National database of legislation of the Republic of Uzbekistan
ONLINE TRANSLATE
Bog‘cha tarbiyachilari ham qo‘shimcha rag‘batlantiriladimi?

Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy rag‘batlantirish davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etiladigan Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Jumladan, Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlayotgan quyidagi shaxslarning lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi:

davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari;

qo‘shma tipdagi DMTT rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan pedagog va tibbiyot xodimlari va tarbiyachi yordamchilari;

reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va tibbiyot xodimlari hamda tarbiyachi yordamchilari.

Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar to‘lash shartlari qonunchilikda belgilanadi.