Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
1. Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. KUZIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-fevral,
162-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 22-fevraldagi 162-son buyrugʻiga ILOVA
Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sport inshootlarida (bundan buyon matnda sport inshootlari deb yuritiladi) futbol boʻyicha sport musobaqalari va tomosha tadbirlarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
I bob. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
1. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlar (muxlislar):
sport inshooti hududiga va tribunalariga chiptalar yoki kirish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar boʻyicha kirish va sport inshootining umumiy sigʻimi doirasida ularda koʻrsatilgan joylarni egallash;
sport inshooti hududida joylashgan saqlash kameralari, garderoblar, bufetlar, qahvaxonalar, maʼlumotlar byurosi, telefonlar, kioskalar va shu kabilardan belgilangan tartibda foydalanish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
plastik surnaylar, dastasi plastikdan boʻlgan bayroqchalar, dastasi yoʻq bayroqlar, fotoapparatlar, mobil telefonlarni sport inshootiga olib kirish huquqiga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
2. Muxlislarning guruhlariga sport inshootiga ichi kavak (teleskopik) dastali bayroqlarni va barabanlarni olib kelishga ruxsat etiladi. Bunda bayroqning maksimal hajmi – 1 x 2 m, dastasining maksimal uzunligi – 1,2 m boʻlishi kerak.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Muxlislarning guruhlari sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlarining masʼul xodimlari bilan kelishgan holda katta futbolka va bayroqlarni boʻsh sektorlar va yugurish yoʻlakchalariga joylashtirish, toʻsiqlarga banner-transparantlarni osib qoʻyishlari mumkin. Katta futbolka, bayroqlar, banner-transparantlarda haqoratli yozuvlar, shuningdek qonunchilik hujjatlari talablariga zid boshqa yozuvlar boʻlmasligi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
4. Sport inshootiga kirish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) majburiyatlari:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
sport inshootiga kirish jarayonida maxsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtish vaqtini hisobga olgan holda sport inshootiga tadbir boshlangunga qadar kelish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga chiptalar, taklifnomalar yoki tadbirga kirish huquqini beradigan ruxsatnomalarni koʻrsatish hamda ularning xavfsizlik va tartibni saqlash boʻyicha qonuniy talablarini bajarish.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
5. Tomoshabinlar (muxlislar) sport inshootiga kirish vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan maxsus nazoratdan (tekshiruvdan) oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
mast holda sport inshootiga kirish, spirtli ichimliklarni olib kelish, tamaki mahsulotlarini yoki boshqa mast qiluvchi vositalarni sport inshooti hududida isteʼmol qilish;
oʻzi bilan oʻq otar qurol, tez oʻt oladigan, portlovchi, zaharli, pirotexnik, oʻtkir hidli moddalarni, sanchadigan yoki kesadigan predmetlar, chemodanlar, portfellar, katta oʻlchamdagi oʻramlar va sumkalar, shisha idishlarni, shuningdek boshqa tomoshabinlarga va tadbir oʻtkazishga beruvchi boshqa buyumlarni olib kelish;
yuz yoki tananing boshqa qismlarini boʻyash;
tadbirga jonivorlar bilan kelish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.13.00 Millatlararo munosabatlar]
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzgʻashga qaratilgan, tadbir ishtirokchilari va boshqa tomoshabinlarni haqorat qiladigan belgi yoki timsol va yozuvlarni olib yurish yoki ochiq namoyish etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Insonning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsi daxlsizligi huquqi]
tadbir ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi hayqiriqlar yoki harakatlar qilish.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
7. Agar mehmon jamoa muxlislarining joyi uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muxlislari tarafida boʻlsa, sport inshooti maʼmuriyati va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida uchrashuvni qabul qilayotgan jamoa muxlislaridan mehmon jamoa muxlislari uchun moʻljallangan sektorga oʻtishni talab qilishi mumkin.
II bob. Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
8. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlar (muxlislar):
noqulay ob-havo sharoitida jamoani turgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;
foto va videosʼyomkani amalga oshirishlari;
oʻyin vaqtida jamoani faol va uyushgan holda qoʻllab-quvvatlashlari;
qoʻllab-quvvatlovchi shior va chaqiriqlardan foydalanishlari;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
futbol va uning natijasi bilan bogʻliq axborot olish huquqiga ega.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
9. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarning (muxlislarning) majburiyatlari:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
jamoat tartibiga va umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga rioya qilish;
sport inshootining jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish;
sport inshootiga tashrif buyurish tartibiga rioya qilish;
yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish;
boshqa jamoalarning muxlislariga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlmaslik;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
boshqalarga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishlari, atrofdagilarga xavf soladigan harakatlarni sodir etmaslik;
shubhali predmetlar va buyumlarni koʻrganda, shuningdek tutun yoki yongʻin sodir boʻlganda zudlik bilan sport inshooti maʼmuriyati yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga xabar berish;
favqulodda vaziyatlarda vahima koʻtarmaslik, fuqarolarni evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, sport inshooti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining evakuatsiyaga doir qonuniy talablarini bajarish;
davlat ramzlariga, shuningdek Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Professional futbol ligasi, klublar va jamoalarning ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
futbol boʻyicha sport musobaqalari tashkilotchilari, sport inshooti maʼmuriyati, ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillarining ushbu Qoidalar talablariga, umumiy qabul qilingan xulq-odob normalariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga doir qonuniy talablarini bajarish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2025-yil 29-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2430-1, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
10. Futbol boʻyicha sport musobaqalari oʻtkazilayotgan vaqtda tomoshabinlarga (muxlislarga) quyidagilar taqiqlanadi:
turli buyumlarni futbol maydoniga, futbol musobaqasi ishtirokchilariga qarab uloqtirish,
mashʼala yoki gulxanlar yoqish;
futbol maydoniga chiqish, jamoalar, hakamlar, murabbiylar va zaxira oʻyinchilar joylashgan joyga, doping nazorati xonasiga, rasmiy shaxslar uchun moʻljallangan xona va VIP-lojaga yoki stadionning boshqa maxsus xonalariga kirish;
oʻtish joylarida, zinalarda yoki lyuklarda turish, ishtirokchilar va tomoshabinlarning (muxlislarning) harakatlariga xalal berish, oʻrindiq ustiga chiqib olish, toʻsiq va panjaralarga osilish, yoritish qurilmalariga, machtalar, qimirlamaydigan konstruksiyalarga chiqish, sport inshooti mulkiga zarar yetkazish.
III bob. Futbol boʻyicha sport musobaqalari yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlarning (muxlislarning) oʻzini tutishi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
11. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar) sport inshootidan chiqib ketish tartibi toʻgʻrisida axborot olish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
12. Futbol boʻyicha sport tadbiri yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar) belgilangan tartibga rioya qilgan holda sport inshootini tark etishlari shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
13. Futbol boʻyicha sport musobaqasi yakuniga yetganidan keyin tomoshabinlar (muxlislar)ga quyidagilar taqiqlanadi:
sport inshooti yoki klub maʼmuriyati vakilisiz maydonga chiqish, shuningdek sportchilarning kiyim almashtirish xonalariga, hakamlarning hamda boshqa xizmat koʻrsatish xonalariga kirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
boshqa shaxslarning mulkiga zarar yetkazish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
futbolchilar, murabbiylar yoki tomoshabinlarga, shuningdek ularning transport vositalariga buyumlar uloqtirish.
IV bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.19.00.00 Yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, yurishlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartibi]
14. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etmagan yoki unga boʻysunishdan bosh tortgan shaxslar sport inshootiga qoʻyilmaydi yoki chiptaning haqi toʻlab berilmasdan musobaqadan chetlashtiriladi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.14.00 Odil sudlovga, jamoat tartibiga va boshqaruvning oʻrnatilgan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
15. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
16. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2013-yil 21-fevral
Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti M. USMANOV
2013-yil 21-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 113-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.12.2025-y., 10/25/2430-1/1144-son)