Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.12.1996 yildagi 465-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.1996 yildagi 465-son
Date of entry into force
28.12.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoʻmita va uning hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni — 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoni qoʻriqlash va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-sonli qarorga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga raisning ikki oʻrinbosariga ega boʻlishga ruxsat berilsin, ular lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbai etib respublika budjeti mablagʻlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita yiliga Jamgʻarma mablagʻlarining 5 foizidan ortiq boʻlmagan miqdordan Qoʻmitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoʻmita:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Qoʻmitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln. soʻm miqdorida bir martalik tekin yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoʻmita Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 53-uyga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Qoʻmitani vaqtincha oʻz binosida joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qoʻmita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qoʻmitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoʻmitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning oʻrinbosarlari V.A. Chjen va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1996-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
465-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 7-son, 82-modda)