toggle_night_mode
Hujjat 25.12.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli asosda muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash haqida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda) 28-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-dekabr,
1040-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi 1040-son qaroriga
ILOVA
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya
tarkibi

J.A. Xodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri, komissiya raisi

Lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari

B.N. Abidov

—

tashqi savdo vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha muzokaralar olib borish guruhi rahbari, komissiya raisining oʻrinbosari

A.M. Mursaliyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri (kelishuv boʻyicha)

I.T. Neʼmatov

—

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

—

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

A.Y. Xaydarov

—

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

E.S. Kanyazov

—

adliya vazirining oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori

A.E. Ergashev

—

qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

—

sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — davlat sanitariya bosh vrachi

T.A. Ishmetov

—

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

—

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

J.A. Aripov

—

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

E.F. Gadoyev

—

Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

J.R. Urakov

—

Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari

D.N. Sattarov

—

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori

A.N. Fayzullayev

—

Intellektual mulk agentligi bosh direktori

A.K. Mirsoatov

—

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi

U.G. Kodirov

—

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

N.A. Zufarova

—

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

A.E. Mirsaidov

—

Tashqi savdo vazirligi boshqarmasi boshligʻi

Lavozimi boʻyicha

—

Tashqi savdo vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, komissiyaning masʼul kotibi

Lavozimi boʻyicha

—

Oʻzbekiston Respublikasining Jeneva shahrida�i BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar boʻlimi qoshidagi Doimiy vakolatxonasi huzuridagi Maslahatchi — Oʻzbekiston Respublikasining JSTdagi vakili

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2018-y., 09/18/1040/2367-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)