OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni tanlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Oʻzbekiston Resublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi PF–2326-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “25 yoshgacha boʻlgan” soʻzlari “14 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-fevral,
PF-3717-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 22-modda)