1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Prokuratura]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son va “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti;
3.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
1. Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-oktabr,
873-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-oktabrdagi 873-son qaroriga ILOVA
Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) boshqaruv xodimlari, shuningdek, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz (keyingi oʻrinlarda qarz deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ish beruvchi — Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar, Departament, Byuro hamda Inspeksiyaning markaziy apparatlari va ularning hududiy boshqarmalari;
xodim — Bosh prokuratura, Akademiya, Departament, Byuro, Inspeksiya organlarida attestatsiyadan oʻtish talab etiladigan lavozimlarda xizmatni oʻtayotgan, shuningdek, boshqa lavozimlarda ishlayotgan darajali unvonlarga ega xodimlar.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
3. Jamgʻarmadan pul mablagʻlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
4. Xodimga qarz berish tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Arizalarni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
5. Qarz berish masalasini koʻrib chiqish uchun ish beruvchi rahbarining buyrugʻi bilan yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Akademiya, Markaz va Jamgʻarma xodimlari, shuningdek, prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning arizalari bevosita Bosh prokuratura komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
6. Xodim qarz olish uchun komissiyaga ariza bilan birgalikda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
fuqarolik pasporti nusxasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
uy-joy yoki avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi;
kafilning pasporti nusxasi va daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
7. Komissiya yigʻilishi zaruratga koʻra, qoida tariqasida, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya xodimning arizasini koʻrib chiqish natijasiga koʻra arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
8. Komissiya qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
9. Komissiya tomonidan arizani qanoatlantirish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, ikki kun muddatda tegishli rahbarning buyrugʻi bilan qarz berishga taqdim etiladigan xodimlar roʻyxati tasdiqlanadi.
Ushbu roʻyxat bir hafta muddatda Bosh prokuratura komissiyasiga taqdim qilinadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
10. Bosh prokuratura komissiyasi komissiyalar tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarni oʻrganib chiqib, yakuniy roʻyxatni tasdiqlaydi.
Bunda, oʻrganib chiqishda va roʻyxatda xodimlarning navbati ketma-ketligini belgilashda quyidagilarga eʼtibor qaratiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
xodimning uy-joy va avtotransport vositasiga boʻlgan ehtiyoji;
xodimning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga va avtotransport vositasini yangilashga boʻlgan ehtiyoji;
xodimning koʻp yillik xizmati;
xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarishi, qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga munosib hissa qoʻshganligi.
3-bob. Qarzni berish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
11. Qarz xodimlarga yakuniy roʻyxatdagi navbat boʻyicha beriladi.
Yakuniy roʻyxatda ish beruvchining nomi, xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, sotib olinadigan uy-joyning manzili yoki avtotransport vositasining rusumi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
12. Qarz miqdori sotib olinadigan uy-joy va avtotransport vositasi qiymatining 25 foizidan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
13. Qarz shartnomasi Jamgʻarma va xodim oʻrtasida tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
14. Qarz shartnomasi, qoida tariqasida, avtotransport vositasi boʻyicha 5 yil va uy-joy boʻyicha 10 yil muddatga tuziladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
15. Komissiya tavsiyasiga koʻra qarz shartnomasi kreditni qaytarish muddatidan kam boʻlmagan boshqa muddatga tuzilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
16. Qarz xodimning tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
17. Jamgʻarma qarz shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 10 kun muddatda mablagʻlarni xodimning depozit hisob raqamiga oʻtkazadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]
18. Qarz faqat xodimga uy-joy va avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan rasmiylashtirilgan kreditning dastlabki badalini kiritish uchun beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik]
19. Qarz uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilgan holda beriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
20. Kafillik shartnomasi Jamgʻarma va kafil oʻrtasida oddiy yozma shaklda tuziladi. Kafillik shartnomasini notarial tasdiqlash talab etilmaydi.
21. Jamgʻarma nomidan qarz va kafillik shartnomasini tuzish (imzolash) vakolati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchiga berilishi mumkin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
22. Xodimning ehtiyojini inobatga olib, muayyan kredit turi (uy-joy yoki avtotransport vositasi) uchun qarz berilgan vaqtdan 3 yil oʻtgach va qarz toʻliq qaytarilgan taqdirda ayni shu kredit turi boʻyicha takroran qarz berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi]
23. Jamgʻarma qarzlar va ularning qaytarilishi boʻyicha tushumlarning hisobini alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritadi.
4-bob. Qarzni qaytarish tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
24. Xodim qarz summasini qarz shartnomasida belgilangan muddatlar va miqdorda qaytaradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
25. Xodim qarz shartnomasida belgilangan toʻlovlarni belgilangan muddatdan oldin amalga oshirish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
26. Qarzni qaytarish Jamgʻarmaning gʻaznachilikdagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ish haqi, pensiya, omonat va boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish hamda naqd pul topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
27. Xodim prokuratura organlari tizimida boshqa hududga yoki boshqa organga oʻtgan yoxud xizmatni oʻtashni tugatgan hollarda ish beruvchi bu haqda 1 oy ichida Jamgʻarmaga maʼlum qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
28. Xodim yoki ish beruvchining tashabbusi bilan prokuratura organlarida xizmatni oʻtash tugatilganda xodim qarzni 3 oy ichida bir yoʻla toʻliq qaytaradi.
29. Jamgʻarma va ish beruvchi qarzdan foydalanishning butun davri davomida berilgan mablagʻlarni qaytarish muddatlariga rioya qilinishi yuzasidan birgalikda doimiy monitoring olib boradi.
30. Qarz boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda yoki toʻliq qaytarilmaslik xavfi yuzaga kelganda, Jamgʻarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarzni undirish choralarini koʻradi.
Prokuratura organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda kreditga uy-joy va avtotransport vositalarini sotib olish uchun dastlabki badalni kiritish maqsadida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan foizsiz qarz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qarz berish
SXEMASI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2018-y., 09/18/873/2111-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son)