1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.06.00 Qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar muomalasining maxsus tartibini oʻrnatish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3199]
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra, qimmatli qogʻozlarning muomalasi, davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno, faqatgina ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirish tugaganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.25.00.00 Qimmatli qogʻozlar emissiyasi / 07.25.05.00 Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish]
2. Mazkur buyruq kuchga kirgunga qadar chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarga mazkur buyruq tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.04.00 Qimmatli qogʻozlar bozorida kasb faoliyati / 07.24.04.06 Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi]
3. Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilari ikki hafta muddatda oʻzlarining ichki hujjatlarini ushbu buyruqqa muvofiqlashtirsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-noyabr,
2019-61-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/3199/4110-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)