Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.1994 19.11.1993 yildagi 561-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.11.1993 yildagi 561-son
Date of entry into force
19.11.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.1994
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKA KORXONALARI, TAShKILOTLARI VA MUASSASALARIDAN PUL TUShUMI TUShIShINING AHVOLI USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-iyundagi 331-son “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan pul tushumi tushishi ustidan nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida baravar toʻlov vositasi sifatida “Soʻm-Kuponlar”ni muomalaga kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 12-noyabrdagi 550-son qaroriga muvofiq hamda tovarlar sotganlik va xizmatlar koʻrsatganlik uchun muvofiq ravishda “Soʻm-Kuponlar”da va rubllardagi tushumlarning oʻz vaqtida va toʻliq topshirilishini tezkorlik bilan nazorat qilishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Markaziy bankning tuman, shahar muassasalari huzurida tovar sotishdan va pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushgan pul tushumlari tushishining ahvolini nazorat qilish boʻyicha komissiyalar tuzish hamda ushbu komissiyalar tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Soliq bosh boshqarmasining vakolatli va bilimdon vakillarini kiritish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi vazifalarni hal etish koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari qilib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankning tuman, shahar muassasalari bilan birgalikda tovar sotuvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi har qaysi korxona, muassasa va tashkilotdan “Soʻm-Kuponlar” va rubllarda tushgan tushumlarning har kuni inkassatsiya qilinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman, shaharning inkassatsiya qilinadigan har qaysi korxonasi, muassasasi va tashkilotidan “Soʻm-Kuponlar”da va rubllarda tushgan tushumlarni tezkorlik bilan hisobga olish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inkassatsiya qilinadigan har qaysi obyektdan—doʻkondan, savdo markazidan, xizmat koʻrsatish sohasi korxonasidan har kuni tushadigan tushum summasini ularning 10—15 kun oldin har kuni topshirgan tushum summasi bilan qiyoslab tahlil qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushgan tushumni qabul qilib olish yoki rad etish mumkinligi, shuningdek, sotilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarning taqdim etilgan summaga muvofiq kelishini tezkorlik bilan tekshirib koʻrish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tushumlarni inkassatsiya qilishning belgilangan tartibini buzish hollari aniqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ish tartibi 1993-yil 19-noyabrdan boshlab joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekiston” uyushmasi, “Oʻzbekbirlashuv”, chakana va savdo tarmoqlariga ega boʻlgan, shuningdek, aholiga pulli xizmatlar koʻrsatuvchi vazirliklar va idoralarning rahbarlari ushbu qaror talablarining qatʼiy bajarilishini hamda tuzilgan komissiyalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga amaliy yordam berishni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Respublika komissiyasi raisi oʻrtoq A. M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 19-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
561-son