1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.15.00 Qurilish materiallari. Qurilish texnikasi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-oktabrda hisobga olindi, hisob raqami 303]
1. SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 13-maydagi 01/2-21-sonli buyrugʻi (hisob raqami 404, 02.06.2026-y.) tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1996-yil 25-oktabrdagi 97-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.03.03-96 “Oʻzaklangan sement konstruksiyalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchi yoʻqotgan deb topilsin:
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-sentabr,
01/2-65-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 27-avgust
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 28-avgust
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 16-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 11-sentabrdagi 01/2-65-son buyrugʻiga ILOVA
SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) mayda donador betondan tayyorlangan yupqa devorli (qalinligi 30 mm gacha boʻlgan) hamda 50 °S dan yuqori va minus 40 °S dan past boʻlmagan haroratda ishlaydigan armotsement konstruksiyalarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Ushbu SHNQning talablari kompozit materiallar (kompozit armatura) bilan mustahkamlangan konstruksiyalarni loyihalashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar keltirilgan:
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
Oʻz DSt 9.306:1996 “Korroziya va eskirishga qarshi himoya qilishning yagona tizimi. Metall va metall boʻlmagan noorganik qoplamalar. Belgilar” (rasmiy manba: “Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Pokritiya metallicheskiye i nemetallicheskiye, neorganicheskiye. Oboznacheniya”);
GOST 2715-75 “Metall simli toʻrlar. Turlar, asosiy parametrlari va oʻlchamlari” (rasmiy manba: “Setki metallicheskiye provolochnie. Tipi, osnovnie parametri i razmeri”);
GOST 3826-82 “Kataklari kvadrat shaklida toʻqilgan sim toʻrlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Setki provolochnie tkanie s kvadratnimi yacheykami. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 34028-2016 “Temir-beton konstruksiyalar uchun armatura prokati. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Prokat armaturniy dlya jelezobetonnix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 7348-81 “Oldindan kuchaytirilgan temir-beton konstruksiyalarni armaturalash uchun uglerodli poʻlatdan tayyorlangan sim” (rasmiy manba: “Provoloka iz uglerodistoy stali dlya armirovaniya predvaritelno napryajennix jelezobetonnix konstruksiy. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 13015-2012 “Qurilish uchun beton va temir-beton buyumlar. Umumiy texnik talablar. Qabul qilish, markalash, tashish va saqlash qoidalari”(rasmiy manba: “Izdeliya betonnie i jelezobetonnie dlya stroitelstva. Obshiye texnicheskiye trebovaniya. Pravila priyemki, markirovki, transportirovaniya i xraneniya”);
GOST 14098-2014 “Temir-beton konstruksiyalardagi armatura va mahkamlash qismlari (detallari)ning payvandlanadigan tutashmalari. Tutashmalarning turlari, konstruksiyasi va oʻlchamlari” (rasmiy manba: “Soyedineniya svarnie armaturi i zakladnix izdeliy jelezobetonnix konstruksiy. Tipi, konstruksii i razmeri”);
GOST 19281-2014 “Yuqori mustahkamlikdagi prokat. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: “Prokat povishennoy prochnosti. Obshiye texnicheskiye usloviya”);
GOST 24297-2013 “Xarid qilingan mahsulotlarni tekshirish. Nazorat oʻtkazilishining tashkil etilishi va usullari” (rasmiy manba: “Verifikatsiya zakuplennoy produksii. Organizatsiya provedeniya i metodi kontrolya”);
GOST 25192-2012 “Betonlar. Tasnif va umumiy texnik talablar” (rasmiy manba: “Betoni. Klassifikatsiya i obshiye texnicheskiye trebovaniya”);
GOST 26633-2015 “Ogʻir va mayda donali betonlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Betoni tyajelie i melkozernistie. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 27751-2014 “Zamin va qurilish konstruksiyalarining ishonchliligi. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Nadejnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy. Osnovnie polojeniya”);
GOST 31384-2017 “Beton va temir-beton konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish. Umumiy texnik talablar” (rasmiy manba: “Zashita betonnix i jelezobetonnix konstruksiy ot korrozii. Obshiye texnicheskiye trebovaniya”);
GOST R 53772-2010 “Stabillashtirilgan yetti simli poʻlat armaturali kanatlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Kanati stalnie armaturnie semiprovolochnie stabilizirovannie. Texnicheskiye usloviya”).
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
armotsement — mayda zarrali beton uning massasida toʻqilgan yoki payvandlangan metall simli yoki metall boʻlmagan toʻrlar;
armotsement konstruksiyalar — poʻlat sim yoki kompozit materiallardan mayda toʻqilgan toʻrlar bilan armaturalangan mayda zarrali betondan tayyorlangan yupqa devorli temir-beton konstruksiyalar.
3-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy talablar
3. Armotsement konstruksiyalarni loyihalash uchun oʻzak (toʻr, karkas) sifatida quyidagilar qoʻllanilishi lozim:
elementning kesim boʻyicha tekis tarqalgan, mayda toʻqilgan yoki payvandlangan toʻrlar;
element kesimi boʻyicha tekis tarqalgan, payvandlangan yoki toʻqilgan sterjenli yoki simli toʻrlar (qoʻsh armaturalash).
4. Armotsement konstruksiyalar chigʻanoqlar va burmalar koʻrinishidagi qoplamalar, devorlar uchun elementlarda osma shiftlarda, sanitariya-texnik vositalar elementlarida, pardozlash elementlarda qoʻllanilishi lozim.
Konstruksiyalarning geometrik tavsiflari ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
5. Armaturalash boʻyicha armotsement konstruksiyalar quyidagilarga boʻlinishi kerak:
elementning kesimi boʻyicha tekis tarqalgan mayda toʻqilgan yoki payvandlangan simli toʻrlar bilan armaturalashga;
elementning kesimi boʻyicha tekis tarqalgan mayda toʻqilgan yoki payvandlangan simli toʻrlar va sterjenli toʻrlar bilan qoʻsh armaturalashga.
6. Armotsement konstruksiyalarni hisoblash, elementlarning oʻlchamlari va ularning hisob-kitobi orqali barcha turdagi chegaraviy holatlarning paydo boʻlishiga qarshi talab qilinadigan ishonchlilikni SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq taʼminlash zarur.
Konstruksiyalar uchun toʻqilgan va payvandlangan toʻrlarning sortamenti mazkur SHNQning 2-ilovasiga muvofiq boʻlishi lozim.
7. Armotsement konstruksiyalar agressiv boʻlmagan muhitda qoʻllanilishi lozim.
8. Tizimlar uchun QMQ 2.03.11-96da belgilangan talablar bajarilgan hollarda temir-beton konstruksiyalarni nisbatan past darajadagi agressiv taʼsirga ega boʻlgan muhitda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
9. Armotsement konstruksiyalarni loyihaviy yechimlar, ularning material sarfi, mehnat va energiya sigʻimlari qurilishning muayyan sharoitlarida texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda tanlanishi kerak.
10. Armotsement konstruksiyalarni binolar va inshootlarning elementlarida qoʻllashda ularning ogʻirligi kamaytirilishi, yoriqlarning kengaymasligi va betondan suv oʻtmasligi inobatga olinishi lozim.
11. Konstruktiv yechimlarni tanlashda konstruksiyalarni tayyorlash, montaj va foydalanish usullari hisobga olinishi zarur.
12. Elementlarning shakli va oʻlchamlari armotsement konstruksiyalarning xossalarini, ularni zavodlarda tayyorlash imkoniyatlarini, konstruksiyalarni tashish va montaj qilish qulayliklarini toʻliq hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
13. Armotsement konstruksiyalarni quyma temir-beton konstruksiyalar uchun qolip sifatida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
14. Quyma beton va armotsement qolipning birgalikda ishlashini taʼminlash uchun uning sirtida eni 10 mm gacha, chuqurligi 5 mm gacha, qadami 100 mm gacha boʻlgan oʻyiqlar boʻlishi, shuningdek armotsement qolipning sirti poʻlat choʻtka va siqilgan havo yordamida tozalanishi lozim.
15. Yechilmaydigan armotsement qolipning armaturasini konstruksiyaning asosiy armaturasi bilan bogʻlash uchun qolipda toʻrlar va armaturalarning oxirgi qismi chiqib turishi kerak.
16. Armotsement konstruksiyalar va ularning alohida elementlari ularni tayyorlash, tashish, montaj va foydalanish bosqichlarida zurur boʻlgan mustahkamlik, bikrlik, yoriqbardoshlik, turgʻunlikka ega boʻlishi zarur.
17. Yigʻma toʻsuvchi konstruksiyalarning tutashmalari (tutashgan joylari) va tugun (uzel)lari ushbu konstruksiyalarga qoʻyiladigan maxsus talablarga muvofiq boʻlishi (kuchlarning yuk koʻtaruvchi konstruksiya elementlariga uzatilishini, issiqlik-texnik talablarning bajarilishini taʼminlashi) lozim.
18. Armotsement konstruksiyalarni tayyorlash, taxlash, tashish va montaj qilish jarayonida koʻtarish ishlari bajarilayotganda ularda yoriqlar, darzlar va boshqa nuqsonlar hosil boʻlishining oldini olish uchun maxsus koʻtarish moslamalari qoʻllanilishi, bunda armotsement konstruksiyalarni ilmoqsiz koʻtarish usulini qoʻllab lozim.
19. Armotsement konstruksiyalarning talab qilinadigan olovbardoshligini taʼminlash uchun ularni yongʻin taʼsiridan, shuningdek, QMQ 2.03.11-96, GOST 31384-2017 hamda SHNQ 2.01.02-04 talablariga muvofiq konstruktiv yongʻindan himoya qilish choralarini koʻrish lozim.
20. V, VR va K sinflardagi armatura bilan mustahkamlangan va takroriy yuklamalar taʼsiri ostida boʻladigan oldindan zoʻriqtirilgan (12 m dan ortiq boʻlgan) armotsement konstruksiyalarni faqat maxsus eksperemental asoslash bilan loyihalashga yoʻl qoʻyiladi.
2-§. Asosiy hisobiy talablar
21. Armotsement konstruksiyalar GOST 27751-2014, SHNQ 2.03.01-24 talablariga (1-guruh chegaraviy holatlari) muvofiq yuk koʻtarish qobiliyati va foydalanishga yaroqliligi boʻyicha (2-guruh chegaraviy holatlar) boʻyicha quyidagi hisoblash talablarini taʼminlashi zarur:
22. Armotsement konstruksiyalarning hisobini ularning ogʻirligi va tashqi yuklardan yuzaga keladigan taʼsirlarning eng noqulay uygʻunlashishiga nisbatan bajarish, bunda konstruksiyalar ishlashining barcha (tayyorlash, tashishi, qurish va foydalanish) bosqichlarida ushbu taʼsirlarning davomiyligi inobatga olinishi lozim.
Konstruksiyalarni birinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
23. Armotsement konstruksiyalarning mustahkamligi uchun hisob-kitoblar ularning dastlabki kuchlanish holati (oldindan kuchlanish, harorat va boshqa taʼsirlar)ni va turli xil taʼsirlar natijasida tizimlarda hosil boʻladigan ichki kuchlar, kuchlanishlar va deformatsiyalarni hisob olib amalga oshirilishi zarur.
24. Konstruksiya shaklining oʻzgarmasligi, shuningdek holatining turgʻunligi uchun quyidagi minimal xavfsizlik olinishi kerak:
shakl oʻzgarmasligi boʻyicha 3 ga teng;
yuklama uchun xavfsizlik omillarining eng noqulay qiymatlarida agʻdarilish uchun 1,5 ga teng.
25. Konstruksiyaning turi va vazifasiga bogʻliq holda inshootning ishlashini toʻxtatish zarur boʻladigan hodisalar (ortiqcha deformatsiyalar, elementlarning siljishi) bilan bogʻliq chegaraviy holatlar uchun hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim.
Konstruksiyalarni ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblashda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
yoriqlar hosil boʻlishi;
yoriqlar ochilishi;
deformatsiya.
26. Yoriqlar hosil boʻlishi boʻyicha armotsement konstruksiyalarning hisobini turli taʼsirlar natijasida konstruksiyalarda yuzaga keladigan zoʻriqishlar, kuchlanishlar yoki deformatsiyalarning tegishli chegaraviy qiymatlardan oshmasligini talab qiluvchi shartlardan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozim.
27. Yoriqlarni ochish uchun armotsement konstruksiyalarini hisoblash turli xil taʼsirlar tufayli konstruksiyada yoriqlar ochilishining kengligi ularga belgilangan maksimal yoʻl qoʻyilgan qiymatlardan oshmasligi, bunda atrof-muhitga taʼsir hisobga olinishi kerak.
28. Deformatsiyalar boʻyicha armotsement konstruksiyalarni hisoblashni konstruksiyalarning salqiligi, burilish burchaklari, koʻchishlari va tebranish amplitudalari tegishli chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan qiymatlardan oshmasligi lozim.
29. Yoriqlar boʻlishiga (hosil boʻlishiga) yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan konstruksiyalar uchun yoriqlar yoʻqligi boʻyicha talablar koʻrsatilishi va ularga rioya qilinishi zarur.
30. Yoriqlar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan boshqa konstruksiyalar uchun yoriqlar ochilishi boʻyicha ularni hisoblashni yoriqlar ochilishi boʻyicha hisoblash zarurligini va deformatsiyalar boʻyicha hisoblashda yoriqlarning inobatga olinishini aniqlash uchun amalga oshirish lozim.
31. Armotsement konstruksiyalarning hisobini xususiy ogʻirligidan tushadigan yuklar va tashqi yuklarni eng noqulay uygʻunlashtirgan holda ushbu yuklarning konstruksiyalar ishlashining barcha (tayyorlash, tashish, qurish va foydalanish) bosqichlarida taʼsir qilish davomiyligini inobatga olib amalga oshirish kerak.
32. Yuklanishlar va taʼsirlar qiymatlari, yuklanish koeffitsiyentlari, turli qoʻshilish koeffitsiyentlari, shuningdek yuklanishi doimiy va mavsumiyga (uzoq, qisqa muddat taʼsir etadigan) ajratish SHNQ 2.01.07-21 hamda SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
33. Armotsement konstruksiyalarni yoriqlar hosil boʻlishi va kengayishi boʻyicha hisoblashda mazkur SHNQning 25-bandi va deformatsiyalar boʻyicha hisoblashda SHNQ 2.03.01-24 talablari inobatga olinishi lozim.
34. Konstruksiyaning ishlash sharoitlariga va qoʻllaniladigan armaturaning turiga bogʻliq holda armotsement konstruksiyalarning yoriqbardoshligiga quyidagi toifalar boʻyicha talablar qoʻyiladi:
1-toifa-yorilishga yoʻl qoʻyilmaydi;
2-toifa-yoriqlarning davom etmaydigan va davomli ochilishining eni boʻyicha cheklangan kengayishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Armotsement konstruksiyalarning ishlash sharoiti va armaturalarning turiga bogʻliq boʻlgan yorilishga bardoshlikka, shuningdek yoriqlarning mumkin boʻlgan chegaraviy qiymatlariga qoʻyilgan talablarning toifalari mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 1-jadvalga muvofiq bajarilishi lozim.
36. Armotsement konstruksiyalarni hisoblashda yoriqlar paydo boʻlishi va kengayishini keltiradigan yuklanishlar mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 2-jadvalga asosan qabul qilinishi kerak.
37. Boʻylama yoriqlar ochilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun toʻrni mustahkam oʻrnatish lozim.
38. Birinchi va ikkinchi chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblashda statik noaniq konstruksiyalarda yuklar va harorat oʻzgarishi, beton namligi, tayanchlarning siljishi tufayli roʻy beradigan majburiy siljishlardan yuzga keladigan zoʻriqishlar (ichki kuchlar)ni beton va armaturaning noelastik deformatsiyasi va yoriqlar mavjudligini, shuningdek zarur boʻlgan hollarda alohida elementlar va konstruksiyalarning deformatsiyalangan holatini inobatga olib aniqlash kerak.
39. Armotsementning noelastik xossalarini inobatga olgan holda hisoblash usuli ishlab chiqilmagan konstruksiyalar uchun statik noaniq konstruksiyalardagi zoʻriqishlar (ichki kuchlar)ni nochiziqli elastiklikka ega boʻlgan konstruksiyalardek aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
40. Qobiq va burmalar koʻrinishidagi armotsement konstruksiyalarning statik hisobini fazoviy yupqa devorli konstruksiyalarniki kabi bajarish kerak.
41. Siquvchi boʻylama kuchning armotsement konstruksiyalarning mustahkamligiga taʼsirini hisoblashda SHNQ 2.03.01-24ga muvofiq tasodifiy ekssentrisitet va koʻndalang buklanish hisobga olinishi kerak.
42. Armotsement konstruksiyalarning bukilishi ushbu SHNQning 108 — 116-bandlari hamda SHNQ 2.03.01-24 talablariga binoan aniqlanishi kerak.
43. Bukilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan chegaraviy qiymatlar SHNQ 2.01.07-21 talablariga muvofiq belgilanishi zarur.
44. Armotsement konstruksiyalarni hisoblashda mayda donador betonning oʻrtacha zichligini 2300 kg/m3ga teng qilib qabul qilish kerak.
Ikki toʻrli armotsementning oʻrtacha zichligi 2400 kg/m3, toʻrlar soni koʻp boʻlganda, armotsementning oʻrtacha zichligi har bir qoʻshimcha toʻr uchun yana 50 kg/m3 ga oshirilishi lozim.
Armotsement oʻrtacha zichligining qiymati berilmagan boʻlsa, u holda boshqa qiymatlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
45. Armotsement konstruksiyalarning harorat taʼsirida choʻkadigan choklari orasidagi masofa SHNQ 2.03.01-24 talablariga, iqlim sharoitlariga, konstruksiyaning oʻziga xos xususiyatlariga, ishlarning ketma-ketligiga koʻra oʻrnatilishi lozim.
3-§. Oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni loyihalash boʻyicha qoʻshimcha talablar
46. Oldindan zoʻriqtirilgan armotsement konstruksiyalarni SHNQ 2.03.01-24 va ushbu SHNQning 48 — 52-bandlaridagi talablarini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
Oldindan zoʻriqtirilgan armotsement konstruksiyalardagi toʻrlar zoʻriqish sxemasida zoʻriqmagan armaturalar kabi hisoblanishi kerak.
47. Oldindan kuchlangan elementlarning zoʻriqqan qismlari foydalanish jarayonida siqilgan boʻlsa va ular uchun boʻylama oʻqqa nisbatan normal boʻlgan yoriq hosil boʻlishining hisoblari boʻlmasa, ushbu choʻzilgan elementda tayyorlash, tashish va qurilish bosqichlarida yoriq hosil boʻlishining kamayishi va ular qayishqoqligining ortishi hisobga olinishi kerak.
Koʻp marta takrorlanadigan yuklanishlar taʼsiri ostida boʻladigan elementlarda bunday yoriqlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Armotsement konstruksiyalar uchun armaturalar oldindan kuchlanishining yoʻqotilishi SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq aniqlanishi kerak.
49. Oldindan siqilish bosqichida siquvchi zoʻriqishlar SHNQ 2.03.01-24 da keltirilgan qiymatlardan betonning uzatish mustahkamligi qiymatining ulushlarda oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
qiymatlari betonning eng chekka siqilgan tolasi darajasida SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha armaturaning avvaldan zoʻriqqanligining yoʻqotishilishi va armaturaning taranglashish aniqligi koeffitsiyenti birga tengligini hisobga olib aniqlanishi lozim.
50. Armotsement konstruksiyalarning oldindan siqilgan qismida toʻrli yoki qoʻsh armaturali zoʻriqmagan armaturaning kesim sathi minimal boʻlishi kerak.
Toʻrlar zoʻriqtirilgan armaturaga nisbatan simmetrik holatda joylashgan boʻlishi lozim.
51. Zulfinsiz (ankersiz) armaturalar bilan armaturalangan oldindan zoʻriqqan armotsement konstruksiyalar elementlarning chekka qismlariga yoriqqa bardoshlik talablari 2-toifaga asosan qoʻyiladi va ishonchlilik koeffitsiyenti ushbu SHNQning 3-ilovasi 2-jadvaliga muvofiq ravishdaqabul qilinishi lozim.
Ularda doimiy, davomiy va qisqa muddatli yuklanishlarda zoʻriqishni uzatish masofasi chegarasida yoriq hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Armotsement konstruksiyalar uchun materiallar
1-§. Mayda donador beton
52. Armotsement konstruksiyalarni tayyorlash uchun qoʻllaniladigan materiallar GOST-24297-2013 ga muvofiq boʻlishi kerak, ularning tasnifi ushbu SHNQning 1-ilovasida keltirilgan.
53. Armotsement konstruksiyalarni loyihalashda GOST 26633-2015 hamda GOST 25192-2012 ga muvofiq donalarining oʻlchami 5 mm gacha boʻlgan, oʻrtacha zichligi 2200 kg/m3 dan kam boʻlmagan konstruksion mayda donador beton qoʻllanilishi lozim.
Betonning suv yutishi 8 foizdan yuqori boʻlishi kerak.
54. Armotsement konstruksiyaning ishlash sharoiti va ish turiga koʻra olinadigan mayda donador beton quyidagi sinflarda va markalarda boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi:
siqilishga mustahkamlik boʻyicha sinflar:
A guruhli betonlar (tabiiy qotadigan yoki yiriklik moduli 2.0 dan yuqori boʻlgan qum bilan tayyorlangan va atmosfera bosimida issiqlik taʼsiri ostida ishlov berilgan) — V20, V25, V30, V35 va V40;
B guruhli betonlar (tabiiy qotadigan yoki moduli 2.0 va undan kam boʻlgan qum bilan tayyorlangan va atmosfera bosimida issiqlik taʼsiri ostida ishlov berilgan) — V20, V25 va V30;
V guruhli betonlar (avtoklavda ishlov berilgan) — V20, V25, V30, V35, V40, V45, V50, V55, V60 (agar konstruksiyaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari pasaymasa, u holda V25 va V30-sinfli betonlarning oʻrniga ularni tejash maqsadida oraliq sinfli V22,5 va V27,5 betonlardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi);
sovuqga chidamlilik boʻyicha — F100, F150, F200, F300, F400 va F500;
suv oʻtkazmaslik boʻyicha — W6, W8, W10 va W12 markalar.
55. Betonning siqilishga mustahkamligi va oʻq choʻzilishga chidamliligi konstruksiyaning loyihadagi yuklanish muddati, taʼsir etuvchi omillar va betonning qotish sharoitiga bogʻliq boʻlishi, loyihalash davrida belgilanishi, bunday maʼlumotlar boʻlmaganda, betonning sinfi 28 sutkalik davrda oʻrnatilishi lozim.
56. Yigʻma konstruksiyalar elementlaridagi betonning mustahkamligi GOST 13015-2012 ga asosan boʻlishi zarur.
57. Zoʻriqtirilgan armatura joylashtirilgan armotsement konstruksiyalar uchun siqilishga mustahkamligi boʻyicha beton sinfi SHNQ 2.03.01-24 da keltirilganidan kam boʻlmagan holda, zoʻriqtirilgan armaturaning koʻrinishi va sinfi uning diametri hamda zulfinli (ankerli) moslamasi mavjudligiga koʻra qabul qilinishi kerak.
58. Betonning uzatilish mustahkamligi SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Korroziyaga chidamli va zoʻriqqan armaturali armotsement konstruksiyalar uchun ishlatiladigan beton sinfi V20 dan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
59. Armotsement konstruksiyalarining ulangan joylarini jipslashtirish uchun birlashtiriladigan elementlarning ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda, biroq birlashtirilayotgan elementlardagi beton sinfidan past boʻlmagan sinfli beton olinishi kerak.
60. Armotsement konstruksiyalar uchun sovuqga chidamlilik va suv oʻtkazmaslik boʻyicha mayda donador betonning eng past markalari ularning ishlash sharoitiga koʻra SHNQ 2.03.01-24 hamda QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq olinishi kerak.
61. Foydalanish jarayonida tashqi muhitning manfiy harorati taʼsiri ostida boʻladigan yigʻma konstruksiya elementlarini jipslashtirish uchun birlashtiriladigan elementlarda shu koʻrsatkichlardan past boʻlmagan markali beton qoʻllanishi kerak.
2-§. Mayda donador betonning normativ va hisobiy tavsiflari
62. Mayda donador betonning normativ va hisobiy qarshiliklari, shuningdek ish sharoitning koeffitsiyentlari SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
63. Armotsement konstruksiyalarning tekshirilayotgan boʻlagi ikki oʻq boʻyicha (har xil qiymatli) zoʻriqgan holatda ishlayotgan boʻlsa, mayda donador betonning birinchi guruh chegaraviy holat uchun hisobiy choʻzilishga qarshiligini qoʻshimcha ish sharoitining koeffitsiyentiga koʻpaytirish kerak. Bunda, u koeffitsiyent ushbu SHNQning 3-ilovasidagi 3-jadvalda keltirilganidek kuchlanishlar nisbatiyoki larga bogʻliq boʻlishi kerak.
bu yerda:
va va — oʻqlar boʻyicha normal kuchlanishlar.
64. V20 — V60 sinflardagi beton uchun mayda donador betonning siqilish va choʻzilishdagi boshlangʻich qayishqoqlik modulining qiymatlari SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
65. Sementning markasi betonning tarkibi hamda tayyorlash sharoiti va boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlsa, ning boshqa qiymatlarini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
66. Mayda donador betonning chiziqli haroratli shakl oʻzgarish (deformatsiya) koeffitsiyentiharoratning minus 40 °Sdan plyus 50 °Sgacha oraligʻida deb qabul qilinishi kerak.
Beton toʻldiruvchilarining maʼdanli tarkibi, sement sarfi, suvga toʻyinishi, sovuqga chidamliligi toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar boʻlsa, ning boshqa qiymatlarini olishga yoʻl qoʻyiladi.
67. Betonning koʻndalang yoʻnalishida deformatsiya koeffitsiyentining (Puasson koeffitsiyenti) boshlangʻich qiymati 0.2 ga, mayda donador betonning siljish moduli-0,4 ga teng deb qabul qilinishi kerak. Bu qiymatlar SHNQ 2.03.01-24da keltirilgan ning qiymatiga mos boʻlishi lozim.
3-§. Armatura
68. Armotsement konstruksiyalarni armaturalash uchun quyidagilar qabul qilinishi zarur:
GOST 3826-82 talablari boʻyicha toʻqilgan toʻrlar;
GOST 2715-75 talablari boʻyicha chirmashtirilib toʻqilgan toʻrlar;
payvandlangan turlar;
sterjenli va simli armaturalar;
oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalar uchun GOST 7348-81, simli armatura uchun GOST 13840-68 hamda GOST 53772-2010 boʻyicha kanatli armaturalar.
69. Sterjenli va simli armaturalarni tanlashni konstruksiyaning turi, boshlangʻich zoʻriqishning mavjudligi, qurish va foydalanish sharoitlariga bogʻliq ravishda va quyma detallar uchun poʻlat turlarini tanlash SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
4-§. Armaturalarning normativ va hisobiy tavsiflari
70. Sterjenli va simli armaturalarning normativ qarshiliklari, shuningdek armaturalar ishlash sharoitining koeffitsiyentlari SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq olinishi kerak.
1-guruh chegaraviy holatdagi armotsement konstruksiya hisobini bajarish uchun sterjenli va simli armaturalarning siqilishga qarshiligining hisoblangan qiymatlari ga teng, biroq 390 MPa dan yuqori boʻlmasligi, armaturalarning choʻzilishga qarshiligi boʻyicha hisoblangan qiymati bilan belgilanishi lozim.
71. Toʻr simlarining normativ qarshiligi shartli oqish chegarasining kichik qiymati qabul qilinishi, U toʻr simining uzilishga mavsumiy qarshiligini 0.8 qismiga teng va qoldiq nisbiy choʻzilishining 0,2 foizga toʻgʻri kelishi lozim.
Toʻqilgan va payvandlangan toʻrlarning normativ qarshiligini245 MPa (2500 kgf/cm2) ga teng deb qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
72. 1 va 2-guruh chegaraviy holatlar uchun toʻrlarning choʻzilishga chidamliligini hisoblashda normativ qarshilik qiymati 1-guruh uchun 1.15 ga koʻpaytirilishi va 245 MPa (2500 kgf/cm2) dan yuqori boʻlmasligi kerak.
2-guruh chegaraviy holatlar uchun 1.0 teng boʻlgan materialning xavfsizlik koeffitsiyentiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanishi (topilishi) lozim.
73. 1-guruh chegaraviy holatlar uchun toʻrlarning choʻzilishga qarshiligining hisobiy qiymatlari va ishlash sharoitining koeffitsiyenti1,15ni hisobga olgan holda siqilishga qarshilikni ushbu SHNQning 3-ilovasidagi 4-jadvaldan olinishi kerak.
74. 1-guruh chegaraviy holatlar uchun konstruksiyalarni hisoblashda qoʻllaniladigan toʻrlarning siqilishga qarshiligining hisobiy qiymatiushbu guruh uchun hisoblangan choʻzilishga qarshilik ga teng deb qabul qilinishi lozim.
75. Ushbu SHNQ ning 3-ilovasidagi 4-jadvalda keltirilgan toʻrlarning siqilishga qarshiligini qoʻshimcha toʻrlarning ish sharoiti koeffitsiyenti ga koʻpaytirish kerak.
Bu koeffitsiyent qiymatlarining siqilgan elementni toʻrli armaturalash koeffitsiyentiga bogʻliqligi ushbu SHNQ ning 3-ilovasidagi 5-jadvalda keltirilgan.
76. Koʻp marta takrorlanadigan yuklanishlar taʼsiri ostidagi elementlardagi toʻrlarning hisobiy qarshiliklari SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha A300 sinfdagi armatura uchun belgilangan ish sharoiti koeffitsiyenti bilan qabul qilinishi kerak.
77. Toʻrlarning elastiklik moduli Emni 150 000 MPa (1 500 000 kgf/cm2) ga teng deb, sterjenli va simli armaturalarning elastiklik modulini esa SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq qabul qilish zarur.
78. Zulfinlarga (ankerlarga) ega boʻlmagan zoʻriqtirilgan armaturalar uchun kuchlanish uzatilish masofasining uzunligi SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq aniqlanishi lozim.
5-bob. Armotsement konstruksiyalarni birinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash
1-§. Asosiy talablar
79. Armotsement konstruksiya elementlarining mustahkamlik boʻyicha hisobini boʻylama oʻqqa normal boʻlgan kesimlar, shuningdek unga qiya boʻlgan eng xavfli yoʻnalishdagi kesimlar uchun amalga oshirilishi, bunda keltirilgan elementlarni mahalliy yuklanishlar taʼsiriga (ezilish va siqilishga) hisoblash lozim.
80. Armotsement konstruksiyalar elementlarining yuklanishlar mahalliy taʼsiriga hisobini SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq bajarish kerak.
81. Armotsement konstruksiyalarning mustahkamligini hisoblashda toʻrlar, shuningdek zoʻriqqan va zoʻriqmagan sterjenli yoki simli armaturalarni agar armaturalarning oʻqlari orasidagi masofa 10 t dan oshmasa (bu yerda t koʻrilayotgan kesimning qalinligi) elementning kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan deb qabul qilish kerak.
Bunda, quyidagi formulalardagi armaturalashning keltirilgan koeffitsiyentlaridan foydalanish kerak:
bu yerda:
— toʻrli armaturalash koeffitsiyentlari, ular quyidagilarga teng boʻlishi lozim:
bu yerda:
— sterjenli va simli armaturalash koeffitsiyentlari, ular quyidagilarga teng boʻlishi zarur:
bu yerda:
oldindan zoʻriqtirilgan armaturalar bilan armaturalash koeffitsiyentlari quyidagicha boʻlishi kerak:
bu yerda:
— toʻrlarning choʻzilgan va siqilgan qismlaridagi uzunlik birligiga toʻgʻri keladigan kesimlar yuzasi;
— zoʻriqmagan sterjenli armaturaning tegishli ravishda choʻzilgan va siqilgan qismlardagi element koʻndalang kesimining yuzasi;
— odatiy va oldindan zoʻriqtirilgan armaturalarning choʻzilishga hisobiy qarshiliklari;
— zoʻriqtirilgan armaturaning tegishli ravishda choʻzilgan va siqilgan kesimlardagi kesim yuzasi;
— odatiy va oldindan siqilgan armaturaning hisobiy qarshiliklari;
— berilgan maydondagi koʻndalang kesim yuzasi;
— kesimning koʻrilayotgan qismidagi elementning qalinligi.
Armatura sterjenlari orasidagi masofa 10 t dan ortiq boʻlgan kesimning qismlarida kuchlanishlar sterjenli va simli armaturalarning har bir sterjeni uchun alohida hisoblanish kerak.
2-§. Elementning boʻylama oʻqiga normal boʻlgan kesimlarningmustahkamligini hisoblash
82. Elementning boʻylama oʻqiga normal boʻlgan kesimdagi chegaraviy kuchlanishlar quyidagi dastlabki shartlarga asoslanib aniqlanishi lozim:
betonning choʻzilishga qarshiligi nolga teng deb qabul qilinishi orqali;
betonning siqilishga qarshiligi betonning siqilgan qismida bir tekisda tarqalgan vaga teng boʻlgan kuchlanishlar orqali;
betonning siqilgan qismida joylashgan armaturalarning zoʻriqishlari doimiy va lardan katta boʻlmagan holda;
armaturadagi choʻzilishga bogʻliq zoʻriqish kesimning choʻzilgan qismining balandligi boʻyicha doimiy lardan yuqori emas deb;
83. Tashqi kuch simmetriya oʻqining taʼsir qiladigan tekislikda elementning boʻylama oʻqiga normal boʻlgan kesimlarning hisobi betonning siqilgan qismining balandligining qiymatiga bogʻliq ravishda bajarilishi zarur.
Bu balandlik boʻlsa, elementning choʻzilgan toʻrli va sterjenli yoki simli armaturalarda hisoblangan qarshiliklarga teng boʻlgan kuchlanishlarga erishish bilan bir vaqtda chegaraviy holatda betonning siqilgan qismining nisbiy balandligining muvozanat va chegaraviy qiymatlari shartlaridan aniqlanishi lozim.
84. ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(2)
bu yerda:
formuladan aniqlanadigan mayda donador betondan tayyorlangan konstruksiyaning kesilgan qismining tavsifi:
(3)
— MPa larda qabul qilinadi;
— armaturalardagi kuchlanish, MPa larda qabul qilinadi: toʻrlar uchun — ; sterjenli va simli armaturalash uchun:
— SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha qabul qilinadigan va ish koeffitsiyenti hisobga olinadigan sterjenli va simli armaturalarning hisobiy choʻzilgan qarshiligi;
— SHNQ 2.03.01-24 talablarga muvofiq koeffitsiyent uchun aniqlanadi;
Δ va — SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha qabul qilinadi.
85. Beton bilan ilashgan va tashqi kuchlanishlar taʼsirida qisilgan zoʻriqqan armatura uchun armaturaning siqilishga qarshiligining hisoblangan qiymati Rsc SHNQ 2.03.01-24 talablariga kuchlanish ga almashtirilgan boʻlishi kerak.
3-§. Toʻgʻri burchakli, tavrli, qoʻshtavrli va xalqasimon kesimlarning egiladigan elementlari
86. Armaturalari elementning kesimi boʻyicha tekis taqsimlangan holatga keltirilgan, tashqi kuch kesimning simmetriya oʻqi tekisligida taʼsir qiladigan va (mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 3-rasmda keltirilgan) boʻlgan hollar uchun toʻgʻri burchakli kesimlarning hisobi quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda bajarilishi kerak.
(4)
Bunda, siqilgan qismning balandligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
87. Armaturalari elementning koʻndalang kesimi boʻyicha tekis taqsimlangan holatga keltirilgan kesimning choʻzilgan va siqilgan qirralari oldida sterjenli va simli armaturaga ega boʻlgan kesimlarning hisobi boʻlganda quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim.
(7)
bu yerda:
Bunda, betonning siqilgan qismining balandligi quyidagi formuladan aniqlanadi:
88. boʻlgan holda siqilgan qismida tokchaga ega boʻlgan va armaturalari teng taqsimlangan holatga keltirilgan qoʻshtavrli kesimlarning hisobi beton siqilgan qismi chegarasining joylashishiga bogʻliq holda bajarilishi zarur:
siqilgan qismning chegarasi tokcha ichidan oʻtsa (ushbu SHNQning 3-ilovasidagi 5-rasm) quyidagi shart bajarilishi zarur:
(9)
hisob quyidagi formula boʻyicha amalga oshirilishi kerak:
(10)
agar siqilgan qismning chegarasi qirradan (mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 6-rasm) oʻtadigan boʻlsa, mazkur SHNQning 9-sharti bajarilmasa, hisob quyidagi formula boʻyicha bajarilishi lozim:
(11)
Siqilgan qismning balandligi quyidagi shartdan aniqlanishi kerak:
Keltirilgan armaturalash koeffitsiyentlari devor uchun , siqilgan tokcha uchun va choʻzilgan tokcha uchun ushbu SHNQning 53-talablariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
89. Siqilgan qismida tokchasi boʻlgan yoki armaturalari teng taqsimlangan holatga keltirilgan hamda choʻzilgan qismida sterjenli va simli armaturasi boʻlgan qoʻshtavrli kesimlarning hisobi boʻlganda betonning siqilgan qismining balandligiga bogʻliq ravishda bajarilish kerak:
agar siqilgan qism tokcha chegarasida joylashgan boʻlsa quyidagi shart bajarilsa
(13)
kesimning mustahkamligi quyidagi shartdan aniqlanadi:
(14)
agar siqilgan kesimning chegarasi tokcha chetidan chiqib ketsa mazkur SHNQning 13-sharti bajarilmasa, kesimning mustahkamligi quyidagi shartdan aniqlanishi kerak:
(15)
Bunda, siqilgan qismning balandligi quyidagi shartdan aniqlanadi:
Keltirilgan armaturalash koeffitsiyentlari va lar mazkur SHNQning 81-bandiga muvofiq belgilanishi kerak.
90. Mazkur SHNQning 88 va 89-bandlariga muvofiq hisobga olinadigan tavrli va qoʻshtavrli siqilgan tokchalarning eni qirraning har bir tomonida erkin osilmaning eni element oraligʻining 1/6 qismidan oshmasligi va quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim:
koʻndalang qirralar mavjudligida boʻylama qirralar orasidagi masofaning 1/2 qismidan koʻp boʻlmasligi;
boʻlganda koʻndalang qirralar boʻlmaganda yoki ular orasidagi masofa boʻylama qirralar orasidagi masofadan koʻp boʻlmaganda, ga teng
boʻlganda
boʻlganda
91. Xalqasimon kesimlarning hisobi quyidagicha bajarilishi kerak:
boʻlganda
(17)
(18)
bu yerda:
(19)
rm —xalqasimon element devorining oʻrtadagi yuzasining radiusi
(20)
— xalqasimon kesim qirralarining mos ravishda tashqi va ichki radiuslari.
(21)
(22)
(23)
shartdan kelib chiqqan holda hisoblash bajariladi.
92. Armotsement konstruksiyalardagi egiladigan elementlarni mustahkamlik boʻyicha hisoblashdashart bajarilishi kerak. Agar shart bajarilmasdan, konstruktiv rejalar bilan yoki ikkinchi guruh chegaraviy holatlarni nazarda tutish tufayli choʻzilgan armaturaning kesim yuzasisharti bajarilgandagidan kattaroq boʻlsa, ni qabul qilgan holda hisoblashni mazkur SHNQning 4, 7, 10, 11, 14 hamda 15-formulalari boʻyicha amalga oshirish zarur.
4-§. Toʻgʻri burchakli tavrli, qoʻshtavrli va xalqasimon kesimli nomarkaziy siqilgan elementlar
93. Nomarkaziy siqilgan elementlarni hisoblashda mazkur SHNQning 28-bandi talablariga muvofiq tasodifiy boshlangʻich ekssentrisitet hamda SHNQ 2.03.01-24 talablariga mos ravishda ularning yuk koʻtaruvchi qobiliyatiga taʼsir qiluvchi egilish hisobga olinishi zarur.
94. Koʻndalang kesimi toʻgʻri burchak shaklida boʻlgan va armaturalari teng taqsimlangan holatga keltirilgan nomarkaziy siqilgan elementlarning hisobi quyidagicha bajarilishi kerak:
boʻlganda quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda:
(24)
Bunda, siqilgan qismning balandligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(25)
Ushbu SHNQning 24 va 25-formulalarida:
— boʻylama kuchning quyilish nuqtasidan kesimning choʻzilgan qirrasigacha boʻlgan masofa;
— kesimning mos ravishda siqilgan va choʻzilgan qismlarining yuzalari;
— beton siqilgan qismlari yuzasining koʻndalang kuch ning quyilish nuqtasiga nisbatan statik momenti,
— siqilgan keltirilgan armatura yuzasining koʻndalang kuch ning quyilish nuqtasiga nisbatan statik momenti;
— choʻzilgan keltirilgan armatura yuzasining koʻndalang kuch ning quyilish nuqtasiga nisbatan statik momenti;
boʻlganda quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda
(26)
— markaziy siqilgan elementning koʻtarish qobiliyati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(27)
bu yerda:
— kesimning yuk koʻtarish qobiliyati, bu kesimda siqilgan qismning balandligi ga teng qilib qabul qilinishi va quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(28)
— boʻylama kuchning keltirilgan kesim ogʻirlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti, bu ekssentrisitet quyidagiga teng:
;
— boʻylama hisobiy kuch ning keltirilgan kesim ogʻirlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti, bu ekssentrisitet quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(29)
95. Armaturalari bir tekis taqsimlangan holatga keltirilgan tavrli va qoʻshtavr kesimli nomarkaziy siqilgan elementlarning hisobi quyidagicha bajarilishi lozim:
agar
va boʻlsa
(30)
sharti bajarilsa, beton siqilgan qismining balandligi mazkur SHNQning 25-formulasi boʻyicha hisoblanishi kerak;
boʻlganda
(31)
bu yerda siqilgan qismning balandligi ushbu SHNQning 25-formulasidan aniqlanadi;
boʻlganda ushbu SHNQning 26-formulasi boʻyicha hisoblanadi, bu yerda:
(32)
bunda :
boʻlganda
(33)
boʻlganda
(34)
(35)
bu yerda:
— keltirilgan kesimning ogʻirlik markazidan choʻzilgan yoki kamroq siqilgan qirrasigacha masofa;
boʻlganda
bu yerda:
(36)
Element egilishining taʼsiri qiymati SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha hisoblanadigan koeffitsiyent ga koʻpaytirish yoʻli bilan hisobga olinishi lozim.
Mazkur SHNQning 30 — 34-formulalarida mazkur SHNQning 88-bandidagidek belgilar qoʻllanilgan.
96. Koʻndalang kesimi doira shaklida boʻlgan va markaziy siqilgan elementlarning (armaturalar aylana uzunligi boʻyicha teng taqsimlangan) hisobi quyidagi shartlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim:
(37)
Bunda, beton siqilgan qismining nisbiy yuzasining qiymati quyidagi formuladan aniqlanishi lozim:
(38)
Agar ushbu SHNQning 38-formulasidan olingan qiymat α<0.15 boʻlsa, 37-formulaga ning quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan qiymat qoʻyiladi.
(39)
Mazkur SHNQning 37-formulasidagi
— ning qiymati mazkur SHNQning 81-bandiga muvofiq aniqlanishi lozim.
97. Armaturalari keltirilgan yuza boʻyicha teng taqsimlangan va koʻndalang kesimi toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shaklida boʻlgan markaziy choʻzilgan elementlarning hisobi quyidagi shartdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim:
(40)
5-§. Nomarkaziy choʻzilgan elementlar
98. Armaturalari keltirilgan yuza boʻyicha teng taqsimlangan va koʻndalang kesimi toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shaklida boʻlgan nomarkaziy choʻzilgan elementlar quyidagicha hisoblanishi lozim:
agar boʻylama kuch kesim markazining chegarasi ichiga qoʻyilgan boʻlsa, u holda hisob quyidagi shart boʻyicha bajarilishi kerak:
(41)
bu yerda:
— nomarkaziy choʻzilishda elementlar yuk koʻtarish qobiliyatining pasayish koeffitsiyenti 0.8 ga teng deb qabul qilinadi;
agar boʻylama kuch kesim yadrosi (markazi) va kesimning tashqi chegarasi orasiga qoʻyilgan boʻlsa, u holda mazkur SHNQning 41-shartiga muvofiq 0.6 ga teng qilib qabul qilinishi kerak;
agar boʻylama kuch kesim chegarasidan tashqariga qoʻyilgan boʻlsa elementlar quyidagi shart boʻyicha hisoblanishi kerak:
(42)
bunda, siqilgan kesimning balandligi x quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim.
(43)
— ushbu SHNQning 25-formulasidagi belgilar bilan bir xil.
agar mazkur SHNQning 43-formulasidan olingan qiymat , boʻlsa, u holda ushbu SHNQning 42-formulasiga qiymati qoʻyiladi.
6-§. Elementning boʻylama oʻqiga qiya boʻlgan kesimlarning mustahkamligini hisoblash
99. Qiya kesimlarning mustahkamligini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshirilishi kerak:
qiya yoriqlar orasidagi siqilgan beton boʻyicha;
koʻndalang kuch taʼsiri ostidagi qiya yoriq boʻyicha;
eguvchi moment taʼsiri ostidagi qiya yoriqlar boʻyicha.
Kesimi toʻgʻri burchakli boʻlgan armotsement elementlar uchun qiya yoriqlar orasidagi siqilgan betonning mustahkamligini taʼminlovchi quyidagi shartga rioya qilinishi zarur:
(44)
Toʻrlardagi koʻndalang simlarning taʼsirini hisobga oluvchi koeffitsiyent , quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(45)
koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(46)
bu yerda, ning qiymatlari MPa larda oʻlchanadi.
100. Armotsement elementlarning boʻylama oʻqiga (ushbu SHNQning 3-ilovasidagi 14-rasm) qiya boʻlgan kesimlarning koʻndalang kuch taʼsiriga mustahkamligi quyidagi shart boʻyicha hisoblanishi kerak:
(47)
bu yerda:
— qiya kesimning bir tomonida joylashgan tashqi yuk bilan aniqlanadigan koʻndalang kuch;
— toʻrning qiya yoriq bilan kesishadigan koʻndalang simlari orqali qabul qilinadigan koʻndalang kuch;
— qiya kesimning siqilgan qismdagi beton tomonidan qabul qilinadigan koʻndalang kuch.
ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(48)
bu yerda:
— qiya yoriqning proyeksiyasi; yoriqning qiyalik burchagi 45º ga teng qilib belgilanadi;
— elementni koʻndalang kuch taʼsiriga hisoblashda element devorini keltirilgan yuza boʻyicha armaturalash koeffitsiyenti:
(50)
— toʻrlarning qiya yoriqlar chegarasida joylashgan koʻndalang simlari kesimining yuzasi;
— qiya yoriqlar chegarasida joylashgan koʻndalang sterjenlar kesimining yuzasi; — koʻndalang kuchni qabul qiluvchi element devorining qalinligi;
— toʻrsimon element devorining element kesimining vertikal oʻqiga nisbatan qiyalik burchagi.
Egiladigan va nomarkaziy siqilgan elementlar uchun koʻndalang kuch ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(51)
bu yerda:
va — elementning hisoblanayotgan kesimdagi (mos ravishda) eni va balandligi.
Siqilgan kesimning chegarasi tokcha chegarasida joylashgan holda deb qabul qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.
101. Elementning boʻylama oʻqiga qiya joylashgan kesimlarni eguvchi moment taʼsiriga hisoblashni quyidagi shart boʻyicha amalga oshirish lozim:
(52)
bu yerda:
— qiya kesimning oʻqqa nisbatan bir tomonida joylashgan barcha tashqi kuchlardan yuzaga keladigan moment, mazkur oʻq siqilgan qismdagi teng taʼsir qiluvchi ichki kuchlar qoʻyilgan nuqtadan oʻtadi va momentning taʼsir tekisligiga perpendikulyar boʻlishi lozim.
Qiya kesimdagi siqilgan qismning balandligi (elementning boʻylama oʻqiga normal yoʻnalgan chiziq boʻyicha oʻlchangan) beton va armaturaning qiya kesimida yuzaga keladigan ichki kuchlarning element boʻylama oʻqidagi proyeksiyalarining muvozanat shartidan aniqlanishi zarur.
Elementning normal yoriqlar hosil boʻlmaydigan hududlarda ushbu elementning choʻzilgan qirralarini kesib oʻtuvchi qiya kesimlar uchun eguvchi momentning taʼsiri boʻyicha tekshirish oʻtkazilmaydi, tashqi kuchlardan yuzaga keladigan moment M yoriq hosil qiluvchi momentdan kichik yoki unga teng boʻlsa Rbt,ser ni Rbt ga almashtirish kerak.
6-bob. Armotsement konstruksiyalarni ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash
1-§. Armotsement konstruksiyalarni yoriqlar hosil boʻlishi va ochilishi boʻyicha hisoblash
102. Armotsement konstruksiyalar elementlarining boʻylama oʻqiga normal va qiya yoʻnalishda yoriqlar hosil boʻyicha ushu elementlarning hisobini SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq mayda donador betondan tayyorlangan temir-beton konstruksiyalarning hisobi kabi amalga oshirish lozim.
Bunda, yoriqlarni hisobga olgan holda qarshilik momentining qiymati Wplni ushbu SHNQning 113-bandi boʻyicha aniqlash, Rbt,ser ni esa betonning ishlash sharoitini ifodalovchi koeffitsiyenti ni hisobga olmasdan qabul qilish lozim.
103. Armotsement konstruksiyalarning elementlarini yoriqlar ochilishi boʻyicha quyidagi tartibda hisoblash zarur:
element boʻylama oʻqiga normal yoʻnalgan yoriqlarning ochilishi boʻyicha;
element boʻylama oʻqiga qiya yoʻnalgan yoriqlarning ochilishi boʻyicha.
Armotsement konstruksiyalar elementlarini yoriqlarni ochilishi boʻyicha hisoblashni quyidagi formula boʻyicha amalga oshirish lozim:
(53)
bu yerda:
— ushbu SHNQning 104 — 108-bandlariga muvofiq aniqlanadigan tashqi yuk taʼsiridan yoriqlarning ochilish kengligi;
— yoriqlarning chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan ochilish kengligi.
Yoriqlarning ochilishiga yoʻl qoʻyiladigan armotsement elementlarni hisoblashni normal va qiya yoriqlarning davom etadigan va davom etmaydigan ochilishi boʻyicha amalga oshirish zarur.
Yoriqlarning davom etadigan ochilish kengligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(54)
Yoriqlarning davom etmaydigan ochilish kengligi esa quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(55)
bu yerda:
— doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli yuklarning davom etadigan taʼsiridan yoriqlarning ochilish kengligi;
— doimiy va vaqtinchalik (uzoq va qisqa muddatli) yuklarning davom etmaydigan taʼsiridan yoriqlarning ochilish kengligi;
— doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli yuklarning davom etmaydigan taʼsiridan yoriqlarning ochilish kengligi.
2-§. Elementni uning boʻylama oʻqiga normal yoʻnalgan yoriqlarning ochilishi boʻyicha hisoblash
104. Toʻrli armaturalashda elementning boʻylama oʻqiga normal yoʻnalgan yoriqlarning ochilish kengligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(56)
bu yerda:
— toʻrlar uchun qabul qilinadigan koeffitsiyent:
payvandlangan toʻrlar uchun — 3;
toʻqilgan toʻrlar uchun — 3,5;
— quyidagilarga teng qilib qabul qilinadigan koeffitsiyent:
doimiy va uzoq muddatli yuklarning qisqa muddatli va davom etmaydigan taʼsiri hisobga olinganda — 1;
koʻp marta takrorlanadigan, shuningdek yiriklik moduli 2,0 — 1,5 dan yuqori boʻlgan hamda yiriklik moduli 2 va undan past boʻlgan qum asosidagi A guruhdagi betonlar uchun doimiy va uzoq muddatli yuklarning uzoq davom etadigan taʼsiri hisobga olinganda — 1,7;
koʻp marta takrorlanadigan, shuningdek yiriklik moduli 2,0 — 1,5 dan yuqori boʻlgan hamda yiriklik moduli 2 va undan past boʻlgan qum asosidagi B guruhdagi betonlar uchun doimiy va uzoq muddatli yuklarning uzoq davom etadigan taʼsiri hisobga olinganda — 1,65;
— yuklar taʼsirida kesimning choʻzilgan qirrasi oldidagi toʻrlarda hosil boʻladigan va mazkur SHNQning 106-bandiga muvofiq aniqlanadigan kuchlanish;
— toʻrning mazkur SHNQ 77-bandiga muvofiq qabul qilinadigan elastiklik moduli;
— toʻr katagining oʻlchami, mm.
105. Konstruksiyalarni qoʻsh armaturalashda elementning boʻylama oʻqiga normal yoriqlarning ochilish kengligi (mm da) quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(57)
bu yerda:
— egiladigan va nomarkaziy siqilgan elementlar uchun — 1 ga teng, egiladigan va nomarkaziy choʻzilgan elementlar uchun — 1,2 ga teng qilib qilinadigan koeffitsiyent;
— element choʻzilgan qismining keltirilgan toʻrli armaturalash koeffitsiyentining kattaligiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent.
Bu koeffitsiyent quyidagicha qabul qilinishi kerak:
boʻlganda — 4,5;
boʻlganda — 3,0;
boʻlganda — 1,5;
— quyidagilarga teng qilib qabul qilinadigan koeffitsiyent:
payvandlanadigan toʻrlar uchun — 0,8;
toʻqilgan turlar uchun — 1;
— ushbu SHNQning 106-bandiga muvofiq qabul qilinadi;
— choʻzilgan qismning keltirilgan armaturalashning koeffitsiyenti, bu koeffitsiyent 0.02 dan yuqori boʻlmagan qiymatda qabul qilinadi;
— sterjenli yoki simli armaturalarning diametri, mm;
— armaturaning keltirilgan elastiklik moduli, uning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(58)
106. Kuchlanish quyidagicha aniqlanishi lozim:
markaziy choʻzilgan elementlarda quyidagi formula boʻyicha
(59)
bu yerda:
— barcha yoʻqotishlarni hisobga olgan holda oldindan zoʻriqish (kuchlanish)ni yuzaga keltiruvchi kuchlar;
— beton kesimining yuzasi;
Egiladigan, nomarkaziy siqilgan yoki nomarkaziy choʻzilgan elementlar uchun kuchlanishni hisoblash qayishqoq jismlarning hisobi kabi amalga oshirilishi kerak.
ni hisoblashda bir xil (yagona) elastik tavsifga ega boʻlgan ekvivalent poʻlat kesimga keltirilgan kesim koʻrib chiqilishi kerak.
Choʻzilgan qismda faqat kesimi ekvivalent yuzaga ega boʻlgan boʻlgan armatura poʻlat kesimga keltiriladi, siqilgan qismda esa kesimlari ekvivalent yuzalarga ega boʻlgan armatura va beton (beton — elastiklik modullarining nisbatlari hisobga olingan holda) poʻlat kesimga keltiriladi.
ning qiymatlari:
egiladigan elementlar uchun quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(60)
nomarkaziy siqilgan va nomarkaziy choʻzilgan elementlar uchun quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
— poʻlat kesimga keltirilgan elementdagi qarshilik momenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(62)
bu yerda:
— ekvivalent poʻlat kesimga keltirilgan kesimning uning ogʻirlik markaziga nisbatan inersiya momenti;
— boʻylama kuch va oldindan siqish kuchlanishi ning teng taʼsir etuvchisi.
— kuchning element kesimi ogʻirlik markaziga nisbatan ekssentirisiteti;
— kuchlanishning element kesimi ogʻirlik markaziga nisbatan ekssentrisiteti;
— yadroviy (markaziy) nuqtadan kesimning siqilgan qirrasigacha boʻlgan masofa.
Ushbu SHNQning 61-formulasidagi “minus” ishorasi nomarkaziy siqilishni, “plyus” ishorasi esa nomarkaziy choʻzilishni anglatadi.
107. Yoriqbardoshlik boʻyicha 2-toifa talablari qoʻyiladigan elementlar uchun yoriqlarning davom etmaydigan ochilish kengligi doimiy va uzoq muddatli yuklardan yoriqlarning ochilish kengliklari va qisqa muddatli yuklar taʼsiridan yoriqlar ochilish kengligi oʻsishining yigʻindisi sifatida aniqlanishi lozim.
Yoriqlarning davom etadigan ochilish kengligi doimiy va uzoq muddatli yuklarning taʼsir qilish davomiyligiga bogʻliq ekanligi inobatga olinishi kerak.
3-§. Elementni uning boʻylama oʻqiga qiya boʻlgan yoriqlar ochilishi boʻyicha hisoblash
108. Toʻrli va qoʻsh (kombinatsiyalashgan) armaturalashda egiladigan elementlarning oʻqiga qiya boʻlgan yoriqlarning ochilish kengligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi zarur:
(63)
bu yerda:
— ushbu SHNQning 104-bandida keltirilgan koeffitsiyent;
— toʻrlar uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyent:
toʻqilgan toʻrlarda —
payvandlangan toʻrlarda —
— ushbu SHNQning 105-bandida keltirilgan koeffitsiyent;
— ushbu SHNQning 81-bandiga muvofiq qabul qilinadigan koeffitsiyent;
— elementning boʻylama oʻqiga normal (tik) yoʻnalish boʻyicha joylashgan toʻrlardagi simlarning diametri:
(64)
bu yerda:
— element uzunligining qaralayotgan hududida taʼsir qiluvchi yuklardan hosil boʻladigan eng katta koʻndalang kuch;
— elementda oldindan siqilishdan (oldindan oʻrab qisishdan) hosil boʻladigan boʻylama kuch.
4-§. Armotsement konstruksiyalarning elementlarinideformatsiyalar boʻyicha hisoblash
109. Armotsement konstruksiyalarning elementlarini deformatsiyalar boʻyicha hisoblash konstruksiyalarga qoʻyiladigan foydalanish talablarni inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Armotsement konstruksiyalarning elementlarini deformatsiyalar boʻyicha hisoblashni quyidagi taʼsirlarga qarshi amalga oshirish kerak:
deformatsiyalar texnologik yoki konstruktiv talablar bilan cheklanganda doimiy, vaqtinchalik uzoq muddatli va qisqa vaqtli yuklar;
deformatsiyalar estetik talablar bilan cheklanganda doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli yuklar;
Elementlarda chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan deformatsiyalarning qiymatlari SHNQ 2.01.07-21 talablariga muvofiq olinishi kerak.
Armotsement konstruksiyalar elementlarining deformatsiyasi (salqiligi, burilish burchaklari)ni ushbu SHNQning 110 — 115-bandlariga muvofiq bikrlik va egrilik qiymatlarini aniqlab qurilish mexanikasi umumiy qoidalarining formulalari boʻyicha hisoblash zarur.
Armotsement konstruksiyalar elementlaridagi egrilik va deformatsiyalarning qiymatlari ularning boshlangʻich holatidan hisoblanishi, agar ushbu elementlarning armaturalari oldindan zoʻriqtirilgan boʻlsa, bunda elementlardagi egrilik va deformatsiyalarning qiymatlari ularni qisishgacha boʻlgan holatdan boshlab hisoblanishi lozim.
Agar doimiy, uzoq muddatli (davomiy) va qisqa vaqtli yuklar taʼsirida yoriqlar hosil boʻlmasa, bunda choʻzilgan qismda elementlar yoki ularning qismlari yoriqlarsiz deb deb hisoblanishi, yuklarni ishonchlilik koeffitsiyenti teng deb hisoblash formulalariga kiritish kerak.
110. Yuklarning qisqa vaqtli taʼsirida elementlarning bikrligi quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(65)
bu yerda:
— betonning SHNQ 2.03.01-24 talablari boʻyicha belgilanadigan elastiklik moduli;
— armaturalangan (modullarning nisbatiga mos ravishda toʻr bilan armaturalash koeffitsiyentlarini hisobga olib elementning betoni boʻyicha keltirilgan) kesimning inersiya momenti.
Deformatsiyalarni hisoblashda armaturalashning keltirilgan koeffitsiyentlari quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanishi lozim:
(66)
5-§. Elementlar choʻzilgan qismining yoriqlarsiz qismlaridagi egrilikni aniqlash
111. Egiladigan, nomarkaziy siqilgan va nomarkaziy choʻzilgan elementlarning boʻylama oʻqiga nisbatan normal (tik) yoki qiya yoriqlar hosil boʻlmaydigan qismlaridagi egrilikning toʻliq qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(67)
bu yerda:
— qisqa vaqtli yuklarning davom etmaydigan taʼsiri hamda doimiy va uzoq muddatli vaqtinchalik yuklarning (R kuchni hisobga olmagan holda) davom etadigan taʼsiridan yuzaga keladigan egrilik mos ravishda quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
(68)
(69)
bu yerda:
— tashqi yuklardan moment taʼsir qiluvchi tekislikka normal (tik) yoʻnalgan oʻqqa nisbatan yuzaga keladigan va keltirilgan kesimning ogʻirlik markazidan oʻtadigan moment;
— ushbu SHNQning 65-formulasi boʻyicha aniqlanadi;
— betonning siljuvchanligini hisobga oluvchi koeffitsiyent, uning qiymati quyidagilarga teng qilib qabul qilinishi kerak:
atrof muhitdagi havoning namligi 40 foiz va undan yuqori boʻlganda — 2,6;
bugʻlash yordamida tayyorlangan beton uchun — 3,0;
atrof muhitdagi havoning namligi 40 foizdan kam boʻlganda — 3,9;
bugʻlash yordamida tayyorlangan beton uchun — 4,5;
— yuklar taʼsirining davomiyligi hisobga olinganda armotsement konstruksiyalarning bikirligi.
(70)
— oldindan qisish kuchlarining davom etmaydigan taʼsiridan elementning bukilishi bilan shart-sharoitlanadigan egrilik quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(71)
oldindan qisish kuchlari taʼsiridan betonning siljishi (siljuvchanligi) va choʻkishi tufayli elementning bukilishi bilan shart-sharoitlanadigan egrilik, u quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
(72)
bu yerda:
— oldindan qisish kuchlari taʼsiri ostida betonning choʻkishi va siljishi (siljuvchanligi) tufayli betonda yuzaga keladigan nisbiy deformatsiyalar.
Ular mos ravishda kesimning choʻzilgan va siqilgan qirralari sathida quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
(73)
(74)
ning qiymati SHNQ 2.03.01-24 talablari boʻyicha choʻzilgan qismdagi armatura uchun betonning choʻkishi va siljuvchanligi tufayli armaturaning oldindan kuchlanishidan yuzaga keladigan yoʻqotishlar yigʻindisiga son jihatdan teng qilib qabul qilinadi, ning qiymati (agar armatura betonning chetki siqilgan tolasi sathida boʻlsa) zoʻriqtirilgan armatura uchun xuddi shunday tarzda qabul qilinadi.
Oldindan zoʻriqtirilmagan (kuchlantirilmagan) elementlar uchun va egriliklarning qiymatlarini nolga teng deb qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
112. Betonning siqilgan zonasidagi dastlabki yoriqlarga ega boʻlgan boʻlgan qismlarida egrilikni aniqlashda lar qiymati 15 foizga, ning qiymati esa 25 foizga oshirilishi kerak.
6-§. Elementlarning choʻzilgan qismida yoriqlarga ega boʻlgan qismlarining egriligini aniqlash
113. Toʻgʻri burchak, tavr, qoʻshtavr kesimli egiladigan, nomarkaziy siqilgan va nomarkaziy choʻzilgan elementlarning boʻylama oʻqiga normal (tik) yoʻnalishda yoriqlar hosil boʻladigan qismlardagi egrilikning toʻliq qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(75)
bu yerda:
— deformatsiyalar boʻyicha hisoblanadigan butun yukning davom etmaydigan taʼsiridan yuzaga keladigan egrilik, bunda mazkur SHNQning 28-bandi talablari inobatga olinishi lozim;
— doimiy va uzoq muddatli yuklarning davom etmaydigan taʼsiridan yuzaga keladigan egrilik;
— doimiy va uzoq muddatli yuklarning davomli taʼsiridan yuzaga keladigan egrilik;
114. ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(76)
bu yerda
— barcha tashqi yuklardan momentning taʼsir qilish tekisligiga normal (tik) yoʻnalgan va keltirilgan kesimning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi oʻqqa nisbatan olingan moment;
— yoriqlar hosil boʻlayotganda elementning boʻylama oʻqiga normal (tik) yoʻnalishdagi kesim tomonidan qabul qilinadigan moment;
— mazkur SHNQning 65-formulasidan aniqlanadi;
— quyidagi formuladan aniqlanadi:
(77)
bu yerda:
— mazkur SHNQning 3-ilovasidagi 6-jadval boʻyicha qabul qilinadigan va element bikirligining pasayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
ning qiymati quyidagi formulalar boʻyicha aniqlanadi:
armaturalari oldindan zoʻriqtirilmagan elementlar uchun
(78)
oldindan zoʻriqtirilgan elementlar uchun
(79)
bu yerda:
— choʻzilgan betonning noelastik deformatsiyalarini hisobga olgan holda kesimning chetki choʻzilgan tolasi uchun qarshilik momenti. U quyidagi formuladan aniqlanadi:
(80)
bu yerda:
— kesimning siqilgan va choʻzilgan qismlarining inersiya momentlari, ushbu momentlar kesimlarning ushbu qismida joylashgan toʻrlar kesimlari yuzalarining nulli chizigʻiga nisbatan hisoblanadi;
— kesimning choʻzilgan qismidagi betonning nulli chizigʻiga nisbatan statik moment;
— kesimning nulli chizigʻidan kesim chetki choʻzilgan tolasigacha boʻlgan masofa.
Kesim nulli chizigʻining joylanishi quyidagi shartdan aniqlanadi:
(81)
bu yerda:
— mos ravishda nulli chiziqqa, beton kesimining siqilgan qismiga, kesimning choʻzilgan qismida joylashgan toʻrlarning yuzalariga nisbatan hisoblangan statik momentlar;
— kesim balandligi.
ning qiymati ushbu SHNQdagi (79) shartga bogʻliq holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
(82)
Mazkur SHNQning (79) formulasidagi “plyus” ishora va momentlarining yoʻnalishlari qarama-qarshi boʻlganda, “minus” — ishora esa ushbu yoʻnalishlar bir tomonlama boʻlganda qoʻllanilishi kerak.
Ushbu SHNQning 79-formulasida:
— yorilishga chidamliligini aniqlash kerak boʻlgan choʻzilgan qismdan eng uzoq markaziy (yadroviy) nuqtadan oʻtadigan va nulli chiziqqa paralel boʻlgan oʻqqa nisbatan kuchdan olingan moment,ning qiymatini SHNQ 2.03.01-24 boʻyicha (ni mazkur SHNQning 114-bandiga rioya qilgan holda) aniqlash lozim.
115. — ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi kerak:
(83)
bu yerda:
— keltirilgan kesimning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi va momentning taʼsir qilish tekisligiga normal (tik) yoʻnalgan oʻqqa nisbatan doimiy va uzoq muddatli yuklardan olingan moment;
— ushbu SHNQning 77-formulasi boʻyicha aniqlanishi kerak.
116. ning qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi lozim:
— mazkur SHNQning 77-formulasiga asosan olinishi lozim.
7-§. Salqiliklarni aniqlash
117. Egilish deformatsiyalariga bogʻliq boʻlgan salqiliklar
(86)
bu yerda: (79) shartga
— element koʻchishining aniqlanayotgan yoʻnalishi boʻyicha oraliq uzunligidagi (salqilik aniqlangan) kesimga qoʻyilgan birlik kuch taʼsiridan kesimda yuzaga keladigan eguvchi moment;
— yuklardan (salqilik aniqlangan) kesimda hosil boʻlgan salqilikning toʻliq qiymati, ning qiymati ushbu SHNQning 67 va 75-formulalari boʻyicha aniqlanadi, egrilik ishorasi egri epyuraga (eguvchi moment epyurasiga) muvofiq qabul qilinishi kerak.
Eguvchi momentning ishorasi oʻzgarmaydigan har bir qismida yoriqlarga ega boʻlgan va doimiy (oʻzgarmas) kesimli elementlar uchun salqilikni eng zoʻriqqan kesim boʻyicha hisoblash lozim.
Bunday qismning qolgan kesimlari uchun egrilikni eguvchi momentlarning qiymatlariga proporsional ravishda oʻzgaradi deb hisoblash zarur.
Yuklanishning eng koʻp tarqalgan hollari uchun doimiy (oʻzgarmas) kesimli egiladigan elementning salqiligini quyidagi formula boʻyicha aniqlash lozim:
(87)
bu yerda
— elementning tayanish shartlari va yuklanish sxemasiga bogʻliq holda qabul qilinadigan koeffitsiyent;
— elementning yuklardan olingan eng katta eguvchi momentiga ega boʻlgan x (salqilik aniqlangan) kesimining salqiligi;
— elementning hisoblangan oraligʻi.
7-bob. Konstruktiv talablar
1-§. Asosiy talablar
118. Poʻlat toʻrlar bilan armaturalangan armotsement konstruksiyalarni loyihalashda ularni tayyorlash sharoitlari va talab etilgan uzoq muddat xizmat qilishi, beton va armaturaning birgalikda ishlashini taʼminlash uchun mazkur bobdagi konstruktiv talablar bajarilishi zarur.
119. Kompozit toʻrlar va/yoki sterjenli kompozit armatura bilan armaturalangan armotsement konstruksiyalarni konstruktiv jihatdan loyihalash maxsus talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Elementlar kesimlarining eng kichik oʻlchamlari
120. Armotsement konstruksiyalar elementlarining birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlar boʻyicha taʼsir qiluvchi kuchlarga hisoblash natijalaridan aniqlanadigan kesimining minimal oʻlchamlari beton himoya qatlamining qalinligiga qoʻyiladigan talablarni, armaturalarning joylashishi va ankerlanishi, armaturalash va kesimlar oʻlchamlarining unifikatsiyasi, shuningdek konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasini hisobga olib belgilanishi zarur.
121. Yuk koʻtaruvchi armotsement konstruksiyalar devorlari va tokchalarining qalinligi 15 mm dan kichik va 30 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
Chetki qirralar, bikrlik qirralari, diafragmalarni 30 mm dan katta qalinlikda (agar bu hisoblash boʻyicha talab qilingan holda) tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
40 mm dan yuqori qalinlashtirish (chetki qirralar, bikrlik qirralari, diafragmalar) SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq toʻrlarsiz bajarilishi kerak.
3-§. Betonning himoya qatlami
122. Betonning himoya qatlami, element yuzasidan armaturaning sirtigacha boʻlgan qatlam beton va armaturaning birgalikda ishlashini, konstruksiyalarni tayyorlash, montaj va foydalanish bosqichlarida armaturaning korroziyadan himoya qilinishini, konstruksiyalarning olovbardoshligini taʼminlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
Armotsement konstruksiyalarda beton himoya qatlamining loyiha qalinligi quyidagilardan kam boʻlmasligi lozim:
toʻrlar uchun — 4 mm dan;
betonning himoya qatlami chegarasida sterjenli va simli toʻrlar boʻlganda — 8 mm dan kam.
Beton himoya qatlamining qalinligi konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasi boʻyicha talablarni hisobga olgan holda belgilanishi zarur.
123. Gidroizolyatsiya qoplamasiga ega boʻlmagan armotsement konstruksiyalarda kuchlanish uzatiladigan uzunlik chegarasida zoʻriqqan armaturalar uchun beton himoya qatlamining qalinligi armaturaning ikki diametridan kam boʻlmasligi, biroq 15 mm dan oshmasligi kerak.
124. Barcha egiladigan yigʻma elementlarda zoʻriqmagan boʻylama armaturalar uchlari (oxirgi qismi) element chetidan 5 mm dan koʻp boʻlmagan masofada beton ichida joylashishi lozim.
Zoʻriqqan armaturalarni uchlari (oxirgi qismi)ni, shuningdek zulfinlar (ankerlar)ni 5 mm dan kam boʻlmagan qalinlikda donador beton qoplami bilan himoyalash zarur.
125. Loyihalashda toʻrlar, sterjenli va simli armaturalarning element kesimida loyihaviy holatda joylashishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar (qistirmalar va tagliklar, betondan ishlangan shaybalar nazarda tutilishi kerak.
Bunday talablarni bajarish imkoni boʻlmagan hollarda ruxlangan armatura va toʻrlar qoʻllanilishi kerak.
4-§. Elementlarni armaturalash
126. Armotsement konstruksiyalarning elementlarida harorat taʼsirida choʻkish kuchlanishlarining toʻrlar orqali qabul qilinishi uchun ularni (toʻrlarni) elementlar sirtidan eng kichik (minimal) masofada mazkur SHNQning 122-bandiga muvofiq joylashtirish zarur.
Sterjenli va simli armaturaning oʻz-oʻzidan zulfinlanish (ankerlanish) qismida hosil boʻladigan choʻzilishni qabul qilish uchun zich toʻqilgan toʻrlarni ushbu armatura sirtidan eng kam (minimal) masofada joylashtirish lozim.
127. Armotsement konstruksiyalar elementlarining tokcha yoki devorlari chegarasida kamida ikkita toʻr oʻrta tekislikka nisbatan simmetrik ravishda joylashtirilishi kerak.
Toʻgʻri burchak kesimli egiladigan elementlar choʻzilgan qism boʻyicha bir yoki bir nechta toʻrlar bilan armaturalanishi zarur.
Konstruktiv armaturalangan armotsement elementlarni choʻzilgan qism boʻyicha element kesimining oʻrta qismida joylashadigan bitta toʻr bilan armaturalashga yoʻl qoʻyiladi.
128. Armotsement konstruksiyalar elementlarining devor va tokchalaridagi zoʻriqqan yoki zoʻriqmagan alohida armaturalarni (kichik diametrli armaturalarni ular orasida 10 mm dan kam boʻlmagan minimal oraliq masofalarda oʻrnatishni inobatga olgan holda) kesim boʻyicha bir tekis (teng taqsimlangan holda) joylashtirilishi kerak.
129. Konstruksiyalarni armaturalashda metall sarfi, armaturalarning diametri va sinflari minimal boʻlishi inobatga olinishi lozim.
130. Armaturalarni qabul qilingan texnologiya boʻyicha qoliplarga joylashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
beton ichiga oʻrnatish uchun tayyor bogʻlamlarda boʻlishi;
qoliplash jarayonida alohida toʻrlar koʻrinishida tayyorlangan boʻlishi.
131. Armotsement konstruksiyalardagi teshiklarni qoʻshimcha armatura bilan oʻrash (hoshiyalash), bunda ushbu armaturaning kesimi teshik chegarasidagi ishchi armatura kesimidan (yaxlit plitani hisoblash boʻyicha talab qilinadigan kesimdan) kichik boʻlmasligi zarur.
Plita chetida toʻplangan yuklar boʻlganda uni armaturalash va qalinlashtirish hisoblash natijalari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
132. Armotsement konstruksiyalardagi armaturali toʻrlar devor va tokchalarning oʻrta tekisliklari kesishadigan chiziq ortiga (toʻr katagi oʻlchamidan kamida uch marta katta boʻlgan va 30 mm dan kichik boʻlmagan uzunlikda) kiritilgan boʻlishi kerak.
5-§. Nomarkaziy siqilgan elementlarni armaturalashning oʻziga xos jihatlari
133. Nomarkaziy siqilgan elementlarni siquvchi kuchlarning taʼsir qilish yoʻnalishida toʻrlar bilan armaturalash koeffitsiyenti 1,5 foizdan kam boʻlmasligi kerak.
134. Nomarkaziy siqilgan elementlardagi sterjenli va simli armaturaning diametri tokcha yoki devor qalinligining 1/2 qismidan kam va 8 mm dan katta boʻlmasligi lozim.
Toʻrlarning bukilgan joylariga sterjen (armatura kesma)lari oʻrnatilishi zarur.
135. Siqilgan elementlarga oʻrnatiladigan toʻrlarni ushbu elementlarning bikrligini oshirish maqsadida kesimning ogʻirlik markaziga nisbatan chetki holatda joylashtirish kerak.
6-§. Egiladigan elementlarni armaturalashning oʻziga xos jihatlari
136. Koʻndalang kesimlari tavr, qoʻshtavr shaklida boʻlgan (tokchasi elementning choʻzilgan qismida joylashgan) egiladigan elementlarda boʻylama sterjenli yoki simli armaturalarni kesimning choʻzilgan qismiga elementning vertikal oʻqiga nisbatan simmetrik holatda joylashtirish zarur.
137. Elementlarni koʻndalang armaturalash kvadrat katakli toʻrlar bilan amalga oshirilishi lozim.
138. Egiladigan elementlarning tokchalaridagi koʻndalang armaturalar ushbu SHNQning 132-bandiga muvofiq zulfinlanishi (ankerlanishi) kerak.
139. Silindr, burma va qutisimon elementlarni uzluksiz toʻrlar bilan (ushbu toʻrlarning qirralar boʻylab birikkan joylarini bukish bilan) armaturalash zarur.
140. Egiladigan elementlardagi sterjenli va simli armaturalarning diametri armaturalarni devorning yupqa kesimi yoki qalin qismiga joylashtirish imkonini taʼminlashi lozim.
Diametri 8 mm va undan katta boʻlgan sterjenli va simli armaturalarni, shuningdek diametri 6 mm dan katta boʻlgan simli arqon (kanat)larni faqat elementlarning qirralarida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
7-§. Armaturalar orasidagi eng kam masofa
141. Zoʻriqqan armaturalar orasidagi eng kam masofa (minimal) masofadan kam boʻlmasligi kerak.
bu yerda:
— sterjen (sim arqon)ning diametri.
142. Armaturali toʻrlarning alohida (toʻrlar bilan armaturalashda fiksator rolini bajaruvchi) sterjenlari orasidagi masofa 15 cm dan oshmasligi zarur.
143. Armotsement konstruksiyalarni elementning butun uzunligi boʻylab beton bilan birikkan holda ishlaydigan armatura nazarda tutgan holda loyihalash lozim.
Zarurat boʻlganda, zulfinlash qismini qisqartirish uchun zulfin (ankerlar)ni qoʻllashga (oʻrnatishga) yoʻl qoʻyiladi.
144. Egiladigan yassi elementlarning erkin tayanchlarida (ushbu tayanchlargacha yetib boradigan) toʻrlarning zulfinlanishi (ankerlanishini) taʼminlash uchun quyidagi talablar bajarilishi zarur:
plitaning tayanish qismi uzunligi dan kam boʻlmasligi va 40 mm dan oshmasligi (bu yerda — — plita qalinligi);
armaturaning tayanchga ilinish (tayanish) uzunligi payvandlanadigan toʻrlar uchun — dan, toʻqilgan toʻrlar uchun — dan kam boʻlmasligi;
qoʻsh (kombinatsiyalashgan) armaturalashda — dan kam boʻlmasligi.
145. Choʻzilgan va siqilgan armaturalarning boʻylama sterjenlari element oʻqiga normal (tik) boʻlgan oxirgi kesimdan chiqib turishi, bunda ushbu armaturalar SHNQ 2.03.01-24 talablariga muvofiq aniqlanadigan dan kichik boʻlmagan uzunlikda toʻliq hisobiy qarshilik bilan hisobga olinishi kerak.
146. Mazkur SHNQning 145-bandidagi talablarni bajarishning imkoni boʻlmagan hollarda boʻylama sterjenlarning qaralayotgan kesimda toʻliq hisobiy qarshilik bilan ishlashini taʼminlash uchun ushbu sterjenlarni zulfinlash (ankerlash) boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi zarur:
sterjenlarning uchlariga zulfinlovchi (ankerlovchi) plastina yoki mahkamlovchi detallarni payvandlash;
diametrli aylana yoyi boʻyicha zulfinlash (ankerlash) sterjenlarini bukish, bunda zulfinlangan qismning boshidagi toʻgʻri chiziqli boʻlakning uzunligi dan kam boʻlmasligi, sterjenning bukilgan boʻlagida qoʻshimcha toʻr oʻrnatilgan boʻlishi.
147. Boʻylama choʻzilgan toʻrlar element oʻqiga normal (tik) boʻlgan kesimdan chiqarilishi, bunda ularning chiqarilish uzunligi payvandlangan toʻrlar uchun va toʻqilgan toʻrlar uchun dan kam boʻlmasligi zarur.
9-§. Simli va sterjenli toʻrlarning tutashgan joylari
148. Toʻrlarning tutashtirib ulashni (bundan buyon matnda tutashmalar deb yuritiladi) toʻrlarning oxirgi qismlarini bir-biriga kiritib (bundan buyon matnda kiritib deb yuritiladi) amalga oshirish lozim, bunda egiladigan yoki nomarkaziy siqilgan elementlarning choʻzilgan qismidagi tutashmalarni armaturaning toʻliq foydalanilmaydigan joylariga joylashtirish lozim.
149. Choʻzilgan toʻrlarning ishchi yoʻnalishda kiritib bajariladigan tutashmalari toʻqilgan toʻrlarda 100 mm dan va payvandlangan toʻrlarda 60 mm dan kam boʻlmagan uzunlikdagi chiqarmalarga, siqilgan toʻrlar esa mos ravishda 50 va 30 mm uzunlikdagi chiqarmalarga ega boʻlishi kerak.
Tutashtirib ulangan toʻrlarning bitta joydagi yoki kiritib ulangan joylaridagi choʻzilgan toʻrlarning umumiy kesimining 50 foizdan katta boʻlmasligi kerak.
150. Toʻrlarning ishchi yoʻnalishda tutashtirilgan joylarida tutashtiriladigan toʻrlarning har birida kiritilib ulanadigan uzunlik boʻyicha payvandlangan toʻrlar uchun 4 tadan kam boʻlmagan koʻndalang (toʻrning barcha boʻylama sterjenlariga payvandlangan) simlar boʻlishi, toʻqilgan toʻrlar uchun 6 tadan kam boʻlmagan koʻndalang simlar boʻlishi kerak.
151. Yupqa devorli armotsement elementlarda toʻliq hisobiy qarshilikka ega boʻlgan simli va sterjenli armaturalarni kiritib tutashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
152. Nomarkaziy siqilgan elementlarda toʻrlarni koʻndalang yoʻnalishda oʻzaro burab, qisib yoki boshqa usullar bilan birlashtirish (tutashtirib ulash) kerak.
10-§. Mahkamlashga moʻljallangan detallar
153. Oʻrnatilgan qismlarning konstruksiyalari SHNQ 2.03.01-24 hamda GOST 14098-2014 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Qistirma detallar taramli (refyonnoy) shtamplangan qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan plastinalardan tayyorlanib kontakt elektr payvandlash yoʻli bilan armaturali buyumlar va diametri 3 — 6 mm li (ushbu SHNQning 17-rasmi) zulfinli oʻqlarga payvandlanishi lozim.
154. Poʻlat qistirma detallar korroziyadan SHNQ 2.03.01-24 talablariga mos ravishda himoyalangan boʻlishi kerak.
11-§. Yigʻma elementlarni tutashtirish
155. Tutashgan joylarda qistirma detallar orqali kuchlanishlar uzatilsa, ularning materiallari zulfinli oʻqlari ulanayotgan elementlarni armaturalari bilan bir xil mustahkamlikka ega boʻlishi kerak.
Yigʻma elementlarni tutashtirish quyidagi usullarning biri bilan amalga oshirilishi lozim:
elementlarning yon tomoni toʻldiruvchi detallarni diafragmalar oʻrnatib va poʻlat qistirma detallarni diafragma tuynugidan oʻtkazilgan ustiga plastinalari payvandlab tutashgan joyini monolitlab qoʻyish;
konturli qirralar oʻrnatib oʻqli va simli armaturalarning chiqib turgan joylarini yoy bilan payvandlab va tutashtirilayotgan element va qirralarni yoy bilan payvandlab monolitlash;
oldindan zoʻriqqan oʻqlar yordamida elementlarni ulab va monolitlab, shuningdek quruqligicha epoksidni yonlariga surkab va tutashtirib;
yigʻma monolit konstruksiyalarda zoʻriqqan va zoʻriqmagan simlar yordamida tutashtirib.
156. Yigʻma elementlarning choklarini monolitlashda elementlar orasidagi choklarni mayda donador beton bilan toʻldirib amalga oshirish lozim.
Chokning eni dan koʻp va 0.5 sm dan kam boʻlmasligi kerak.
Eni 1 sm dan kam boʻlgan choklarni polimerbeton yordamida monolitlashga yoʻl qoʻyiladi.
12-§. Oldindan zoʻriqqan elementlarga qoʻshimcha talablar
157. Oldindan zoʻriqqan elementlarning siqilgan qism doirasida toʻr armalashda ishlatilayotgan toʻrlar soni minimal, biroq ikkitadan kam boʻlmasligi kerak.
158. Zulfinlash usulidan qatʼiy nazar, ( armaturaning katta diametri) uzunlikdagi maydondagi zoʻriqqan armaturaning zulfinlangan qismida oldindan zoʻriqqan elementning uchiga ushbu armaturaga nisbatan simmetrik ravishda ikkitadan kam boʻlmagan qoʻshimcha toʻr oʻrnatilishi kerak.
159. Zoʻriqqan oʻzaklarni zulfinlash uchun 10 G2S1 GOST 19281-2014 boʻyicha markali poʻlatdan tayyorlangan zulfinli shaybalar, oʻqli va simli armaturalarning tushirilgan kallalaridan foydalanish kerak.
Agar betonning loyihadagi markasi va uzatish mustahkamligi SHNQ 2.03.01-24 da keltirilgan qiymatlardan yuqori va zoʻriqqan armaturaning beton himoya qatlamining qalinligi mazkur SHNQning 122-123-bandlarining talablariga mos kelsa zoʻriqqan oʻqli va simli armaturalarning uchida zulfinli moslamalarni qoʻllamaslikka yoʻl qoʻyiladi.
SHNQ 2.03.03-21 “Armotsement konstruksiyalar” shaharsozlik normalari va qoidalariga 1-ILOVA
Asosiy harfiy belgilar
Elementning koʻndalang kesimidan tashqi yuklanishlar va taʼsirlar va oldindan zoʻriqqanlik tufayli kuchlanishlar
eguvchi moment momenti;
yoriqlar paydo boʻlishi paytida elementning boʻylama oʻqiga normal boʻlgan kesim tomonidan qabul qilingan moment;
nol chiziqqa parallel boʻlgan atrofida va kuchlanish zonasidan eng uzoqqa joylashgan yadro nuqtasidan oʻtuvchi, chidamliligi aniqlanadigan kuch momenti;
doimiy va uzoq muddatli yuklangan momentning harakat tekisligiga normal oʻq atrofidagi va qisqartirilgan qismning ogʻirlik markazidan oʻtuvchi moment;
boʻylama kuch;
oldingi siqilishdan elementdagi kuch;
barcha yoʻqotishlarni hisobga olgan holda boʻylama kuch va oldindan kuchlanish kuchining natijasi;
koʻndalang kuch;
egimli yoriqni kesib oʻtuvchi toʻrning koʻndalang simlari tomonidan qabul qilingan koʻndalang kuch;
qiya kesimdagi siqilgan zonaning beton tomonidan qabul qilingan koʻndalang kuch;
barcha yoʻqotishlarni oʻz ichiga olgan oldingi kuchlanish kuchi.
Materiallar tasnifi
mayda donador betonning tegishli ravishda birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlar uchun siqilishga hisobiy qarshiliklari;
mayda donador betonning tegishli ravishda birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlar uchun choʻzilishga hisobiy qarshiliklari;
simli va oʻqli zoʻriqmagan va zoʻriqqan armaturalarning hisobiy qarshiliklari;
beton kesimining siqilgan qismi uchun hisobiy keltirilgan qarshilik;
birinchi guruh chegaraviy holatlar uchun toʻrlarni choʻzilishga hisobiy qarshiligi;
qiya kesimlardagi koʻndalang kuchga hisoblangan toʻrlarning choʻzilishga hisobiy qarshiliklari;
toʻrlarning siqilishga hisobiy qarshiliklari;
mayda donador betonning siqilish va choʻzilishda boshlangʻich elastiklik moduli;
toʻrlarning elastiklik moduli;
armaturaning keltirilgan elastiklik moduli;
toʻrli armaturaning qayishqoqlik moduli ning betonniki ga nisbati, oʻqli va simli armaturalarning qayishqoqlik moduli;
siqilgan va choʻzilgan qismlardagi uzunlik birligiga toʻr simlarining kesim yuzasi;
zoʻriqqan oʻqli armaturaning siqilgan va choʻzilgan qismlaridagi en birligiga toʻgʻri kelgan kesim yuzasisiqilgan va choʻzilgan qismlardagi uzunlik birligiga toʻr simlarining kesim yuzasi;
siqilgan qismdagi betonning kesim yuzasi;
zoʻriqmagan oʻqli armaturaning siqilgan va choʻzilgan qismlardagi en birligiga toʻgʻri kelgan kesim yuzasi;
zoʻriqqan oʻqli armaturaning siqilgan va choʻzilgan qismlardagi en birligiga toʻgʻri kelgan kesim yuzasi;
qiya yoriqlar ichida joylashgan koʻndalang oʻqlarning kesim maydoni;
choʻzilgan va siqilgan kesim yuzlari darajasida aniqlangan, oldindan siqish kuchi taʼsirida choʻkishi va siljishi natijasida yuzaga kelgan betonning nisbiy deformatsiyasi;
choʻzilgan va siqilgan qismlarda mos ravishda uzunlik birligiga toʻrlarning koʻndalang kesimi maydonlarining element qalinligiga nisbatan teng boʻlgan toʻrni armalash koeffitsiyenti;
choʻzilgan va siqilgan qismlar uchun tegishli ravishda toʻrlanganga keltirilgan armalanish koeffitsiyentlari;
tegishli ravishda zoʻriqmagan va zoʻriqqan qismlarning oʻqli va turli armaturalar yordamida armalash koeffitsiyentlari;
Ikki tavrli kesimning tegishlicha siqilgan va choʻzilgan tokchalarining qalinligi;
kesimning eni;
ikki tavrli kesimning tegishlicha siqilgan va choʻzilgan tokchalarining eni;
toʻgʻri burchakli, tavrli va ikki tavrli kesimlarning balandligi;
tupli siqilgan va choʻzilgan armaturalarning teng taʼsir etuvchisidan kesimning eng yaqin tomonigacha masofa;
tashqi yuklama tufayli yoriqning ochilish kengligi;
maksimal ruxsat etilgan yoriq ochilish kengligi;
doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli yuklamalarning uzoq muddatli taʼsiridan yoriqlar ochilishining kengligi;
doimiy va vaqtinchalik ( uzoq muddatli va qisqa muddatli) yuklamalarning qisqa taʼsiridan yoriqlar ochilishining kengligi;
doimiy va vaqtinchalik uzoq muddatli yuklamalarning qisqa taʼsiridan yoriqlar ochilishi kengligi;
moyillik burchagi 45º boʻlgan qiya yoriqning proyeksiyasi;
a — turlar, b — birlashtirilgan, 1 — zich toʻqilgan matoli toʻrlar, 2 — zich toʻqilgan ingichka payvandli toʻrlar, 3 — novdali yoki simli armatura
Yoriqlar ochilishining chegaraviy yoʻl qoʻyiladigan kengligi
1-jadval
Konstruksiya elementlarining ishlash sharoiti
Armotsement konstruksiyalarning yoriqbardoshligiga qoʻyiladigan talablar toifasi va armaturalashda yoriqlarning ochilish kengligi va ning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy qiymatlari,mm
Qoʻsh armaturalash
Toʻrlar bilan armaturalash
Qoʻsharmaturalash
Toʻrlar va sinfiA240, A300, A400 boʻlgan va sterjenli armatura hamdasinfi V500 va Vr500 simli armatura bilan armaturalash
Ruxlangan toʻrlar va sinfi Vr1200 dan Vr1500 gacha boʻlgan ruxlangan simli armatura, K-7sinfli kanat bilan armaturalash
Toʻrlar va sinfi A600, A800 boʻlgan sterjenli armatura, sinfi Vr1200 dan Vr1500 gacha boʻlgan, simlarining diametri 4 mmva undan katta boʻlgan K-7 sinfli kanat bilan armaturalash
Toʻrlar va sinfi A1000 boʻlgan sterjenli armatura, sinfi Vr1200dan Vr1500 gacha boʻlgan simli armatura,simlarining diametri 4 mm*dan kichik boʻlgan K-7 sinfli kanat bilan armaturalash
Elementlar
1. Toʻliq choʻzilgan yoki qisman siqilgan kesimli suyuqlik yoki gaz bosimi taʼsirida boʻladigan elementlar
2-toifa
2-toifa*
1-toifa**
1-toifa
1-toifa
2. Nam yoki hoʻl rejimdagi xonalarga ega boʻlgan va isitiladigan binolarda, shuningdek ochiq havoda va atmosfera yogʻingarchiliklari bilan namlanadigan sharoitlarda isitilmaydigan binolarda foydalanadigan
2-toifa
2-toifa
1-toifa**
1-toifa
1-toifa
3. Xonalaridagi ichki havoning nisbiy namligi 60 dan 75 foizgacha boʻlgan isitiladigan binolarda foydalanadigan
2-toifa
2-toifa
2-toifa
2-toifa
1-toifa
4.Xonalaridagi ichki havoning nisbiy namligi 60 foizgacha boʻlgan va konstruksiyalari muntazam ravishda namlanmaydigan isitiladigan binolarda foydalanadigan
2-toifa
2-toifa
2-toifa
2-toifa
2-toifa
Izoh:
1. Yoriqbardoshlikka qoʻyiladigan talablarning toifasi toʻrlar himoya qatlamining qalinligi Oʼz DSt 9.306:1996ga muvofiq 30 mkm boʻlganda qabul qilingan.
2. Asoslangan hollarda toʻrlar bilan armaturalashga yoʻl qoʻyiladi.
Yuklamalar va yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti
Quyidagi hisoblarda qabul qilinadigan yuklanishlar va yuklanish boʻyicha aniqlanadigan ishonchlilik koeffitsiyenti
Yoriqlar hosil boʻlishida.
Yoriqlar kengashida
Qisqa muddatli
Uzoq muddatli
1-toifa
*boʻlganda doimiy, davomiy va qisqa muddatli
-
-
2-toifa
boʻlganda doimiy, davomiy va qisqa muddatli yuklanishlar (hisoblar yoriqlar kengayishini tekshirish zarurati tugʻilganda bajariladi)
boʻlganda davomiy va qisqa muddatli yuklanishlar
boʻlganda doimiy va davomiy yuklanishlar
Izohlar:
1. Yuklanish boʻyicha ishonchlilik koeffitsiyenti mustahkamlikni hisoblanganidagi kabi qabul qilinadi.
2. Doimiy va qisqa muddatli yuklanishlar SHNQ 2.03.01-24da keltirilgan talablarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
3. Yoriqlar hosil boʻlishi hisoblarida maxsus yuklanishlar yoriqlar favqulodda holatlar (portlash, yongʻin)ga olib kelishi mumkin boʻlganda bajariladi.
Betonning ishlash sharoiti koeffitsiyenti
3-jadval
Kuchlanish nisbati (ili)
Byetonning ishlash sharoiti koeffitsiyenti
±0
1
-0,5
0,9
-1
0,8
Izoh. Kuchlanishlar nisbatining oraliq qiymatlariga toʻgʻri keladigan koeffitsiyent chiziqli interpolyatsiya usuli bilan aniqlanadi.
1-guruh chegaraviy holatlar uchun toʻrlarning hisobiy qarshiliklari
4-jadval
Toʻrlar turi
Simlarning diametri, mm
1- Guruh chegaraviy holatlar uchun toʻrlarning hisobiy qarshiliklari
Qiya kesimlarni koʻndalang kuch taʼsiriga hisoblashda koʻndalang simlarning choʻzilishiga
1. GOST 3826-82 boʻyicha toʻqilgan toʻr
0,7
1
1,1
1,2
245_
2500
206_
2100
245_
2500
2. Payvandlangan toʻr
0,5
0,6
Izoh:Chiziqning ustidagi qiymatlar MPa, tagidagilar esa kgf/sm2 da keltirilgan.
Toʻrlarning ishlash sharoitlarining koeffitsiyentlari
5-jadval
Kesimning siqilgan toʻrli armalash koeffitsiyenti
Koeffitsiyent
0,015 dan kam
1
0,015 — 0,025
0,75
2-rasm. Mustahkamligini hisoblash uchun elementning boʻylama oʻqiga normal yoʻnalishda boʻlgan kesimdagi ichki kuchlanishlar va zoʻriqishlar epyuraning sxemasi 1 — turlar, 2 — elementning kesimi boʻyicha tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar, 3 — jamlangan oʻqli yoki simli armaturalar
3-rasm. Toʻgʻri burchakli kesimlarning egiladigan armaturalardagi kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqish epyurasi
a) - ; b) - boʻlgan holda, 1 — toʻrlar, 2 — armaturaning kesimi boʻyicha bir tekisda tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar oʻzakli yoki simli armaturalarning, element kesimida bir tekis taqsimlangunga qadar qisqartiriladi
4-rasm. Toʻplangan oʻqli va simli armaturalangan toʻgʻri burchakli kesimli epyura elementlardagi kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqish epyurasi: 1 — toʻr, 2 — elementning kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar, 3 — toʻplangan oʻqli yoki simli armaturalar
5-rasm. boʻlganda ikki tavrli kesimlarning epyuradagi elementlaridagi kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqish epyurasi 1 — toʻr, 2 — elementli kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar
6-rasm. boʻlganda ikki tavrli kesimlarning egiladigan elementlaridagi kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqish epyurasi 1 — yupqa toʻrlar, 2 — elementning kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar
7-rasm. siqilgan qismning tokchasi mavjud boʻlgan tavrli kesimning egilgan elementlarida kechlanishlar sxemasi va zoʻriqishlar epyurasi 1 — yupqa toʻrlar, 2 — elementning kesimi boʻyicha tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar oʻzakli yoki simli armatura, 3 — toʻplangan oʻqli yoki simli armaturalar
8-rasm. boʻlganda siqilgan qismida tokchasi mavjud boʻlgan tavrli kesimning egiladigan elementlarida kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqishlar epyurasi 1 — yupqa toʻrlar, 2 — elementlarning kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar, 3 — toʻplangan oʻqli yoki simli armaturalar
9-rasm. Armalangan sement elementlarning mustahkamligini hisoblashda qabul qilinadigan halqasimon kesimning sxemasi
10-rasm. boʻlganda ikki tavrli kesimlarning nomarkaziy siqilgan elementlardagi kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqishlar epyurasi 1 — yupqa toʻrlar, 2 — elementning kesimi boʻyicha tarqalgan oʻqli yoki simli armaturalar
11-rasm. boʻlganda ikki tavrli kesimlarning nomarkaziy siqilgan elementlarning kuchlanishlar sxemasi va zoʻriqishlar epyurasi 1 — yupqa toʻrlar, 2 — elementning kesimi boʻyicha bir tekis tarqalgan oʻqli yoki simli
12-rasm. Kesim doirasida boʻylama kuch taʼsir qilgan vaqtda toʻgʻri burchakli nomarkaziy choʻzilgan elementlarning kuchlanishlari epyurasi 1 — toʻr, 2 — oʻqli yoki simli armatura
13-rasm. Kesim chegarasidan tashqari boʻylama kuch taʼsir qilgan vaqtda toʻgʻri burchakli nomarkaziy choʻzilgan elementlardagi kuchlanishlar epyurasi 1 — toʻr, 2 — oʻqli yoki simli armatura
14-rasm. Koʻndalang kuch taʼsiriga mustahkamlikni hisoblashda boʻylama oʻqqa nisbatan qiya joylashgan kesimdagi kuchlanishlar
15-rasm. Armotsement elementlar kesimining poʻlat kesimga keltirish sxemasi a — armotsement elementning kesimi, b — poʻlat kesimga keltirilgan kesim
Element bikrligining pasayishini hisobga oluvchi koeffitsiyent
6-jadval
Kesimning choʻzilgan qismini armaturalash
Armaturalash koeffitsiyenti , foizda
Elementlar uchun k koeffitsiyent
egilgan va choʻzilgan elementlar
nomarkaziy siqilgan elementlar
Toʻrlar bilan armaturalashda
toʻqilgan
1,5 dan katta emas
0,08
0,16
1,5 dan 3 gacha
0,16
0,32
payvandlangan
1,5 dan katta emas
0,1
0,2
1,5 dan 3 gacha
0,2
0,4
Qoʻshib (kombinsiyalab) armaturalashda
toʻqilgan
1,5 gacha
0,08
0,16
payvandlangan
1,5 gacha
0,1
0,2
toʻqilgan
1,5 dan 3 gacha
0,1
0,22
payvandlangan
0,12
0,25
16-rasm. Yassi egilgan elementlarning erkin tayanish sxemasi
18-rasm. Toʻrlarning ustma-ust ulangan tutashmalari a — choʻzilgan toʻqilgan toʻrlarning ishchi yoʻnalishdagi tutuashmalari, b — choʻzilgan toʻqilgan toʻrlarning ishchi yoʻnalishdagi konstruktiv tutashmalari, v — payvandlangan toʻrlarning ishchi yoʻnalishdagi tutuashmalari, g — payvandlangan toʻrlarning ishchi yoʻnalishdagi konstruktiv tutashmalari
19-rasm. Nomarkaziy siqilish va koʻndalang kuch taʼsirida ishlaydigan taxlangan yigʻma armotsement konstruksiyalarning tutashmalari (tutashgan joylari)
a — konturli diafragma yordamida poʻlat detallar va armaturalarning ortigʻini payvandlab soʻng monolitlab tutashtirilgan chok;
b — armaturaning choʻzib bajariladigan tutashtirilgan chok;
1 — taxlangan element (element), 2 — diafragma, 3 — poʻlatdan tayyorlangan ustki plastina;