1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
ALOQA SOHASIDA AXBOROT-MAʼLUMOT XIZMATLARINI KOʻRSATISh TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 23-sentabrda 1412-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, axborot-maʼlumot xizmatini koʻrsatish boʻyicha telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmati provaydyerlariga umumiy talablarni oʻrnatish maqsadida, buyuraman:
1. “Aloqa sohasida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.