1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish masalalarini hal etishga kompleks yondashishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining ovqatlanishi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining:
oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash hamda boʻlinmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.03.00 Umumiy ovqatlanish korxonasi]
autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda boʻlinmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash oʻquv markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
autsorsing boʻyicha umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi oʻrinlarda autsorser deb ataladi) xizmatlariga haq toʻlash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni taʼmirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi oʻrtacha bozor narxlari boʻyicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha belgilanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan isteʼmol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida qoplanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
autsorsingning koʻrsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar boʻyicha), qoidaga koʻra, koʻpi bilan bir oyda bir martda qayta koʻrib chiqilishi kerak;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari]
autsorsing boʻyicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
sanitariya qoidalariga, gigiyeniya normalari va normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak boʻlgan ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarurat boʻlganda vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
autsorsing tizimiga oʻtish munosabati bilan tejalgan pul mablagʻlarini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi shart-sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.]
narxlarning asossiz oʻsib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalarining soʻrovi boʻyicha oziq-ovqatlarga amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam taqdim etilishini;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha bevosita fermer xoʻjaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
302-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/302/1107-son)