1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi 479-I-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi tasdiqlansin va u eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 18-noyabrdagi 225 (723)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-sentabr,
928-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 10-son, 371-modda)