25.08.2021 yildagi PQ-5233-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.08.2021 yildagi PQ-5233-son
Date of entry into force
25.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha 2021-yil 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini, shuningdek xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining investorning qiymati 200 milliard soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 milliard soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun ushbu tartib boʻyicha 50 milliard soʻmdan 200 milliard soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash xarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20 foizidan oshmasligi lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investitsiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash ishlari boʻyicha:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish avtomobil yoʻllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarining 90 foizi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari, 10 foizi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan budjet ssudasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — taʼminotchi korxonalar va tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi bilan taʼminlash ishlari boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʻyicha — “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy filiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AK va uning hududiy tashkilotlari buyurtmachi etib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq investitsiya loyihalari doirasida:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudasi mablagʻlari elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga, tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlarga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh.S. Hidoyatov) va Transport vazirligi (I.R. Maxkamov) bilan birgalikda ikki hafta muddatda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun zarur boʻlgan qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarining dastlabki manzilli roʻyxatini hamda tegishli hisob-kitoblarni shakllantirib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun budjet mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratish boʻyicha moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda ajratilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish va zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun energetika vaziri A.S. Sultanov, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sh.S. Hidoyatov va transport vaziri I.R. Maxkamov shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasini amalga oshirayotgan talabgorlar tomonidan tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun murojaat qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining qiymati va infratuzilma bilan taʼminlash uchun zarur xarajatlarning mutanosibligini ekspertiza qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihasi joylashtiriladigan maydonning markazlashgan tarmoqlarga ulanishi uchun optimal hududda joylashganligi hamda tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlanishi iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash mezonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning xulosa berish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlab berilganidan soʻng investitsiya loyihasining amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab, har yili Davlat budjetining asosiy parametrlarini shakllantirishda investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash ishlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratilishini koʻzda tutsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisob palatasi (B. Turabov) xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va S.Oʻ. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 25-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-5233-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2021-y., 07/21/5233/0822-son; 10.06.2022-y., 06/22/152/0507-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)