Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик маълумотлари миллий базаси
ONLINE TRANSLATE
Maktabda soatbay ishlovchi xodimlarga ish haqi qanday tartibda toʻlanadi?

Assalomu aleykum. Men maktabda soatbay oʻqituvchi boʻlib ishlayman 2024-2025 oʻquv yilidan menga soatbay uchun toʻlanadigan ish xaqqim xar oy xar  xil chiqmoqda. Buxgalterga  murojaat qilsam siz soatbaysiz ishlagan kuningizga qarab oylik chiqadi, dedilar. Ammo, oʻtgan oʻquv yilida ham shu soatda va soatbay ishlab 1 xil oylik (hatto koʻproq) olardim. Savol bu toʻgʻri holatmi.

Sh.Karimova,
Andijon viloyati

Koʻpchilik fuqarolar asosiy ish joyidan tashqari maktablarda ham soatbay ishlab oʻquvchilarga dars beradi. Bunday holatlarda xodimlarga maktabda soatbay ishlagani uchun qanday tartibda ish haqi toʻlanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 432-moddasiga muvofiq shaxsning asosiy ish joyida ish vaqtidan boʻsh boʻlgan holatda boshqa joyda ishlashi oʻrindoshlik hisoblanadi.

Bunda xodim asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʻsh vaqtidagina oʻrindoshlikda ishlashi mumkin.

Mana shu qoidaga koʻra xodim asosiy ish joyidan tashqari boshqa tashkilotda yoki shu tashkilotning oʻzida ishlashi oʻrindoshlik sanaladi.

Bunda shuni unutmaslik kerakki, oʻrindoshningasosiy ish joyi, ushbu ish toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida bajarilishidan qatʼi nazar, xodimning mehnat daftarchasi yuritilayotgan ish beruvchidagi ishidir.

Ushbu kodeksning 438-moddasiga koʻra oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatiga haq toʻlash ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda, ishlab chiqarish natijasiga yoxud mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlarga qarab amalga oshiriladi.

Demak, xodimga maktabda dars soatlari tarifikatsiya asosida berilgan boʻlsa, unda Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq bazaviy tarif stavkasi asosida haq toʻlanadi. Boshqacha aytganda 100 foiz toʻlanadi.

Agar oʻrindoshga tarifikatsiya asosida emas, soatbay asosda darslar biriktirilsa, unda yuqoridagi Nizom va “Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga (roʻyxat raqami 3157) muvofiq umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilari, oʻqituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri Mehnatga soatbay haq toʻlash miqdori bazaviy lavozim maoshlariga nisbatan 1.20 foizda haq toʻlanadi.