12.04.2006 yildagi 64-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.04.2006 yildagi 64-son
Date of entry into force
12.04.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARINING SHIRKATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TURAR-JOYLARGA XIZMATLAR KOʻRSATISHNING ANIQ BOZORINI SHAKLLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joylarni boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning aniq bozorini shakllantirishni tubdan yaxshilash, aholining koʻp kvartirali uylarni saqlash va mukammal taʼmirlashdan manfaatdorligini oshirish, shuningdek uy-joy mulkdorlari shirkatlarining oʻzini oʻzi boshqarish instituti sifatida shirkatlarning nufuzini, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda viloyatlar, shaharlar va Toshkent shahri tumanlari xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uyushmalari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishtirokida “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini tushuntirish, xonadonlar mulkdorlarini ularning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish maqsadida koʻp kvartirali uylarda yashovchilar bilan yigʻilishlar oʻtkazilishini tashkil etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil mobaynida viloyatlar, shaharlar va Toshkent shahri tumanlari xususiy uy-joy mulkdorlarining uyushmalari bilan birgalikda kichik (umumiy xonadonlari soni 250dan ortiq boʻlmagan 1 tadan 5 tagacha uylar) shirkatlarning afzalliklari toʻgʻrisida uy-joy mulkdorlari bilan tushuntirish ishlari olib borsinlar hamda shartnoma asosida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga xizmatlar koʻrsatadigan, ixtisoslashtirilgan boshqarish va xizmat koʻrsatish (servis) tashkilotlari, shu jumladan qayta tashkil qilinayotgan yirik shirkatlar negizida tashkil etilishiga yordam koʻrsatsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz hududlarida xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlari hamda aholi uchun xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari faoliyati masalalari boʻyicha konsultatsiya maslahat punktlari tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining har yili “Eng yaxshi shahar (tuman, viloyat) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati” tanlovlarini oʻtkazish, ularning natijalarini hamda eng yaxshi shirkatlar ish tajribasini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Hokimliklarga xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xodimlarini oʻqitish va aholi uchun konsultatsiyalar oʻtkazish xarajatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetining zaxira jamgʻarmalari, shuningdek qonun hujjatlarida ruxsat etilgan boshqa manbalar mablagʻlaridan toʻlashga ruxsat berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yil 1-iyungacha 1991-yilgacha qurilgan, 2002—2006-yillarda uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlash dasturiga kirmagan koʻp kvartirali uylarni (shu jumladan 2002—2006-yillar davrida mahalliy hokimiyat organlari balansiga berilgan idoralarga qarashli uylarni) puxta xatlovdan oʻtkazish asosida 1991-yilgacha qurilgan uylarni mukammal taʼmirlashni tugallash dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 12-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 127-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)