Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi
Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-fevraldagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3503, 2024-yil 18-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 10/24/3503/0239-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
yettinchi xatboshidagi “obyektini oʻz balansida hisobga olgan davlat tashkiloti, shu jumladan, davlat muassasasi va davlat muassasasi” degan soʻzlar “obyekti biriktirilgan yuridik shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2.
5,
7,
20 va
21-bandlardagi hamda
ilova matnidagi “Davaktiv” degan soʻz “Davlat aktivlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Bunda, Davlat aktivlari agentligining hududiy boshqarmasi tomonidan Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini inventarizatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboriladi.”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Talabnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh ish kuni ichida Davlat aktivlari agentligi tomonidan tasdiqlangan shakllar boʻyicha tegishli inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolanadi hamda Davlat aktivlari agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Davlat aktivlari agentligi yoki hududiy boshqarmaning qarori bilan balansda saqlovchining inventarizatsiyadan oʻtkazish muddati bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.”.