09.04.2026 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.04.2026 yildagi 162-son
Date of entry into force
10.04.2026
Hujjat 14.10.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surxondaryo viloyatida issiqxona xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida joylashgan issiqhona xoʻjaliklarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, Surxondaryo viloyatining iqlim sharoiti qulay hududlariga koʻchirish, ularning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy issiqxona infratuzilmasini barpo etish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda energiya taqsimotini samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 25-martdagi PQ-108-son qaroriga asosan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi va “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tashkil etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahri, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklarining Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan, atrof-muhit va insonlar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan issiqhona xoʻjaliklarini Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda — “Surxon-Agro” zonasi) hududiga koʻchirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “Surxon-Agro” zonasiga Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlaridagi issiqxona xoʻjaliklarini ixtiyoriy koʻchirishni ragʻbatlantirish hamda qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun quyidagi tartiblar joriy etiladi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2026-y., 06/26/224/1026-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov asosidagi auksion savdolarida ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning roʻyxati “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengash tomonidan taqdim etiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2026-y., 06/26/224/1026-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqxona xoʻjaliklarini koʻchirishdan boʻshagan yer uchastkalarida ijarachilar tomonidan hududning ixtisosligidan kelib chiqib, intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik va koʻchatchilik yoʻnalishlarida faoliyatini davom ettirish yoki “yashil bogʻlar”ni barpo etishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki boʻlgan va tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalaridagi issiqxonalar faoliyati toʻxtatilib, yer uchastkalarida bino va inshootlar qurish (kapital qurilish) ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyoʻl, Zangiota va Toshkent tumanlari hududidan Surxondaryo viloyatiga koʻchiriladigan issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) issiqxona faoliyatini toʻxtatib, “Surxon-Agro” zonasi hududida faoliyatini davom ettirgan tadbirkorlik subyektlariga xalqaro moliya institutlari, maqsadli jamgʻarmalar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda tijorat banklarining mablagʻlari hisobidan issiqxona xoʻjaliklari uchun ajratilgan milliy va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytarish muddatlari 5 yilga, shundan imtiyozli davri 3 yilgacha uzaytiriladi (muddati oʻtgan asosiy va foiz qarzdorliklarini kredit davriga mutanosib ravishda uzaytirish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan avval taqdim qilingan kafillik va kredit foizlari kompensatsiyalari saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2028-yil 1-aprelga qadar “Surxon-Agro” zonasi hududiga koʻchadigan issiqxonalar uchun issiqxona konstruksiya va uskunalarini demontaj qilish, tashish va qayta oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar 1 sotix yer maydoni uchun bir martalik, biroq 500 ming soʻmgacha miqdorda Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyoʻl, Zangiota va Toshkent tumanlarida atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2026-yil 1-iyundan boshlab koʻmir, mazut va atmosferaga zararli yoqilgʻilaridan foydalanishni nazarda tutuvchi yangi issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ruxsat berilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil 1-avgustdan boshlab mavjud issiqxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini qayta koʻrib chiqish va ularni shaharsozlik hamda ekologik talablarga moslashtirish maqsadida quyidagi cheklov va oshirilgan tariflar joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish toʻliq toʻxtatiladi va mavjud shartnomalar belgilangan tartibda gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqxonalar tomonidan isteʼmol qilinadigan suv resurslari uchun toʻlovlar (soliq stavkasi) sanoat korxonalari uchun belgilangan eng yuqori tariflarning 5 baravari miqdorida hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2026-yil 1-avgustdan boshlab issiqxonalarda yoqilgʻi sifatida koʻmir, shinalar, bitum, mazut, plyonka, sintetik karton, rezina, jun tolasi hamda shunga oʻxshash komponentlarni oʻz ichiga olgan materiallarni yoqish natijasida atrof tabiiy muhit ifloslantirgani va chiqindilar joylashtirgani uchun kompensatsiya toʻlovlari yigirma baravarga oshirilgan holda qoʻllanadi va mazkur tadbirkorlik subyektiga berilgan ekologik ekspertiza xulosasi qayta koʻrib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagi yoʻnalishlarda davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyoz, xizmat va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralaridan issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish uchun foydalanishga cheklovlar oʻrnatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida beriladigan barcha turdagi ijtimoiy va moddiy yordam hamda faoliyat turini yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat tomonidan beriladigan barcha subsidiya va preferensiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga kredit liniyalari ajratish, kredit limitlarini belgilash va mavjud kreditlar boʻyicha limitlarni qayta koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik talablarga rioya etilmagan hollarda davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosa berilmaydi, shuningdek, ilgari berilgan xulosaning amal qilishi belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy maqsadlar uchun (seleksiya navlari sinovi, urugʻ va koʻchatlarni koʻpaytirish, xorijiy nav va duragaylarni mahalliy iqlimga moslashtirish), istisno tariqasida, ekologik talablarga rioya etgan holda mavjud issiqxonalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda issiqxonalarning koʻchirilishi munosabati bilan subsidiyalarni ajratish va toʻlash mexanizmlarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-sentabrga qadar “Surxon-Agro” zonasining master rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-mayga qadar “Surxon-Agro” zonasiga salohiyatli investorlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchilari hamda elchixonalardagi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchilar “Surxon-Agro” zonasiga xorijiy investorlarni oʻzlarining loyihalari bilan qatnashishi, ularning mablagʻlarini jalb qilishga shaxsan masʼul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar Soliq kodeksiga Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyoʻl, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxonalar egallab turgan yer maydonlari uchun yer soligʻi va koʻchmas mulk uchun mol-mulk soligʻi stavkalarini amaldagi bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar (yoki yuqori oshirilgan koeffitsiyentlarda) miqdorida qoʻllashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Direksiya mutaxassislari va xodimlari uchun xizmat uy-joylari va vaqtinchalik yotoqxonalar qurish dasturini ishlab chiqsin hamda 2026-yil yakuniga qadar qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar hisobidan qurilish ishlarini yakunlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2026-y., 09/26/162/0340-son; 14.10.2026-y., 06/26/224/1026-son)