Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi hamda Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-10, 14, 7, 3/2-son qarori (roʻyxat raqami 3233, 2020-yil 2-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2020-y., 10/20/3233/0540-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“
bagaj — yoʻlovchiga tegishli boʻlgan, bagaj vagonida tashish uchun yoʻl hujjati (chipta) boʻyicha qabul qilinadigan buyumlar;”;
“
yoʻlovchi — yoʻl hujjatiga ega boʻlgan, poyezdda safarni amalga oshirayotgan yoki temir yoʻl vokzali (stansiyasi) yoxud yoʻlovchilar platformasi hududida bevosita safarga ketishdan avval yoki bevosita safardan keyin turgan jismoniy shaxs;”;
d)
oʻninchi xatboshidagi “yoʻlovchi tashish poyezdi” degan soʻzlar “yoʻlovchi poyezdi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“
qoʻl yuki — yoʻlovchining vazn va oʻlchovlar boʻyicha cheklovlar mavjud boʻlgan, u oʻzi bilan yoʻlovchilar vagonida toʻlovsiz olib yuradigan shaxsiy buyumlari;”;
“
temir yoʻl stansiyasi — poyezdlarni qabul qilish, joʻnatish, kesishtirish va quvib oʻtish operatsiyalarini, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini qabul qilish, berish hamda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish operatsiyalarini, poyezdlarni tarqatish va tuzish boʻyicha manyovr ishlarini hamda poyezdlar bilan texnik operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan, asosiy temir yoʻllardan tashqari temir yoʻllarning qoʻshimcha guruhlariga ega boʻlgan alohida punkt;”;
“
yoʻl hujjati (chipta) — umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yoʻlovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati.”.
3. 3-bobning
nomidagi “Yoʻlovchi tashish poyezdida” degan soʻzlar “Yoʻlovchi poyezdida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
oʻn ikkinchi xatboshidagi “yoʻlovchi tashish poyezdlari” degan soʻzlar “yoʻlovchi poyezdlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5.
18-banddagi “yoʻlovchilarni tashish poyezdi” degan soʻzlar “yoʻlovchi poyezdi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.