1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3230]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
1. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
70-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2020-yil 25-martdagi 70-son buyrugʻiga ILOVA
Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi PQ-4567-son “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
1. Mazkur Nizom talablari “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hududiy “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga (bundan buyon matnda “Agropilla” MCHJ deb yuritiladi) tegishli boʻlgan tutzorlarga (bundan buyon matnda tutzorlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
2. Tutzorlar “Agropilla” MCHJ tomonidan aholiga (oilaga) oilaviy pudrat asosida pilla yetishtirish mavsumi boshlanishidan oldin tanlov asosida ajratib beriladi.
2-bob. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
3. “Agropilla” MCHJ tomonidan tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga (oilaga) ajratish boʻyicha tanlov (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) mavsum boshlanishidan kamida 1 oy oldin oʻtkazilishi haqida mahalliy ommaviy axborot vositalarida eʼlon beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
4. Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga (oilaga) ajratib berish maqsadida “Agropilla” MCHJ rahbarining qarori bilan mazkur jamiyat xodimlaridan 5 nafardan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda Tutzorlarni oilaviy pudrat asosida aholiga ajratib berish boʻyicha tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga kiritilgan shaxslar oilaviy pudratchi sifatida tanlovda ishtirok etishlari taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
5. Oila boshligʻi yoki oilaning voyaga yetgan boshqa aʼzosi (bundan buyon talabgor deb yuritiladi) oilaviy pudrat asosida tutzorlarni ajratib berish haqida tanlov eʼlon qilingandan keyin bir oy ichida Komissiyaga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Arizada talabgorning mehnatga layoqatli doimiy ish joyiga ega boʻlmagan oila aʼzolari soni, tutzorlarga ishlov berish va tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bilim va tajribasi hamda talabgorda tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bino va inshootlar hamda shart-sharoitlar mavjudligi haqida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
6. Talabgorlarning arizalari Komissiya tomonidan 7 kun muddatda koʻrib chiqiladi, bunda Komissiya zarur hollarda arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni manzil boʻyicha joyiga borib oʻrganishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
7. Talabgor quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
oilaning mehnatga layoqatli doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolarining mavjudligi va ularning soni;
oila aʼzolarining tutzorlarga ishlov berish va tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bilim va tajribaga egaligi;
tut ipak qurtini parvarishlash uchun zarur bino va inshootlar hamda shart-sharoitlar mavjudligi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
8. Komissiya mazkur Nizomning 7-bandida keltirilgan mezonlarga muvofiq talabgorga tutzorlarni oilaviy pudrat asosida ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida xulosa qiladi va “Agropilla” MCHJ rahbariga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
9. “Agropilla” MCHJ rahbari Komissiya xulosasiga muvofiq tutzorlarni oilaviy pudrat asosida ajratib berish toʻgʻrisida 3 kunlik muddatda qaror qabul qiladi va talabgorga bu haqda yozma yoki elektron tarzda xabar beradi.
“Agropilla” MCHJ rahbarining qarorida oilaviy pudrat asosida talabgorlarga ajratiladigan tutzorlarning oʻlchami, ularning joylashgan manzili, talabgorning talabi qondirilmagan taqdirda esa, uning asoslangan sababi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
10. “Agropilla” MCHJga tegishli boʻlgan tutzorlar oilaviy pudratchilarga 1 gektardan 3 gektargacha va 5 yil muddatga foydalanish uchun ajratiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
11. Tutzorlarni ajratib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan soʻng “Agropilla” MCHJ rahbari va talabgor oʻrtasida tutzorlarni ipak qurti boqish va pilla mahsuloti yetishtirish uchun oilaviy pudrat asosida ajratib berish boʻyicha 5 yil muddatga shartnoma (bundan buyon matnda oilaviy pudrat shartnomasi deb yuritiladi) tuziladi.
12. Oilaviy pudrat shartnomasi “Agropilla” MCHJ rahbari va talabgor tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
13. Oilaviy pudrat shartnomasida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
shartnoma tuzilgan sana va joy;
shartnoma predmeti;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
tutzorlardan foydalanish shartlari, tomonlarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq tut daraxtlarining barg hosildorligi, yerni meliorativ holati, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
yetishtiriladigan tirik pilla mahsulotining miqdori va sifati;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
yetishtirilgan pilla mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni sotish shartlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
tutzorlarni sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan oilaviy pudratchini taʼminlash;
tomonlarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning kelishuviga koʻra boshqa shartlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
14. Shartnoma ikki nusxada tuziladi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi. Shartnomaning bir nusxasi “Agropilla” MCHJda, ikkinchi nusxasi tanlov natijasida gʻolib deb topilgan talabgorda (bundan buyon matnda oilaviy pudratchi deb yuritiladi) saqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
Dalolatnoma tutzorlarning oʻlchami, ularning joylashgan manzili, holati va tutzorlardagi mavjud koʻp yillik daraxtlar soni koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi hamda “Agropilla” MCHJ vakili va oilaviy pudratchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bitta nusxasi “Agropilla” MCHJda, ikkinchi nusxasi oilaviy pudratchida saqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
16. Oilaviy pudratchilarga berilgan tutzorlarda “Agropilla” MCHJ rahbarining yozma roziligi bilan vaqtinchalik qurilma va boshqa inshootlar qurilishi mumkin.
3-bob. Oilaviy pudrat asosida ajratilgan tutzorlardan foydalanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
17. Oilaviy pudratchi tutzorlardan tut bargi yetishtirish va tut ipak qurti parvarishlash maqsadida foydalanilganda:
tutzorlarni orasiga tut koʻchatlarini ekish mumkin, bunda ularning 95 foizidan ortiq koʻkaruvchanligini taʼminlaydi va asrab qolish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari]
tutzorlarning tut bargi hosildorligini oshirish maqsadida oʻz vaqtida bahorgi, yozgi va kuzgi agrotexnik ishlovlar berish (oʻgʻitlash, tagini yumshatish, qator oralarini haydash va qondirib sugʻorish) ishlarini tashkil qiladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.23.00 Yer melioratsiyasi]
tutzorlar yer maydonining meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish va tutzorlarning barg hosildorligini koʻpaytirish choralarini koʻradi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
tutzorlarni asrash hamda ularning payxon qilinishi va noqonuniy kesib ketilishining oldini olish choralarini koʻradi;
tutzorlardan olingan tut bargidan pilla yetishtirish uchun foydalanadi, bunda tut ipak qurti parvarishlash hajmi tut bargining miqdoriga qarab belgilanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
yetishtirilgan tirik pillani shartnoma asosida toʻliq pillani qayta ishlash korxonasiga topshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
18. Oilaviy pudratchilar tutzorlardagi tutlar oraliqlaridan ularning tut bargi hosildorligini kamaytirmagan holda mustaqil ravishda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishda foydalanishi mumkin.
Bunda, oilaviy pudratchi tomonidan yetishtirilgan pilla hosilini sotishdan tashqari tutzorlar orasiga qoʻshimcha ekinlar ekish orqali olinadigan daromadlar oilaviy pudratchining oʻzida qoladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
19. “Agropilla” MCHJ pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan oilaviy pudratchilarga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari, shuningdek pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻi hamda tomonlar kelishuviga koʻra boʻnak (avans) mablagʻlari berilishini taʼminlaydi. Bunda oilaviy pudratchilarga tutzorlarni yangilash uchun tut koʻchatlari va pilla mavsumlarida ipak qurti urugʻi bepul yetkazib beriladi.
Tutzorlarga ishlov berish uchun ularni yetarli miqdorda mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash oʻzaro kelishuv asosida qayta ishlash korxonalari yoki oilaviy pudratchi tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. Oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
20. Tuman “Agropilla” MCHJ tavsiyasiga asosan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatlari tut daraxtlarining oʻta xavfli zararkunandasi (tut parvonasi)ga va kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 113-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3230-1, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/3230-1/0475-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
21. Tuman “Agropilla” MCHJ pillani qayta ishlash korxonalari bilan birgalikda oilaviy pudrat asosida ajratilgan tutzorlardan maqsadli va samarali foydalanishni monitoring qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.06.00 Inventarizatsiya qilish va qayta baholash, qayta baholash, hisobdan chiqarish]
22. Har yili dekabr oyida oilaviy pudratchilarga ajratilgan tutzorlar “Agropilla” MCHJ tomonidan xatlovdan oʻtkaziladi.
Xatlov natijalari boʻyicha tut daraxtlarining kamayishi, hosildorlikni pasayishi va payxon qilinishi aniqlangan holatlarda oilaviy pudrat shartnomasiga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
23. Shartnoma shartlarini bajarish, oʻzgartirish yoki bekor qilish vaqtida taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar shartnomaga muvofiq hal qilinadi. Oʻzaro kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal etiladi.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining VIII bobi.
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
2020-yil 25-mart
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2020-yil 25-mart
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. SHARIPOV
2020-yil 25-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 10/20/3230/0514-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 14.07.2023-y., 10/23/3230-1/0475-son)