|
Hujjat 23.09.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4 | ↓ | 3 | ↑ | 7 | ||||||||||||||||||||||||||||||||
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (TXYUZDK) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi TXYUZDKni yuritish boʻyicha bosh idora | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5 | ↓ | 2 | ↑ | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Foydalanuvchilar | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vakolatli idoralar: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6 | ↓ | 1 | ↑ | |||||||||||||||||||||||||||||||||
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning kadastr boʻlinmalari (vakolatli shaxslari) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. | Malaka sertifikatining nomi: | Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. | Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: | Jismoniy shaxs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. | Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. | Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet); tamomlagan yili, diplom raqami; diplom boʻyicha mutaxassisligi; ekspertlarni tayyorlash (malaka oshirish) oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat raqami hamda berilgan vaqti; attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi; yashash manzili; elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; attestatsiya sohasini kengaytirish uchun; davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qayta attestatsiyadan oʻtish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha soʻnggi 5 yilda bajargan ishlari roʻyxati; notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. | Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Ekspert guvohnomasining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. | Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: | 3 ish kuni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. | Malaka sertifikatining talab va shartlari | Ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim: oliy maʼlumotga ega boʻlish, bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan taqdirda eʼtiborga olinadi; attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlish; ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt 1 yildan oshmasligi kerak. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. | Malaka sertifikatining amal qilish muddati | 5 yil | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
9. | Izoh: | Talabgor attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi boʻyicha ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tamomlagan boʻlishi kerak. Talabgorlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasida kamida 40 soatlik oʻquv kursida shartnoma asosida oʻqitish orqali tayyorlanadi va ushbu kursning oʻquv dasturlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspertlarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning miqdori tegishli oʻquv kursining davomiyligidan hamda uning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi. Ekspert guvohnomasiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs ekspert guvohnomasi olingan yildan keyin har 3 yilda kamida 1-marta vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart. Talabgor ekspertlarni tayyorlash va (yoki) malakasini oshirish oʻquv kurslarini toʻliq tamomlaganidan soʻng sinovdan oʻtkaziladi. Sinov yozma, test yoki ogʻzaki koʻrinishda oʻtkazilishi mumkin va uning tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Sinovdan oʻta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan oʻta olmaganlar oʻquv kursida takroran shartnoma asosida oʻqiydilar. Sinovdan oʻtganlarga “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi tomonidan sertifikat beriladi. Attestatsiya guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorning soʻrovnomasiga asosan attestatsiya komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ binosida 2 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Talabgor ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari va amaliy sinov shaklida oʻtkaziladi. Test sinovlaridan 80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonining yakuniy qismi boʻlgan amaliy sinovdan oʻtkaziladi, amaliy sinov test oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Amaliy sinov davomida attestatsiya komissiyasi aʼzolari talabgorga qonunchilik hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarni bilishi, xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni amaliy bilishi, shuningdek, ekspertning funksiyalari va majburiyatlari toʻgʻrisida savollar beradilar. Amaliy sinov davomida talabgorga kamida 5 ta savol beriladi hamda 80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi. Test savollari xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajarish, shuningdek, attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq tuziladigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi hamda umumiy attestatsiya vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish hamda attestatsiya sohasini kengaytirish uchun ekspert guvohnomasining egasi qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashi sababli qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ariza ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida 1 oy oldin topshirilishi kerak. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning attestatsiya sohalari ROʻYXATI
Ekspert ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar: ekspert oʻz faoliyatini amalga oshirishda attestatsiya sohasiga amal qilmasligi; ekspertiza xulosasini va (yoki) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini yolgʻon yoki notoʻgʻri tuzish; oʻz faoliyatini amalga oshirishda olingan maxfiy axborotni oshkor qilish (qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
”. |