Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003 02.02.1998 yildagi 51-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 02.02.1998 yildagi 51-son
Date of entry into force
02.02.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.02.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI CHAKANA SOTISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Chakana savdo korxonalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalari (3-ilova)ning 4-bandi ikkinchi xatboshiga oʻzgartirishlar kiritilsin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dislokatsiyaga moddiy-texnik bazasi mazkur Qoidalarning 5-7-bandlari talablariga muvofiqligi boʻyicha tegishlicha “Savdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarida, Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmatlar koʻrsatish sohasi va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamentida ekspertizadan oʻtgan savdo korxonalari kiritiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli ichimliklar va pivo bilan chakana savdo qilishi qoidalari (2-ilova)ga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alkogolli ichimliklar va pivoni chakana sotish, shu jumladan, alkogolli ichimliklar va pivoni quyib sotish tegishli hokimliklar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat guvohnomasida savdo korxonasining manzili, ish soatlari, sotiladigan ichimliklar turi, sotish turi (oʻzi bilan olib ketishga yoki quyib) hamda boshqa zarur maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsat guvohnomasi hokimliklar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar savdo tashkilotlari tomonidan tuzilgan hamda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalar asosida beriladi. Alkogolli ichimliklar va pivo sotiladigan savdo obyektlarining dislokatsiyasi majburiy tartibda hududiy ichki ishlar organlariga va sanepidemstansiyalarga maʼlumot uchun taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“lotoklarda (joylashtirilishi hokimliklar va sanepidemstansiya organlari bilan kelishiladigan izometrik idishlardan quyib sotilishi mumkin boʻlgan pivodan tashqari) va avtomashinalarda, oʻquv yurtlari, diniy muassasalar va machitlar, bolalar muassasalari yonida, shuningdek, bevosita davolash-profilaktika va sport sogʻlomlashtirish muassasalari hududida joylashgan chakana savdo obyektlarida (umumiy ovqatlanish obyektlaridan tashqari), oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida oʻquv va ishlab chiqarish jarayonida, diskotekalarda quvvati 30 va undan ortiq daraja boʻlgan spirtli ichimliklarni, shuningdek, xususiy uylarda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish korxonalarida soat 22 dan boshlab”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 2-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-son