13.03.2024 yildagi PF-49-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 13.03.2024 yildagi PF-49-son
Date of entry into force
13.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida 2024-yil uchun belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga oʻz vaqtida, toʻlaqonli va sifatli erishilishini taʼminlash, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining bu boradagi masʼuliyati va shaxsiy javobgarligini oshirish hamda faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) (keyingi oʻrinlarda — samaradorlik koʻrsatkichlari), ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari hamda hududlar kesimidagi chora-tadbirlar dasturi asosida ishlab chiqiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlarining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan va ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari asosida tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, samaradorlik koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlarida belgilangan koʻrsatkichlardan past boʻlmagan darajada choraklar kesimida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida va sifatli erishilishini taʼminlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda Boshqaruv samaradorligi agentligining “samaradorlik.uz” elektron platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy statistika qoʻmitasi va boshqa davlat tashkilotlarining axborot tizimlarida elektron hisoboti yuritiladigan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari ushbu axborot tizimlarini platformaga integratsiya qilish orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilganligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashkilotlar yoki Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimlari tomonidan tasdiqlanadi, bundan natijasi avtomatik tarzda shakllantiriladigan samaradorlik koʻrsatkichlari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam boʻlganda — “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha — “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha — “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot platformaga oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi hamda tasdiqlanishi tanlanma tartibda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan monitoring qilinadi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻrnatilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari kelgusi uch oy uchun toʻxtatiladi va ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi, bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik koʻrsatkichlari asoslantirilgan sabablarga koʻra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari “qoniqarsiz” deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi yuzasidan har bir tashkilot boʻyicha hisobotlarni har yili eshitib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligini baholashda platformada shakllantirilgan samaradorlik koʻrsatkichlari birlamchi manba hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tasdiqlanadigan samaradorlik koʻrsatkichlari, ularga belgilanadigan salmoq oʻlchovi va boshqa koʻrsatkichlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir hafta muddatda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari, ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda:
(6-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan ragʻbatlantirish toʻlovlari turlari va ularni hisoblash tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosarlarining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib, Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan platformani takomillashtirsin va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda elektron hisoboti yuritilmaydigan samaradorlik koʻrsatkichlarini 2025-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyati samaradorligini baholash asoslari boʻyicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli oʻquv kurslarni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarining faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida platforma orqali baholash tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan yirik xoʻjalik jamiyatlari ustavlariga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir oʻrinbosarlari A. Ramatov, J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev, Z. Maxkamovaga — tegishliligi boʻyicha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari uchun samaradorlik koʻrsatkichlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularga erishilishini taʼminlash yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga — oʻzlarining oʻrinbosarlari uchun samaradorlik koʻrsatkichlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, ularga erishilishini taʼminlash, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari va ularning oʻrinbosarlari uchun samaradorlik koʻrsatkichlarini tasdiqlash yuzasidan;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv samaradorligi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosariga — respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash ishlarini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish, samaradorlik koʻrsatkichlari natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish yuzasidan;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat ishtirokidagi yirik korxonalar rahbarlariga — oʻzlari masʼul boʻlgan tarmoq va sohalar boʻyicha belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga erishilishi hamda maʼlumotlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida platformaga kiritilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-49-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2024-y., 06/24/49/0205-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)