1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
SIYOSIY TAVAKKALCHILIKLARDAN SUGʻURTA QILISH BOʻYICHA “OʻZBEKINVEST INTERNESHL” KOMPANIYASI FAOLIYATINI MAQBULLASHTIRISH BOʻYICHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarining hajmlari koʻpayishi sharoitida xorijiy investorlarning ishonchli sugʻurta himoyasini yanada taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar]
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Amerikan Interneshl Grup” (AIG) sugʻurta kompaniyasi tomonidan “Oʻzbekinvest Interneshl” siyosiy tavakkalchiliklardan sugʻurta qilish kompaniyasining taʼsischilari tarkibidan chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekinvest” Milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasining:
Oʻzbekiston taʼsischisi — Oʻzbekinvest” Milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasining 40 mln AQSh dollari miqdoridagi ulushi bilan “Oʻzbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitali miqdorini 50 mln AQSh dollarigacha kamaytirish;
“Oʻzbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustav kapitaliga hissasi 10 mln AQSh dollari boʻlgan strategik investorni jalb qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
3. Oʻzbekinvest” Milliy eksport-import sugʻurta kompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda “Oʻzbekinvest Interneshl” kompaniyasiga strategik xorijiy investorni jalb qilish choralarini koʻrsin;
“Oʻzbekinvest Interneshl” kompaniyasining ustaviga roʻyxatga olingan mamlakat (Buyuk Britaniya) qonunchiligi talablariga muvofiq zarur oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekinvest Interneshnl”, “Aig Uzbekinvest” qoʻshma sugʻurta kompaniyalarini va “AIG Uzbekinvest” agentligini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 565-sonli qarori 1-bandining “a” kichik bandi va 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.