Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-fevraldagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3503, 2024-yil 18-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 10/24/3503/0239-son) bilan tasdiqlangan Maydoni 2000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
1-bandida:
beshinchi xatboshidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.