Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2000 27.08.1994 yildagi 436-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.08.1994 yildagi 436-son
Date of entry into force
27.08.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.06.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA VALYuTA BOZORINI KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chor-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan valyuta almashtirish punktlari ishining natijalari respublikada valyuta bozorini shakllantirishning tanlangan yoʻnalishlari toʻgʻriligini tasdiqlamoqda. Milliy valyutaning ichki erkin muomaladagi valyutaga aylanishiga bosqichma-bosqich oʻtish uchun zarur zamin yaratildi, boshqa mamlakatlarning ijobiy tajribasi hisobga olindi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga erkin almashtiriladigan naqd valyutani almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish huquqining faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankining ixtisoslashtirilgan punktlariga berilishi valyutani almashtirishning resurs bazasini toraytiradi, bank tizimi imkoniyatlarini cheklaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayon etilganlardan kelib chiqib hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashinuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarorini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vakil qilingan tijorat banklariga 1994-yil 1-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslarning naqd “Soʻm” larini belgilangan tartibda oʻzlarida mavjud boʻlgan valyuta resurslari doirasida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishni amalga oshirish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakil qilingan banklarga, ularning tayyorgarliklariga koʻra, naqd “Soʻm” larni EVM ga almashtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan punktlarni ochishga ruxsatnomalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vakil qilingan banklarga xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursini hisobga olib ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarida almashtirish kursini mustaqil belgilashga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vakil qilingan banklar ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarining samarali ishlashini tashkil etish uchun mijozlar doirasini kengaytirish va yuridik hamda jismoniy shaxslar schyotlariga erkin muomaladagi valyutani jalb qilish yoʻli bilan valyuta resurslarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakil qilingan banklarning valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va qoidalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarga rioya qilishlari, shuningdek, mijozlarga zarur sharoitlar yaratilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakil qilingan banklar oʻtkazilgan valyuta almashtirish operatsiyalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga har oyda hisobot taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan shartlarga rioya etilmagan taqdirda Markaziy bank tijorat banklarini EVM ga almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish huquqidan mahrum qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 27-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
436-son