1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.20.00.00 Banklar va kredit tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Bank va kredit faoliyatini litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3219]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
1. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-dekabr,
30/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/6-son qaroriga ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solinishini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) — moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
qarzdor-bank — tashkilot tomonidan moliyaviy resurslarni ajratish yoʻli bilan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtirilgan tijorat banki;
risk-appetit — tashkilot strategik maqsadlariga va biznes-reja koʻrsatkichlariga erishishda oʻzining tavakkalchiliklarni boshqarish salohiyatidan kelib chiqqan holda, qabul qilishga tayyor boʻlgan tavakkalchiliklarning eng yuqori darajalari va turlari;
regulyativ kapital — tashkilotning faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan kapital;
leveraj — tashkilot jami aktivlarining kapital bilan taʼminlanganlik darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkich.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
2. Tashkilot ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun qarzdor-bankka va jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditiga muvofiqlik mezonlarini (bundan buyon matnda muvofiqlik mezonlari deb yuritiladi) belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
3. Tashkilot tomonidan qarzdor-bankka ajratiladigan kreditlar davlat qimmatli qogʻozlari, qarzdor-bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka krediti (bundan buyon matnda ipoteka krediti deb yuritiladi) va bank depozitlari bilan taʼminlanishi mumkin.
4. Qarzdor-bankka quyidagi hollarda tashkilot tomonidan kredit resurslari ajratilmaydi:
oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan moliyaviy hisobotiga salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuzilgan boʻlsa;
ketma-ket oxirgi toʻrt chorakda faoliyatini zarar bilan yakunlagan boʻlsa;
5. Tashkilot qarzdor-bankning garov taʼminotini qayta moliyalashtirishdan avval baholashi, shuningdek qayta moliyalashtirganidan soʻng har chorakda kamida bir marta qayta baholashi lozim.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
6. Qayta moliyalashtirish krediti taʼminotiga qabul qilingan ipoteka krediti muddatidan oldin toʻliq soʻndirilsa yohud 90 kundan oshgan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa, tashkilot qarzdor-bankdan bunday taʼminotni muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi taʼminotga almashtirib berilishini talab qiladi. Taʼminotga qabul qilingan ipoteka krediti qisman soʻndirilgan hollarda kreditning soʻndirilgan qismiga teng miqdordagi taʼminot almashtirib beriladi.
Qarzdor-bank taʼminotni almashtirib berishi yoki unga ajratilgan resursning muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi taʼminot bilan taʼminlanmagan qismini tashkilotga qaytarib berishi mumkin.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
9. Tashkilot ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) kiritilgandan keyin ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshirishga haqli.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi]
10. Tashkilot asosiy hisobvaragʻini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ochadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
11. Tashkilot boʻsh pul mablagʻlarini quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olishga;
Oʻzbekiston Respublikasidagi banklarga depozitga yoʻnaltirishi mumkin.
12. Tashkilot aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va ustav fondining eng kam miqdori 25,0 milliard soʻm etib belgilanadi.
13. Tashkilotning ustav fondi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va muassislarining pul mablagʻlaridan tashkil topadi.
14. Tashkilotning ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablagʻlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Tashkilot ustav fondining eng kam miqdori tashkilotni reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi ariza Markaziy bankka taqdim etilgan kunga qadar toʻliq shakllantirilgan boʻlishi kerak.
2-§. Tashkilotning muassislari (aksiyadorlari)
16. Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) tashkilot muassislari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin.
17. Quyidagi shaxslar:
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatda va hududda yashaydigan norezident boʻlgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, aksiyadorlar (ishtirokchilar), oxirgi benefitsiar mulkdorlar;
tashkilot ustav fondining 10 yoki undan ortiq foizini (ulushini) sotib olayotgan (olgan) shaxslar iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganlikka ega boʻlsa;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha holatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa tashkilot muassislari (aksiyadorlari) boʻla olmaydi.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-§. Tashkilotni reyestrga kiritish hamda reyestrga kiritishni rad etish
18. Tashkilotning nomida “ipotekani qayta moliyalashtirish” soʻz birikmasi koʻrsatilishi kerak.
19. Tashkilotni reyestrga kiritish uchun quyidagi talab va shartlar bajarilishi lozim:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtishi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
mazkur Nizomning 12 — 15-bandlariga muvofiq ustav kapitalining shakllantirilishi;
tashkilotning ijroiya organi rahbari va bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga muvofiqligi.
20. Tashkilotni reyestrga kiritish uchun quyidagi hujjatlar Markaziy bankka taqdim etiladi:
reyestrga kiritish toʻgʻrisida ariza;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
taʼsis hujjatlari;
tashkilotning ijroiya organi rahbari va bosh buxgalterini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsni lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisida qaror nusxasi hamda ularning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
ustav fondi (ustav kapitali)ning 10 foizidan ortigʻiga ega boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
keyingi 3 yilga moʻljallangan biznes-reja;
kredit va investitsiya siyosati, tavakkalchilik, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosati;
ipotekani qayta moliyalashtirishning bosh shartnoma namunasi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
21. Tashkilotni reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish bepul amalga oshiriladi.
22. Tashkilotni reyestrga kiritish yoki rad etish toʻgʻrisidagi Markaziy bankning qarori ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 30 kundan oshmagan muddatda qabul qilinadi.
23. Reyestr hamda tashkilotning reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisida maʼlumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
24. Tashkilot oʻzining ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni, shuningdek boshqaruv organlari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
25. Quyidagi hollarda tashkilotni reyestrga kiritish rad etiladi:
tashkilot mazkur Nizomning 17 — 19-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjud boʻlsa;
tashkilotni tashkil etuvchi norezident yuridik shaxsni nazorat qiluvchi organ tomonidan rad etish tavsiya qilinsa.
Boshqa asoslarga koʻra tashkilotni reyestrga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi hududida filiallar tashkil etishi mumkin.
27. Filialni ochish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda tashkilot 10 kunlik muddat ichida Markaziy bankni bu haqida xabardor qiladi va tegishli boshqaruv organining qarori nusxasini taqdim etadi.
4-bob. Tashkilotning rahbarlariga nisbatan muvofiqlik mezonlari
28. Tashkilotning rahbarlari bank-moliya tizimida benuqson ishchanlik obroʻsiga, tavakkalchiliklarning samarali boshqarilishini, oʻz vakolatlari doirasida asosli qarorlar qabul qilinishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tajribaga, bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
29. Tashkilotning ijroiya organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida 5 yildan kam boʻlmagan umumiy ish tajribasiga, shu jumladan bank-moliya tizimida rahbar lavozimida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi lozim.
Tashkilotning bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga ega va buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq yoʻnalishda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
30. Tashkilotning rahbari bank-moliya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi kerak.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
31. Quyidagi shaxslar tashkilotning rahbari boʻla olmaydi:
bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli tang boʻlgan yuridik shaxs boshqaruvi va kuzatuv kengashi aʼzolari yoki yirik ishtirokchisi (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar), shuningdek sobiq rahbarlari, basharti yuridik shaxsning bankrotligi yoki moliyaviy ahvolining tangligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari maʼlum boʻlgan;
5-bob. Tavakkalchiliklarni boshqarish borasidagi minimal talablar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
32. Tashkilotning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan risk-appetiti doirasida tashkilotning tavakkalchilikka moyilligini chegaralab turishi, tashkilot faoliyatining barqarorligini taʼminlashi hamda uning muassislari kapitali qiymatini saqlab turishi uchun tavakkalchiliklarni samarali aniqlashi va boshqarishi talab etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
33. Tashkilotda tavakkalchiliklarni boshqarish siyosati ishlab chiqilishi va u likvidlilik, foiz, kredit, operatsion hamda boshqa tavakkalchiliklarni boshqarishni nazarda tutishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.09.00 Valyuta nazorati]
34. Tashkilotga faoliyatida (balansida) ochiq valyuta pozitsiyasiga ega boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tashkilot xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirganda, balansning qarama-qarshi tomonida teng miqdorda mablagʻlar (aktiv yoki majburiyat) boʻlishi yoki valyuta tavakkalchiligi toʻliqligicha xedjirlanishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
35. Tashkilotning kuzatuv kengashi tashkilotni rivojlantirish strategiyasiga muvofiq keluvchi risk-appetiti va tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatini belgilaydi, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Kuzatuv kengashi tomonidan tashkil etilgan tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasi tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha samarali nazoratni amalga oshirishi hamda tavakkalchiliklarni boshqarishga oid siyosatni ishlab chiqishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
36. Tashkilotning ijroiya organi kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan siyosatlarni amalga oshirishga, shu jumladan tashkilotda tavakkalchiliklarni aniqlash, hisoblash, boshqarish, monitoring qilish va hisobot berishga qaratilgan samarali ichki nazorat tizimi mavjudligini taʼminlashga masʼuldir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
37. Tashkilotda tavakkalchiliklarni boshqarish boʻyicha tegishli tarkibiy tuzilma tashkil etilishi lozim. Mazkur tuzilma kuzatuv kengashiga hisobdor boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
38. Tashkilot investitsiya siyosatida likvidlilikni boshqarish boʻyicha tegishli nazoratni belgilashi zarur, bunda investitsiya siyosati quyidagilarni qamrab olishi talab etiladi:
kuzatuv kengashi, ijroiya organ hamda likvidlilikni va tavakkalchiliklarni boshqarish qoʻmitasining vazifa va majburiyatlarini;
likvidlilik tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish boʻyicha uslublar va ular haqida hisobot berish tartibini;
likvidlilikni stress-testlar asosida tahlilini;
likvidlilikni boshqarish rejalarini.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
39. Tashkilot foiz stavkalarining oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida oʻzining qayta moliyalashtirilgan kreditlari va ularning manbalari muddatlari oʻrtasidagi tafovutni imkon qadar muvofiqlashtirib borishi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
40. Tashkilot aktiv va passivlarni boshqarish siyosatini ishlab chiqishi va u oʻz ichiga quyidagilarni olishi kerak:
kuzatuv kengashi va ijroiya organining aktiv va passivlarni boshqarishga doir vazifa va majburiyatlari;
aktiv va passivlarni boshqarish boʻyicha tegishli tarkibiy tuzilmalarning vazifa va majburiyatlari;
foiz tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish boʻyicha uslublar va ular haqida hisobot berish tartibi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
41. Tashkilot likvidlilik va foiz stavkalari boʻyicha nomutanosibliklar limitlarini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
42. Tashkilot kredit siyosatini ishlab chiqishi va u oʻz ichiga quyidagilarni olishi kerak:
kuzatuv kengashi, ijroiya organi hamda kredit tavakkalchiliklarini boshqarish boʻyicha tegishli tarkibiy tuzilmalarning vazifa va majburiyatlari;
kredit tavakkalchiliklarini aniqlash, hisoblash, baholash, nazorat qilish, bartaraf etish boʻyicha samarali uslublar va ular haqida hisobot berish tartibi;
muvofiqlik mezonlari;
qarzdor-banklarga kredit limitlarini oʻrnatish tartibi;
ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishda talab etiladigan hujjatlar;
garovlarni boshqarish;
qarzdor-bankning toʻlov majburiyatlarini bajara olmaslik holatlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
43. Kuzatuv kengashi qarzdor-bankka nisbatan kredit ajratishning eng koʻp miqdorini belgilashi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
44. Taʼminotni boshqarish maqsadida tashkilot tavakkalchiliklarni boshqarish siyosatida:
kreditning garovga nisbati boʻyicha minimal talab;
muvofiqlik talabiga javob beruvchi taʼminot turlari;
kredit taʼminoti, muddatidan avval yoki toʻliq toʻlangan va muddati oʻtgan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari boʻyicha qarzdor-bank tomonidan topshiriladigan hisobotlar turlari va muddatlariga qoʻyiladigan talablar;
muddatidan avval toʻlangan, muddati oʻtgan qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari yuzaga kelganda taʼminotni oʻzgartirish shartlari belgilanadi va oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
45. Agar taʼminot qiymati kredit siyosatida oʻrnatilgan kreditning garovga nisbati boʻyicha minimal talabdan kam boʻlsa, tashkilot qarzdor-bankdan muvofiqlik talablariga javob beruvchi qoʻshimcha taʼminotni talab qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
46. Qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalari va oʻrtacha soʻndirish muddatlari qayta moliyalashtirish kreditlarining oʻrtacha foiz stavkasi va muddatlaridan kam boʻlmasligi kerak.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
47. Tashkilot qayta moliyalashtirilgan kreditlar holati yuzasidan doimiy monitoring oʻtkazadi.
6-bob. Tashkilotda aktivlar sifatini tasniflash va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
48. Tashkilotning aktivlari (banklarga ajratilgan resurslar, banklarga joylashtirilgan depozitlar) sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.
49. Tashkilotning banklarga joylashtirgan aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar oʻz muddatida qaytarilishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar — “standart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 va undan ortiq kunga kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda, tashkilot tomonidan aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.
50. Qayta moliyalashtirish krediti taʼminotiga qabul qilingan ipoteka krediti boʻyicha 90 kundan oshgan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa, bunday aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
51. Tashkilotning aktivlari sifatiga koʻra:
“substandart” deb tasniflanganda — 10 foiz;
“qoniqarsiz” deb tasniflanganda — 25 foiz;
“shubhali” deb tasniflanganda — 50 foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda — 100 foiz miqdorda ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxira shakllantiriladi.
52. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, bundan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari mustasno;
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi.
Tashkilotning shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pogʻonaga past boʻladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
53. Tashkilot aktivlar sifatini tasniflashi va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida shakllantirishi mumkin.
7-bob. Ichki nazoratga qoʻyilgan minimal talablar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
54. Kuzatuv kengashi oʻz majburiyatlarini bajarishda unga koʻmaklashuvchi qoʻmitalar, xususan audit, tavakkalchilikni boshqarish, boshqaruv va xodimlar bilan ishlash hamda boshqa masalalar boʻyicha qoʻmitalarni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
55. Kuzatuv kengashi oʻz vazifalarini bajarishda:
tashkilotda samarali va ehtiyotkorlik bilan boshqarishni taʼminlovchi, jumladan uning aʼzolari oʻrtasida masʼuliyatning taqsimlanishini va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha boshqaruv tuzilmasini joriy etishi;
tashkilot boshqaruviga oid qarorlar qabul qilishda nazorat va tekshiruv funksiyalarini bajarish va toʻliqligicha tashkilot faoliyati va moliyaviy barqarorligini taʼminlashi lozim.
56. Tashkilotning ijroiya organi va filiallari oʻz faoliyatida qonunchilik hujjatlariga, tashkilotning ustavi va siyosatlariga rioya etilishini, buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda maʼlumotlarning toʻliq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi taʼminlanishini, xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek tashkilotni boshqarish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish maqsadida tashkilotda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Tashkilotning ichki audit xizmati audit qoʻmitasiga hisobdordir.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
57. Ijroiya organ tashkilotning moliyaviy holati, Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial normativlarning bajarilishi, tashkilotni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida kuzatuv kengashiga har chorakda hisobotlar taqdim etadi.
58. Yil davomida zaruratga koʻra barcha siyosatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Barcha siyosatlar ularning izchilligi va muvofiqligini taʼminlash maqsadida kamida har 3 yilda bir marta qayta koʻrib chiqiladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
59. Tashkilotda korporativ boshqaruv aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
8-bob. Tashkilotda buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
60. Tashkilotning yillik moliyaviy hisobotlari Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzilishi hamda tashqi audit tekshiruvidan oʻtkazilishi lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit oʻtkazish tartibi]
61. Tashkilotning auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilgan yillik moliyaviy hisoboti, auditorlik xulosasi va auditorlik tekshiruvi natijasi boʻyicha tashkilot rahbariyatiga berilgan tavsiyalar moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay tashkilot tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
62. Tashkilot har yilgi moliyaviy hisobotini moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay matbuotda va oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
63. Tashkilot Markaziy bankka har oyda nazoratga oid va moliyaviy hisobotlarni taqdim etadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
64. Tashkilot leveraj koeffitsiyenti hamda reguryativ kapitalning jami tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarga nisbati sifatida aniqlanadigan kapital monandliligi koeffitsiyentiga rioya etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
65. Tashkilot leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 3 foizdan, regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti esa 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
67. Tashkilot majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini taʼminlash maqsadida likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti va sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti meʼyorlariga rioya qilishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
68. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti yuqori likvidli aktivlarning keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi. Bunda yuqori likvidli aktivlarga quyidagilar kiradi:
naqd pul;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari;
tashkilotning Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi mablagʻlari.
69. Keyingi 30 kun ichidagi kirim keyingi 30 kundagi chiqimning 75 foizidan oshgan taqdirda, kirim sifatida chiqimning 75 foizi olinadi.
70. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti 100 foizlik meʼyordan kam boʻlmasligi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
71. Cof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zarur summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
72. Cof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti 100 foizlik meʼyordan kam boʻlmasligi lozim.
73. Tashkilot likvidlilik koeffitsiyentlari hisob-kitobini har oyda Markaziy bankka taqdim etib boradi.
3-§. Bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilik darajasi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.18.00 Bank tomonidan tartibga solish va nazorat]
74. Tashkilotning bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori uning jami aktivining 30 foizidan oshmasligi kerak.
75. Tashkilot bir qarz oluvchi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori hisob-kitobini har oyda Markaziy bankka taqdim etib boradi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
77. Tashkilot Markaziy bank u toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan boshlab, 30 kun ichida oʻz nomidan “ipotekani qayta moliyalashtirish” soʻz birikmasini chiqarish orqali qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomilini amalga oshirishi yoki qayta tashkil etish yohud tugatish haqida qaror qabul qilishi lozim.
78. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XIII bobi.