29.10.2026 yildagi 596-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.10.2026 yildagi 596-son
Date of entry into force
30.10.2026
Hujjat 30.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini qoʻllash tartibini yanada takomillashtirish orqali yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlarini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 29-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
596-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-oktabrdagi 596-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-apreldagi 232-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari yuzasidan maʼmuriy jarimalarga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar alohida gʻaznachilik hisobvaragʻida jamlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-noyabrdagi PF–6118-son Farmoniga 3-ilovaga muvofiq belgilangan miqdorlardan qolgan mablagʻlarning Davlat budjetiga taqsimlanadigan qismidan 10 foizi tadbirkorlik subyekti hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilovaga 2-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarligini foto va video qayd etish tizimi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini aniqlash talab etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 41-paragraf bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41-§. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Haydovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini foto va video qayd etish tizimiga qoʻyiladigan umumiy texnik talablarga muvofiq tizim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtning oʻzida ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklari hamda chorrahalarda harakatlanayotgan transport vositalarining davlat raqami belgisini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilgan nuqtadan sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida oʻtuvchi transport vositalarining kamida 95 foizining davlat raqami belgisini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrnatilgan nuqtadagi transport vositalarining davlat raqami belgilarini sutkaning kunduzgi va tungi vaqtlarida kamida 95 foizini aniqlikda roʻyxatga olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorrahalarda hamda ikki va undan ortiq yoʻl boʻlaklarida bir vaqtning oʻzida sodir boʻladigan qoidabuzarliklarni aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat raqami belgilarini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi holati boʻyicha “Maʼmuriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi maʼlumotlarni uzatish imkoniyatiga ega boʻlishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr tarmogʻida uzilishlar yuz berganda, uning faoliyatini 8 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega boʻlgan zaxira elektr manbai bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda haydovchining yuz koʻrinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart. Shuningdek, haydovchining yonidagi shaxsning tasvirda aks etmasligi taʼminlanishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga 1-ilovaning 5.43-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu yoʻl belgisi belgilangan harakatlanish tezligi statsionar radarlar yordamida nazoratga olingan joylarga kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan koʻp boʻlmagan masofada oʻrnatiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 15-maydagi 318-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2025-yil 1-iyundan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmaslik holatlarini har qanday maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda – maxsus texnika vositalari) orqali qayd etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar avtomobil yoʻllarida taʼmirlash yoki yoʻl chiziqlarini chizish bilan bogʻliq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirishga (dam olish kunlari, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan alohida holatlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtish holatlarining huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirilishiga (chorrahagacha 50 metrdan hamda qayrilib olish joyigacha 20 metrdan oldin boʻlgan hududlardagi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtish holatlari bundan mustasno)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab harakat tezligini nazorat qilishga moʻljallangan statsionar radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan koʻp bulmagan hududda “Radar” yoʻl belgisining oʻrnatilishi majburiy hisoblanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2026-y., 09/26/596/1084-son)