Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA UY-JOY QURILIShINI RAGʻBATLANTIRISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ShART-ShAROITLAR YaRATISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 138-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmalari boʻyicha uy-joy qurish mexanizmini yanada takomillashtirish, uy-joy qurilishida qatnashuvchi korxonalar va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaxshilash hamda ularning foydalanishga topshirilishini jadallashtirish, shuningdek uy-joy sotib olishga kreditlar berish uchun “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi korxonalari va tashkilotlarining 1998-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra budjetga muddatida toʻlanmagan 937 mln soʻm miqdoridagi toʻlovlari hisobdan chiqarilsin.
3. Pudrat qurilish tashkilotlariga pudrat tashkilotlar schyotiga nisbatan qoʻyilgan talablardan qatʼi nazar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun avans toʻlovlari va hisob-kitoblar koʻrinishida “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”dan tushuvchi mablagʻlardan (budjet bilan oʻzaro hisob-kitoblardan tashqari), istisno tariqasida, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmalari boʻyicha uy-joy qurilishi bilan bogʻliq maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilsin.
4. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha pudrat tashkilotlar tomonidan uy-joy qurilishiga foydalaniladigan moddiy resurslar 1998-yil 1-yanvardan boshlab, istisno tariqasida, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar amaldagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov va Markaziy bank raisi F. M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-iyun,
244-son