1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qarori ijrosini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish asosida paxtachilik sohasida manfaatdorlikni va qoʻshilgan qiymat hajmini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga muvofiq:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari (keyingi oʻrinlarda — kooperatsiyalar) tashkil etilganligi hamda ularning asosiy vazifalari belgilab berilganligi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
2. Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlariga belgilangan imtiyozlar kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
kooperatsiyalarga paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkil etilmagan hududlardagi paxta tozalash korxonalari ixtiyoriy ravishda aʼzo boʻladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
kooperatsiyalar aʼzolari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosini paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining kooperatsiyalarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyishning quyidagi tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar]
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida foydalanilmayotgan boʻsh yer maydonlarini belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarining zaxirasiga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida kooperatsiyalar tomonidan ilgʻor xorijiy tajribalar hamda resurs tejovchi innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini tashkil qiladi;
kooperatsiyalar bilan paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni muvofiqlashtirib boradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
kooperatsiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, hosildorlikni oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish, agrotexnik tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli amalga oshirishga koʻmaklashadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
kooperatsiyalar va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarini urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari hamda boshqa moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini belgilaydi;
v) kooperatsiyalar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
paxta xom ashyosini qabul qilib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash va tayyor mahsulotni eksport qilish boʻyicha samarali ish yuritish tizimini joriy qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
kooperatsiya aʼzolariga ilmiy asoslangan agronomik, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy va boshqa turdagi konsultativ xizmatlar koʻrsatadi, zaruratga koʻra, soha olimlari va koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari talablari asosida urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslarini yetkazib beradi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kooperatsiyalar bilan paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuziladigan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxta xarid qilish shartnomasining namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda paxta tozalash korxonalari va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari oʻrtasida tuzilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish boʻyicha shartnomalarning kooperatsiyalar bilan qayta tuzilishini taʼminlasin.
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ bilan birgalikda:
bir oy muddatda paxta tozalash korxonalaridagi davlat ulushlarini nominal va balans qiymatlarida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga berilishini;
ikki oy muddatda kooperatsiya tarkibiga kiritiladigan korxonalarning ustav kapitaliga kiritilmagan faoliyat yoʻnalishiga aloqador boʻlmagan yer maydonlari, bino-inshootlari va mol-mulklarini belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkazilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
398-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 398-son qaroriga ILOVA
Fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
1. Mazkur Nizom paxta tozalash korxonalari negizida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy birlashishi asosida paxta xom ashyosi yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha kooperatsiyalarni (keyingi oʻrinlarda — kooperatsiya) tashkil etish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
2. Kooperatsiya uning muassislari va aʼzolari saʼy-harakatlarini, ularning moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etilib, paxta xom ashyosini yetishtirish, tashish, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish bilan bogʻliq tarmoqlarni yagona tizimga birlashtiradi.
2-bob. Kooperatsiyaning asosiy vazifalari va faoliyat prinsiplari
3. Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
paxta xom ashyosini yetishtirish bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun soha olimlari va koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilib, ilmiy asoslangan agronomik tavsiyalarni berib borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
paxta xom ashyosi yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari talablari asosida urugʻlik, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy-texnika resurslarini hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari va uskunalarni yetkazib berish, mexanizatsiya, transport va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati]
kooperatsiya aʼzolari bilan tuzilgan shartnomalar asosida paxta xom ashyosini tashish, tayyorlash, saqlash, tegirmon usulida qayta ishlash, tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
kooperatsiya aʼzolariga hisobot yuritish, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalar bilan hamkorlik qilish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.05.00 Birja orqali alohida mahsulot va mol-mulk turlarini sotish]
kooperatsiya tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birja savdolarida ichki isteʼmolchilarga sotish.
4. Kooperatsiya faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
kooperatsiyaga aʼzolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
kooperatsiya aʼzolari mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmi va sifatiga qarab haq toʻlash;
yakuniy daromadni (foydani) kooperatsiya aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperatsiyaning har bir aʼzosi — bir ovozga ega boʻlishi)ni taʼminlash;
kooperatsiya ustavida nazarda tutilgan tartibda uning faoliyati kooperatsiya aʼzolari tomonidan nazorat qilinadi;
yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligi oshirilishini taʼminlash.
3-bob. Paxta tozalash korxonalari negizida kooperatsiyalarni tashkil etish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
5. Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi hamda eksport qiluvchi korxonalar kooperatsiyalarning muassislari boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
6. Kooperatsiyalar uning muassislari tomonidan ixtiyoriy tartibda paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
7. Kooperatsiyalarni taʼsis etishda uning muassislari oʻzlarining mustaqilligini saqlab qoladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
8. Kooperatsiyalar tarkibida paxta xom ashyosini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, qayta ishlash, ularning marketingini olib borish, ilmiy taʼminot va boshqalar boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
9. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari kooperatsiyaning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishiga haqli emas.
12. Kooperatsiyaning ustavi aʼzolarning umumiy yigʻilishida qabul qilinadi hamda umumiy yigʻilish qaroriga asosan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
17. Kooperatsiyaning foyda va zararlarini taqsimlash tartiblari moliyaviy yil yakunlangandan keyin ikki oy davomida kooperatsiya aʼzolarining umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi.
18. Kooperatsiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk]
19. Kooperatsiyaning mustaqil balansida oʻz ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablagʻlari, pay badallari, shuningdek, boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
20. Kooperatsiyaning mol-mulki oʻz aʼzolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ularni sotishdan tushgan va ustavida nazarda tutilgan boshqa faoliyatlardan kelgan daromadlar hamda qonunlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.06.00 Ishlab chiqarish kooperativlari]
21. Kooperatsiyaning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek, mazkur kooperatsiyaga aʼzo boʻlmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar toʻlash yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
6-bob. Kooperatsiyaning paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlari
22. Paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish shartnomasi fuqarolik qonun hujjatlari talablari asosida tuziladi, bunda mahsulot narxini haqiqiy xarajatdan kelib chiqqan holda aniqlash, mahsulot yetishtiruvchilarni urugʻ bilan taʼminlash, agrotexnika va agrokimyo xizmatlari, yangi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berish, axborot-maslahat xizmatlari koʻrsatish nazarda tutiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
23. Paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani xarid qilish shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnomaning predmeti, gʻoʻzaning seleksiya navi nomi, reproduksiyasi, urugʻlik paxtaning miqdori (tonna) va uni topshirishning soʻnggi muddatlari;
moliyalashtirish tartibi;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
shartnomaning bajarilishi, paxta xom ashyosini yetkazib berish tartibi va shartlari, topshirish-qabul qilib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) punktlari va davrlari (muddatlari);
hisob-kitoblar tartibi, shakli va muddatlari, tomonlarning toʻlov, pochta va yuklab joʻnatish rekvizitlari;
shartnomaning majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
nizolar, fors-major holatlarini hal etish tartibi, tomonlarning rekvizitlari, shartnoma tuzilgan sana va joy.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
24. Paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari bilan munosabatlarda kooperatsiya quyidagilarni taʼminlashi lozim:
shartnomada nazarda tutilgan ekin turi urugʻining navi, avlodi, hajmi boʻyicha kelishilgan muddatda yetkazib berish;
yetkazib berilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani qabul qilish, sifatini aniqlash hamda shartnomada belgilangan muddat va tartibda mahsulot uchun tegishli haqni toʻlash va boshqalar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
25. Kooperatsiya bilan munosabatlarda paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
kooperatsiyadan olingan urugʻlikdan maqsadli foydalanish hamda belgilangan yer maydoniga kooperatsiyadan qabul qilib olingan gʻoʻzaning seleksion navi urugʻlik chigitini toʻliq ekish;
kooperatsiya tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan urugʻlik qiymati va paxta xom ashyosini yetishtirish uchun oʻziga yetkazib berilgan tovar-moddiy qiymatliklarga toʻlovlarni paxta terimi boshlangunga qadar amalga oshirish;
shartnomada koʻrsatilgan mahsulotni kooperatsiya bilan kelishilgan manzilga topshirish-qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan muddatda yetkazib berish;
topshirilayotgan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini taʼminlash;
shartnomaning majburiyatlari bajarilmagan hollarda kooperatsiya tomonidan koʻrsatilgan xizmatlardan mavjud boʻlgan qarzdorliklarni qoplash;
7-bob. Hisob va hisobot
26. Kooperatsiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni yuritadi.
27. Kooperatsiyaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda taqdim etiladi.
28. Kooperatsiya tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma va litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari bilan shugʻullanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq tegishli ruxsatnoma va litsenziya olishi shart.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 09/20/398/0794; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)