1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3207]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-noyabr,
2019-58-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 27-noyabrdagi 2019-58-son qaroriga ILOVA
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ-4389-son “Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan davlat soliq xizmati organlari (bundan buyon matnda soliq organi deb yuritiladi) tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shakllarda amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
soliq nazorati tadbiri — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq toʻlovchilarda soliq nazoratining ayrim shakllarida amalga oshiriladigan tadbirlar (bundan buyon matnda nazorat tadbiri deb yuritiladi);
videotasvirga olish moslamalari — videotasvirga olish qurilmalari, jumladan videokameralar va videotasvirga olish imkonini beruvchi boshqa qurilmalar;
videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari (bundan buyon matnda ishtirokchilar deb yuritiladi) — soliq organining xodimlari, soliq toʻlovchilar hamda ularning vakillari va boshqa shaxslar (nazorat tadbiriga jalb qilingan mutaxassislar, ekspertlar, tarjimonlar, zarur hollarda xolis va xaridorlar);
videotasvirga olish — soliq organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining buyrugʻiga asosan ishtirokchilar tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish moslamalaridan foydalangan holda kuzatish va qayd etish (tasvirga olish).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
2. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati jarayonini, dalillarni qayd etish uchun nazorat tadbirlari jarayoni videotasvirga olinadi, bundan normativ-huquqiy hujjatlarda videotasvirga olish taqiqlangan muayyan tartibga boʻysunuvchi obyektlar mustasno.
3. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchi toʻgʻrisida olingan har qanday maʼlumot soliq sirini tashkil etadi, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno. Soliq organiga kelib tushgan, soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar saqlash va foydalanishning maxsus rejimiga ega boʻladi.
2-bob. Videotasvirga olish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
4. Nazorat tadbirini videotasvirga olish jarayonida soliq toʻlovchilar va ularning vakillari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
a) soliq toʻlovchilar va ularning vakillari huquqlari:
soliq organining nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tanishish;
nazorat tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
soliq organlari mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish;
soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olish;
b) soliq toʻlovchilar va ularning vakillari majburiyatlari:
nazorat tadbirini soliq organi tomonidan videotasvirga olish uchun sharoit yaratish;
soliq organi mansabdor shaxslarining nazorat tadbirini videotasvirga olishiga toʻsqinlik qilmaslik;
soliq organi xodimlarining talabiga koʻra nazorat tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa berish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
5. Videotasvirga olish jarayonida soliq organining mansabdor shaxslari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
a) soliq organi mansabdor shaxslarining huquqlari:
soliq organi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayonini soliq toʻlovchi yoki uning vakillari va boshqa shaxslar ishtirokida videotasvirga olish;
soliq toʻlovchidan videotasvirga olish jarayonining toʻliq amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etishni talab qilish;
nazorat tadbiri yakuni boʻyicha soliq toʻlovchi va uning vakillari tomonidan olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa olish;
b) soliq organi mansabdor shaxslarining majburiyatlari:
ishtirokchilarni nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtirish;
nazorat tadbiri jarayonida soliq toʻlovchi hamda uning vakillari va boshqa shaxslarga videotasvirga olish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari talabiga koʻra soliq nazorati tadbiri yakuni boʻyicha olingan videotasvir maʼlumotlaridan nusxa berish;
soliq toʻlovchi va uning vakillari faoliyatiga aloqador axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
soliq toʻlovchi va uning vakillarining nazorat tadbirini videotasvirga olishiga toʻsqinlik qilmaslik.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
6. Videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
a) videotasvirga olish jarayoni ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslarning huquqlari:
videotasvirga olish jarayonining sabablari bilan tanishish;
videotasvirga olinishi yuzasidan oʻz eʼtirozlarini bildirish;
b) videotasvirga olish jarayonining ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslarning majburiyatlari:
soliq organi mansabdor shaxslarining nazorat tadbirini videotasvirga olish jarayoniga toʻsqinlik qilmaslik;
nazorat tadbiri jarayonida oʻziga maʼlum boʻlgan soliq toʻlovchi va uning vakillari faoliyatiga aloqador axborotlarni boshqa shaxslarga oshkor etmaslik, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
7. Nazorat tadbirlari jarayonini videotasvirga olish soliq organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining nazorat tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
8. Soliq organi tomonidan quyidagi nazorat tadbirlarining videotasvirga olinishiga yoʻl qoʻyiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olishda;
xronometraj koʻzdan kechirishda;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringda;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.01]
aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalashda;
soliq monitoringida.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
9. Amalga oshiriladigan nazorat tadbirida quyidagi jarayonlar videotasvirga olinadi:
soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo hamda boshqa binolarini, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazishda;
soliq toʻlovchi yoki uning vakillari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik faktini qayd etishda;
nazorat xaridi bilan boshlanadigan tekshirishlarda xarid kuzatuvini amalga oshirilishi, nazorat kassa mashinasi (virtual kassa) hamda toʻlov terminallari koʻrsatkichi boʻyicha hisobotlarni olinishi hamda kassadagi pul mablagʻlarini sanoqdan oʻtkazilishi jarayonini kuzatishda;
soliq toʻlovchi yoki uning vakillarining talablariga koʻra;
zarur boʻlganda hujjatlar nusxalarini tayyorlashda hamda ish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlarda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
10. Nazorat tadbirini videotasvirga olish soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatini toʻxtatib qoʻymaydigan va faoliyat koʻrsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda amalga oshiriladi.
11. Videotasvirga olish vaqti nazorat tadbirida soliq toʻlovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlari bilan bogʻliq hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo hamda boshqa binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish, shuningdek soliq toʻlovchining mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish, ishga doir ashyoviy dalillarni, predmetlarni (buyum va hujjatlarni) olish jarayoni davomiyligida amalga oshiriladi.
12. Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan nazorat tadbiri jarayoni videotasvirga olingan hollarda xolislarning ishtirok etishi talab etilmaydi, bundan qonun hujjatlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
13. Nazorat tadbiri natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomada (bayonnomada, maʼlumotnomada) tadbir jarayonini videotasvirga olish moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
14. Soliq organi tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbiri jarayonini videotasvirga olishda soliq toʻlovchi yoki uning vakillari, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilinganda va qarshilik koʻrsatilganda soliq organi xodimi mazkur holat yuzasidan dalolatnomani (bayonnomani) rasmiylashtirib, tegishliligi boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlari vakillarini nazorat tadbirida ishtirok etishga jalb qilishi mumkin.
4-bob. Nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan foydalanish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.13.00.00 Soliqqa oid ish yurituv]
15. Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshirilgan nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir maʼlumotlari nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar bilan birga alohida saqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
16. Ishtirokchilar tomonidan soliq toʻlovchilarning faoliyatida amalga oshirilgan nazorat tadbiri jarayonida olingan videotasvir maʼlumotlaridan ushbu nazorat tadbirlari natijalarini koʻrib chiqish, soliq organlari tomonidan qaror qabul qilish, shuningdek sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda koʻrib chiqishda foydalanish mumkin.
17. Nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keladigan tarzda tarqatish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlarida olingan videotasvir maʼlumotlaridan profilaktika maqsadlarda soliq toʻlovchiga nisbatan qonuniy chora koʻrilgandan soʻng ommaviy axborot vositalarida yoritish bundan mustasno.
18. Soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarini videotasvirga olish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2019-yil 27-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/20/3207/0001-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 15.04.2025-y., 10/25/3207-1/0346-son)