor oʻrinbosari lavozimlari uchun oʻtkaziladigan tanlov Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻtkaziladi, mazkur tanlovda Agentlik vakili ham ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga hujjat topshirgan direktor va direktor oʻrinbosarligiga nomzodlar belgilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga mos kelmaganda yoki strategik rejasini taqdim etmaganda, tanlovda ishtirok etmaydi.
63. Tanlov komissiyasi direktorlar boʻyicha Agentlik tomonidan, direktor oʻrinbosarlari boʻyicha hududiy boshqarmalar tomonidan tashkil etiladi.
Hududiy boshqarmalarda tashkil etilgan tanlov komissiyasi tarkibiga Agentlik vakili kiritiladi.
Tanlov komissiyasi tarkibiga tegishli iqtisodiyot tarmoqlari va ish beruvchilar vakillari jalb etiladi.
Maxsus elektron platforma orqali tanlovga hujjat topshirgan nomzodlarning strategik rejasini tanlov komissiyasi koʻrib chiqadi hamda muhokama qiladi.
Tanlov komissiyasi tomonidan strategik rejasi ijobiy deb topilgan hamda islohotlar va kasbiy taʼlim sohasi boʻyicha berilgan savollarga javoblari boʻyicha eng munosib nomzod(lar) tanlanadi.
64. Direktor lavozimiga munosib deb topilgan nomzodlar bilan Agentlik direktori, direktor oʻrinbosarlari bilan hududiy boshqarma boshligʻi oʻrtasida belgilangan tartibda uch yillik mehnat shartnomasi tuziladi.
Uch yillik mehnat shartnomasi yakunida tanlov komissiyalari tomonidan direktor va direktor oʻrinbosarlarining strategik rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi va oʻtgan davrdagi faoliyati natijadorligi tahlil qilinadi hamda mehnat shartnomasini kelgusi uch yilga uzaytirish yoki uzaytirmaslik boʻyicha xulosa qabul qilinadi.
Tanlov komissiyalari xulosasi asosida direktor(lar)ning Agentlik rahbari, direktor oʻrinbosar(lar)ining hududiy boshqarma boshligʻi buyrugʻiga muvofiq mehnat shartnomasi navbatdagi muddatga uzaytiriladi yoki mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Bunda shartnoma muddati tugagan direktor va direktor oʻrinbosarlari mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
65. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
66. Kasbiy taʼlim tashkilotida oliy boshqaruv organi hisoblangan Pedagogik kengash tashkil etiladi.
Pedagogik kengash tarkibi kasbiy taʼlim tashkiloti direktori, oʻrinbosarlari, pedagog kadrlar, psixolog, axborot-kutubxona boʻyicha mutaxassislardan iborat boʻladi. Direktor Pedagogik kengash raisi hisoblanadi.
Pedagogik kengash tarkibiga, zaruratga koʻra, ish beruvchi tashkilotlar vakillari kiritilishi mumkin.
67. Pedagogik kengash:
kasbiy taʼlim tashkilotini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlar tayyorlash va taʼlim sifatini taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash rejalarini koʻrib chiqadi;
oʻquvchilarni qabul qilish, kursdan-kursga oʻtkazish, kursda qoldirish va oʻqishdan chetlashtirish masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi;
pedagog kadrlarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogik tajribasini ommalashtirish hamda malaka oshirish ishlarini tashkil etilishini muhokama qiladi;
tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq pedagog kadrlar bazaviy tarif stavkasiga belgilangan ustama haq toʻlovlarini belgilash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qaror qabul qiladi;
amaldagi tartibga koʻra attestatsiyaga jalb qilingan pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalarini oʻrganadi;
Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi hisobotini muhokama qiladi.
68. Pedagogik kengash majlislari, qoida tariqasida, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Pedagogik kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Pedagogik kengash qarorlari direktorning buyrugʻi bilan kuchga kiradi.
69. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida tarmoq vazirlik va idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini oʻz ichiga oladigan vasiylik kengashlari tuzilishi mumkin.
Vasiylik kengashi tarkibi va uning faoliyat tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Kasbiy taʼlim jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
70. Oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa — boʻlimlarga hamda kafedralarga birlashtiriladi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquv mashgʻulotlari maʼruzalar shaklida oʻtkazilganda, oʻquvchilar guruhlarini birlashtirishi mumkin.
71. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida, qoida tariqasida, guruhlarni toʻldirish kamida 26 nafar va eng koʻpi bilan 30 nafar oʻquvchi doirasida belgilanadi.
Bunda:
boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida shakllantirilgan guruhlardagi oʻquvchilar soni 26 — 30 nafar;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus texnikumlarda oʻquvchilar soni har bir guruhga 15 — 20 nafar;
madaniyat va sanʼat sohasida kadrlar tayyorlovchi texnikumlarda kasb va mutaxassisliklardan kelib chiqib, 6 — 30 nafar etib belgilanadi.
Zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida kasb va mutaxassisliklar boʻyicha bitta guruhning oʻqitish xarajatlarining qoplanishidan kelib chiqib, guruhdagi oʻquvchilar soni 26 nafardan kam boʻlishi mumkin.
72. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida guruhdagi oʻquvchilar soni belgilangan meʼyorlardan kamaygan taqdirda yoki oʻquvchilar qabuli natijasida shakllanmay qolgan guruhlardagi oʻquvchilar ularning xohishlariga koʻra boshqa guruhlarga birlashtiriladi va bunda davlat granti oʻrinlariga oʻqishga qabul qilingan oʻquvchining bepul oʻqishga boʻlgan huquqi saqlab qolinadi.
73. Oʻquvchilarning oʻquv yuklamasi, amaliyotlar hajmi, semestrlar soni, beriladigan taʼtillar va oʻquv jarayonini tashkil etishning boshqa masalalari taʼlim dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Ayrim kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tanlangan kasbiy taʼlim tashkilotlarida davlat taʼlim standarti, taʼlim dasturlari yoki taʼlim berish metodikalari tajriba-sinovdan oʻtkazilishi hamda natijalar boʻyicha tegishli xulosalar qabul qilinishi mumkin.
74. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun kasbiy taʼlim tashkilotlarida guruhlarda oʻquvchilar soni 26 nafar (ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida 20 nafar) va undan ortiq boʻlganda ikkita kichik guruhga boʻlgan holda quyidagi tartibda oʻqitishga ruxsat etiladi:
oʻzbek tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
rus tili (taʼlim rus tilida olib borilmaydigan guruhlar uchun);
chet tili;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashgʻulotlari;
jismoniy tarbiya mashgʻulotlari (har bir guruhda yigitlar yoki qizlar soni kamida 13 nafarni, ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida kamida 10 nafarni tashkil etgan hollarda);
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi taʼlim qoraqalpoq tilida olib boriladigan guruhlarda qoraqalpoq tili oʻquv rejasidagi ona tili va adabiyoti faniga ajratilgan soatlar hisobidan, taʼlim rus tilida olib boriladigan guruhlarga oʻzbek tili uchun ajratilgan soatlar hajmida oʻzbek tiliga qoʻshimcha soat ajratilgan holda oʻqitiladi.
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoniga rivojlangan davlatlar ilgʻor tajribalari va metodikalari asosida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari (Biznes asoslari fani (modul) oʻqitiladi. Biznes asoslari fani (modul) ishchi oʻquv rejasiga muvofiq, oʻquvchilar kichik guruhlarga boʻlib oʻqitiladi.
75. Agentlik tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturi asosida kasbiy taʼlimning tibbiyot, taʼlim (musiqa xodimi), madaniyat va sanʼat, sport yoʻnalishlari boʻyicha maxsus mutaxassislik fan (modul)larining amaliy mashgʻulotlari kichik guruhlarga boʻlib hamda yakka tartibda oʻqitiladi.
Taʼlim (musiqa xodimi), madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha yakka tartibdagi oʻquv mashgʻulotlari tayyorlov yoʻnalishlarining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tasdiqlangan taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ayrim kasbiy fanlarni oʻzlashtirish murakkabligidan kelib chiqqan holda kichik guruhlarga boʻlib oʻqitish kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha ishlab chiqiladigan taʼlim dasturida belgilanadi.
Oʻquv rejasidagi boshqa fan (modul)lar boʻyicha guruhlarni kichik guruhlarga boʻlib hamda yakka tartibda oʻqitish kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmachilarning qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
76. Kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirgan oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ushbu diplom olingan bilim, koʻnikma va malakalarni mehnat faoliyatida qoʻllash huquqini beradi.
77. Yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilarga 3 yil davomida, yakuniy davlat attestatsiyasi faoliyat koʻrsatayotgan davrda qayta davlat attestatsiyasidan oʻtishiga ruxsat etiladi.
3 yil davomida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtmagan bitiruvchilar yakuniy kursning boshidan belgilangan fan (modul)larni qayta oʻqiydi.
78. Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standarti asosida tashkil qilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) Agentlik tomonidan beriladi.
Bunda kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tayyorlanadigan taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom blankalari muqovalarini xarid qilish Agentlik tomonidan tashkil etilgan tender savdolari asosida amalga oshirilishi mumkin.
79. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida beriladigan davlat namunasidagi diplom, sertifikat, guvohnoma namunalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
80. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida beriladigan akademik maʼlumotnoma namunasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
81. Kasbiy taʼlim tashkiloti xalqaro standartlarga javob bersa yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boʻlsa, ularning ruxsati asosida bitiruvchilarga beriladigan davlat namunasidagi diplom va sertifikatlarga qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
82. Davlat namunasidagi hujjatlarni toʻldirish, saqlash, bitiruvchilarga berish va hisobini yuritish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
83. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayoni kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan oʻquv jarayoni jadvali hamda dars jadvaliga muvofiq tashkil etiladi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv yili davomida oʻquvchilarga beriladigan taʼtillar oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq beriladi.
Bunda qishki taʼtil — kamida 1-2 hafta, yozgi taʼtil — 6 — 10 haftani tashkil etadi.
Agentlik tomonidan oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin.
84. Oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi uzluksiz 80 daqiqani tashkil etadi.
Bunda ishchi oʻquv rejaga muvofiq 40 daqiqadan iborat bir akademik oʻquv soati joriy etilishi mumkin.
Modulli taʼlim dasturlaridagi oʻquv mashgʻulotlari 2 — 6 akademik oʻquv soatida tashkil etilishiga ruxsat etiladi.
Kasbiy taʼlimda oʻquv yili ikki semestrdan iborat boʻlib, semestrning davomiyligi 18 — 20 haftani tashkil etadi.
Bunda umumiy haftalik yuklamalari 54 soat, shundan auditoriya mashgʻulotlari koʻpi bilan 42 soatni tashkil etib, qolgan soatlar mustaqil taʼlimga ajratiladi.
Amaliyot mashgʻulotlari haftasiga 36 — 40 akademik soatgacha hajmda belgilanadi. Oʻqitishning kredit-modul tizimi joriy qilingan taʼlim dasturlarida mazkur hajmlar Agentlik tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Oʻquvchilarga berilgan taʼtillar va oʻquv yuklamalarining oʻz vaqtida bajarilishi hamda haftalik oʻquv yuklamalarini hisobga olgan holda oʻquv yili uchun oʻquv soatlarini tigʻizlashtirish Agentlik ruxsati asosida amalga oshiriladi.
85. Kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlari hamda ularni oʻqitish uchun belgilangan soatlar hajmidan kelib chiqqan holda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha oʻquvchilarni bir yoki bir nechta kvalifikatsiyalarga oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.
86. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari umumtaʼlim va mutaxassislik fan (modul)lari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Boshlangʻich kasbiy taʼlimning umumtaʼlim fanlari va mutaxassislik fan (modul)lari integratsiyalashgan dasturlarining davomiyligi 2 yildan iborat boʻladi.
87. Umumtaʼlim fanlari, qoidaga koʻra, kasblarning xususiyatlaridan kelib chiqib, kasbga mos tanlov fanlari orqali oʻqitiladi.
Boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlarida kiritiladigan umumtaʼlim fanlari roʻyxati va soatlar hajmi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
88. Kasbiy taʼlim dasturlarida oʻquv yuklamalari taqsimlanishi Agentlik tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturlariga muvofiq belgilanadi.
89. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi va tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq yakunlanadi:
a) Boshlangʻich kasbiy taʼlim darajasining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarida oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim — 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi — 2 — 4 foiz;
taʼtillar — 13 — 16 foiz.
Oʻqishning normativ muddati ikki yil boʻlgani holda oʻquv jarayoni jami 94 hafta davom etadi.
Kadrlar tayyorlash kunduzgi va dual taʼlim shakllarida olib boriladi.
Boshlangʻich kasbiy taʼlimning umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarini muvaffaqiyatli tamomlagan va davlat namunasidagi diplom olgan bitiruvchilar mazkur diplom asosida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari yoki oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlimni davom ettirish uchun hujjat topshirishlari mumkin;
b) Boshlangʻich kasbiy taʼlim darajasining kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslardan shakllantirilgan guruhlarida oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim — 75 — 95 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi — 1 — 5 foiz;
taʼtillar — 4 — 20 foiz.
Oʻqishning normativ muddati ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni 22 — 94 hafta davom etishi zarur. Ushbu taʼlim dasturida umumtaʼlim fanlari oʻqitilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Kadrlar tayyorlash kunduzgi, dual, masofaviy va kechki taʼlim shakllarida olib boriladi. Mazkur taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
v) Oʻrta kasbiy taʼlim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda tashkil etiladi hamda oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim — 75 — 95 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi — 1 — 5 foiz;
taʼtillar — 4 — 20 foiz.
Oʻqishning normativ muddati ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni 22 — 94 hafta davom etishi zarur.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Kadrlar tayyorlash kunduzgi, dual, masofaviy va kechki taʼlim shakllarida olib boriladi.
Mazkur taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
g) Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajasida kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil muddatda tashkil etiladi hamda oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim — 80 — 85 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi — 1 — 3 foiz;
taʼtillar — 14 — 18 foiz.
Oʻqishning normativ muddati kamida 2 yil boʻlgani holda oʻquv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari va oliy taʼlimning tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining taʼlim dasturlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Milliy malaka ramkasi 5-darajasiga qoʻyilgan talablar hamda tegishli kasbiy standartlarda belgilangan bilim va koʻnikmalar inobatga olingan holda uzviylik taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Kadrlar tayyorlash kunduzgi, dual, masofaviy va kechki taʼlim shakllarida olib boriladi.
Oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilangan ballarning oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.
Kredit-modul tizimi joriy etilmagan oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim tashkilotlarida 2-kursdan oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari bitiruvchilari Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimi orqali elektron ariza topshiradi;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
d) Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq, ayrim mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash oliy taʼlimning bakalavriat yoʻnalishlari bilan integratsiya qilinmagan holda, bevosita mehnat bozori uchun oʻrta maxsus kasbiy taʼlim darajasida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Bunda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos taʼlim dasturlarini tamomlagan yoki umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hisobidan kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil muddatda tashkil etiladi hamda oʻquv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy va amaliy taʼlim — 75 — 95 foiz;
yakuniy davlat attestatsiyasi — 1 — 5 foiz;
taʼtillar — 4 — 20 foiz.
Oʻqishning normativ muddati kamida 2 yil boʻlgani holda oʻquv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Kadrlar tayyorlash kunduzgi, dual, masofaviy va kechki taʼlim shakllarida olib boriladi.
Mazkur taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar mos sohasi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi.
90. Dual taʼlim shaklida yil davomida oʻqishga qabul qilingan guruhlar uchun oʻqish guruhlar shakllantirilgan davrdan soʻng tasdiqlangan oʻquv jarayoni grafigiga muvofiq boshlanadi va yakunlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
91. Kechki taʼlim shaklida oʻquv jarayoni kunduzgi taʼlim uchun tasdiqlangan kasb va mutaxassisliklarning taʼlim dasturlari asosida kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
Kechki taʼlim shaklining oʻqitish davomiyligi kunduzgi taʼlim shaklidagi muddatlardan farqlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
92. Kasb yoki mutaxassislik doirasida qoʻshimcha kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish istagidagi shaxslarni oʻqitish muddatlari oldingi taʼlim olgan taʼlim dasturlarining tegishli fan (modul)lari yoki kreditlarini oʻzlashtirganidan kelib chiqib, mazkur kvalifikatsiyalarni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar asosida belgilanadi.
93. Vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarning buyurtmalari yoki oʻquvchilarning xohish-istaklari asosida oʻquv rejalariga qoʻshimcha fanlar kiritilishi mumkin.
Qoʻshimcha fanlarni oʻqitish xarajatlari buyurtmachilarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7-bob. Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
94. Xalqaro standartlar va zamonaviy texnologiyalar asosida ichki hamda tashqi mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, shuningdek, buyurtmachi texnikum oʻquvchilari uchun yetakchi amaliyot bazasini yaratish hamda ishlab chiqarish taʼlim ustalari malakasini oshirish maqsadida Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — ilgʻor texnikumlar) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
95. Ilgʻor texnikumlarda mos kasb va mutaxassisliklar boʻyicha buyurtmachi texnikum oʻquvchilarining amaliyotlari tashkil etiladi.
96. Hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlagan reja-grafik asosida buyurtmachi texnikum oʻquvchilari uchun ilgʻor texnikumlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.
97. Ilgʻor texnikumda buyurtmachi texnikumlar oʻquvchilari uchun amaliy mashgʻulotlar muddatlari ularning davomiyligi kasb va mutaxassisliklar xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Bunda buyurtmachi texnikumlar oʻquvchilarining amaliyoti mazkur texnikumlar ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan amalga oshiriladi.
98. Ilgʻor texnikum ixtisoslashuvi boʻyicha buyurtmachi texnikum oʻquvchilari amaliyotlarini tashkil qilish reja-grafigi hududiy boshqarmalar tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda har yili oʻquv yili boshlanguniga qadar tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
99. Buyurtmachi texnikumlar bilan kasbiy taʼlim dasturlari hamkorlikning tarmoq shakli orqali amalga oshiriladi. Bunda buyurtmachi texnikum va ilgʻor texnikum oʻrtasida amaliyot boshlangunga qadar shartnoma tuziladi.
Buyurtmachi texnikum amaliyot dasturining ilgʻor texnikumda oʻtaydigan tegishli qismini belgilaydi.
100. Ilgʻor texnikumda buyurtmachi texnikum oʻquvchilari amaliyotini tashkil qilish boʻyicha shartnoma namunasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
101. Ilgʻor texnikum:
buyurtmachi texnikum oʻquvchilari uchun taʼlim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda xavfsiz sharoitlar yaratishni;
buyurtmachi texnikum oʻquvchilarini ovqatlanish meʼyorlari sanitariya qoidalari boʻyicha ovqatlantirish va yotoqxona (zarurat boʻlganda) bilan taʼminlaydi.
102. Amaliyot yakuni boʻyicha buyurtmachi texnikum va ilgʻor texnikum bajarilgan ishlar dalolatnomasini imzolaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuzilib, buyurtmachi texnikum va ilgʻor texnikumda saqlanadi.
103. Amaliy mashgʻulotlarni ilgʻor texnikumlarda oʻtaydigan buyurtmachi texnikum oʻquvchilari bepul yotoqxona, oziq-ovqat va transport bilan taʼminlanadi.
Bunda oʻquvchilarni bir kunlik oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida mablagʻ ajratiladi, transport xizmati autsorsing asosida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
104. Ilgʻor texnikumlarga buyurtmachi texnikumlar oʻquvchilari amaliyotlari uchun zarur xomashyo materiallari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
105. Buyurtmachi texnikumlar oʻquvchilarining ilgʻor texnikumlarda amaliyot oʻtash tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
106. Ilgʻor texnikumlarda mavjud yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malakasini oshirish kurslari tashkil etiladi. Bunda malaka oshirish kurslari Agentlik huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
107. Ilgʻor texnikumlarda har bir guruhda oʻquvchilar soni 20 nafar etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
108. Ilgʻor texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
109. Ilgʻor texnikumlar faoliyatini moliyalashtirish hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlari va miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari uchun belgilangan shartlarda amalga oshiriladi.
Bunda ilgʻor texnikumlar rahbar va xodimlari Agentlik tomonidan belgilangan tartib asosida ragʻbatlantiriladi.
110. Ilgʻor texnikumlarning moddiy-texnik bazasi iqtisodiyot tarmoqlaridagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, har uch yilda bir marta yangilab boriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Bunda ilgʻor texnikumlarning foydalanishdan chiqarilgan moddiy-texnik resurslari keyinchalik taʼlim jarayonida foydalanish uchun turdosh yoʻnalishda kadrlar tayyorlaydigan Agentlik tasarrufidagi texnikumlarga bepul beriladi.
8-bob. Oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholash, taʼlim sifati nazorati
111. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini tashqi baholash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
taʼlim tashkilotlari faoliyatini xavflarni tahlil qilish asosida oʻrganish;
kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish;
umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazish;
umummilliy oʻquvchilar va bitiruvchilar soʻrovnomalarini oʻtkazish.
112. Taʼlim sifatini ichki baholash doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
davlat taʼlim standarti va taʼlim dasturlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
taʼlim jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilganligini oʻrganish;
taʼlim tashkilotining malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasini baholash;
moddiy-texnik baza va oʻquv-amaliy infratuzilma holatini oʻrganish;
oʻquvchilarning taʼlim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligini baholash;
bitiruvchilarning bandligi va ish beruvchilar qanoatlanishi darajasini monitoring qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
taʼlim sifatini taʼminlashga oid jarayonlarni muvofiqlashtirish;
kasbiy taʼlim tashkilotida ichki (oʻzini oʻzi) baholash jarayonining davriy ravishda oʻtkazilishini taʼminlash;
kasbiy taʼlim tashkilotini tashqi baholash jarayonlariga tayyorlash.
113. Taʼlim standarti talablarining buzilgani uchun javobgarlik kasbiy taʼlim tashkiloti rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
114. Kasbiy taʼlim dasturlari doirasida kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchilarining bilimi, koʻnikma va malakalarini baholash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
115. Kasbiy taʼlim sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
ichki nazorat — belgilangan tartibda tasdiqlanadigan nizom asosida hududiy boshqarma yoki kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. Bunda kasbiy taʼlim tashkilotlarida Taʼlim sifati nazorati boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimini tashkil etish uchun budjet mablagʻlari hisobidan shtat birliklari ajratiladi;
tashqi nazorat — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida;
davlat-jamoat nazorati — Agentlik va u bilan kelishgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan;
yakuniy davlat attestatsiyasi — kasbiy taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan.
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
116. Bitiruvchilarni yakuniy baholash soha ekspertlari, kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari, baholash tashkilotlari, ish beruvchilar, uyushmalar va tadbirkorlik subyektlari birlashmalari vakillari ishtirokida koʻrgazmali-amaliy imtihonlar shaklida amalga oshiriladi.
117. Xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi kasbiy taʼlim tashkiloti va xorijiy tashkilot kelishuviga muvofiq belgilangan davlatda tashkil qilinadi. Bunda ikkinchi tomon vakillari oflayn yoki onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.
9-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
118. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan kasbiy standartlar asosida tegishli maʼlumotga va belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlar ishlash huquqiga ega. Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqiqlangan shaxslar bundan mustasno.
119. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlar kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan ishga qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlarida pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
120. Kasbiy taʼlim tashkiloti pedagog kadrlarining oʻquv yuklamalari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
Pedagog kadrlarning (oʻquv fanlari va soatlar boʻyicha) boshqa pedagog kadrlar oʻrnida ishlash tartibi tegishli normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
121. Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
122. Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori pedagog kadrlarning pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini hamda malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun javob beradi.
123. Kasbiy taʼlim tashkiloti pedagog kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti rahbar va pedagog kadrlarining malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ish natijalari, oʻz ustida ishlashi, turli tanlovlarda ishtirok etishi va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlariga oid maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish uchun elektron portfolio tizimidan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
124. Zarurat boʻlganda kasbiy taʼlim tashkiloti ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini, shuningdek, tegishli bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oliy maʼlumoti boʻlmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun jalb etishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
Oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan oʻtiladigan amaliy va qoʻshimcha mashgʻulotlar roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ishlab chiqarish taʼlimi ustalari pedagogik qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan kasbiy taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqli.
125. Madaniyat, musiqa va sanʼat yoʻnalishlaridagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar taʼlim dasturlariga muvofiq konsertmeyster (joʻrnavoz, illustrator) ishtiroki talab etiladigan fanlar soatlar fondi doirasida konsertmeyster (joʻrnavoz, illustrator) lavozimlari joriy etiladi va ularning yillik oʻquv yuklamasi 960 soat etib belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
126. Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining huquqlari va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
127. Kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbariyati pedagog kadrlarning kasbiy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash sohasidagi takliflar va oʻquv-metodik materiallarini, shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borishini oʻz vakolatlari doirasida qoʻllab-quvvatlaydi.
Pedagog kadrlarning takliflarini va oʻquv-metodik materiallarini kasbiy taʼlim tizimida ommalashtirish taʼlim tashkiloti rahbariyati tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari
128. Oʻquvchilar kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga direktorning buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
129. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
davlat taʼlim standartiga muvofiq kasbiy taʼlim olish, qoʻshimcha (shu jumladan, toʻlov asosida) taʼlim xizmatlarini olish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;
belgilangan tartibda kasbiy taʼlim tashkiloti maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;
kasbiy kompetensiyalar va umumtaʼlim fanlarini oʻzlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik-tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
axborot — kutubxonalar, kasbiy taʼlim tashkilotining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan taʼlim tashkiloti ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish.
Oʻquvchilar kasbiy taʼlim dasturida, kasbiy taʼlim tashkilotining ustavida, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
130. Kasbiy taʼlim tashkilotida oʻquvchilarning vazifalari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotining ustavida belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
131. Taʼlim dasturlarini oʻzlashtirishdagi yutuqlari, tajriba-konstruktorlik, dizayn va boshqa ishlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishgani uchun oʻquvchilarni ragʻbatlantirishning turli shakllari qoʻllanishi mumkin.
11-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining moliyaviy taʼminoti
132. Kasbiy taʼlimni moliyalashtirish manbalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
133. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning (oʻquvchilar) moddiy taʼminoti amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻliq davlat taʼminotida boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
134. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquv amaliyoti jarayonida va darsdan boʻsh vaqtda oʻquvchilar ishtirokida ishlab chiqarilgan yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni (tovar, ish va xizmatlarni) savdo shoxobchalarini tashkil qilgan holda namoyish qilish va sotishga ruxsat beriladi.
Bunda davlat texnikumlari, istisno tariqasida, buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
135. Kasbiy taʼlim tashkiloti ishlab topilgan mablagʻlarni pedagog kadrlar va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiradi.
136. Kasbiy taʼlim tashkilotiga pedagog kadrlar uchun taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan (toʻlov-kontrakt mablagʻlari bundan mustasno) lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorida har oylik ustama belgilash va toʻlashga ruxsat beriladi.
Pedagog kadrlarning lavozim maoshiga har oylik ustamalar belgilash tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
137. Vazirlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilaydi.
Nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari nodavlat kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan muassislar bilan kelishgan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
138. Kasbiy taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish haqi, samarali faoliyatini ragʻbatlantirish miqdori va ish haqiga boshqa qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga va kasbiy taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq belgilanadi.
139. Kasbiy taʼlim tashkilotining mol-mulki uning tezkor boshqaruvida boʻladi va ulardan faqat ushbu Nizom hamda kasbiy taʼlim tashkiloti ustavida qayd etilgan vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
140. Kasbiy taʼlim tashkiloti Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan jihozlashning namunaviy meʼyorlari asosida jihozlanadi.
141. Nodavlat kasbiy taʼlim tashkiloti davlat taʼlim tashkiloti uchun amaldagi namunaviy meʼyorlardan past boʻlmagan darajada moddiy-texnik jihatdan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
142. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotining yer maydonlari, bino va inshootlari hamda boshqa koʻchmas mulk obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatisiz boshqa tashkilotlarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Kasbiy taʼlim tashkilotining mol-mulkidan samarali va maqsadli foydalanilishi uchun kasbiy taʼlim tashkiloti direktori toʻliq javob beradi.
143. Kasbiy taʼlim tashkiloti moliya va statistika hisobotini yuritadi hamda uni belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etadi.
144. Kasbiy taʼlim tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
145. Kasbiy taʼlim dasturlari asosida kadrlarni maqsadli tayyorlashni moliyalashtirishda, kasbiy taʼlim tashkilotining moddiy-texnik va resurs bazasini mustahkamlashda tashkilotlar va boshqa ish beruvchilar ixtiyoriy (yoki tuzilgan shartnomalar asosida) qatnashishi mumkin.
146. Kasbiy taʼlim tashkiloti belgilangan tartibda mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega.
Kasbiy taʼlim tashkiloti boʻsh turgan mulkini Agentlik ruxsati asosida ijaraga berishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
147. Kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilinishi Davlat budjeti tomonidan uni moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga olib kelmaydi.
148. Kasbiy taʼlim tashkilotining tadbirkorlik va boshqa faoliyatdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
12-bob. Xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
149. Kasbiy taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq taʼlim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega.
Kasbiy taʼlim tashkilotining xalqaro hamkorligi xorijiy jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
150. Xorijiy fuqarolar belgilangan tartibda kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim olishlari mumkin. Xorijiy fuqarolarni oʻqitish muddati va davomiyligi kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan hududiy boshqarmalar orqali Agentlik bilan kelishilgan holda belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
“IT-viza”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida taʼlim olish va oʻqishga kirish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Xorijiy fuqarolar bilan kasbiy taʼlim tashkiloti oʻrtasida Agentlik tomonidan tasdiqlangan namuna asosidagi shartnoma imzolanadi va roʻyxatga olinadi. Xorijiy fuqaro bilan shartnoma imzolangandan soʻng oʻn kun muddat ichida Agentlikka axborot kiritiladi.
151. Kasbiy taʼlim tashkilotida yetakchi xorijiy taʼlim tashkiloti ishtirokida belgilangan tartibda qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlari amalga oshirilishi hamda hamkorlikda qoʻshma boʻlimlar (fakultetlar) tashkil etilishi mumkin.
152. Xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturi asosida kasbiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini tashkil etish — kasbiy taʼlim tashkiloti va xorijiy taʼlim tashkiloti tomonidan hamkorlikda amalga oshiriladigan taʼlim dasturlari asosida oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash, oʻquv jarayoniga xalqaro standartlar va ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy etish hamda bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi davlat namunasidagi diplom va tegishli xorijiy davlatda tan olinadigan kvalifikatsiyani tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat) berishni nazarda tutuvchi taʼlim faoliyati hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Agentlik tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan hamda tasdiqlangan xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari “xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkiloti” hisoblanadi.
153. Xalqaro taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilarga xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha diplom (sertifikat) hamda davlat namunasidagi diplom (sertifikat) beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
154. Kasbiy taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega.
155. Kasbiy taʼlim tashkiloti xodimlari belgilangan tartibda xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy davlatlarga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
156. Kasbiy taʼlim tashkiloti xorijiy davlatlarning fuqarolariga taʼlim xizmatlarini koʻrsatishni tashkil etish va rivojlantirish uchun belgilangan tartibda mazkur davlatlar fuqarolari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
157. Kasbiy taʼlim tashkilotiga xorijiy “til egalari” boʻlgan mutaxassislarni jalb qilish maqsadida ularni izlash va tanlash boʻyicha xizmatlar (rekruting xizmatlari) koʻrsatuvchi mahalliy va xorijiy kompaniyalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
158. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotining oʻquv jarayoniga xorijiy “til egalari” boʻlgan chet ellik mutaxassislar mehnat bozorida shakllangan ish haqi miqdorlaridan kelib chiqib, tomonlarning oʻzaro kelishuviga asosan belgilanadigan haq toʻlash shartlari asosida jalb etiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Bunda mehnatga haq toʻlash miqdori xorijiy mutaxassislarning malakasi va tajribasidan kelib chiqqan holda, shu bilan birga, mukofotning chegaralangan summasi oyiga 5000 (besh ming) AQSH dollari (yoki ekvivalent)dan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
159. Xorijiy “til egalari” boʻlgan chet ellik mutaxassislar bilan tuzilgan shartnomada xorijiy mutaxassislarni va ularning oila aʼzolarini (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari) turar joy bilan taʼminlash (kamida bir yillik mehnat shartnomasi tuzilganda), ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish, tibbiy xizmat koʻrsatish (tibbiy sugʻurta) xarajatlarini kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan qoplash toʻgʻrisida (qisqa muddatli xorijiy mutaxassislar bundan mustasno) hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shartlar nazarda tutiladi.
Bunda ushbu bandda keltirilgan va xorijiy “til egalari” boʻlgan chet ellik mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
160. Kasbiy taʼlim tashkilotida oʻquv yuklamalarining hajmi va taqsimoti boʻyicha boshqa meʼyorlar davlat taʼlim standarti, oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari va malaka talablarida belgilanadi.
161. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha kasbiy taʼlim tashkilotlari har chorak yakuni boʻyicha oʻquvchilar harakati va faoliyat koʻrsatayotgan rahbar hamda pedagog kadrlar toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni hududiy boshqarmalarga, hududiy boshqarmalar Agentlikka taqdim etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
162. Kasbiy taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish yoki tugatishda mazkur kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarini Agentlik tomonidan boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish va ularga amaldagi taʼlim dasturlari asosida oʻqishni tamomlashga sharoit yaratish choralari koʻriladi.
163. Mazkur Nizom bilan belgilanmagan kasbiy taʼlim sohasidagi munosabatlar Agentlik tomonidan tartibga solinadi.
164. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 2-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishtartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlarini shakllantirish va abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abituriyent — kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan jismoniy shaxs;
abituriyent ruxsatnomasi — pasport yoki ID karta (u boʻlmaganda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ishtirok etishiga ruxsat beradigan hujjat;
bino rahbari — belgilangan vazifa va majburiyatlar boʻyicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlik qiluvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam koʻrsatuvchi xodim;
guruh nazoratchisi — kirish imtihonlarida (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, kirish imtihonlari oʻtishini qatʼiy nazorat qilishga masʼul boʻlgan va abituriyentlarga kirish imtihonlari tartibi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish uchun jalb qilingan shaxs;
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlangan javobning bittasini belgilashga moʻljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan hujjat;
imtihon komissiyasi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon oʻtkazadigan va javoblarni xolis tekshiradigan hamda baholaydigan vakolatli organ;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi boʻyicha test topshiriqlarini oʻz ichiga olgan savollar toʻplami;
ekspert guruhi — kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon savollarini tuzish maqsadida tashkil etiladigan guruh;
qabul komissiyasi — har oʻquv yili qabuli uchun tashkil etiladigan, kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilishni va qabul bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etadigan vakolatli tuzilma;
hujjatlar yigʻmajildi — abituriyent kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga tavsiya etilgandan soʻng qabul komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar toʻplami.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
3. Ushbu Nizom nodavlat va xorijiy kasbiy taʼlim tashkilotlari hamda davlat kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi qoʻshma va xalqaro taʼlim dasturlariga oʻquvchilarni qabul qilishga tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
4. Kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilishning qabul parametrlari (davlat granti) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tasdiqlanadi.
5. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻquvchilarni qabul qilish belgilangan qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Qabul jarayonlari Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
6. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlari boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kunduzgi va dual, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kunduzgi, kechki, dual va masofaviy taʼlim shakllarida belgilanadi.
Abituriyentlar kunduzgi va dual taʼlim shakllari boʻyicha davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida, kechki taʼlim shakllari boʻyicha toʻliq toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlariga davlat granti asosida qabul qilinadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarining inklyuziv taʼlim guruhlariga qabul davlat granti asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
Kunduzgi, kechki taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan taqdirda, Agentlik tomonidan ayrim kasbiy taʼlim tashkilotlarida kirish imtihonlari shakllarini belgilash yoki Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tegishli kasbiy taʼlim tashkilotlari qabul parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosida abituriyentlarni kasbiy taʼlim tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilishga ruxsat berilishi mumkin.
Kirish imtihonlari natijalariga koʻra qabul parametrlari doirasida abituriyentlarni qabul qilish toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Bunda eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlar belgilangan davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolgan abituriyentlar toʻlov-kontrakt asosida belgilangan qabul parametrlari doirasida qabul qilinadi.
7. Agentlik imtihon yakunlaridan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul qilish parametrlarini belgilashi mumkin.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha qabul parametrlarini belgilashda kasbiy taʼlim tashkilotidagi oʻquvchilar oʻrni inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
8. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga dual taʼlim shaklida abituriyentlarni qabul qilish ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladi.
Bunda abituriyentlar dual taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida kasbiy taʼlim tashkilotlariga yil davomida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
9. Madaniyat, musiqa va sanʼat yoʻnalishlaridagi kasbiy taʼlim tashkilotlarida tayyorlanadigan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish maqsadida oʻtkaziladigan ijodiy imtihon talablari va baholash mezonlari Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
10. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarga abituriyentlarni qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlarini shakllantirish va kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkillashtirish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
11. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
12. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoj Agentlikning “Kasbiy taʼlim” platformasi orqali shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
13. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoj quyidagi asoslardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasining demografik tahlili va demografik rivojlanish prognozlaridan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari asosida mahalliy mehnat bozorining uch yillik talabidan;
ish beruvchilarning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talabidan;
tarmoqlarda oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojning sohalar, kasb va mutaxassisliklar kesimidagi talabidan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
tadbirkorlik subyektlarining oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojning sohalar, kasb va mutaxassisliklar kesimida talabidan;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinf va 11-sinf bitiruvchilari sonidan;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining kasb oʻrganishga boʻlgan qiziqishlaridan;
mehnat bozorida mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
xorijiy ish beruvchilar va rekruting kompaniyalarining ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojidan.
Oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyojni shakllantirishda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mos kasblar va ularning bandlik imkoniyatlari alohida inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari raisligida tashkil etilgan Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari (keyingi oʻrinlarda — Kengashlar) har yili 1-fevralga qadar hududning rivojlantirish dasturlari boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan ehtiyoj asosida kasbiy taʼlim tashkilotlari kesimida qabul parametrlarini shakllantiradi.
Bunda taʼlim shakllari belgilanadi, kasb va mutaxassisliklarga tayyorlashda shart-sharoitlar oʻrganiladi hamda kasbiy taʼlim darajalari boʻyicha Agentlik tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida tahlil qilinadi.
Tahlil natijasiga koʻra hududlar, tumanlar va taʼlim tashkilotlari hamda kasb va mutaxassisliklar kesimida qabul parametrlari shakllantiriladi.
15. Kengashlar qabul parametrlarini kasb va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirib, har yili 10-fevralga qadar Agentlikka taqdim etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Agentlik hududiy hokimliklarning takliflarini koʻrib chiqadi va zarur hollarda Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashlari takliflari asosida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
16. Agentlik hududiy hokimliklarning takliflari asosida qabul parametrlarini shakllantirib, har yili 15-fevralga qadar oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (davlat granti)ni kelishish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
17. Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (davlat granti)ni har yili 1-martga qadar tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
18. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari “Kasbiy taʼlim” platformasiga zarur maʼlumotlarni toʻliq va oʻz vaqtida kiritish boʻyicha shaxsan javobgar etib belgilanadi.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) har yili 1-oktabrga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida kasbga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazadi.
Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ish beruvchilar, boshqa manfaatdor tashkilotlar koʻmagida kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi kasb va mutaxassisliklarning xususiyatlari, hududning iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashish imkoniyatlari boʻyicha kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
20. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida 5-may kuni “Kasb va mehnat kuni” sifatida har yili keng nishonlanadi hamda uning doirasida jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida kasblar jozibadorligini oshirish va kasbiy taʼlimni ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Mazkur tadbirlarga bevosita umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9 — 11-sinf oʻquvchilari hamda ishsiz fuqarolar jalb qilinadi.
3-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish
21. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi.
22. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish maqsadida har yili 15-mayga qadar qabul komissiyalari tashkil etiladi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
Qabul komissiyasining masʼul kotibi va aʼzolari hududiy boshqarmalar tomonidan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyalari aʼzolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
23. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish quyidagi vaqtlarda amalga oshiriladi:
abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtadi;
oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha abituriyentlarni qabul qilish boʻyicha imtihonlar “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʻtkaziladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Bunda abituriyentlar oʻz tanloviga koʻra test sinovi natijasida toʻplagan ballidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlariga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha abituriyentlar kasb va mutaxassislikni oliy taʼlim tashkilotlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda tanlaydi;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1-iyuldan 30-iyulga (shu kuni ham) qadar;
oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlariga hamda ushbu kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kasbiy taʼlim tashkilotlarining toʻlmay qolgan boʻsh vakant oʻrinlariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish har yili 5-avgustdan 25-avgustga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
24. Kamida umumiy oʻrta maʼlumotli shaxslar uchun toʻlov-kontrakt asosida boshlangʻich va oʻrta kasbiy taʼlim dasturlariga abituriyentlarni yil davomida oʻqishga qabul qilish mumkin.
Bunda ish beruvchilarning ehtiyojlari, kasbga oʻqish istagini bildirgan shaxslar takliflari asosida kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan qoʻshimcha qabul parametrlari shakllantiriladi va Agentlikka taqdim etiladi.
Agentlik qoʻshimcha qabul parametrlarini koʻrib chiqadi va oʻqishga qabul qilishga ruxsat berish yoki bermaslik boʻyicha 10 kun muddatda kasbiy taʼlim tashkilotiga munosabat bildiradi.
Yil davomida oʻqishga qabul qilishga ruxsat berilgan hollarda kasbiy taʼlim tashkiloti 20 kun muddatda oʻquvchilar qabulini tashkil etadi va buyurtmachilar bilan kelishgan holda taʼlim jarayonlarini boshlaydi.
25. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun abituriyentlar ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda Agentlikning maxsus elektron platformasi orqali onlayn tarzda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
pasport (ID-karta) yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma toʻgʻrisida maʼlumotlar;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari uchun umumiy oʻrta taʼlimni (9-sinf negizida), oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim (11-sinf negizida) yoki boshlangʻich kasbiy taʼlimni tugatganligi haqidagi hujjat toʻgʻrisida maʼlumot;
boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha umumtaʼlim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari uchun 3,5 x 4,5 oʻlchamli rangli fotosurat.
Abituriyent toʻgʻrisidagi qolgan barcha maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali onlayn shakllantiriladi.
26. Abituriyentlar elektron platformada kasbiy taʼlim tashkiloti, taʼlim shakli, kasb va mutaxassislik, oʻqitish tilini mustaqil oʻzlari tanlaydi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning kasb va mutaxassislikni mustaqil tanlash huquqi cheklanmasligi kafolatlanadi.
27. Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
28. Abituriyentlar oʻqishga tavsiya etilganda, elektron platformaga kiritgan hujjatlarining aslini kasbiy taʼlim tashkilotiga besh ish kunida taqdim etadi.
29. Abituriyentlar taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasini kasbiy taʼlim tashkilotiga topshiradi.
30. Abituriyentlarning hujjatlari qalbakiligi yoki soxtaligi aniqlansa, kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan qabuldan chetlashtiriladi hamda hujjatlari belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
31. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaning namunaviy shakli Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
32. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha, birinchi navbatda, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari (umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinf bitiruvchilari), shuningdek, taqdim etilgan roʻyxatdan tashqari qabul parametrlari doirasidagi oʻrinlarga boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi doirasida oʻqish istagida boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi.
Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarining inklyuziv taʼlim guruhlariga abituriyentlar Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya orqali qabul qilinadi.
Bunda “yengil darajada aqliy zaif” tashxisi qoʻyilgan oʻquvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining inklyuziv sinflarining 9-sinf bitiruvchilari Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzuridagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya yoʻllanmasi asosida qabul qilinadi.
Shuningdek, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega nogironligi boʻlgan shaxslarning hujjatlari Ijtimoiy himoya milliy agentligining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan shakllantirilgan nogironligi boʻlgan shaxslar bazasidagi raqamli tasdiqlangan maʼlumotlar asosida qabul qilinadi.
33. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha joriy yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini bitirgan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadi.
34. Kasbiy taʼlim tashkiloti joriy yilda oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, majburiy uchta fandan ball toʻplagan abituriyentlarga kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tanlovda toʻplagan balli bilan ishtirok etish huquqi beriladi.
35. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng boʻlganda, abituriyentlar tanlovsiz toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi.
36. Davlat granti ajratilmagan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni belgilangan qabul kvotalari bilan teng yoki undan kam boʻlganda, ushbu abituriyentlar mazkur kasb va mutaxassisliklarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqishga qabul qilinadi.
37. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (oʻquvchilar), nogironligi boʻlgan shaxslar (I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda nogironligi boʻlgan bolalar) hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.
38. Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar (oʻquvchilar), nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan shakllantiriladi.
39. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun — davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun — toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.
40. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar Agentlikning elektron platformasi orqali toʻlov-kontrakt shartnomasini yuklab oladi.
41. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi.
42. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga belgilangan davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushganda uch ish kunida kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan hududiy boshqarmalarga maʼlumot kiritiladi.
43. Agentlik besh ish kunida davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiq hujjatlar tushgan kasbiy taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi va tegishli abituriyentlarni texnikumlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish yoki kirish imtihoni (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)ni oʻtkazish boʻyicha xulosa beradi.
44. Boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha tanlovdan oʻtmagan abituriyentlar (9-sinf bitiruvchilari) toʻgʻrisida maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalariga Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan besh ish kunida taqdim etiladi hamda oʻquvchi oʻzi oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida taʼlim olishni davom ettirishi taʼminlanadi.
45. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotlar har yili 15-sentabrga qadar hududiy boshqarmalar tomonidan Agentlikka taqdim etiladi.
46. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.
4-bob. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish
47. Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — xorijiy abituriyentlar) kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish Agentlik bilan kelishilgan holda kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
48. Xorijiy abituriyentlar kasbiy taʼlim davlat buyurtmasi parametrlaridan tashqari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
49. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga umumiy oʻrta taʼlim maʼlumotiga muvofiq boʻlgan maʼlumotga ega boʻlgan xorijiy abituriyentlar qabul qilinadi.
50. Kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirish istagida boʻlgan xorijiy abituriyentlar har yili 5-iyundan — 25-avgustga qadar kasbiy taʼlim tashkilotiga ariza bilan murojaat qiladi.
Xorijiy abituriyentlar kasbiy taʼlim tashkilotlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
oʻqishga qabul qilish haqida ariza;
oʻqigan fanlar va ular boʻyicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) koʻrsatilgan maʼlumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari;
sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tugʻilganlik haqidagi guvohnoma;
4 x 6 oʻlchamli 6 ta rangli fotosurat.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
51. Kasbiy taʼlim tashkiloti murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida xorijiy abituriyentga tegishli boʻlgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Xorijiy abituriyent tomonidan ariza va maʼlumotlar ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etilmagan boʻlsa yoki arizada tegishli maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoxud notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa, kasbiy taʼlim tashkiloti xorijiy abituriyentni kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
52. Kasbiy taʼlim tashkiloti ushbu Nizom talablariga muvofiq qabul qilingan va oʻrganib chiqilgan xorijiy abituriyentga tegishli boʻlgan hujjatlarni uch kun muddat ichida Agentlikka taqdim etadi.
Hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligiga kasbiy taʼlim tashkiloti direktori shaxsan masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
53. Agentlik xorijiy abituriyentga tegishli boʻlgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida xorijiy abituriyentga tegishli boʻlgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi hamda u bilan suhbat oʻtkazish yakuniga koʻra xorijiy abituriyentni oʻqishga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.
Xorijiy abituriyent bilan suhbat jarayoni uning taʼlim yoʻnalishini tanlashdagi motivatsiyasi, shaxsiy-kasbiy xususiyatlari hamda tanlangan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Suhbatni oʻtkazish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
54. Agentlik tomonidan xorijiy abituriyentni oʻqishga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisidagi xulosasi besh kun muddat ichida kasbiy taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Kasbiy taʼlim tashkiloti xulosani olgan kundan boshlab uch kun muddat ichida bu haqda xorijiy abituriyentni xabardor qiladi.
55. Kasbiy taʼlim tashkiloti xorijiy abituriyentni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi xulosani olgan kundan boshlab besh kun muddatda xorijiy abituriyentni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Xorijiy abituriyent va kasbiy taʼlim tashkiloti oʻrtasida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
56. Xorijiy abituriyentlar oʻqish uchun toʻlovni har yili shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi.
Bunda oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdori bir oʻquvchini oʻqitish uchun ketadigan sarf-xarajatlardan kam boʻlmagan miqdorda, Agentlik bilan kelishgan holda kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
57. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisidagi qarorlardan norozi boʻlgan abituriyentlar Agentlik yoki sudga belgilangan tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
58. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalaridan tegishli koʻchirmalar ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlarning kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalari olti oy davomida saqlanadi, soʻng belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
59. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul parametrlarini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari
Mahalliy ish beruvchilarning oʻrta boʻgʻin kadrlariga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda kasbiy taʼlim tashkilotlari kesimida qabul parametrlarini shakllantiradi.
Har yili
1-fevralga qadar
2-bosqich
Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari
Qabul parametrlarini kasb va mutaxassisliklar boʻyicha shakllantirib,Kasbiy taʼlim agentligiga taqdim etadi.
Har yili
10-fevralga qadar
3-bosqich
Kasbiy taʼlim agentligi
Hududiy hokimliklarning takliflari asosida qabul parametrlarini shakllantirib, kelishish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
Har yili
15-fevralga qadar
4-bosqich
Kasbiy taʼlim agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (davlat granti)ni tasdiqlaydi.
Har yili
1-martga qadar
5-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda umumtaʼlim maktablarida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazadi.
Har yili
1-oktabrga qadar
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kasbiy taʼlim tashkilotlari
Oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qabul komissiyalarini tashkil etadi.
Har yili
15-mayga qadar
2-bosqich
Abituriyent
Test sinovi topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtadi.
Har yili
5-iyundan
25-iyunga qadar
3-bosqich
Abituriyent
Oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda imtihondan oʻtadi.
Toʻplagan ballidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, soʻng kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.
Belgilangan muddatda
4-bosqich
Abituriyent
Kasb va mutaxassislikni oliy taʼlim tashkilotlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng tanlaydi.
10 kun muddatda
5-bosqich
Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti 9-sinf bitiruvchilari
Boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha hujjat topshiradi.
Har yili
1-iyuldan
30-iyulga (shu kuni ham) qadar
6-bosqich
Abituriyent
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining boʻsh qolgan (vakant) oʻrinlari uchun hujjat topshiradi.
Har yili
5-avgustdan
25-avgustga (shu kuni ham) qadar
7-bosqich
Kasbiy taʼlim agentligi
Qoʻshimcha qabul parametrlarini koʻrib chiqadi va oʻqishga qabul qilishga ruxsat berish yoki bermaslik boʻyicha xulosa qabul qiladi.
10 kun muddatda
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) oʻtkazish
TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Tartib kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan ortiqcha abituriyentlar tomonidan oʻqish istagi bildirilganda, oʻqishga qabul qilish uchun kirish imtihonlarini (keyingi oʻrinlarda — kirish imtihonlari) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Kirish imtihonlari Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon shaklida uchta tilda — oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.
2-bob. Test sinovlarini oʻtkazish
1-§. Test sinovlarini tashkil etish
3. Test sinovlarini adolatli va xolisona oʻtkazish ushbu Tartibga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotlarining qabul komissiyalari, bino rahbarlari hamda guruh kuzatuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
4. Test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlar hududiy hokimliklar va kasbiy taʼlim tashkilotlarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
5. Test sinovlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
6. Test sinovlari uch tilda — oʻzbek tili, rus tili va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun qoraqalpoq tilida oʻtkaziladi.
7. Kasb va mutaxassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi Agentlik tomonidan belgilanadi.
8. Test sinovlari oʻtkaziladigan muddatlar Agentlik tomonidan belgilanadi hamda, qoida tariqasida, soat 9:00 da boshlanadi.
9. Hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish muddati yakunlagandan soʻng, abituriyentlar ruxsatnomasini uch kun muddat ichida kasbiy taʼlim tashkilotidan oladi.
Abituriyentlar ruxsatnomasida koʻrsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi. Mazkur sana va vaqt qatʼiy hisoblanib, boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
10. Test savollari umumiy oʻrta, boshlangʻich, oʻrta va kasbiy taʼlimning umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.
11. Kasb va mutaxassisliklarga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni hamda test sinovlarini oʻtkazish muddatlari Agentlik tomonidan belgilanadi.
12. Abituriyentga test savollarini bajarish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) har 30 ta test topshirigʻi uchun 1 soat vaqt beriladi.
13. Abituriyentlarning toʻplagan ballari haqidagi maʼlumot test sinovi oʻtkazilgan kundan keyingi kun kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadi.
2-§. Test sinovlari oʻtkaziladigan joylarga qoʻyiladigan umumiy talablar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
14. Test sinovlari umutaʼlim maktablari, kasbiy taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sigʻimdagi binolarida oʻtkaziladi.
15. Binolarni tayyorlashda, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shuningdek, abituriyentlar ota-onalarining test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalarida (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) test jarayonlarini tashkil etish boʻyicha shtab tashkil etiladi.
Shtabda, test sinovlari oʻtkaziladigan har bir binoda test materiallarini saqlash, tarqatish va yigʻib olish uchun moʻljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga toʻliq javob berishi lozim.
17. Binoda test sinovlarini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, bino elektron soat, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
18. Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanishi lozim.
Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan taʼminlanadi.
19. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi shart.
20. Test sinovlari oʻtkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi lozim.
3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda qabul komissiyalarining vazifalari
21. Qabul komissiyasi test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq quyidagi vazifalarni bajaradi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
qabul komissiyasining eʼlonlar taxtasiga hamda texnikumlarning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qabul jarayoni boshlanadigan kunga qadar kasb va mutaxassisliklar boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini, ularga muvofiq test sinovlari oʻtkaziladigan fanlar majmuasi hamda kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan kasb va mutaxassisliklar roʻyxatini joylashtirish;
qabul jarayonini shaffoflik bilan, tartibli tashkil etish, abituriyentlarga ularning test sinovlari jarayonidagi vazifalari, huquq va majburiyatlarini tushuntirish, test sinovlari jarayoni boʻyicha maslahatlar, koʻrsatmalar berib borish.
22. Qabul komissiyasi tomonidan oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanadi.
4-§. Test sinovlarini oʻtkazishda bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
23. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
belgilangan sanalarda ertalab soat 08:00 dan kechikmasdan oʻziga tegishli binoga yetib kelish;
guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish;
test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;
abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan kasb va mutaxassisligi tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
guruhlarda test sinovi tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;
test sinovining tugash vaqtiga qatʼiy amal qilish;
test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan soʻng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino boʻyicha toʻplangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni qabul komissiyasiga topshirish.
24. Test sinovi oʻtkazilayotgan guruhda ushbu Tartib talablariga qatʼiy rioya qilish va test sinovining adolatli oʻtkazilishini taʼminlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
25. Guruh nazoratchisi oʻziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olish, ushbu Tartib talablariga amal qilmagan abituriyentlarni test sinovi jarayonlaridan chetlatish huquqiga ega.
26. Quyidagilar guruh nazoratchisining majburiyatlari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
test sinovi oʻtkaziladigan kuni biriktirilgan binoga soat 08:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (telefon, kalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va oʻzga tegishli ruxsatnomani olish va oʻziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish;
belgilangan vaqtda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;
abituriyentni ruxsatnomasi va pasporti (tugʻilganlik haqida guvohnoma) asosida tekshirib ularni guruh roʻyxati boʻyicha belgilangan joyga oʻtirishini taʼminlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning oʻrnini boʻsh qoldirish;
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun boʻsh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqalarini tarqatish;
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli boʻlimlarini rasmiylashtirish boʻyicha abituriyentlarga koʻrsatma berish;
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini koʻrsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan soʻng 15 daqiqa oʻtgach, ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi va familiyasi toʻgʻrisiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasini javoblar varaqasi paketiga solib qoʻyish;
abituriyentlar bilan test topshiriqlari boʻyicha savol-javob qilmaslik;
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qilish, abituriyentlarning oʻrinlaridan turishlarini talab qilish;
abituriyentlarga test materiallarini topshirish boʻyicha koʻrsatma berish;
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;
test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;
test sinovlari tugagandan soʻng guruhda abituriyentlar boʻlsa, ularni tashqariga chiqarish;
test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
27. Test sinovlarini oʻtkazishda guruh nazoratchilari tomonidan abituriyentlarga kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, telefon, kompyuter, shpargalkalar va shu kabilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi.
28. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan soʻng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari oʻtkaziladigan hududdan chiqib ketish.
29. Abituriyent test sinovlari oʻtkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 08:30 da abituriyent ruxsatnomasi va ID — karta yoki pasporti (tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi) bilan kelishi lozim.
30. Abituriyent test sinovlariga kirganda quyidagilarni amalga oshirishi shart:
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi toʻgʻri toʻldirilishini taʼminlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida koʻrsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Abituriyent quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan toʻldirish;
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizigʻiga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni boʻyamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini boʻyab, test topshiriqlari kitobini va unga mos boʻlgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
32. Har bir test topshirigʻiga 4 tadan (“A”, “B”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
33. Abituriyent tomonidan har bir test topshirigʻiga faqat bitta javob belgilanishi shart boʻlib, test topshiriqlari kitobida toʻgʻri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini boʻyaydi (javoblar varaqasida boʻyalgan javoblarni oʻzgartirish mumkin emas).
Agar javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirigʻiga javoblar varaqasida tegishli doiracha boʻyalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha boʻyalsa yoxud toʻliq boʻyalmasa ushbu test topshirigʻiga ball berilmaydi.
34. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qoʻyilmaydi.
Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
35. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi:
test sinovlari oʻtkaziladigan hududga yoki binoga kirishda kalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, telefon, kompyuter va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan boʻlsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varagʻini yirtsa;
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
5-§. Test sinovlari natijasi boʻyicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
36. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida abituriyentlar murojaatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
37. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kasbiy taʼlim tashkilotining fanlar boʻyicha ekspertlari kiritiladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kasbiy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasining aʼzolari kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
38. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi va kasbiy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasi tarkibiga kirmagan direktor oʻrinbosari apellyatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi.
39. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar test sinovlari toʻliq yakunlanib, tanlov natijasi eʼlon qilingandan soʻng ikki kun davomida kasbiy taʼlim tashkilotida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qiladi.
40. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
41. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti (tugʻilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
42. Apellyatsiya shikoyati koʻrilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobining elektron varianti asosida chop etilgani beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri deb hisoblangan test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
43. Apellyatsiya shikoyati ikki ish kunida apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha bayonnoma apellyatsiya komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Abituriyent murojaat qilganda, unga apellyatsiya shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarordan koʻchirma beriladi.
44. Apellyatsiya komissiyasi qarori hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi.
45. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
1-§. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarini tashkil etish
46. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklariga abituriyentlar Agentlik tomonidan davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali qabul qilinadi.
47. Alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga qabul qilish tegishli kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
48. Kasbiy taʼlim tashkilotlarining alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklariga qabul barcha uchun (ham davlat granti, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinishi taʼminlanadi.
Qolgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlar reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt parametrlari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.
49. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir kasbiy taʼlim tashkiloti boʻyicha kasb va mutaxassisliklar, oʻqitish tillari va taʼlim shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi.
50. Agentlik joylarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
51. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul parametrlariga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim olish tilida oʻtkaziladi.
2-§. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish
52. Kasbiy (ijodiy) imtihon boshlanishidan bir hafta oldin abituriyentlarga kasbiy taʼlim tashkilotining qabul komissiyasi raisi va masʼul kotibi imzolagan hamda kasbiy taʼlim tashkilotining muhri qoʻyilgan ruxsatnoma beriladi. Ruxsatnoma namunasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
53. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlarning tanlangan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlashi imkoniyatlarini aniqlash, ularning fanlar boʻyicha bilim, malaka, kasbiy koʻnikma, ijodiy qobiliyatlarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
54. Hududiy boshqarmalarning qatʼiy nazoratida kasbiy (ijodiy) imtihonlar topshiriqlari boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari umumiy oʻrta (9-sinf negizida), oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boshlangʻich kasbiy taʼlim, umumiy oʻrta (11-sinf negizida), shu jumladan, madaniyat, sanʼat, musiqa, sport va jismoniy tarbiyaga ixtisoslashtirilgan fanlarning oʻquv dasturlariga muvofiq kasbiy taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qabul komissiyalari tomonidan tuziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
55. Kasbiy taʼlim tashkilotlari fan boʻyicha imtihon komissiyalari raisligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun hududiy boshqarmalarga taqdim etadi.
56. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanishidan bir hafta oldin kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun 3 nafardan kam boʻlmagan tajribali, malakali va masʼuliyatli oʻqituvchilardan shakllantirilgan fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tarkibi tasdiqlanadi.
57. Kasbiy (ijodiy) imtihon har bir guruhda, qoida tariqasida, 2 nafar guruh nazoratchisi kuzatuvida, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkaziladi.
58. Hududiy boshqarmalar boshliqlari kasbiy taʼlim tashkilotlari qabul komissiyalarining takliflari asosida imtihon dasturlariga muvofiq kasbiy (ijodiy) imtihonlarga ajratiladigan vaqt meʼyorini belgilaydi.
59. Fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari va boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari ham kiritilishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
60. Kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha imtihon dasturlari va har bir fan xususiyati hisobga olingan holda baholash mezonlari, shuningdek, tegishli kasb va mutaxassisliklarga muvofiq keluvchi fan majmualari kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
61. Kasbiy taʼlim tashkilotining qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin imtihon dasturlari, baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini eʼlon qiladi.
62. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, tegishli kasb va mutaxassisliklar roʻyxati va ularga muvofiq keluvchi 3 ta fan boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal 150 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizigacha boʻlgan oraliqda baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
63. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar (sport va jismoniy tarbiya sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno) kollegial tartibda qabul qilinadi va baholanadi.
64. Fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolarining har biri oʻqishga kirish istagida boʻlgan abituriyentni alohida-alohida baholaydi va uning yakuniy bahosi fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholarning oʻrtacha qiymatiga teng boʻladi.
65. Guruh nazoratchisi kasbiy (ijodiy) imtihon tugaganidan soʻng abituriyentlarning amaliy ishlarini qabul qilib, har bir ishni raqamlab, imtihon komissiyasi raisiga ushbu imtihon ishlarini tekshirishga berish uchun masʼul hisoblanadi.
Guruh nazoratchisi imtihon ishiga qoʻyilgan shifrning maxfiyligini taʼminlashga shaxsan javobgardir.
66. Kasbiy (ijodiy) imtihon ishlarini xolisona tekshirish, baholash hamda abituriyent tomonidan toʻplangan ballarni qayd varaqalarida aks ettirish uchun masʼuliyat fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
67. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar qayta oʻtkazilmaydi va ular oʻqishga qabul qilinmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
68. Tegishli kasb va mutaxassisliklarning fanlari majmuasidagi har bir fan boʻyicha imtihon natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon xususiyatiga qarab, imtihon oʻtkazilganidan soʻng uch kun muddat ichida kasbiy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-§. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
69. Hududiy boshqarmalar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida kasbiy taʼlim tashkilotlarida apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha soha mutaxassislari va boshqa tashkilot oʻqituvchilaridan iborat apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga fan boʻyicha imtihon komissiyasi aʼzolarining kiritilishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy (ijodiy) imtihonni qabul qilgan fan boʻyicha komissiya aʼzosi apellyatsiya jarayonida qatnashib, oʻz fikrini bildirish huquqiga ega.
Apellyatsiya arizalari imtihon natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab ikki kun davomida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasiga, zarurat boʻlganda, fan boʻyicha imtihon komissiyasi baholariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
70. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari fanlar boʻyicha alohida imtihon qaydnomalariga kiritiladi.
Ushbu imtihon qaydnomalarining har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va kasbiy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasining masʼul kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhrlanadi.
71. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
4-bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazish
1-§. Yozma imtihonlarni tashkil etish
72. Agentlik tomonidan belgilangan kunlarda yozma imtihonlar oʻtkaziladi. Yozma imtihon kasb va mutaxassisliklarga tegishli fanlardan oʻtkaziladi.
73. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni tegishli kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan beriladigan abituriyent ruxsatnomasiga ega boʻlmagan shaxslarning imtihon oʻtkaziladigan binoga kirishi taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining yozma imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasining namunasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
74. Yozma imtihonlarda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari va ota-onalarning 3 nafar vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
75. Yozma imtihon “Ona tili va adabiyoti” fani hamda abituriyent oʻqishga kirish istagida boʻlgan kasb va mutaxassislikka mos keluvchi shu oʻquv yili qabulidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasining 2-boʻlimidagi 1-fanidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
76. Yozma imtihon olinadigan fanlar roʻyxati, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir hafta oldin qabul komissiyasining axborot stendlari va kasbiy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
77. Yozma imtihon savollari qabul komissiyasi tomonidan yozma imtihonning tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar tarkibidan shakllantiriladigan ekspert guruhi tomonidan tuziladi. Hududiy boshqarma nazoratida ekspert guruhi faoliyati qabul komissiyasi raisi tomonidan boshqariladi.
78. Ekspertlar guruhi quyidagi vazifalarni bajaradi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
yozma imtihon savollarini amaldagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining fan dasturlari asosida ishlab chiqib, savollarga javob yozish uchun sarflanadigan vaqtning imtihonga ajratilgan vaqtga muvofiqligini oʻrganadi;
savollar koʻp variantli boʻlishini va maxfiyligi saqlanishini taʼminlaydi;
ishlab chiqilgan savollarning toʻgʻri javoblarini tayyorlaydi va kasbiy taʼlim tashkilotiga imtihonlar yakunlangunga qadar alohida saqlanishi uchun konvertda har bir ekspert imzosi bilan muhrlangan holda taqdim etadi.
79. Yozma imtihonni ushbu Tartib talablariga muvofiq tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha masʼuliyat qabul komissiyasi, bino rahbari va guruh nazoratchilari, imtihon komissiyasi aʼzolari zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
80. Yozma imtihonni oʻtkazish jadvali kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Buyruqqa abituriyentlar roʻyxati ilova qilinadi.
81. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi.
82. Yozma imtihonlar videokuzatuv ostida jamoatchilik hamda abituriyentlarning ota-onalari tomonidan real vaqt rejimida kuzatib borilishi taʼminlangan katta sigʻimdagi binolarda oʻtkaziladi.
83. Binoda imtihon materiallarini tarqatish va toʻplash uchun seyflar (materiallarni saqlash uchun) va aloqa vositalari bilan taʼminlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi.
84. Hududiy boshqarmalar tomonidan binolarda yozma imtihonni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi. Binolar sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob berishi shart.
85. Binoda yozma imtihon jarayonini toʻliq nazorat qilish maqsadida, qoida tariqasida, 30 nafar abituriyent hisobidan guruhlar tashkil etiladi.
Bino va guruhlar alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan boʻlishi lozim.
Har bir guruh alohida oʻtirish oʻrniga ega boʻlgan 30 tadan stol va stul bilan taʼminlanib, stollar birdan oʻttizgacha raqamlanadi. Har bir guruhga, qoida tariqasida, ikki nafar guruh nazoratchisi biriktiriladi.
Yozma imtihonlar ochiq va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash uchun tegishli oʻqituvchilarini guruh nazoratchisi sifatida jalb etishga ruxsat beriladi. Oʻqituvchilarni jalb qilish uning roziligiga koʻra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qoʻshimcha haq toʻlash evaziga, ishdan boʻsh vaqtida yoki ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.02.00 Ish haqining eng kam miqdori]
Bunda oʻqituvchilarni jalb etganlik uchun toʻlanadigan qoʻshimcha ish haqi mablagʻlari Agentlik huzuridagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
86. Binoda yozma imtihonlarni oʻtkazish talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik bino rahbari va guruh nazoratchilari zimmasiga yuklanadi.
Bino rahbari hududiy boshqarma tomonidan, guruh nazoratchilari kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
87. Yozma imtihon natijalari kasbiy taʼlim tashkilotining axborot stendida hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
2-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazish va baholash
88. Yozma imtihon soat 09:00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi. Yozma imtihon har bir fan boʻyicha alohida kunlarda oʻtkazilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari]
89. Abituriyentlar binoga abituriyent ruxsatnomasi va pasport (pasport yoshiga yetmaganlarga kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan shaxsini tasdiqlash maqsadida berilgan, rasmi mavjud boʻlgan maʼlumotnoma) bilan videokuzatuv orqali navbat boʻyicha soat 08:30 gacha kiritiladi. Soat 08:30 dan soʻng abituriyentlar binoga kiritilmaydi.
90. Guruh nazoratchilari soat 08:30 gacha bino rahbaridan guruh roʻyxatini, imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarni, savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi varaqlari raqamlanib muhrlangan daftarlarni (keyingi oʻrinlarda — daftarlar) oladi, shuningdek, abituriyentlarni ruxsatnomasi bilan tekshirib kiritadi va oʻziga tegishli joyga oʻtirishini taʼminlaydi.
Imtihonga kelmagan abituriyentlar oʻrinlari boʻsh qoladi.
91. Guruh nazoratchilari ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.
Guruh nazoratchilari imtihon biletlari hamda daftarlarni abituriyentlarga tarqatadi.
92. Bino rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek, daftar varaqlarini bukmaslik, unga har xil belgilar qoʻymaslik, yozuvlarning ustiga yoki ostiga chizmaslik, javoblarni koʻk sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozish, boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.
93. Guruh nazoratchisi soat 09:00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlash uchun guruh roʻyxatiga imzo qoʻydiradi va imzo yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qoʻyadi.
Abituriyent yozma imtihonga kelmagan taqdirda, guruh nazoratchisi tomonidan guruh roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi.
94. Bino rahbari soat 09:00 da yozma imtihon boshlanganligini eʼlon qiladi hamda imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
95. Abituriyent tomonidan imtihon biletlariga javoblar daftarga koʻk sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozilishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
96. Abituriyentlarga yozishda qisqartma soʻzlardan foydalanish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek, berilgan savollarning javobi bilan bogʻliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.
97. Abituriyentning yozma imtihonlarni topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan imtihonlarga qoʻyilmaydi. Materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish bundan mustasno. Ushbu abituriyentlarga qoʻshimcha vaqt berilmaydi.
98. Yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzganlar imtihondan chetlashtiriladi, chetlashtirish boʻyicha bino rahbari va guruh nazoratchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
99. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi.
100. Bino rahbari soat 11:00 da yozma imtihon vaqti tugaganligini eʼlon qiladi va guruh nazoratchilariga javoblar yozilgan daftarlarni yigʻishga koʻrsatma beradi.
101. Yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng abituriyentlar imtihon materiallarini topshiradi. Belgilangan muddatdan oldin javob yozishni tugatgan abituriyentlar imtihon materiallarini muddatidan oldin topshirishlari mumkin.
102. Barcha daftarlar, shu jumladan, imtihon vaqtida ishlatilmagan daftarlar hamda yozma imtihondan dalolatnoma tuzilib chetlashtirilgan abituriyentlarning daftarlari alohida tegishli qutilarga joylashtiriladi.
103. Bino rahbari yozma imtihon savollariga javoblar yozilgan daftarlar solingan qutilarni guruh nazoratchilaridan qabul qilib, daftarlarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyadi, daftar muqovasini boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda ajratib oladi.
Shifrlangan daftar muqovasi sir saqlanishi uchun bino rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
104. Imtihon komissiyasi aʼzolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 11:00 dan kechikmay yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan xonaga oʻz pasportlari bilan yetib kelishlari shart.
105. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan muqovasi olingan va shifrlargan daftarlar solingan qutilarni bino rahbaridan qabul qilib oladi. Imtihon komissiyasiga shifr qoʻyilmagan daftarlarni topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
106. Imtihon komissiyasi raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni imtihon komissiyasi aʼzolari ishtirokida ochib, daftarlarning birinchi varagʻi shifrlanganligini tekshiradi.
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi.
107. Imtihon komissiyasi raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlarni komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
108. Yozma imtihon javoblari tasdiqlangan baholash mezonlariga muvofiq imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan tekshirilib, baholanadi va xulosa yoziladi.
109. Abituriyentlarning yozma imtihon boʻyicha olgan ballari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli shifrlangan qaydnomaga kiritiladi.
Yozma imtihonning har bir fani uchun qaydnoma alohida tuziladi.
110. Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda imtihon komissiyasi raisi tomonidan bino rahbariga topshiriladi. Bino rahbari ushbu qutilarni shifrlangan daftarlarning muqovalari bilan birga qabul komissiyasi raisiga yigʻmaqaydnomaga kiritish uchun topshiradi.
111. Yozma imtihon ballari belgilangan fanlar boʻyicha alohida qaydnomalarga abituriyentning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlar muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan holda kiritiladi.
Yozma imtihon natijalari har bir fan boʻyicha qabul komissiyasi tomonidan yigʻmaqaydnomaga kiritiladi va shu asosida umumiy ballar chiqariladi.
112. Abituriyentning yozma imtihondagi eng yuqori balli 150 ballni tashkil qiladi. Ushbu ballar quyidagicha shakllanadi:
“kasb yoki mutaxassislikka mos keluvchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasining 2-boʻlimidagi 1-fani” boʻyicha — 0 dan 100 ballgacha;
“Ona tili va adabiyoti” fani boʻyicha — 0 dan 50 ballgacha.
113. Belgilangan vaqtda yozma imtihonga kelmagan abituriyentlar kasbiy taʼlim tashkilotlariga qabul qilinmaydi.
114. Umumlashgan natijalar qaydnomasida abituriyentlar roʻyxati har bir kasb va mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi.
115. Yozma imtihon natijalari imtihon oʻtkazilgan kundan keyingi ish kunida qabul komissiyasining axborot stendlari va kasbiy taʼlim tashkilotlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
3-§. Yozma imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
116. Yozma imtihon natijalari yuzasidan kasbiy taʼlim tashkilotlarida hududiy boshqarmalar buyrugʻi asosida apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolari kamida 5 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi, apellyatsiya komissiyasi aʼzoligiga hududdagi boshqa kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchilari jalb qilinadi.
Apellyatsiya shikoyati yozma imtihonlar natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga beriladi. Apellyatsiya shikoyati qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentga xabarnoma yuboriladi.
117. Zarur hollarda, apellyatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga imtihon komissiyasi aʼzolari, shuningdek, tegishli bino rahbari va guruh nazoratchilari jalb qilinishi mumkin.
118. Apellyatsiya shikoyati tushgan kuni murojaat qilgan abituriyentning yozma imtihon materiallari masʼul kotib tomonidan apellyatsiya komissiyasiga topshiriladi.
119. Apellyatsiya shikoyati bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kun va vaqtda apellyatsiya komissiyasiga pasporti bilan kelishi shart.
120. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish vaqtida abituriyentning faqat oʻziga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari beriladi. Apellyatsiya shikoyati bergan abituriyent oʻz eʼtirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.
121. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish bir ish kunidan oshmasligi va natijasi boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.
122. Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa, apellyatsiya komissiyasi imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda tegishli tartibda rasmiylashtiradi.
123. Apellyatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, abituriyentning yozma imtihon ishiga apellyatsiya komissiyasi tomonidan tegishli ball qoʻshilib, yakuniy ball qoʻyiladi.
124. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida apellyatsiya shikoyati bergan abituriyentga maʼlumot taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
125. Umumlashgan natijalar qaydnomalar, apellyatsiya komissiyasining qarorlari asosida kasbiy taʼlim tashkilotining qabulining yakuniy natijasi aniqlanadi va yozma imtihon qaydnomasiga kiritiladi.
126. Yozma imtihon qaydnomalari kasbiy taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanadi va nusxasi hududiy boshqarmalarga taqdim etiladi.
127. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
128. Ushbu Tartib talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 3-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosidaishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini (keyingi oʻrinda — pedagog) tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
2. Tanlovning maqsadi kasbiy taʼlim tashkilotlariga kasbiy kompetensiyasi, pedagogik mahorati, raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻnikmalari, mehnat bozori talablariga mos amaliy tajribasi, yuqori axloqiy fazilatlari hamda inklyuziv taʼlim muhitida samarali faoliyat yuritish kompetensiyalariga ega boʻlgan malakali pedagoglarni tanlashdan iboratdir.
3. Tanlov adolatlilik, xolislik, ochiqlik, shaffoflik va tenglik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
4. Kasbiy taʼlim tashkilotlariga asosiy, soatbay haq toʻlash yoki oʻrindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar ushbu Nizomga muvofiq tanlov orqali ishga qabul qilinadi.
Quyidagilar tanlovsiz pedagog lavozimiga ishga qabul qilinadi (Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar bundan mustasno):
oʻrindoshlik yoki soatbay asosida ishga jalb etiladigan oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan korxona (tashkilot)larning malakali mutaxassislari;
xorijiy mutaxassislar.
5. Ushbu Nizom nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
2-bob. Tanlovni tashkil etish tartibi
6. Tanlov uch bosqichda — saralash, test sinovi va suhbat (amaliy sinov) shaklida kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. Bunda tanlov ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
7. Kasbiy taʼlim tashkilotidagi vakant lavozim haqida tashkilotning rasmiy veb sayti va ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, Bandlikka koʻmaklashish markazlari orqali eʼlon beriladi.
Eʼlonda quyidagilar koʻrsatiladi:
tanlov oʻtkazilayotgan kasbiy taʼlim tashkiloti manzili, aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta va boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar;
fan (modul) yoki amaliyot nomi;
ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
nomzodlardan talab etiladigan malaka yoki maʼlumot darajasi;
nomzodlardan arizalarni qabul qilish muddatlari.
Eʼlonda vakant lavozimga doir qoʻshimcha maʼlumotlar yoki tushuntirishlar berilishi mumkin;
murojaat qilish tartibi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
8. Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida raqamli platforma (keyingi oʻrinlarda — platforma) orqali ariza qoldiradi.
Tanlovda quyidagi nomzodlar ishtirok etishlari mumkin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
umumtaʼlim fanlari, umumkasbiy va maxsus fan (modul), amaliyotlar boʻyicha tegishli malaka yoki maʼlumot darajasiga ega mutaxassislar;
kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy til fani oʻqituvchilari;
ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi uchun tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan nomzodlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Inklyuziv taʼlim guruhlari tashkil etilgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan texnikumlarda faoliyat yurituvchi pedagog kadrlarga quyidagi qoʻshimcha talablar qoʻyiladi:
nogironligi boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha bazaviy pedagogik va psixologik kompetensiyalarga ega boʻlish;
adaptiv oʻqitish metodikalari va individual yondashuv asosida taʼlim jarayonini tashkil eta olish;
inklyuziv taʼlim tamoyillari, maxsus pedagogika hamda oʻquvchilar ehtiyojidan kelib chiqib moslashtirilgan baholash usullarini qoʻllay olish.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ayrim kasb va mutaxassisliklarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, oliy maʼlumot talab etilmaydigan umumkasbiy va maxsus fan (modul) hamda amaliyotlar roʻyxati, shuningdek, ushbu lavozimlarga ishga olinadigan pedagoglar uchun malaka talablari tasdiqlanadi.
Ushbu roʻyxatga kiritilmagan umumkasbiy va maxsus fan (modul), amaliyotlar boʻyicha nomzodlar kamida bakalavr darajasiga ega boʻlishlari talab etiladi.
9. Quyidagi shaxslarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
pedagogik faoliyatni amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan kasalliklari boʻlgan shaxslar;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar;
qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar.
10. Ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan talablarga koʻra qonun buzilish holatlarini sodir etganligi yoki kasalligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aniqlanganda, nomzodlar tanlovdan chetlashtiriladi. Nomzod tanlovdan oʻtib, ishga qabul qilingan taqdirda ham, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
11. Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng kasbiy taʼlim tashkiloti test sinovlarini oʻtkazish kuni va joyi haqida nomzodlarni test sinovlaridan kamida uch kun oldin platforma orqali xabardor qiladi.
12. Nomzodlardan platforma orqali kelib tushgan arizalarga qoʻshimcha hujjatlar yoki ularning nusxalarini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Tanlovda ishtirok etmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
14. Nomzodlarga tanlovga taqdim etilgan hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar ruxsat beriladi.
15. Tanlovni oʻtkazish va muvofiqlashtirish uchun kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh va apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Bunda ishchi guruh rahbari kasbiy taʼlim tashkilotining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, apellyatsiya komissiyasi raisi etib mazkur kasbiy taʼlim tashkiloti kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi belgilanadi.
Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari va Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda tanlovni oʻtkazish va muvofiqlashtirish uchun kamida besh kishidan iborat tarkibda namunaviy ishchi guruh va apellyatsiya komissiyasi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Bunda ishchi guruh rahbari tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kasbiy taʼlim agentligi, viloyatlar va Toshkent shahri kasbiy taʼlim boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarma) boshliqlari, apellyatsiya komissiyasi raisi etib tegishli hududiy boshqarmaning kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi belgilanadi.
Apellyatsiya komissiyalari tarkibiga ishchi guruhlar tarkibidan aʼzo kiritilmaydi.
Ishchi guruhlar uch ish kunida nomzodlarning maʼlumotlari ushbu Nizom va lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Ishchi guruhlar suhbat (amaliy sinov) jarayonida nomzodlarning bilimi (amaliy koʻnikmasi)ni baholash uchun ekspert sifatida soha mutaxassislari va korxona (tashkilotlar)ning vakillarini jalb etishiga ruxsat etiladi.
Nomzodlarning bilimi (amaliy koʻnikmasi) boʻyicha ekspertlarning bahosi (xulosasi) ishchi guruhlar tomonidan inobatga olinadi.
16. Quyidagi hollarda nomzodning arizasi platforma orqali rad etiladi:
nomzodning maʼlumotlari ushbu Nizomga hamda lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga mos kelmaganda;
nomzod tomonidan qalbaki hujjatlar yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan cheklovlar aniqlanganda.
17. Test savollari, suhbat va amaliy sinov uchun savol va topshiriqlar toʻplami Agentlik tizimidagi Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti tomonidan ishlab chiqiladi.
Bunda Kasbiy taʼlimni rivojlantirish institutiga test savollari, suhbat va amaliy sinov uchun savol va topshiriqlar toʻplamini autsorsing asosida ishlab chiqishiga ruxsat etiladi.
3-bob. Test sinovlarini oʻtkazish qoidalari
18. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin oʻn ish kuni ichida oʻtkaziladi.
19. Test sinovlarida nomzodlarning kasbiy taʼlim tizimi, oʻquv meʼyoriy hujjatlar va pedagogik faoliyatga oid bilimi baholanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
20. Test sinovlari kompyuterlar orqali topshiriladi. Kasbiy taʼlim tashkilotlari tomonidan test sinovlarini oʻtkazish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tashkil etiladi va test sinovlarini adolatli oʻtkazish chora-tadbirlari belgilanadi.
21. Test sinovi 40 ta savoldan iborat boʻladi.
22. Test savollariga javob berish uchun 60 daqiqa ajratiladi va har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 balldan beriladi. Test sinovlarida 60 ball va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovidan oʻtgan hisoblanadi.
23. Test sinoviga nomzodni kiritishda uning shaxsiga aniqlik kiritiladi.
24. Quyidagi holatlar nomzodning test jarayonidan chetlashtirilishiga asos boʻladi:
qonunchilik hujjatlari, maʼlumot beruvchi va maxsus adabiyotlar, har qanday turdagi texnik vositalar yoki boshqa material (maʼlumot)larni olib kirganda yoki ulardan foydalanganda;
boshqa shaxslar (nomzodlar) bilan suhbatlashganda;
ekranda test javobi aks etgunga qadar test savollari oʻtkazilayotgan xonadan ruxsatsiz tashqariga chiqqan hollarda.
Yuqoridagi holatlarda dalolatnoma rasmiylashtiriladi va nomzod test sinovidan chetlashtiriladi.
25. Test sinovi natijalariga koʻra test sinovidan oʻtgan nomzodlar tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.
4-bob. Suhbat va amaliy sinovni oʻtkazish qoidalari
26. Test sinovidan soʻng, uch ish kunida ishchi guruh rahbari tomonidan suhbat va amaliy sinov oʻtkazish jadvali tasdiqlanadi va tegishli nomzodlar platforma orqali xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
27. Ishchi guruhlar tomonidan belgilangan jadval asosida oʻqituvchi lavozimi uchun suhbat va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimi uchun amaliy sinov oʻtkaziladi.
28. Suhbat jarayonida nomzodlarga tegishli oʻquv fani boʻyicha 5 ta savol beriladi va uning bilimi baholanadi.
29. Suhbat jarayonida nomzodlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq mezonlar asosida maksimal 30 ballgacha baholanadi.
30. Ishchi guruhning har bir aʼzosi nomzod suhbatda bergan javoblaridan kelib chiqib, alohida baholash qaydnomasini yuritadi.
Yakuniy ball komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Inklyuziv taʼlim tashkil etilgan texnikumlarda nomzodlarni baholashda ularning nogironligi boʻlgan oʻquvchilar bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalari va individual yondashuvni qoʻllash kompetensiyalariga alohida eʼtibor qaratiladi.
31. Amaliy sinov jarayonida nomzodlar amaliy topshiriqni bajarishdan oldin topshiriq mazmuni, texnik shartlar, baholash mezonlari, ajratilgan vaqt meʼyori hamda texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiriladi.
Amaliy sinov uchun barcha nomzodlarga teng sharoitlar yaratilishi shart.
32. Amaliy sinov jarayonida nomzodlar ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq mezonlar asosida maksimal 70 ballgacha baholanadi.
33. Suhbat va amaliy sinov natijasi har bir nomzodga suhbat va amaliy sinov oʻtkazilgan kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Nomzodga qoʻyilgan ballar va komissiyaning qisqacha xulosasi raqamli platforma orqali yuboriladi.
34. Suhbat va amaliy sinov jarayoni videotasvirga olinadi hamda ushbu videotasvir kamida 6 oy saqlanadi.
5-bob. Tanlov natijalari
35. Test sinovlari va suhbat (amaliy sinov) natijalari yigʻindisiga koʻra ballar ketma-ketligi boʻyicha eng yuqori natija qayd etgan nomzod tanlovdan oʻtgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Tanlov natijalariga koʻra nomzodlarning koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan taqdirda, har bir nomzodga qoʻshimcha ikkita savol yoki bitta amaliy sinov topshirigʻi beriladi.
36. Tanlov natijasi ishchi guruhning tegishli bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi hamda ikki ish kunida platforma orqali maʼlum qilinadi.
37. Tanlov natijasi eʼlon qilingandan soʻng Apellyatsiya komissiyasiga uch ish kuni ichida murojaat kelib tushmagan boʻlsa, tanlovdan oʻtgan nomzod bilan kasbiy taʼlim tashkiloti direktori oʻrtasida mehnat shartnomasi tuziladi va buyruq bilan rasmiylashtiradi.
Tanlov natijasi boʻyicha Apellyatsiya komissiyasiga murojaat kelib tushgan hollarda, ushbu murojaat uch ish kunida koʻrib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasi xulosasiga koʻra tanlov natijasi oʻzgartirilishi mumkin.
38. Tanlovdan oʻtgan nomzodlar kasbiy taʼlim tashkiloti bilan mehnat shartnomasini tuzishdan voz kechsa, tanlov natijalariga koʻra keyingi oʻrindagi nomzod ishga qabul qilinadi.
6-bob. Tanlov natijalari yuzasidan murojaat qilish
39. Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
Bunda tanlov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab, uch ish kunida ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
40. Apellyatsiya komissiyasiga muammoli holatlarga aniqlik kiritish uchun jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni ekspert sifatida jalb etishiga ruxsat etiladi. Ekspertlarning xulosasi apellyatsiya komissiyalari tomonidan inobatga olinadi.
41. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishi komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori aʼzolarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
42. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingan kundan boshlab, besh ish kunida koʻrib chiqiladi.
43. Murojaat etuvchi nomzodga apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishiga ruxsat etiladi.
44. Apellyatsiya komissiyasi nomzodning tanlov jarayonlariga oid murojaatini koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
nomzodning toʻgʻri baholanganligi, test va suhbat (amaliy sinov) materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, suhbat (amaliy sinov)ni oʻtkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, tanlov natijalarini oʻzgartirishsiz qoldirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
nomzodning test yoki suhbat (amaliy sinov) jarayonlarida notoʻgʻri baholanganligi, test yoki suhbat (amaliy sinov) materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, tanlov natijalarini oʻzgartirish.
45. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi murojaat etuvchi nomzodga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran, uch ish kunida yuboriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
46. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar tegishligi boʻyicha hududiy boshqarma va kasbiy taʼlim tashkilotlarida olti oy saqlanadi.
47. Ekspert sifatida jalb etilgan soha mutaxassislari va tashkilotlar vakillarining asosiy ish joylaridagi ish haqlari saqlab qolinadi.
48. Nizomda nazarda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
49. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda tanlov jarayonlarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kasbiy taʼlim tashkiloti
Vakant lavozim haqida ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish markazlari orqali eʼlon beradi.
Doimiy
2-bosqich
Nomzodlar
Tanlovda ishtirok etish uchun raqamli platforma orqali ariza qoldiradi.
Tanlov eʼlon qilingandan keyin 10 kun ichida
3-bosqich
Ishchi guruh
Nomzodlarning maʼlumotlari ushbu Nizom va lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati yakunlangandan soʻng 3 kun ichida
4-bosqich
Kasbiy taʼlim tashkiloti
Test sinovlarini oʻtkazish kuni va joyi haqida nomzodlarni platforma orqali xabardor qiladi.
Test sinovlari oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin
5-bosqich
Kasbiy taʼlim tashkiloti
Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin oʻtkaziladi.
Hujjatlar qabul qilingandan soʻng 10 ish kunida
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻqituvchi lavozimiga nomzodlarni suhbat sinov jarayonida
Fanga oid nazariy bilimlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi
2 ball
savolga toʻliq, aniq va ilmiy asoslangan javob berdi
2 ball
savolning asosiy mazmunini yoritdi, ammo ayrim noaniqlik yoki kamchiliklarga yoʻl qoʻydi
1 ball
javob notoʻgʻri
0 ball
2.
Bilimlarni amaliyot bilan bogʻlay olishi
2 ball
nazariy bilimlarni amaliy misollar, ishlab chiqarish jarayonlari yoki taʼlim jarayonida qoʻllash usullari bilan asoslab berdi
2 ball
amaliy bogʻliqlikni qisman yoritdi yoki misollar yetarli darajada keltirilmadi
1 ball
bilimlarni amaliyot bilan bogʻlay olmadi
0 ball
3.
Fikrni bayon qilish va muloqot koʻnikmasi
2 ball
fikrlarini mantiqiy ketma-ketlikda, ravon va tushunarli bayon qildi
2 ball
fikrlarini tushunarli bayon qildi, ammo javobda mantiqiy izchillik yoki aniqlik yetarli darajada taʼminlanmadi
1 ball
javob noaniq, tartibsiz yoki tushunish qiyin boʻlgan shaklda taqdim etildi
0 ball
* Suhbat jarayonida nomzodlarga tegishli oʻquv fani (moduli) boʻyicha 5 ta savol beriladi va har bir savolga berilgan javob maksimal 6 ball bilan baholanadi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimiga nomzodlarni amaliy sinov jarayonida
BAHOLASH MEZONLARI
T/r
Baholash obyekti
Ball
1.
Topshiriqni bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish
10 ball
topshiriqni xavfsizlik texnikasi, elektr va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda bajardi
6 — 10 ball
topshiriqni inson hayoti yoki sogʻligiga xavf solmaydigan xatoliklarga yoʻl qoʻygan holda bajardi
1 — 5 ball
topshiriqni bajarishda inson hayoti yoki sogʻligiga xavf soladigan xatolikka yoʻl qoʻydi*
0 ball
2.
Topshiriqni bajarishda jihozlardan foydalanish
5 ball
jihozlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va texnik talablarga toʻliq amal qildi
4-5 ball
jihozlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qildi, lekin texnik talablarga amal qilmadi
1 — 3 ball
jihozlardan foydalanishni bilmadi
0 ball
3.
Topshiriqni bajarishda asbob-uskunalardan foydalanish
5 ball
asbob-uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari va texnik talablarga toʻliq amal qildi
4-5 ball
asbob-uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qildi, lekin texnik talablarga amal qilmadi
1 — 3 ball
asbob-uskunalardan foydalanishni bilmadi
0 ball
4.
Topshiriqni bajarishda oʻlchash va nazorat asboblari hamda vositalaridan toʻgʻri foydalanish
5 ball
oʻlchash va nazorat asboblarini toʻgʻri tanladi, ulardan talabga muvofiq oʻlchashlarni amalga oshirdi va saqlash qoidalariga rioya qildi
4-5 ball
oʻlchash va nazorat asboblarini toʻgʻri tanladi, ulardan talabga muvofiq foydalandi, lekin saqlash qoidalariga rioya qilmadi
1 — 3 ball
oʻlchash va nazorat asboblarini toʻgʻri tanlamadi yoki ulardan foydalana olmadi
0 ball
5.
Topshiriqni bajarish texnologiyasiga rioya qilish
5 ball
texnologiyaga rioya qilib, har bir harakatni toʻliq izohlab berdi
4-5 ball
texnologiyaga rioya qildi, lekin harakatlarni izohlay olmadi
1 — 3 ball
texnologiyaga rioya qilmadi
0 ball
6.
Topshiriqni bajarishda vaqt meʼyorlariga rioya qilish
10 ball
belgilangan vaqt ichida topshiriqni yakunladi
10 ball
belgilangan vaqt ichida topshiriqni yakunlamadi
0 ball
7.
Bajarilgan topshiriq sifati
30 ball
berilgan topshiriq texnik hujjatlar talabiga toʻliq javob beradi va estetik koʻrinishiga eʼtiroz mavjud emas
21 — 30 ball
berilgan topshiriq texnik hujjatlar talabiga muvofiq bitta xato bilan bajarildi
16 — 20 ball
berilgan topshiriq texnik hujjatlar talabiga muvofiq ikkita xato bilan bajarildi
11 — 15 ball
berilgan topshiriq texnik hujjatlar talabiga muvofiq uchta xato bilan bajarildi
6 — 10 ball
berilgan topshiriq texnik hujjatlar talabiga muvofiq toʻrt va undan ortiq xatolar bilan bajarildi
1 — 5 ball
topshiriq bajarilmadi
0 ball
* Nomzodlar amaliy topshiriqni bajarish jarayonida inson hayoti yoki sogʻligʻiga xavf soladigan xatolikka yoʻl qoʻyganda, amaliy sinov jarayonidan chetlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 4-ILOVA
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari biliminibaholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) bilim, koʻnikma va malakalarini baholash hamda nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalari oʻquv rejasida koʻzda tutilgan fan (modul) va amaliyot dasturlarini (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) oʻzlashtirishning haqiqiy darajasini aniqlash maqsadida baholanadi.
3. Ushbu Nizom nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun tavsiyaviy tusga ega hisoblanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini baholash (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar bilimini baholash) va nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fan (modul) va amaliyot dasturlarida belgilangan oʻqitish natijalari boʻyicha oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini aniqlash;
oʻquv materiallari, amaliy topshiriqlarning oʻquvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini nazorat qilish va monitoringini yuritish;
oʻquvchilarni mustaqil ishlash, tahliliy va ijodiy fikrlashga ragʻbatlantirish;
oʻquvchilar bilimini taqqoslash orqali taʼlim jarayonida oʻzaro raqobat muhitini yaratish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
5. Oʻquvchilarning barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari (nazariy, amaliy, laboratoriya ishi va boshqalar), mustaqil taʼlim topshiriqlari, yakuniy davlat attestatsiyasi, oʻquv hamda ishlab chiqarish va diplomoldi (kvalifikatsiya) amaliyotlari boʻyicha bilimi ushbu Nizomga muvofiq baholanadi.
7. Oʻquv yilining boshida kasbiy taʼlim tashkiloti oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlim ustalari (keyingi oʻrinlarda — pedagog) tomonidan oʻquvchilar ushbu Nizom talablari bilan tanishtirilishi lozim.
2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari
8. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilar bilimini baholash va nazorat qilish quyidagilarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi:
joriy baholash — oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari tomonidan oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar davomida oʻquvchilar bilimini turli usullar — fan (modul) va amaliy mashgʻulotlar boʻyicha yozma ish, ogʻzaki soʻrov, test, munozaralar oʻtkazish, mustaqil va amaliy topshiriqlarni tekshirish orqali baholash;
oraliq nazorat — semestr davomida fan (modul) dasturining muayyan bir boʻlimi (qismi) tugallangandan keyin oʻquvchining bilim va koʻnikmalarini baholash;
yakuniy nazorat — semestr yakunida, fan (modul) yoki amaliyot dasturi boʻyicha oʻquvchining oʻqitish natijalariga erishish darajasini aniqlash.
Joriy baholash, oraliq va yakuniy nazoratlarning topshiriqlari tegishli dasturlar talablaridan kelib chiqib tuziladi.
Nazorat topshiriqlari oʻtilgan mavzular doirasida boʻlishi va jarayonlarning davomiyligi topshiriqlarning murakkabligidan kelib chiqib 2 — 12 akademik soatni tashkil etishi mumkin.
9. Oʻquvchilarning bilimi quyidagi mezonlar asosida 5 balli baholash tizimida baholanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
a) umumtaʼlim, tabiiy va gumanitar fanlar boʻyicha:
oʻquvchi mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 ball;
oʻquvchi mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 ball;
oʻquvchi olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 ball;
oʻquvchi fan dasturini oʻzlashtirmagan, fan (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 ball;
b) kasbiy fan (modul)lar boʻyicha:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
oʻquvchi kasbiy vaziyatni kompleks baholaydi, muqobil yechimlarni solishtiradi va ularning samaradorligini asoslaydi, meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, texnik talablar hamda amaliy sharoitlarni inobatga olgan holda optimal yechimni mustaqil ishlab chiqadi yoki mavjud yechimni takomillashtiradi — 5 ball;
oʻquvchi berilgan kasbiy vaziyatni tahlil qila oladi, undagi elementlar va jarayonlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aniqlaydi hamda meʼyoriy talablar asosida asoslangan xulosa chiqaradi. Topshiriqlarni mustaqil bajaradi, texnik jihatdan toʻgʻri va mantiqan izchil yechim taklif etadi — 4 ball;
oʻquvchi kasbiy faoliyatga oid tushuncha, meʼyor va usullarning mazmunini anglaydi hamda ularni standart vaziyatlarda amaliyotda qoʻllay oladi. Topshiriqlarni namunaviy koʻrsatmalar asosida bajaradi, biroq murakkab yoki nostandart vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishda yetarli darajada barqarorlik namoyon eta olmaydi — 3 ball;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
kasbiy faoliyatga oid asosiy tushunchalar, turlar, meʼyorlar, usullar va texnik hujjatlarni sanab bera oladi (yoki taʼriflay oladi), biroq ularning mazmuni, qoʻllanishi va amaliy ahamiyatini tushuntirib bera olmaydi hamda mustaqil qoʻllay olmaydi — 2 ball.
10. Oʻquvchilarning ishlab chiqarish (kvalifikatsiya) amaliyotlari boʻyicha bilimi quyidagi mezonlar asosida 5 balli tizimida baholanadi:
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qila oladi, ish oʻrinlarini tashkil qilishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻlchov va ishlov berish asbob-uskunalaridan toʻgʻri foydalana oladi, vaqt meʼyorlariga amal qilgan holda sifatli va mustaqil bajara oladi deb topilganda — 5 ball;
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qila oladi, ish oʻrinlarini tashkil qilishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajara oladi, ammo oʻlchov va ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalanishda, vaqt meʼyorlarida xatoliklarga yoʻl qoʻygan holda bajardi deb topilganda — 4 ball;
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ammo ish oʻrinlarini toʻgʻri tashkil qilishda, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishda, oʻlchov va ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalanishda xatoliklarga yoʻl qoʻydi, vaqt meʼyorlariga amal qilmadi deb topilganda — 3 ball;
oʻquvchi oʻquv amaliyoti dasturini oʻzlashtirmagan, amaliyot mashgʻulotining 40 foizi yoki undan koʻp qismida ishtirok etmagan, amaliyot hisobotlarini topshirmagan hamda amaliyot (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 ball.
3-bob. Oʻquvchilar bilimini baholash tartibi
11. Joriy baholashda oʻquv mashgʻulotlari jarayonida oʻquvchining amaliy, laboratoriya mashgʻulotlari va mustaqil taʼlim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek, uning ushbu mashgʻulotlardagi faolligi pedagog tomonidan baholab boriladi.
Oʻquvchining mashgʻulot davomidagi ijodiy faolligi (tanqidiy va konstruktiv fikrlash, masala yechimiga kreativ yondashuvi va boshqalar) pedagog tomonidan oʻquvchining joriy bahosiga qoʻshimcha ball berishiga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Pedagog mashgʻulot jarayonida baholanuvchi oʻquvchilar sonini, baholash shakllarini va davriyligini mustaqil ravishda yoki taʼlim dasturlariga muvofiq belgilaydi.
12. Oraliq nazorat semestr davomida har bir fan (modul)ning xususiyati va hajmidan kelib chiqib, dars jarayonlari davomida oʻtkazilishi mumkin.
Bunda semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam boʻlgan fan (modul)lar boʻyicha oraliq nazorat oʻtkazilmaydi. Oraliq nazoratni oʻtkazish shakli va muddati fan (modul)ning xususiyati va ajratilgan soatlardan kelib chiqib, kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan belgilanadi.
13. Oraliq nazoratni oʻtkazish va mazkur nazorat boʻyicha oʻquvchining bilimini baholash tegishli fan (modul)lar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan pedagog tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
14. Yakuniy nazorat semestr yakunida oʻtkaziladi, uning oʻtkazish shakli (yozma ish, test, amaliy topshiriq, keys, loyiha yoki boshqa baholash shakllar) va muddati kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan belgilanadi.
15. Yakuniy nazoratda oʻquvchining bilimi oʻquv mashgʻulotlarini olib bormagan pedagoglar tomonidan baholanadi.
Yakuniy nazorat maxsus kompyuter dasturiy vositalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin. Tegishli fan (modul)lar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan pedagog yakuniy nazoratni oʻtkazishda ishtirok etmaydi.
Yakuniy nazoratni oʻtkazgan pedagog baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tayyorlab, tasdiqlagan holda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosariga taqdim etadi.
16. Kasbiy taʼlim tashkilotida fan (modul)lar boʻyicha 1 nafar pedagog mavjud boʻlganda, yakuniy nazorat turdosh fan (modul)lar pedagogi tomonidan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
17. Tegishli fanlar boʻyicha belgilangan minimal darajadagi (chet tilidan kamida B2 va boshqa fanlardan unga tenglashtirilgan darajadagi) milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan, shuningdek, respublika yoxud xalqaro miqyosidagi kasbiy tanlov va olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar yakuniy nazorat sinovlaridan ozod etiladi hamda ularga mazkur nazorat turi boʻyicha eng yuqori ball qoʻyiladi.
18. Oraliq va yakuniy nazoratni oʻtkazish muddatlari nazorat boshlanishidan kamida bir hafta oldin kasbiy taʼlim tashkilotining veb-saytida yoki binoning alohida ajratilgan joylarida eʼlon qilinadi.
Nazorat topshiriqlari toʻplami (qayta topshirish uchun ham) oldindan oʻquvchilarga yetkaziladi (test topshiriqlari bundan mustasno).
19. Oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari pedagoglar tomonidan ishlab chiqiladi va kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
20. Oraliq va yakuniy nazorati jarayonida oʻquvchi tomonidan uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabi vositalardan foydalanilayotgani aniqlansa, u sinovdan chetlashtiriladi hamda mazkur nazorat turi boʻyicha 2 ball bilan baholanadi.
21. Kasbiy taʼlim tashkilotida oraliq va yakuniy nazoratni oʻtkazish jarayoni direktorning oʻquv ishlari boʻyicha hamda ishlab chiqarish taʼlim boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan doimiy ravishda oʻrganib boriladi.
Bunda nazorat turlarini oʻtkazish tartibi buzilgani aniqlangan hollarda, oʻtkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan oʻtkazilishi mumkin.
22. Yakuniy nazoratdan umumiy hisobda oʻquvchilarning 40 foizidan koʻpi 3 balldan past natija koʻrsatganda, kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan pedagogning oʻquvchilar bilan ishlash faoliyatining samaradorligi oʻrganib chiqiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
23. Oʻquvchi tegishli fan (modul)lar boʻyicha yakuniy nazorat oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazoratni topshirgan boʻlishi shart.
Oraliq nazorat natijasi boʻyicha 3 balldan kam baholangan oʻquvchiga yakuniy nazorat oʻtkaziladigan muddatga qadar oraliq nazoratni qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazoratni qayta topshirish natijasiga koʻra 3 balldan kam baholangan oʻquvchi yakuniy nazoratga qoʻyilmaydi.
Yakuniy nazoratga kirmagan yoki qoʻyilmagan, shuningdek, ushbu nazorat boʻyicha 3 balldan kam baholangan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi.
24. Oʻquvchi uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazoratda qatnashmagan taqdirda, kasbiy taʼlim tashkiloti buyrugʻi bilan ushbu oʻquvchiga tegishli nazoratni 5 ish kuni muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.
25. Bir kunda bittadan ortiq fan (modul)lar boʻyicha yakuniy nazorat oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Fan (modul)lar boʻyicha yakuniy nazoratlarni oʻtkazish kamida bir kun oraligʻida belgilanishi lozim.
26. Taʼlim dasturlari boʻyicha kamida 3 ta fan (modul)dan akademik qarzdorlikka ega oʻquvchilarga tasdiqlangan jadval asosida semestr yakunida oʻn besh kun muddatda qayta topshirish imkoniyati beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
27. Bitiruvchi kurs oʻquvchilariga oʻquv yilining soʻnggi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fan (modul)lardan qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
28. Oʻquvchiga oraliq va(yoki) yakuniy nazoratni qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida oʻquvchi tomonidan qayta topshirishlar soni ikki martadan koʻp boʻlmasligi kerak.
29. Ikkinchi marta oraliq va(yoki) yakuniy nazorat turini oʻtkazish va oʻquvchini baholash kasbiy taʼlim tashkiloti tomonidan tashkil qilingan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi fan (modul), amaliyot boʻyicha oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustasi hamda soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
30. Taʼlim dasturlari boʻyicha akademik qarzdorlikka ega, shuningdek, ishlab chiqarish yoki kvalifikatsiya amaliyotidan oʻtmagan oʻquvchilarni kursda qoldirish yoki oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Yakuniy nazorat natijasidan norozi boʻlgan oʻquvchilar kasbiy taʼlim tashkiloti buyrugʻi asosida tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
32. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga oʻquvchini baholashda ishtirok etmagan tegishli fan (modul) va amaliyotlar oʻqituvchilari yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustalari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga oʻquvchini baholashda ishtirok etgan pedagoglar kiritilmaydi.
33. Oʻquvchi (voyaga yetmagan oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan apellyatsiya shikoyati baholash natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida berilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyati Apellyatsiya komissiyasi tomonidan uch ish kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
34. Oʻquvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida oʻquvchi (voyaga yetmagan oʻquvchining ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ishtirok etish huquqiga ega.
35. Apellyatsiya komissiyasi oʻquvchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi. Qarorda oʻquvchining tegishli fan (modul)larni oʻzlashtirgani yoki oʻzlashtira olmagani koʻrsatiladi.
Apellyatsiya komissiyasining qarori uch ish kuni ichida oʻquvchiga yuboriladi.
4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish
36. Har bir baholash va nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, 5 balli (“5”, “4”, “3”, “2”) tizimda butun sonlar orqali baholanadi.
37. Muayyan fan (modul) boʻyicha oʻquvchining semestr mobaynida toʻplashi mumkin boʻlgan umumiy balli (Usem) quyidagicha hisoblanadi va butun songa yaxlitlanadi:
Usem = (JB+ON+YAN) / 3,
bunda:
JB — oʻquvchining semestr davomidagi joriy baholashda toʻplagan ballarining butun songa yaxlitlangan oʻrtacha qiymati;
ON — oʻquvchining semestr davomida oraliq nazoratlarda toʻplagan ballarining butun songa yaxlitlangan oʻrtacha qiymati;
YAN — oʻquvchining yakuniy nazoratda olgan balli.
Agar muayyan fan (modul) boʻyicha semestr mobaynida oraliq nazorat oʻtkazilmasa, u holda Usem quyidagicha aniqlanadi:
Usem = (JB+YAN) / 2.
38. Muayyan fan (modul) yoki amaliyot boʻyicha oʻquvchining umumiy balli (U) sifatida uning semestrlarda toʻplangan umumiy ballarining butun songa yaxlitlangan oʻrtacha qiymati olinadi:
U = (U1-sem + ... + Un-sem) / n,
bunda n — fan (modul) boʻyicha mashgʻulotlar olib borilgan semestrlar soni.
Tegishli fan (modul) boʻyicha mashgʻulotlar faqat bir semestrga moʻljallangan boʻlsa, u holda umumiy ball (U) sifatida Usem qabul qilinadi.
39. Oʻquvchilar bilimini baholash natijalari tegishli fan (modul)lar boʻyicha pedagoglar tomonidan oʻquv (elektron) jurnalida (keyingi oʻrinlarda — elektron jurnal) qayd etib boriladi.
Pedagoglar elektron jurnalda oʻquvchiga qoʻyilgan ballarni shu kunning oʻzida qayd etib boradi.
Agar oʻquvchining bilimini baholash yozma shaklda oʻtkazilgan boʻlsa, bunda pedagog oʻquvchilarning natijalarini uch kundan koʻp boʻlmagan muddatda elektron jurnalda qayd etishi lozim.
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari fan (modul)lar boʻyicha oʻquvchilarning yakuniy nazorat baholarini elektron jurnalga kiritish uchun fan (modul) boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan pedagoglarga taqdim etadi.
40. Oʻquvchi nazorat oʻtkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan, shuningdek, nazorat sinovidan chetlashtirilgan hollarda elektron jurnalga “0” belgisi yozib qoʻyiladi.
“0” belgisi baho hisoblanmaydi va oʻquvchining tegishli nazorat turida ishtirok etmaganligini bildiradi.
41. Elektron jurnalning oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq yuritilishi, shuningdek, undagi baho va boshqa maʼlumotlarga asossiz oʻzgartirishlar kiritilmasligi uchun kasbiy taʼlim tashkiloti direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.
42. Semestr yakuni boʻyicha oʻquvchilar bilimini baholash natijalari kasbiy taʼlim tashkiloti pedagogik kengashining navbatdagi yigʻilishida muhokama etiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
Oʻquvchilarning fan (modul)lardan semestr yakuni boʻyicha baholash natijalari kasbiy taʼlim tashkilotining veb-saytida yoki taʼlim tashkilotida ajratilgan alohida joylarda yoritib boriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
43. Oʻzbekiston Respublikasining kasbiy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquvchilar bilimini baholash tizimini ilgʻor xorijiy davlatlar kasbiy taʼlim tizimida qoʻllanadigan baholash tizimiga qiyoslash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning kasbiy taʼlim tashkilotida amalga oshiriladigan oʻquv mashgʻulotlari qismi ushbu Nizom talablariga muvofiq baholanadi hamda elektron jurnalda qayd etiladi.
Taʼlim jarayonining ishlab chiqarish tashkilotida amalga oshiriladigan amaliy qismi boʻyicha baholash natijalari ish beruvchi tomonidan belgilangan masʼul shaxs ishtirokida dual taʼlim oʻquvchisi kundaligida qayd etiladi.
Dual taʼlim oʻquvchisining kundaligidagi baholash natijalari tegishli fan (modul) yoki amaliyot boʻyicha yakuniy bahoni shakllantirishda inobatga olinishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
45. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan hollarda har bir fan (modul) boʻyicha oʻquvchining erishgan umumiy balli oʻquvchining kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha oʻzlashtirgan ballarining oʻrtacha qiymati (GPA)ni hisoblashda, shuningdek, transkriptni shakllantirishda qoʻllanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Yakuniy nazorat boʻyicha baholashga tegishli hujjatlar kasbiy taʼlim tashkilotlarida saqlanadi va taʼlim dasturi toʻliq yakunlangandan uch yil oʻtib belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
47. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari bilimini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Yevropakredittransfertizimi(ECTS —European Credit Transfer System)
Amerika tizimi (A — F)
Britaniya tizimi (%)
Yaponiya tizimi (%)
Koreya tizimi (%)
Germaniya tizimi
100 balli
6 balli
“5”
“5”
“A”
“A+”
70 — 100
80 — 100
90 — 100
92 — 100
1
“A”
“A-”
65 — 69
“4”
“4”
“B”
“B+”
60 — 64
70 — 79
80 — 89
81 — 91
2
“C”
“B”
50 — 59
“B-”
“3”
“3”
“D”
“C+”
45 — 49
60 — 69
70 — 79
67 — 80
3
“E”
“C”
40 — 44
“C-”
“D+”
60 — 69
50 — 66
4
“D”
“D-”
30 — 49
5
“2”
“2”
“FX”
“F”
0 — 39
0 — 59
0 — 59
“F”
0 — 29
6
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi texnikum va xorijiy tashkilot kelishuviga muvofiq belgilangan davlatda tashkil qilinadi. Bunda ikkinchi tomon vakillari yakuniy davlat attestatsiyasiga oflayn yoki onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 152-son qarori bilan tasdiqlangan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-band ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“amaliyot ustozi — tanlov ishtirokchilarini tanlovda ishtirok etishga tayyorlash uchun biriktirilgan ustoz;”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-apreldagi 216-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi 4-kichik bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “barcha texnikumlar uchun majburiy boʻlgan” soʻzlaridan keyin “davlat taʼlim standarti,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“davlat taʼlim standartlarining ishlab chiqilishini taʼminlaydi va ularni tasdiqlaydi, shuningdek, malaka talablari hamda ular asosida taʼlimning barcha turlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazadi;”.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 526-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 7-avgustdagi 466-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining professional taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 3-iyundagi 345-son qaroriga 3-ilovaning 52-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qaroriga 3-ilovaning 21-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 505, 873 va 942-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “IT-visa” joriy etilganligi hamda aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 15-apreldagi 191-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilovaning 54-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qaroriga 8-ilovaning 11-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Professional taʼlim muassasalariga yil davomida oʻquvchilarni dual taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish tizimi joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 7-dekabrdagi 647-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Professional taʼlimda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 7-dekabrdagi 648-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qaroriga 1-ilovaning 38-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qaroriga 8-ilovaning 28-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2026-y., 09/26/526/0994-son)