toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 478-V/KQ-66-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bosqichma-bosqich hamda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jamoat fondi va Parlament komissiyasi faoliyatining shaffofligi hamda ochiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga, Parlament komissiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi hisob palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, davlat soliq va statistika organlariga hamda ommaviy axborot vositalariga muntazam ravishda axborot va hisobotlar taqdim etish yoʻli bilan taʼminlanmoqda.
“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini izchil va bosqichma-bosqich roʻyobga chiqarish jarayonida Parlament komissiyasining faoliyatini kuchaytirish hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2010-yil, № 4, 173-modda; 2012-yil, № 5, 144-modda) 3-ilovasiga oʻzgartishlar kiritilib, quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/ 515-I-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining
TARKIBI

1.

Saidov Akmal Xolmatovich

—

Parlament komissiyasining raisi, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining raisi, “Milliy tikla­nish” DP fraksiyasi aʼzosi


Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari

2.

Abdullayev Ilxom Zayirovich

—

Parlament komissiyasining masʼul kotibi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi aʼzosi

3.

Radjabov Faxritdin Zayniyevich

—

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining raisi, Oʻzbekiston XDP fraksiyasi aʼzosi

4.

Sobirova Zilolaxon Maxmudovna

—

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi

5.

Atadjanov Ilxam Sharipovich

—

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi aʼzosi

6.

Axunova Oysha Muxammadjanovna

—

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining aʼzosi, “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi

7.

Sharipov Orif Muxamedovich

—

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi, OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi

8.

Tuxtabayev Abdurashid Tursunovich

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining aʼzosi, “Milliy tiklanish” DP fraksiyasi aʼzosi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining aʼzolari

9.

Lavozimiga koʻra

—

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining raisi

10.

Muxamedov Gafurdjan Israilovich

—

senator, Oʻzbekiston Milliy universitetining rektori

11.

Burxanov Alisher Xadjimuradovich

—

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

12.

Sidikov Damir Lutfullayevich

—

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

13.

Karimov Xolmurod Abduraxmonovich

—

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

14.

Abduraximova Farida Yuldashevna

—

senator, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari – Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmi­tasi raisi


Oʻzbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining va boshqa davlat organlarining vakillari

15.

Kuchkarov Djamshid Anvarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

16.

Ergashev Rustam Mashrabjonovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi

17.

Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari

18.

Meliyev Xudoyor Xurramovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi

19.

Mansurov Kamil Taxirovich

—

Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi direktorining oʻrinbosari


NNT va fuqarolik
jamiyatining boshqa institutlari vakillari

20.

Abduxalikov Firdavs Fridunovich

—

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining raisi

21.

Abdullayev Abdulaziz Abutolipovich

—

Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining direktori

22.

Beknazarov Kamoliddin Tursunpulatovich

—

“Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi Boshqaruvining raisi

23.

Ganiyev Baxodir Muxtorovich

—

“Kamolot” YOIH Markaziy kengashining raisi

24.

Sanginov Saydirasul Saydakparovich

—

Oʻzbekiston Ekologik harakati Markaziy kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

25.

Karimov Abdumajit Muxitdinovich

—

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining raisi

26.

Xamdamov Adxam Kasimovich

—

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktorining oʻrinbosari

27.

Alimova Vasila Sattorovna

—

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining direktori.

Izoh: Parlament komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, boʻshab qolgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar komissiya tarkibiga kiritiladi”.
2. Ushbu Qoʻshma qaror tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2014-yil 9-iyun,
908-II/KQ128-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 6-son, 170-modda)