Kozixonova Orzigul Muydinovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi, guruh hamraisi |
Nazarov Sharofiddin Xakimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining raisi, guruh hamraisi |
Sanaqulov Quvondiq Sanaqulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining aʼzosi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boshqaruv raisi |
Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori |
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi |
Bobanazarova Jamila Xolmurodovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
Muxtorova Nazira Abdusattarovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining raisi |
Xayitov Xushvaqt Saparbayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Djumayeva Sayyora Orziyevna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Kompolshik Yelena Aleksandrovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 24.03.2025 yildagi 677-V-son
Date of entry into force
24.03.2025
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bangladesh Milliy assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bangladesh Milliy assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari muddatiga quyidagi tarkibda tashkil etilsin:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bangladesh Milliy assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 530-IV/KQ-146-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 12, 761-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga maʼlumot uchun yuborilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
677-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
KQ-118-V-son